#hamkorlik
Xorijlik o‘qituvchilar Toshkent viloyatida tajriba almashmoqda
Delegatsiya dastlab Zangiota tumanidagi bir nechta maktablarda bo‘lib, o‘quv jarayoni, ta’lim-tarbiya sifati hamda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Mehmonlarga mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, xususan, o‘quvchilarning iqtidorini rivojlantirish va ularni kasb tanlashga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan turli buyumlar, milliy hunarmandchilik mahsulotlari, shuningdek, ularning o‘z qo‘llari bilan pishirgan shirinlik va taomlari xorijlik pedagoglarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shu kuni xorijlik o'qituvchilar Toshkent tumanidagi bir qator umumta’lim maktablariga ham tashrif buyurib, o‘qituvchilar bilan tajriba almashdi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter

Respublikamizda mehmon bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahridan kelgan pedagoglar hamda kasbga yo‘naltirish sohasi vakillari Toshkent viloyatidagi umumta’lim maktablariga tashrif buyurdi.
Delegatsiya dastlab Zangiota tumanidagi bir nechta maktablarda bo‘lib, o‘quv jarayoni, ta’lim-tarbiya sifati hamda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Mehmonlarga mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, xususan, o‘quvchilarning iqtidorini rivojlantirish va ularni kasb tanlashga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan turli buyumlar, milliy hunarmandchilik mahsulotlari, shuningdek, ularning o‘z qo‘llari bilan pishirgan shirinlik va taomlari xorijlik pedagoglarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shu kuni xorijlik o'qituvchilar Toshkent tumanidagi bir qator umumta’lim maktablariga ham tashrif buyurib, o‘qituvchilar bilan tajriba almashdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#agro_loyiha
Piskentda eksportbop karam yetishtirilmoqda
Shunday samarali tashabbuslardan biri — Piskent tumanining “Birlik” mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik tuzilmasi hisoblanadi.
Ushbu 10 gektar maydonda “Aysberk” navli karam yetishtirilib, xorijiy bozorga eksport qilinmoqda.
Bu yerda kuniga 10 tonnagacha mahsulot yig‘ib olish rejalashtirilgan bo‘lib, loyiha hududda yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter
Piskentda eksportbop karam yetishtirilmoqda
So‘nggi yillarda viloyat qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion yondashuvlar, zamonaviy texnologiyalar va xorijiy investitsiyalar asosida yangi loyihalar jadal rivojlanmoqda.
Shunday samarali tashabbuslardan biri — Piskent tumanining “Birlik” mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik tuzilmasi hisoblanadi.
Ushbu 10 gektar maydonda “Aysberk” navli karam yetishtirilib, xorijiy bozorga eksport qilinmoqda.
Bu yerda kuniga 10 tonnagacha mahsulot yig‘ib olish rejalashtirilgan bo‘lib, loyiha hududda yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xush_xabar
#innoWeek_2025
O‘zbekiston xalqaro ko‘rgazmalar markazida “Chegarasiz g‘oyalar” shiori ostida “InnoWeek–2025” innovatsion haftaligi bo'lib o'tdi.
Tadbir doirasida Ohangaron Yoshlar Texnoparki tomonidan tashkil etilgan InnoX biznes inkubator dasturining 1-mavsum g‘olibi — Parmonov Sarvar o‘zining ilg‘or va istiqbolli ishlanmalari bilan faollik ko'rsatdi.
Innovatsion haftalik yakunida Parmonov Sarvar “Innovatsion loyihalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Bu e’tirof yoshlarning innovatsion fikrlashi, ijodkorligi va zamonaviy texnologiyalar asosida yangi yechimlar yaratish borasidagi yuksak salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

“InnoWeek–2025” doirasida qayd etilgan bunday yutuqlar O‘zbekiston yoshlari xalqaro miqyosda raqobatbardosh startaplar yaratish yo‘lida dadil qadam tashlayotganini ko‘rsatmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hudud Inform
2025 йил 12 октябрь куни Осакадаги «Shining Hat» Экспо-холлида Бутунжаҳон кўргазмалар бюроси («BIE») мукофотларини топшириш маросими бўлиб ўтди. Бу маросим «EXPO 2025 Osaka, Kansai» Халқаро кўргазмасининг ёрқин якуний аккорди бўлди.
Қарорни 21 май куни павильонга ташриф буюрган тўққиз нафар экспертдан иборат халқаро ҳакамлар ҳайъати қабул қилди. Мукофотлар беш турдаги павильонлар ўртасида учта асосий номинация — «Архитектура ва ландшафт», «Кўргазма дизайни» ва «Мавзунинг энг яхши очиб берилиши» бўйича топширилди.
🚫 «Биз тақдим этган «Билимлар боғи: келажакдаги жамият учун лаборатория» концепциясида анъаналар ва инновациялар уйғунлиги ўз аксини топган. Ғоямиз жаҳон ҳамжамиятида кенг кўламли акс-садо берди», — деди Саида Мирзиёева.
Президент Администрацияси раҳбари профессионаллик ва ушбу лойиҳага бўлган ишонч учун бутун жамоага, шунингдек, халқаро ҳамкорларга миннатдорлик изҳор этган.
❓ Бутунжаҳон кўргазмалар бюроси («BIE») мукофоти нима учун берилади?
Бу мукофот (1928 йилда ташкил этилган) — «EXPO» доирасида кўргазманинг асосий мавзуси билан ҳамоҳанг соҳаларда эришилган ютуқлар учун тақдим этилади. У илғор ғоя ва технологиялар, иштирокчи-давлатларнинг маданий жиҳатларини намоён этган энг яхши павильон, экспозицияларга берилади.
Нуфузли «BIE» мукофоти — номзод мамлакатнинг дунё кўргазмаси ривожига қўшган катта ҳиссасини, салмоқдор натижаларини эътироф этади ҳамда уларнинг муайян соҳадаги лидерлигини ифода этади. Мукофот соҳиби бўлган павильонлар креатив, замонавий технологияларга ва глобал муаммоларга янги ёндашувларни намоён этгани учун тақдирланади.
Каналга уланиш: 👇
@hudud_inform
Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy
TAYINLOV
Turdimov Shavkatjon Akbutayevich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Sh. Turdimov 1980-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, 2006-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Xadjimatov Jahongir Maxamadaminovich – “Ko‘mir ta’minot” MCHJ Toshkent viloyat filiali boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
J. Xadjimatov 1977-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, 1999-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Tayinlovga qadar “Ko‘mir ta’minot” MCHJ tijorat masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Tog‘aynazarov Nuriddin Ismailovich – Toshkent viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tarkibidagi Toshkent viloyati mintaqaviy buyurtmachi xizmati davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi.
N. Tog‘aynazarov 1987-yilda Surxandaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 2013-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini (bakalavr), 2017-yilda Ural davlat tog‘ universitetini (magistr) tamomlagan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi markaziy apparati Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Xavflarni boshqarish va monitoring bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Narbekov Farruxbek Shuxratovich – “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Toshkent viloyati filiali boshqaruvchisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
F. Narbekov 1983-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 2004-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini (bakalavr), 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini (magistratura) tamomlagan.
Tayinlovga qadar “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Davlat dasturlari bilan ishlash va mahallada tadbirkorlikka ko‘maklashish departamenti Davlat dasturlari bilan ishlash boshqarmasi Departament direktori o‘rinbosari — boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

#ofarin
Jasurlik va shijoatning yana bir eʼtirofi
➡️ Avval xabar qilganimizdek, Xorvatiyaning Zagreb shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida yunon-rum kurashi bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan O‘rta Chirchiq tumanlik polvonimiz Aytjan Xolmaxanov 24 yildan so‘ng ushbu yo‘nalishda Jahon chempioni bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi!
Chempionimizning bu yirik g‘alabasi yurtimiz sport tarixida muhim voqea sifatida e’tirof etildi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter
Jasurlik va shijoatning yana bir eʼtirofi
Chempionimizning bu yirik g‘alabasi yurtimiz sport tarixida muhim voqea sifatida e’tirof etildi.
Aytjan Xolmaxanovning fidokorona mehnati, matonati va yurt sha’nini yuksak darajada himoya qilgan g‘alabasi munosib taqdirlandi — unga BYD rusumli avtomobil hamda 15 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti topshirildi.
Xabaringiz bor, bir necha kun avval Prezidentimiz tomonidan chempionimizga Nurafshon shahridan 3 xonali zamonaviy kvartira kaliti tantanali tarzda topshirilgan edi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#intilish
POMIDOR YETISHTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUV
Zangiota tumanining fidoyi tadbirkorlaridan biri pomidorda yangicha payvandlash usulini qoʻllab, qishloq xoʻjaligida yana bir o‘ziga xos innovatsion tajriba yaratdi.
Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra:
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter
POMIDOR YETISHTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUV
Zangiota tumanining fidoyi tadbirkorlaridan biri pomidorda yangicha payvandlash usulini qoʻllab, qishloq xoʻjaligida yana bir o‘ziga xos innovatsion tajriba yaratdi.
Dehqon o‘z tajribasini xorijiy agrar texnologiyalarni oʻrganish va ularni mahalliy sharoitga moslashtirish orqali yo‘lga qo‘ygan. Natijada, oddiy issiqxona bugun yuqori hosil beruvchi, eksportbop pomidor koʻchati yetishtiruvchi zamonaviy xo‘jalikka aylangan.
Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra:
“Har bir novda – mehnatning mevasi, har bir hosil – yangilikka intilish natijasi. Yer bizni boqadi, biz esa yerga mehr bilan qarashimiz kerak.”
Bu tajriba nafaqat tuman, balki mamlakat miqyosida ommalashishga loyiq, deyishmoqda mutahassislar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ibrat
Ro‘zg‘orin yashnatmoq orzu-hayoli,
Qishloq ayoli u, qishloq ayoli...
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter
Ro‘zg‘orin yashnatmoq orzu-hayoli,
Qishloq ayoli u, qishloq ayoli...
Xabaringiz bor, BMT Bosh Assambleyasi 2007 yil 18 dekabrda qabul qilgan "Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash to‘g‘risida"gi rezolyusiyaga muvofiq, 15 oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni deb e’lon qilingan.
Bu sana mamlakatimizda ham keng nishonlab kelinadi. Xususan, viloyatimizda sana arafasida ishchanlik, faollik, fidoiylik, halollik, mehnatsevarlik timsoli bo‘lgan qishloq ayollarining ibrat va fazilatlarini tarannum va targ‘ib etuvchi ko‘plab ijtimoiy loyihalar, tadbirlar tashkil etilmoqda.
SURATLARDA: Yuqori Chirchiq tumanilik Lolaxon Jumanova mehnat va hafsalasi, g‘ayrat va shijoati bilan o‘z xonadonini yashnatib qo‘ygan munis qishloq ayolidir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#taklif
Eng yirik Xitoy ko‘rgazmasiga marhamat!
Joriy yil 22– 23-oktabr kunlari kuz mavsumining eng yirik sanoat va savdo tadbiri — China Expo «Xinjiang Commodity Exhibition» sizni kutmoqda:
100 dan ortiq Xitoy ishlab chiqaruvchi kompaniyalari, qurilish, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, sog‘liqni saqlash, IT, texnologiyalar va innovatsiyalar namoyishi, xullas, qaysi soha sizniki bo'lmasin, ayni shu kunlari imkoniyatlar eshigi - Siz uchun ochiq!
🔴 Tadbirkorlar va investorlar uchun B2B uchrashuvlari;
🔴 Xitoy yetkazib beruvchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvlar;
🔴 Hamkorlik va franchayzing takliflari;
🔴 Yangi mahsulotlar ва texnologiyalarni sinab ko‘rishingiz ham mumkin!
Kirish bepul, hoziroq ro'yxatdan o'ting➡️ Qatnashaman
📍 Manzil: Toshkent, Anhor Lokomotiv (Karting zona)
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter
Eng yirik Xitoy ko‘rgazmasiga marhamat!
Joriy yil 22– 23-oktabr kunlari kuz mavsumining eng yirik sanoat va savdo tadbiri — China Expo «Xinjiang Commodity Exhibition» sizni kutmoqda:
100 dan ortiq Xitoy ishlab chiqaruvchi kompaniyalari, qurilish, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, sog‘liqni saqlash, IT, texnologiyalar va innovatsiyalar namoyishi, xullas, qaysi soha sizniki bo'lmasin, ayni shu kunlari imkoniyatlar eshigi - Siz uchun ochiq!
Kirish bepul, hoziroq ro'yxatdan o'ting
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM