Telegram Web Link
#Eʼtibor
🇺🇿
Chempionga Prezident sovg‘asi — Aytjan Xolmaxanovga Nurafshon shahridan 3 xonali kvartira berildi

Avval xabar qilganimizdek, Xorvatiyaning Zagreb shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida yunon-rum kurashi bo‘yicha Toshkent viloyati farzandi, O‘rta chirchiqlik Aytjan Xalmaxanov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bunday yutuq bilan u 24 yillik tanaffusdan so‘ng bu yo‘nalishda jahon chempioni bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchi sifatida tarixga muhrlandi.
Bugun chempionga davlatimiz rahbari tomonidan “Nurafshon Sity” hududida joylashgan ko‘p qavatli uylardan 3 xonali kvartira “Prezident sovg‘asi” topshirildi.


Marosimda viloyat va Nurafshon shahri, O‘rta Chirchiq tumani faollari, nuroniylar va yoshlar, sportchining oila a’zolari va yaqinlari ishtirok etdi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev chempionga xonadon kalitlarini topshirar ekan, yosh sportchimiz o‘zining bemisl azmu shijoati bilan xalqaro maydonlarda yurtimiz sha’nini yuksak darajada himoya qilayotgani, yuksak marralar sari intilib, yoshlarimiz uchun katta ibrat va o‘rnak namunalarini ko‘rsatayotgani, o‘z navbatida, bunday muvaffaqiyatlarga erishayotgan farzandlarimiz davlatimiz tomonidan munosib rag‘batlantirilayotganini ta’kidladi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_dayjest

1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari keng nishonlanmoqda

Viloyatimizning tuman va shaharlarida ham bu muhim sana munosabati bilan o‘qituvchilarga bo‘lgan hurmat-ehtirom, ularning mehnatiga berilayotgan yuksak baho yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Angren shahridagi "Osiyo" to‘yxonasida “Ustozga ta’zim” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ustoz va murabbiylarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Badiiy chiqishlar va kuy-qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Zangiota tumani Madaniyat bog‘idagi Amfiteatrda o‘tkazilgan tantanali tadbirda ham fidoyi pedagoglar sharaflandi. Mazkur tadbirda ta’lim-tarbiya sohasiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh ustoz va murabbiylarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Quyi Chirchiq tumanida “Yangi O‘zbekiston tayanchi – siz, aziz ustozlar!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir katta tantanaga aylandi. Unda ko‘p yillik mehnati, yoshlarga bo‘lgan mehr-muhabbati bilan ajralib turgan tajribali va faol pedagoglar Faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Tadbir davomida ustozlarga bag‘ishlab she’rlar, qo‘shiqlar yangradi.

Chinoz tumanida esa bayram tadbiri o‘zgacha shukuh bilan o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi Sherzod Salixov so‘zga chiqib, barcha ustozlarni samimiy tabrikladi, ularning zahmatli mehnatini e’tirof etdi hamda ta’lim sohasida erishilgan yutuqlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Nurafshon shahrida o‘tkazilgan tadbirda hududda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘qituvchilarning nufuzini mustahkamlash, ularga munosib ish va yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan izchil ishlar haqida ma’lumotlar berildi. O‘z kasbiga sadoqat bilan yondashayotgan ilg‘or pedagoglar alohida rag‘batlantirildi.

O‘rta Chirchiq tumanidagi “Azim ota” tantanalar uyida tashkil etilgan tadbirda tumani hokimligi tashabbusi bilan har chorakda ikki yuz nafar o‘qituvchining Toshkentga sayohati va teatrga tashrifi tashkil etilayotgani qayd etildi. Tantanali tadbirda bir guruh soha xodimlariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi

Ushbu bayram tadbirlari barcha ustozlarimizga hurmat va ehtiromning yorqin ifodasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Zero, ta’lim-tarbiya fidoyilari bo‘lgan o‘qituvchilar kelajak avlod tarbiyasida beqiyos o‘rin tutadi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intilish

3000 so‘mlik qovunni 1 dollarlik mahsulotga aylantirayotgan tadbirkor

Oqqo‘rg‘on tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkor Jahongir G‘iyosov oʻzbek qovunini zamonaviy usulda qayta ishlab, qadoqlangan holda eksport qilishni yo‘lga qo‘ydi.

Hozirgi kunga qadar biror mamlakatda bunday brend ostida qadoqlangan qovun ishlab chiqarish amaliyoti joriy qilinmagan. Shu bois ushbu loyiha nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro bozor uchun ham yangi yo‘nalish hisoblanadi.

Bozordagi oddiy qovun narxi oʻrtacha 3 ming so‘mni tashkil etayotgan bo‘lsa, qayta ishlanib, zamonaviy standartlarda qadoqlangan mahsulot sifatida xorijiy bozorga chiqarilgach, uning qiymati har bir kilogramm uchun 1 AQSh dollariga tenglashmoqda. Bu esa o‘zbek dehqonchiligida qo‘shimcha qiymat yaratish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Batafsil — “O‘zbekiston 24” telekanali lavhasida.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼtirof
Yoshlar qalbiga yo‘l topgan ustozlarga tasanno!

Yuqori Chirchiq tumanida  1-oktyabr — O‘qituvchi va  murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod  Boqiyev,  Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi Sayyora Fayziyeva, viloyat  Maktabgacha va maktab ta’limi  boshqarmasi boshlig‘i  Shukur Burxonov, ta’lim sohasi faollari va faxriylar, o‘quvchi va talaba yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida sohada  samarali faoliyat yuritayotgan ustoz va murabbiylar munosib rag‘batlantirildi. Jumladan, 13-maktabning rus tili o‘qituvchisi Zulfiya Kalikulova  “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan, 2-maktab qozoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Baxtigul Abdukarimova  hamda 9-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Ravshan  Pirmatov “Xalq ta’limi a’lochisi” maqomiga loyiq ko‘rildi.

E’tiborlisi, tumanda ta’lim-tarbiya sohasiga qo‘shayotgan katta hissasi uchun tuman hokimi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Uskenbay Atemov Xalq ta’limi vazirining “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼtirof

Kasbiy ta’lim fidoyilari taqdirlandi
1-oktabr — "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Toshkent viloyatidagi kasbiy ta’lim muassasalarida fidokorona mehnati bilan yoshlarga bilim va tarbiya berib kelayotgan 36 nafar ustoz va murabbiy “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Nurafshon shahridagi "Yoshlar" markazida e’tirofga sazovor bo‘lgan ustozlarni tantanali ravishda taqdirlash tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N. Kulbekova so‘zga chiqib, ustozlarning ta’lim sohasidagi fidokorona xizmatlarini alohida e’tirof etdi. U o‘z nutqida mazkur ko‘krak nishonlari nafaqat ustozlar faoliyatiga berilgan yuksak baho, balki ularni kelgusi faoliyatida yanada katta marralarni zabt etishga undovchi muhim rag‘bat ekanini ta’kidladi.

Tadbir davomida kasbiy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan faol direktorlar hamda fidoyi ustozlar boshqarma tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan ham taqdirlandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2025/10/01 16:40:58
Back to Top
HTML Embed Code: