Telegram Web Link
#hamkorlik

Xorijlik o‘qituvchilar Toshkent viloyatida tajriba almashmoqda

Respublikamizda mehmon bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahridan kelgan pedagoglar hamda kasbga yo‘naltirish sohasi vakillari Toshkent viloyatidagi umumta’lim maktablariga tashrif buyurdi.


Delegatsiya dastlab Zangiota tumanidagi bir nechta maktablarda bo‘lib, o‘quv jarayoni, ta’lim-tarbiya sifati hamda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Mehmonlarga mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, xususan, o‘quvchilarning iqtidorini rivojlantirish va ularni kasb tanlashga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan turli buyumlar, milliy hunarmandchilik mahsulotlari, shuningdek, ularning o‘z qo‘llari bilan pishirgan shirinlik va taomlari xorijlik pedagoglarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shu kuni xorijlik o'qituvchilar Toshkent tumanidagi bir qator umumta’lim maktablariga ham tashrif buyurib, o‘qituvchilar bilan tajriba almashdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#agro_loyiha

Piskentda eksportbop karam yetishtirilmoqda

So‘nggi yillarda viloyat qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion yondashuvlar, zamonaviy texnologiyalar va xorijiy investitsiyalar asosida yangi loyihalar jadal rivojlanmoqda.


Shunday samarali tashabbuslardan biri — Piskent tumanining “Birlik” mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik tuzilmasi hisoblanadi.

Ushbu 10 gektar maydonda “Aysberk” navli karam yetishtirilib, xorijiy bozorga eksport qilinmoqda.

Bu yerda kuniga 10 tonnagacha mahsulot yig‘ib olish rejalashtirilgan bo‘lib, loyiha hududda yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xush_xabar
#innoWeek_2025

O‘zbekiston xalqaro ko‘rgazmalar markazida “Chegarasiz g‘oyalar” shiori ostida “InnoWeek–2025” innovatsion haftaligi bo'lib o'tdi.

Tadbir doirasida Ohangaron Yoshlar Texnoparki tomonidan tashkil etilgan InnoX biznes inkubator dasturining 1-mavsum g‘olibiParmonov Sarvar o‘zining ilg‘or va istiqbolli ishlanmalari bilan faollik ko'rsatdi.

Innovatsion haftalik yakunida Parmonov Sarvar “Innovatsion loyihalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Bu e’tirof yoshlarning innovatsion fikrlashi, ijodkorligi va zamonaviy texnologiyalar asosida yangi yechimlar yaratish borasidagi yuksak salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

“InnoWeek–2025” doirasida qayd etilgan bunday yutuqlar O‘zbekiston yoshlari xalqaro miqyosda raqobatbardosh startaplar yaratish yo‘lida dadil qadam tashlayotganini ko‘rsatmoqda.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hudud Inform
Саида Мирзиёева: «Ғоямиз жаҳон ҳамжамиятида кенг кўламли акс-садо берди»

2025 йил 12 октябрь куни Осакадаги «Shining Hat» Экспо-холлида Бутунжаҳон кўргазмалар бюроси («BIE») мукофотларини топшириш маросими бўлиб ўтди. Бу маросим «EXPO 2025 Osaka, Kansai» Халқаро кўргазмасининг ёрқин якуний аккорди бўлди.

🥇 Маданият ва санъатни ривожлантириш жамғармаси томонидан ташкил этилган Ўзбекистон павильони 1500 м² гача майдонли павильонлар орасида ўз тоифасидаги энг олий мукофот — «Мавзунинг энг яхши очиб берилиши» номинациясида олтин медалга сазовор бўлди.

Қарорни 21 май куни павильонга ташриф буюрган тўққиз нафар экспертдан иборат халқаро ҳакамлар ҳайъати қабул қилди. Мукофотлар беш турдаги павильонлар ўртасида учта асосий номинация — «Архитектура ва ландшафт», «Кўргазма дизайни» ва «Мавзунинг энг яхши очиб берилиши» бўйича топширилди.

🚫 «Биз тақдим этган «Билимлар боғи: келажакдаги жамият учун лаборатория» концепциясида анъаналар ва инновациялар уйғунлиги ўз аксини топган. Ғоямиз жаҳон ҳамжамиятида кенг кўламли акс-садо берди», — деди Саида Мирзиёева.

Президент Администрацияси раҳбари профессионаллик ва ушбу лойиҳага бўлган ишонч учун бутун жамоага, шунингдек, халқаро ҳамкорларга миннатдорлик изҳор этган.

Бутунжаҳон кўргазмалар бюроси («BIE») мукофоти нима учун берилади?

Бу мукофот (1928 йилда ташкил этилган) — «EXPO» доирасида кўргазманинг асосий мавзуси билан ҳамоҳанг соҳаларда эришилган ютуқлар учун тақдим этилади. У илғор ғоя ва технологиялар, иштирокчи-давлатларнинг маданий жиҳатларини намоён этган энг яхши павильон, экспозицияларга берилади.

Нуфузли «BIE» мукофоти — номзод мамлакатнинг дунё кўргазмаси ривожига қўшган катта ҳиссасини, салмоқдор натижаларини эътироф этади ҳамда уларнинг муайян соҳадаги лидерлигини ифода этади. Мукофот соҳиби бўлган павильонлар креатив, замонавий технологияларга ва глобал муаммоларга янги ёндашувларни намоён этгани учун тақдирланади.


Каналга уланиш: 👇
@hudud_inform
Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik

Favqulotda vaziyatlar vazirligi ogohlantiradi: Xonani gaz plitasi bilan isitmang. Bu is gazidan zaharlanishga olib keladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

TAYINLOV

Turdimov Shavkatjon Akbutayevich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sh. Turdimov 1980-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, 2006-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

TAYINLOV

Xadjimatov Jahongir Maxamadaminovich – “Ko‘mir ta’minot” MCHJ Toshkent viloyat filiali boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

J. Xadjimatov 1977-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, 1999-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar “Ko‘mir ta’minot” MCHJ tijorat masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

TAYINLOV

Tog‘aynazarov Nuriddin Ismailovich – Toshkent viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tarkibidagi Toshkent viloyati mintaqaviy buyurtmachi xizmati davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi.

N. Tog‘aynazarov 1987-yilda Surxandaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 2013-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini (bakalavr), 2017-yilda Ural davlat tog‘ universitetini (magistr) tamomlagan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi markaziy apparati Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Xavflarni boshqarish va monitoring bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

TAYINLOV

Narbekov Farruxbek Shuxratovich – “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Toshkent viloyati filiali boshqaruvchisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

F. Narbekov 1983-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 2004-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini (bakalavr), 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini (magistratura) tamomlagan.

Tayinlovga qadar “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Davlat dasturlari bilan ishlash va mahallada tadbirkorlikka ko‘maklashish departamenti Davlat dasturlari bilan ishlash boshqarmasi Departament direktori o‘rinbosari — boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tafsilot

Yangiyo‘l tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari “Oʻzbekiston 24” lavhasida.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/25 16:22:45
Back to Top
HTML Embed Code: