Forwarded from TDIU iqtidorli talabalar
Faxrlanarli jihati, universitet vakillari ikki nafar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi:
🥈 Moliya fakulteti talabasi
Usmonova Madina – kumush medal;🥈 Iqtisodiyot fakulteti talabasi Maxmudova Yulduz – kumush medal.
Universitetimiz talaba va ustozlarining yuksak tayyorgarligi, bilim va mehnati xalqaro maydonda yana bir bor o‘z samarasini ko‘rsatdi.
Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21❤12👍7👏3
#sahro_sadosi
#Karakalpakstan
“Sahro sadosi” III xalqaro festivali doirasida shou-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida o‘tkazilayotgan “Sahro sadosi” III xalqaro festivali doirasida keng qamrovli shou-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tumanning san’atkorlari, ijodkor talaba-yoshlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar, raqs va turli sahna chiqishlari namoyish etilib, barchaning qalbidan chuqur o‘rin oldi. Tomoshabinlar uchun yaratilgan ko‘tarinki kayfiyat festivalning o‘ziga xos bayramona ruhini yanada boyitdi.
Konsert dasturida Ellikqal’a tumani hokimi Valijan Niyazimbetov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Turizm fakulteti dekani, professor Nozima Zufarova, Turizm va mehmonxona biznesi kafedrasi mudiri, professor Alisher Eshtayev, universitet professor-o‘qituvchilari, 100 nafardan ortiq faol talaba-yoshlar, xorijiy davlatlardan kelgan mehmonlar hamda turistlar ishtirok etdilar.
So‘zga chiqqan tuman hokimi Valijan Niyazimbetov “Sahro sadosi” III xalqaro festivali nafaqat xalqimiz madaniyati va an’analarini keng targ‘ib etish, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm salohiyatini yuksaltirishda ham muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi. Shuningdek, u festival doirasida yoshlarning faol ishtiroki, ilmiy-amaliy tashabbuslari hamda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qo‘shilayotgan hissasini yuqori baholadi.
Tadbir yakunida festival doirasida o‘tkazilgan turli tanlovlar g‘oliblari esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Bu esa tadbirning bayramona ruhini yanada yuksaltirib, ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
🇺🇿 TDIU Axborot xizmati
🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial

❤5👍4🔥1👏1