Telegram Web Link
#jarayon

Poytaxtlik tadbirkorlar ichtirokida Qibray tumani,  Yangiyo‘l va Nurafshon shaharlaridagi istiqbolli loyihalar ham muhokama qilindi

“Toshkent viloyati – biznes uchun cheksiz imkoniyatlar hududi” forumi doirasida Qibray tumaniga o‘zaro hamkorlik qilish, hududlar o‘rtasida ishlab chiqarish quvvatlarini birlashtirish, xizmat ko‘rsatish sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirish hamda yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida faoliyat olib borayotgan bir guruh tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

"TASHABBUSLI BUDJET": YOSHLAR YETAKCHILARINING FAOLLIGI BILAN INFRATUZILMA RIVOJLANMOQDA

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢📢📢📢📢
Hurmatli fuqarolar!

Joriy yilning 29-sentabr kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov boshchiligida ommaviy qabul tashkil etilmoqda.

Qabul davomida fuqarolar va tashkilotlar ijtimoiy himoya sohasiga oid yechimini kutayotgan masalalar hamda mazkur sohaga oid muammo va takliflari bilan murojaat qilishlari mumkin.

Qabulga yozilish uchun +998979552403 ga murojaat qilishingiz mumkin.

Qabulda ishtirok etishni istagan fuqarolar shaxsni tasdiqlovchi hujjat (passport, ID-card) bilan kelishi so‘raladi.

Izoh: qabul Chirchiq shahridagi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining madaniyat saroyida (Metallurg koʻchasi, 15-uy) boʻlib oʻtadi.


📍Lokatsiya

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 2025 йил 29 сентябрдан қисқа муддатли меҳнат таътилига чиқди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев с 29 сентября 2025 года вышел в краткосрочный трудовой отпуск.

Facebook|Instagram|X
#eʼtirof

Ta’lim fidoyilariga ehtirom

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamkorligida Quyi Chirchiq tumanidagi “Beruniy” madaniyat saroyida 1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston tayanchi – siz, aziz ustozlar!” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda viloyatdagi maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan fidoyi o‘qituvchilar, tarbiyachilar, professor-o‘qituvchilar, sohaga daxldor tashkilotlar vakillari va faxriy pedagoglar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar, barcha ustoz-murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, sifatli ta’lim berish uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, pedagoglarning mehnatiga berilayotgan yuksak e’tibor va rag‘batlar haqida so‘z yuritdilar.

Bayram tadbiri doirasida ta’lim tizimida samarali faoliyat yuritib kelayotgan 85 nafar ilg‘or pedagog va soha xodimlari tashakkurnomalar hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, 24 nafar o‘qituvchi va murabbiylarga “Ko‘hinur” hamda “Umid gulshani” sanatoriylariga bepul yo‘llanmalar topshirildi.


Bayram tantanasi davomida ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar, musiqiy dasturlar, yosh ijodkorlar va san’atkorlarning chiqishlari ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sana

Bugun – O‘rta Chirchiq tumani tashkil topgan kun

Tarixiy manbalarda qadimda Chirchiq va Ohangaron daryolari oralig‘ida Iloq davlati bo‘lganligi keltiriladi. Iloqda eramizdan oldingi davrlarda ham hayot bo‘lgan va eramizning dastlabki yuzyilliklari, xususan, IV-V asrlarda u Iloq davlati timsolida gullab-yashnagan. Shu davrlarda bevosita O‘rta Chirchiq tumani hududida ham sivilizatsiya rivojlangan.

Tumanning tashkil etilishi Sho‘rolar davrining dastlabki yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy-hududiy islohotlar bilan bog‘liq. Jumladan, 1926 yil 29 sentyabr kuni O‘zbekiston SSR Markaziy ijroiya qo‘mitasining V sessiyasi bo‘lib o‘tadi va unda «Rayonlashtirish to‘g‘risida»gi qaror qabul qilinadi. Qarorga muvofiq, bunga qadar o‘lka Turkiston harbiy general-gubernatorligi tasarrufida bo‘lgan 7 ta oblast, 23 ta uyezd va 241 ta volost o‘rniga O‘zbekistonning yangi ma’muriy-hududiy bo‘linmalari tasdiqlanadi. Mazkur qarorda Toshkent oblasti hududida mavjud bo‘lgan 2 ta uyezd va 28 ta volost o‘rnida oblast (viloyat), uning tarkibida 11 ta rayon (tuman) tashkil etildi.

Yangi tashkil etilgan O‘rta Chirchiq tumani tarkibiga o‘sha vaqtdagi To‘ytepa volosti to‘laligicha, shuningdek, «Galabotir», Usmon ota, «Xurdin», «Kenjag‘al» qishloqlari va Telov volosti tarkibidagi 100 ta aholi punkti bilan jami 24 ta qishloq kengashi – selsovet kiritiladi.

Rayon hududida 23 ming 830 kishi istiqomat qilgan. 1926 yilning dekabrida O‘rta Chirchiq tumanining birinchi tashkiliy sessiyasi bo‘lib o‘tadi va unda 19 nafar ijroqo‘m a’zosi va 6 kishidan iborat ijroiya qo‘mitasi tarkibi tasdiqlanadi. Unda 37 yoshli Saksonboy Nurmuhammedov rayon ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylanadi.

O‘tgan vaqt mobaynida tumanga yigirmadan ortiq kishi rahbarlik qilgan. Hozirgi kunda tuman hududi 40 ming kv. km. ni ko‘pmillatli aholisining umumiy soni 141 ming 200 kishini tashkil etadi. Bugungi kunda O‘rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Kasimov rahbarlik qilib kelmoqda.

O‘rta Chirchiq tumanida sanoatning turli tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi va ta’lim yaxshi rivojlangan.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat_va_yechim

Fuqarolar bilan ochiq muloqot va amaliy yechimlar

Chirchiq shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov boshchiligida keng qamrovli ommaviy qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida fuqarolar sog‘liqni saqlash, maishiy turmush sharoitlari hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirishdi.

Ularning ko‘pchiligi joyida ko‘rib chiqilib, muammolarning yechimi bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Ayrim murojaatchilarga esa zarur huquqiy maslahatlar berildi.
Masalalarning tezkor hal etilishi uchun mas’ul tashkilotlar vakillari ham jalb qilindi.


Bunday qabullar nafaqat muammolarga yechim topishda, balki fuqarolarning qalbidagi ishonch va umidni mustahkamlashda ham ijobiy tashabbus bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shuningdek, qabuldan soʻng Agentlik direktori Chirchiq shahridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, "Faol hayotga qadam" dasturi doirasidagi amaliy ishlar, “Ona uyi” loyihasi doirasida yaratilgan imkoniyatlar, hamda Qibray tumanidagi kichik hajmli bolalar uyida tashkil etilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/09/29 23:04:55
Back to Top
HTML Embed Code: