“Bir narsani tushunish kerak: tarmoq va hududlarda sun’iy intellekt infratuzilmasiga oshib borayotgan talabni faqat davlat hisobidan qoplab bo‘lmaydi,

– dedi Prezident.

Bugun start berilgan "IT-Park" loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida Saudiyaning “Data Volt” kompaniyasi bilan 150 million dollar hisobiga 12 megavattli data-markaz ishga tushiriladi. Keyingi bosqichda yana 3 milliard dollar sarmoya hisobiga quvvatlar 500 megavattga olib chiqiladi.

Umuman, investorlar uchun yanada jozibador muhit yaratib, zamonaviy super-kompyuter klasterlari va data-markazlarni ko‘paytirish zarurligi qayd etildi.

Bunday markazlar xarajatining 70 foizi elektr energiyasiga to‘g‘ri kelgani uchun investorlar jozibador elektr tariflari masalasini ko‘targan.

Bu boradagi ishlar Qoraqalpog‘istondan boshlanishi belgilandi. Sun’iy intellekt infratuzilmasiga 100 million dollardan ko‘p sarmoya kiritgan investorlarga elektr energiyasi narxi 5 sent etib belgilanadi, IT-park imtiyozlari tatbiq etiladi, import uskunalari bojxona to‘lovidan ozod etiladi.

Bu sohada katta sakrash qilish bilan birga, Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti rivojiga ham munosib hissa qo‘shadi”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Shu bilan birga, olis hududlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash uchun keyingi yildan yo‘ldoshli internet operatorlarining faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ular 5 yilga yer, mol-mulk, foyda va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.

Facebook|Instagram|X
So‘nggi yillarda barcha vazirlik va idoralarda ish jarayonlari va ma’lumotlarni raqamlashtirish bo‘yicha ancha ish qilindi.

Raqamli hukumat platformasi orqali davlat organlari o‘rtasida inson omilisiz ma’lumotlarning almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

Startaplarga o‘zining dasturiy mahsulotini Raqamli hukumat platformasiga integratsiya qilib, undagi ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat berildi.

Lekin sun’iy intellektni jadal rivojlantirish uchun bularning o‘zi yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Vazirlik va idoralardagi ma’lumotlar har xil serverlarda tarqoq saqlanayotgani, ularning formatlari turlicha bo‘lgani uchun ham ishlar sust ketyapti.

Shu bois, yil yakuniga qadar vazirlik va idoralardagi 55 ta, kelasi yil qolgan barcha ma’lumotlar bazalarini Elektron hukumat yagona data-markaziga o‘tkazish topshirildi. Bundan buyon vazirlik va idoralar ma’lumotlarni o‘z serverlarida saqlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Facebook|Instagram|X
Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil bo‘ldi.

Prezidentimiz fursatdan foydalanib, butun O‘zbekiston xalqini ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi.

Bir narsani bilinglar – sun’iy intellekt dasturlari samarali ishlashi uchun ular, avvalo, o‘zbek tilini mukammal darajada tushunishi zarur”,

– dedi davlat rahbari.

Lekin o‘zbek tilidagi adabiyotlar, ma’lumotlar, maqolalar, hisobotlar, ilmiy ishlarning aksariyati raqamlashmagani, elektron shaklga o‘tkazilganlari ham har xil manbalarda saqlanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Vazirlar Mahkamasiga barcha vazirlik va idoralarning o‘zidagi ma’lumotlarni elektron formatga o‘tkazish grafigini tasdiqlatish, Raqamli texnologiyalar vazirligiga esa sun’iy intellekt milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizni o‘zida ifodalay olishi uchun “O‘zbek tili korpusi”ni yaratish topshirildi.

2026-yil yakuniga qadar katta hajmdagi raqamli ma’lumotlarni bir joyga jamlab, ularni qayta ishlash, tahlil qilish, foydalanish imkonini beradigan “Data Lake” platformasini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

Facebook|Instagram|X
“Sun’iy intellektni rivojlantirish faqat zamonaviy infratuzilma va algoritmlarga emas, balki malakali kadrlarga ham bog‘liq. Bu sohaning asosi – matematika va informatika. Shu bois, kadrlar tayyorlashni, eng avvalo, maktabdan boshlash kerak”,

– dedi Prezident.

Keyingi o‘quv yilidan “Informatika” fani o‘quv dasturlariga sun’iy intellektga oid mavzular kiritiladi. Buning uchun Massachusets texnologiyalar instituti bilan hamkorlikda maxsus darslik ishlab chiqiladi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida sun’iy intellekt bo‘yicha bu yil 100 nafar, keyingi yil 1 ming 300 nafar trener-o‘qituvchi tayyorlanadi. Ular esa kaskad tartibida maktab va oliygohlardagi informatika o‘qituvchilarini o‘qitadi. Har yili eng yaxshi 100 nafar informatika o‘qituvchisi xuddi vazirlik va hokimliklarning salohiyatli mutaxassislari kabi sun’iy intellekt rivojlangan davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.

“Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Bir million sun’iy intellekt yetakchisi” loyihasi ham boshlandi. Bu yil 100 ming, kelasi yil kamida 500 ming yoshlar o‘qitiladi.

Loyiha bilan maktab o‘quvchilarini ham qamrab olish muhimligi ta’kidlandi. Bundan buyon har yili sun’iy intellekt bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazilib, eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar, ularning ustozlari va ta’lim tashkilotlari munosib rag‘batlantiriladi.

Bunda 500 nafar yoshlar – noutbuk, 100 nafar o‘qituvchi – 1 ming dollardan mukofot, 2 ta ta’lim tashkiloti – elektromobil bilan taqdirlanadi.

Facebook|Instagram|X
Prezident soha uchun yiliga 2 ming nafar mutaxassis tayyorlayotgan oliygohlarning birortasida sun’iy intellekt laboratoriyasi yo‘qligiga e’tibor qaratdi.

Keyingi o‘quv yiliga qadar 10 ta oliy ta’lim muassasasini zamonaviy laboratoriya bilan jihozlash reja qilingan. Shu bilan birga, banklarning bittadan oliygohda, jami 9 ta shunday laboratoriya tashkil qilish tashabbusi ma’qullandi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida “tarmoq – oliygoh – hamkor” tamoyilida ishlaydigan “sun’iy intellekt klasteri” ishga tushiriladi. Keyingi o‘quv yilidan “TOP-300” talikka kirgan universitetlar bilan hamkorlikda sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi.

Oliygohlarda sun’iy intellekt, fintex, kiberxavfsizlik, IT muhandislik, aerokosmik va bulutli texnologiyalar kabi yo‘nalishlar uchun davlat granti kvotalari 35 foizga oshiriladi. Talabalarning sun’iy intellektga qiziqishini oshirish maqsadida oliygoh jamoalari o‘rtasida sun’iy intellekt bo‘yicha umummilliy tanlov o‘tkaziladi.

Qulay ekotizim yaratilgani uchun yil boshidan mahalliy startaplarga rekord miqdorda – 264 million dollar sarmoya kiritildi. Lekin bunda sun’iy intellekt sohasidagi startaplar ulushi hali kamligi aytildi.

Shu bois, bunday startaplarni ko‘paytirish maqsadida mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lgan “Sun’iy intellekt sohasidagi eng yaxshi startap” tanlovini o‘tkazish taklif qilindi.

Facebook|Instagram|X
“Biz 2030-yilga borib, sun’iy intellekt bo‘yicha “TOP-50” ta davlat qatoriga kirishni maqsad qilganmiz.

Shu bois, ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, “Sun’iy intellekt alyansi”ni tashkil qilamiz
”,

– deya ta’kidladi Prezidentimiz.

Ushbu alyans tarkibiga sohada samarali faoliyat yuritayotgan yetakchi kompaniyalar, xorijiy ekspertlar va vatandoshlarimiz, yirik davlat korxonalari, banklar va oliygohlar kiritiladi.

Alyansning asosiy vazifalari yetakchi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va akseleratorlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, o‘zimizdagi dasturlar bo‘yicha media-kontentni yaratib, xalqaro PR kampaniyalarni tashkil etish, mahalliy korxonalar va mutaxassislarning xalqaro ko‘rgazma, forum va konferensiyalardagi ishtirokini tashkil etishdan iborat bo‘ladi.

Yig‘ilishda hudud va tarmoqlar rahbarlari hisobot berdi, sohadagi startaplar asoschilari va informatika o‘qituvchilarining fikrlari tinglandi.

Facebook|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#milliylik_millat_ruhi

Milliylik — millat birligining timsoli

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Toshkent viloyati hokimligida “Milliylik barchamizni birlashtiradi" shiori ostida milliy liboslar chellenji o‘tkazildi. Unda markaziy apparat xodimlari, yoshlar va xotin-qizlar faol ishtirok etishdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#sana

Ona tilim – g‘ururim, faxrim!


Chirchiq shahrida “21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda viloyat va shahar hokimligi mutasaddilari, taniqli ijodkorlar, shoir va yozuvchilar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, huquq-tartibot organlari xodimlari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdilar.

Dastavval tadbir ishtirokchilari shahar markazida joylashgan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yib, uning o‘zbek adabiyoti va tiliga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ta’kidlashdi.

Shundan so‘ng, tadbirning asosiy qismi Kimyogarlar madaniyat saroyida davom ettirildi. Unda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi o‘rni, uning ijtimoiy hayotdagi mavqeini yanada yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar adabiyot namoyandalari, tilshunos olimlar, jamoatchilik vakillari ona tilimizning boy tarixiy ildizlari, uning zamonaviy taraqqiyotdagi o‘rni va yosh avlodga ona tiliga hurmat ruhini singdirish zarurati haqida alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

Toshkent viloyati va Nijegorod: manfaatli aloqalarning yangi bosqichi

Xabar qilganimizdek, shu kunlarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi xizmat safari bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning Nijegorod viloyati gubernatori Gleb Nikitin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
🌐Batafsil


👈👈👈👈➡️➡️➡️➡️

#Сотрудничество

Ташкентская и Нижегородская области: новый этап взаимовыгодных отношений

Как уже сообщалось, в эти дни делегация Ташкентской области во главе с хокимом Зоиром Мирзаевым находится с рабочим визитом в Российской Федерации.

В соответствии с программой визита состоялась встреча хокима Ташкентской области Зоира Мирзаева с губернатором Нижегородской области Глебом Никитиным.

Нижегородская область — перспективный административный регион, расположенный в центральной части европейской России, с населением порядка 3,1 миллиона человек. В состав области входят 51 муниципальное образование, административным центром является город Нижний Новгород.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/21 13:31:31
Back to Top
HTML Embed Code: