Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sahro_sadosi
#Karakalpakstan
#1_kun #Live

"Sahro sadosi” III xalqaro festivali yuzlab xorijiy mehmonlarni Qoraqalpog‘iston zaminiga jamladi!

Ellikqal‘a tumanidagi Aqchako‘l majmuasida o‘tkazilayotgan ushbu festival xalqaro mehmonlar uchun iliq kutib olish marosimidan boshlandi. Milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar, tabassumlar va samimiy kutib olish marosimi tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Festival nafaqat madaniyat va san’atni birlashtirmoqda, balki Qoraqalpog‘istonning tarixiy merosi, tabiiy go‘zalligi va turizm salohiyatini jahon sahnasiga olib chiqmoqda.


🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍61
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025

🌐 “InnoWeek”da ishtirok eting va sertifikatga ega bo‘ling!

Eslatib o‘tamiz, buning uchun dastavval www.innoweek.uz sayti orqali umumiy, shundan so‘ng alohida tadbirlar uchun ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Misol uchun, “O‘zbekiston ilm-fan forumi”da ishtirok etib, sertifikatini olishni istasangiz, rasmiy sayt orqali tadbirga avvaldan yozilasiz.

Tadbirda ishtirok etganingizdan so‘ng shaxsiy kabinetingizdagi “Sertifikatlar” bo‘limidan tasdiqlovchi hujjatni yuklab olishingiz mumkin.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13
Forwarded from Edu.uz
#Sahro_sadosi #TDIU

Sahro Sadosi” – Ellikqal’ada an’anaga aylangan xalqaro festival boshlandi!

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi va Ellikqal’a tumani hokimligi hamkorligida “Sahro Sadosi” III xalqaro festivali o‘z ishini boshladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani turizm salohiyatini rivojlantirish, mintaqaning boy tarixiy va tabiiy merosini keng jahon hamjamiyatiga targ‘ib qilishni ko‘zda tutadigan mazkur festivalda 100 dan ortiq xorijiy mehmonlar, mingdan ortiq talaba-yoshlar, mahalliy aholi hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Festival doirasida Ellikqal’a tumanidagi 61-sonli informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda mamlakatimizda turizmni barqaror rivojlantirishga qaratilgan seminar-treninglar, ochiq muloqotlar va taqdimotlar tashkil etildi.

Shuningdek, tumandagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazilib, unda texnikum o‘quvchilari faol ishtirok etdi.

Festivalning asosiy tadbirlaridan biri Ellikqal’a tumanidagi Aqchako‘l turistik majmuasida o‘tkazilgani alohida ahamiyat kasb etdi. Xorijiy mehmonlar, jurnalistlar va sayyohlar ishtirokida o‘tayotgan bayramona dasturlar — milliy kuy-qo‘shiqlar, folklor chiqishlari, an’anaviy hunarmandchilik ko‘rgazmalari — mintaqaning madaniy boyligini namoyon etmoqda.

Festival doirasida Aqchako‘l sohillarida talaba-yoshlar o‘rtasida bir qator sport musobaqalari ham o‘tkazildi. Bundan tashqari, ishtirokchilar Tuproqqal’a yodgorliklarini bevosita borib tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ellikqal’a tumani markazida joylashgan amfiteatrda o‘tkazilgan konsert-shou dasturi hamda badiiy-musiqiy chiqishlar tomoshabinlarda katta hayajon va unutilmas taassurotlar uyg‘otdi.

TDIU tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Sahro sadosi” xalqaro festivali Qoraqalpog‘iston Respublikasining turistik brendini shakllantirishda, hududning iqtisodiy va madaniy imkoniyatlarini xalqaro miqyosda tanitishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Shu bilan birga, festivalning ilmiy-ma’rifiy qismi turizm sohasi mutaxassislari, yosh olimlar va talaba-yoshlar uchun tajriba almashish, yangi g‘oya va yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish imkonini bermoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
9👍3
#sahro_sadosi
#Karakalpakstan

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi va Ellikqal‘a tumani hokimligi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Sahro sadosi” III xalqaro festivali doirasida Aqchakoʻl sohillari bo‘yida sportning voleybol, kurash,arqon tortish hamda shaxmat turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Tashkil etilgan sport o‘yinlarida talaba-yoshlar faol ishtirok etdi. Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslarda yoshlarimiz o‘zlarining jismoniy tayyorgarligini namoyon etdi.

Festival ko‘tarinki ruhda davom etmoqda hamda ishtirokchilar va mehmonlarda unutilmas taassurotlar qoldirmoqda.

🇺🇿TDIU Axborot xizmati

🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥97👍4
2025/10/26 17:39:07
Back to Top
HTML Embed Code: