Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
#Sahro_sadosi #TDIU

Sahro Sadosi” – Ellikqal’ada an’anaga aylangan xalqaro festival boshlandi!

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi va Ellikqal’a tumani hokimligi hamkorligida “Sahro Sadosi” III xalqaro festivali o‘z ishini boshladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani turizm salohiyatini rivojlantirish, mintaqaning boy tarixiy va tabiiy merosini keng jahon hamjamiyatiga targ‘ib qilishni ko‘zda tutadigan mazkur festivalda 100 dan ortiq xorijiy mehmonlar, mingdan ortiq talaba-yoshlar, mahalliy aholi hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Festival doirasida Ellikqal’a tumanidagi 61-sonli informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda mamlakatimizda turizmni barqaror rivojlantirishga qaratilgan seminar-treninglar, ochiq muloqotlar va taqdimotlar tashkil etildi.

Shuningdek, tumandagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazilib, unda texnikum o‘quvchilari faol ishtirok etdi.

Festivalning asosiy tadbirlaridan biri Ellikqal’a tumanidagi Aqchako‘l turistik majmuasida o‘tkazilgani alohida ahamiyat kasb etdi. Xorijiy mehmonlar, jurnalistlar va sayyohlar ishtirokida o‘tayotgan bayramona dasturlar — milliy kuy-qo‘shiqlar, folklor chiqishlari, an’anaviy hunarmandchilik ko‘rgazmalari — mintaqaning madaniy boyligini namoyon etmoqda.

Festival doirasida Aqchako‘l sohillarida talaba-yoshlar o‘rtasida bir qator sport musobaqalari ham o‘tkazildi. Bundan tashqari, ishtirokchilar Tuproqqal’a yodgorliklarini bevosita borib tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ellikqal’a tumani markazida joylashgan amfiteatrda o‘tkazilgan konsert-shou dasturi hamda badiiy-musiqiy chiqishlar tomoshabinlarda katta hayajon va unutilmas taassurotlar uyg‘otdi.

TDIU tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Sahro sadosi” xalqaro festivali Qoraqalpog‘iston Respublikasining turistik brendini shakllantirishda, hududning iqtisodiy va madaniy imkoniyatlarini xalqaro miqyosda tanitishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Shu bilan birga, festivalning ilmiy-ma’rifiy qismi turizm sohasi mutaxassislari, yosh olimlar va talaba-yoshlar uchun tajriba almashish, yangi g‘oya va yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish imkonini bermoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
8👍3
#sahro_sadosi
#Karakalpakstan

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi va Ellikqal‘a tumani hokimligi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Sahro sadosi” III xalqaro festivali doirasida Aqchakoʻl sohillari bo‘yida sportning voleybol, kurash,arqon tortish hamda shaxmat turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Tashkil etilgan sport o‘yinlarida talaba-yoshlar faol ishtirok etdi. Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslarda yoshlarimiz o‘zlarining jismoniy tayyorgarligini namoyon etdi.

Festival ko‘tarinki ruhda davom etmoqda hamda ishtirokchilar va mehmonlarda unutilmas taassurotlar qoldirmoqda.

🇺🇿TDIU Axborot xizmati

🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥97👍4
#sahro_sadosi
#Karakalpakstan

“Sahro sadosi” III xalqaro festivali doirasidagi tadbirlar Tuproqqal’a tarixiy yodgorligida davom etdi
.

Talaba-yoshlar va turistlar ishtirokida Tuproqqal’a tarixiy yodgorligiga ekskursiya uyushtirildi. Ekskursiya davomida ishtirokchilar yodgorlikning tarixiy ahamiyati, uning o‘ziga xos me’moriy xususiyatlari hamda boy madaniy merosi haqida batafsil ma’lumot oldilar.

Shuningdek, dastur doirasida rasm chizish ko‘rik-tanlovi ham tashkil etilib, unda yoshlar Qoraqalpog‘istonning diqqatga sazovor tarixiy joylarini o‘z asarlarida badiiy talqin etdilar. Tadbir nafaqat bilim, balki ijodiy qobiliyatni ham namoyon etishga keng imkoniyat yaratdi.

🇺🇿TDIU Axborot xizmati

🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥54👍3
2025/10/21 18:38:44
Back to Top
HTML Embed Code: