Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятининг Қуйи Чирчиқ туманидаги “ТСТ Rice” шоличилик кластери фаолияти билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью рисоводческого кластера “TСT Rice” в Куйичирчикском районе Ташкентской области.
#Mirziyoyev #tanishuv #klaster #sholichilik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью рисоводческого кластера “TСT Rice” в Куйичирчикском районе Ташкентской области.
#Mirziyoyev #tanishuv #klaster #sholichilik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз Қуйи Чирчиқ туманидаги шоличилик кластери даласида бўлди.
—
Президент посетил поле рисоводческого кластера в Куйичирчикском районе.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент посетил поле рисоводческого кластера в Куйичирчикском районе.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятида янги халқаро аэропорт лойиҳаси тақдимоти билан танишди ҳамда мазкур улкан мажмуа қурилиши бошланишига бағишланган маросимда иштирок этди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с проектом нового международного аэропорта в Ташкентской области и принял участие в церемонии, посвященной началу строительства этого масштабного комплекса.
#Mirziyoyev #marosim #aeroport #tamaltoshi
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с проектом нового международного аэропорта в Ташкентской области и принял участие в церемонии, посвященной началу строительства этого масштабного комплекса.
#Mirziyoyev #marosim #aeroport #tamaltoshi
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#munosabat
Zangiota tumani, “Bo‘ston” MFY hududida aholi turar joylari buzilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda turli mazmundagi chiqishlar kuzatilmoqda.
Holat bo‘yicha Zangiota tumani hokimligi hamda Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi asl holatni tushuntirib, munosabat bergan.
Unda, jumladan, asl holatga oydinlik kiritadigan ayrim jihatlar urg‘ulangan:
E’tibor qiling, mazkur hududdagi 67,38 gektar yer maydoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021yil 29-maydagi qaroriga muvofiq qabriston sifatida foydalanish uchun Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi huzuridagi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasiga ajratilgan. Ushbu yer maydoni uchun 2021-yil 27-dekabrda11:04:03:01:03:0106-sonli kadastr hujjati rasmiylashtirilgan.
Hududda joylashgan ayrim inshootlar sud qarori asosida noqonuniy qurilgan deb topilgan va ularni buzish belgilangan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudi tomonidan qabul qilingan sud hujjatlariga asosan Majburiy ijro byurosi Zangiota tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi xaritasining 311-konturida, jami 0,52 gektar maydonda noqonuniy qurilgan turar-joylar, xo‘jalik binolari va devorlarni buzish hamda yerlarni dastlabki holatiga qaytarish bo‘yicha sud qarori mavjud.
Sud qarorlarini bajarishdan avval, fuqarolarga qonunchilikka muvofiq ravishda ixtiyoriy muddat berilgan, bir necha marotaba rasmiy ogohlantirish xatlari yuborilgan.
Yerdan foydalanish to‘g‘risida qat’iy va amalda bo‘lgan qonun hujjatlari bor va unga rioya qilish barcha uchun, xususan, "Bo‘ston" MFY fuqarolari uchun ham majburiydir.
Yer — umumxalq mulki, undan foydalanish, xususan, qurilish qilish qonuniy bo‘lishi shart.
Bu o‘rinda, aholi vakillari o‘z e’tirozlari yuzasidan belgilangan tartibda vakolatli idora va instansiyalarga murojaat qilishlari maqsadga muvofiqdir.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sana
“Qishloq ayoliga ehtirom” – fidoyilikka munosib baho
Toshkent davlat agrar universitetida Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan “Qishloq ayollari va innovatsiyalar: yangi imkoniyatlar sari” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida ayollarning qishloq xo‘jaligida tutgan o‘rni, agrobiznesni rivojlantirishdagi tashabbuslari, ekologik barqarorlikni ta’minlash va raqamli texnologiyalarni joriy etish borasidagi ishlari namoyish etilgan ko‘rgazma tashkil etildi.
Shuningdek, agrar sohada samarali faoliyat yuritayotgan bir guruh olima, fermer va tadbirkor ayollar munosib taqdirlandi.
Bu tadbir qishloq ayollarining mehnatini qadrlash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash va yangi imkoniyatlar sari yo‘naltirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Video: Oila va xotin-qizlar qo'mitasi Axborot xizmati.

Tadbirni Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova ochib berdi va qishloq ayollarining jamiyatdagi o‘rni, ularning ilmiy, mehnat va innovatsion salohiyatini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z yuritdi.
Tadbir doirasida ayollarning qishloq xo‘jaligida tutgan o‘rni, agrobiznesni rivojlantirishdagi tashabbuslari, ekologik barqarorlikni ta’minlash va raqamli texnologiyalarni joriy etish borasidagi ishlari namoyish etilgan ko‘rgazma tashkil etildi.
Shuningdek, agrar sohada samarali faoliyat yuritayotgan bir guruh olima, fermer va tadbirkor ayollar munosib taqdirlandi.
Bu tadbir qishloq ayollarining mehnatini qadrlash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash va yangi imkoniyatlar sari yo‘naltirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Video: Oila va xotin-qizlar qo'mitasi Axborot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев навбатдаги мегалойиҳа - Тошкент вилоятида янги халқаро аэропорт қурилишини бошлаб берди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев дал старт очередному мегапроекту - строительству нового международного аэропорта в Ташкентской области.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Шавкат Мирзиёев дал старт очередному мегапроекту - строительству нового международного аэропорта в Ташкентской области.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yaxshi_xabar
Tibbiy xizmat — jiddiy xizmat: Yangiyo‘l shahrida yangi tizimga ixtisoslashgan muassasa foydalanishga topshirildi
Yangiyo‘l shahar Tibbiyot birlashmasi tajriba-sinov hududi sifatida belgilanib, birlamchi tibbiy xizmatni tashkil etishda yangi yondashuvlar joriy etildi.
Shahar Tibbiyot birlashmasi negizida Yangiyo‘l shahar Sog‘liqni saqlash bo‘limi tashkil etildi. Tarkibiga 435 o‘rinli markaziy shifoxona hamda umumiy 1035 quvvatga ega bo‘lgan ikkita II-tipdagi oilaviy poliklinika kiritildi.
1-son oilaviy poliklinika uchun qurilish va rekonstruksiya ishlariga 8,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Bu muassasa 48 ming nafar aholiga xizmat ko‘rsatadi. Jami 140,5 ta shtat birligi tashkil etilgan.
Muassasada aholi, ayniqsa, nogironlar uchun ham barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Endilikda mazkur oilaviy poliklinika faoliyati rasman ish boshladi.

Yangi tizim doirasida tibbiy brigadalar faoliyatiga alohida e’tibor qaratilib, ular uchun bosqichma-bosqich o‘quv kurslari tashkil etildi. Test natijalari asosida 100 foizgacha ustama to‘lash tizimi joriy etildi. Tibbiyotni raqamlashtirish va qog‘ozbozlikni kamaytirish orqali tibbiyot xodimlari ish yuklamalari 30 foizgacha qisqartirildi.
Muassasada aholi, ayniqsa, nogironlar uchun ham barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Endilikda mazkur oilaviy poliklinika faoliyati rasman ish boshladi.
Ochilish marosimida respublika, viloyat, shahar mas’ullari, tibbiyot xodimlari, nuroniylar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
"Ona tilim — Vatan ruhi, millat faxri”
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan maqola va she’rlar tanlovi e’lon qilinadi!
🖌 Tanlov yo‘nalishlari:
1️⃣ Maqolalar tanlovi – O‘zbek tilining go‘zalligi, so‘z boyligi hamda milliy qadriyatlardagi o‘rni haqida tahliliy yoki publitsistik ruhdagi maqolalar.
2️⃣ She’rlar tanlovi – Ona tiliga muhabbat, Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va faxrni kuylovchi badiiy asarlar.
📌 Ishtirok etish shartlari:
✅ Asarlar muallif tomonidan yozilgan bo‘lishi kerak.
✅ Har bir ishtirokchi faqat bitta yo‘nalishda (maqola yoki she’r) qatnashadi.
✅ Asarlar 20-oktabr sanasigacha qabul qilinadi.
✅ Yosh chegarasi yo‘q — har kim o‘z ijodini sinab ko‘rishi mumkin!
• Matnlar elektron shaklda yuboriladi:
https://www.tg-me.com/toshkent_vohasi_admin
Taqdirlash:
G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va Faxriy diplomlar bilan taqdirlanadi!
Eng yaxshi asarlar Toshkent viloyati Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi sahifalarida e’lon qilinadi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter
"Ona tilim — Vatan ruhi, millat faxri”
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan maqola va she’rlar tanlovi e’lon qilinadi!
1️⃣ Maqolalar tanlovi – O‘zbek tilining go‘zalligi, so‘z boyligi hamda milliy qadriyatlardagi o‘rni haqida tahliliy yoki publitsistik ruhdagi maqolalar.
2️⃣ She’rlar tanlovi – Ona tiliga muhabbat, Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va faxrni kuylovchi badiiy asarlar.
📌 Ishtirok etish shartlari:
• Matnlar elektron shaklda yuboriladi:
https://www.tg-me.com/toshkent_vohasi_admin
Taqdirlash:
G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va Faxriy diplomlar bilan taqdirlanadi!
Eng yaxshi asarlar Toshkent viloyati Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi sahifalarida e’lon qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#iqtibos
Rahbarlik – Vatan oldidagi mas’uliyat
Haqiqatan ham, ma’naviy uyg‘onishda – islohotlarni hamjihatlikda, yuksak salohiyat va qunt bilan ro‘yobga chiqarishda yangi tafakkurga ega fidoyi insonlar va mas’uliyatli rahbarlar hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Bugun yurtimizda qadriyatlar, mezonlar, o‘lchovlar o‘zgargan. Ilgari kishining obro‘-e’tiborini, qadr-qimmatini uning lavozimi, mavqei belgilagan bo‘lsa, bugungi kunda fidoyilik va mehnat asosiy mezonga aylandi.
Endi rahbarlik – bu imtiyoz emas, Vatan oldidagi mas’uliyat, sinov va xizmat maktabi.
Sobiq ittifoqdan qolgan “har viloyatning rahbari o‘zidan bo‘lsin” degan qarash ancha yil yashadi. Ammo bugungi hayot isbotladiki, salohiyat, bilim va fidoyilik hech qanday geografik chegarani tan olmaydi.
Masalan, Samarqand viloyatida tug‘ilib Navoiy, Surxondaryo va Samarqandda faoliyat ko‘rsatgan, hozir esa Sirdaryoda quvonarli natijalarga erishayotgan rahbarning tajribasi – haqiqiy yetakchilik qudrati tug‘ilgan joyda emas, vijdon va sadoqatda ekanini namoyon etadi.
Yoki so‘nggi yillarda Toshkent viloyatining islohotlar markaziga aylangani ham bu hududning rahbari qanday inson ekanining barometridir. Bu kishi jonkuyar, tashabbuskor, mehnatsevar, vatanparvar bo‘lmasa, davlat rahbari qo‘yayotgan talablarni sidqidildan bajarmasa, hududning ko‘rki, iqtisodiyoti, ijtimoiy hayotidagi bugungi misli ko‘rilmagan yangilanishlar qayoqda edi?!
Bu so‘zlar xalqning qalbidan chiqqan samimiy baho. Viloyatning qiyofasi o‘zgardi, yangi korxonalar, yangi infratuzilmalar paydo bo‘ldi. Bunday natija tasodif emas – bu Prezidentimizning qat’iyati, fidoyi rahbarlarning mehnati samarasidir.
O‘tkir RAHMAT
("Toshkent haqiqati" gazetasi, 2025 yil, 15 oktyabr sonidan)

Zotan, haqiqiy uyg‘onish ana shu fidoyi mehnatdan boshlanadi. Kechagi davrda katta amal deganda hashamat, nutq va ko‘rgazmali yig‘ilishlar tushunilardi. Ammo bugungi zamonda rahbar – xalq bilan, xalq orasida bo‘lishi kerak. Shiddatli o‘zgarishlar davri rahbardan faqat boshqaruv emas, balki bunyodkorlik, mehnatsevarlik va vijdon talab etadi. Kim xalqqa xizmat qilsa – o‘sha chinakam yetakchi. Mas’uliyatdan qochgan esa amaldan ham ayriladi.
Sobiq ittifoqdan qolgan “har viloyatning rahbari o‘zidan bo‘lsin” degan qarash ancha yil yashadi. Ammo bugungi hayot isbotladiki, salohiyat, bilim va fidoyilik hech qanday geografik chegarani tan olmaydi.
Prezidentimiz izidan borib, bu insondan o‘rnak, ibrat olib, butun O‘zbekistonning har qarich yeri mening Vatanim deya yashayotgan, uning obodligi uchun bor bilim va iqtidorini safarbar etayotgan jonkuyar rahbarlar oramizda ko‘p.
Masalan, Samarqand viloyatida tug‘ilib Navoiy, Surxondaryo va Samarqandda faoliyat ko‘rsatgan, hozir esa Sirdaryoda quvonarli natijalarga erishayotgan rahbarning tajribasi – haqiqiy yetakchilik qudrati tug‘ilgan joyda emas, vijdon va sadoqatda ekanini namoyon etadi.
Yoki so‘nggi yillarda Toshkent viloyatining islohotlar markaziga aylangani ham bu hududning rahbari qanday inson ekanining barometridir. Bu kishi jonkuyar, tashabbuskor, mehnatsevar, vatanparvar bo‘lmasa, davlat rahbari qo‘yayotgan talablarni sidqidildan bajarmasa, hududning ko‘rki, iqtisodiyoti, ijtimoiy hayotidagi bugungi misli ko‘rilmagan yangilanishlar qayoqda edi?!
Yaqinda ushbu viloyatda bo‘lib o‘tgan bir tadbirda ishtirok etgan yoshi ulug‘ inson Abdusamat Nosirov shunday dedi:
“Prezidentimiz hamma sohada – iqtisodiyotda, ijtimoiy hayotda, kadrlar siyosatida yangi davrni boshlab berdi. Viloyatimiz misolida bu yaqqol ko‘rinadi. 40 yil muhokama qilingan masala – viloyat markazini Nurafshonga ko‘chirish amalga oshdi. Endi 22 tumanda ham katta o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda”.