Telegram Web Link
TDIU rektori ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar sharoitlarini ko‘zdan kechirdi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori To‘lqin Teshabayev poytaxtimizning Shayxontohur va Yunusabod tumanlarida ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarimiz bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida rektor talabalar bilan suhbatlashib, ularning ta’lim jarayoni, kundalik hayoti va ehtiyojlari haqida fikr-mulohazalarini tingladi. Shuningdek, universitet rahbariyati talabalar uchun ijaradagi xonadonlarda xavfsizlik, sanitariya va qulaylik talablariga rioya etilishi, ta’lim va dam olish uchun barcha shart-sharoitlarni ta’minlash muhim ekanligini ta’kidladi. Rektor ta’kidlaganidek, TDIU nafaqat sifatli ta’lim berish, balki talabalarning har tomonlama kamol topishi, ularning moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanishiga ham alohida e’tibor qaratadi.


Tashriflar davomida talaba-yoshlarning fikr va takliflaridan kelib chiqib, bir qator ijtimoiy-amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2412🔥3
Forwarded from TDIU | Yoshlar kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TDIU rektori ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar sharoitlarini ko‘zdan kechirdi

Batafsil

Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬Telegram 📹Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍3🔥1👏1
Forwarded from Kongratbay Sharipov
Talabalar bilan ochiq muloqot — eng muhim qadriyatimiz!

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 6-sonli talabalar turar joyida yoshlarimizning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdim.

Talabalar bilan ochiq muloqotda bo‘lib, ularning fikrlari, takliflari va muammolarini bevosita eshitdim. Har bir masala bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Yoshlarimizning bilimga, yangilikka va taraqqiyotga intilishini koʻrib quvondim.

#talabalar_bilan_muloqot
#TDIU #OTFIV

Facebook | Instagram | Telegram
8👍5🔥3👏1
#Til_bayrami #36_yil #Rektor_tabrigi

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining tabrigi

Assalomu alaykum!

Hurmatli hamkasblar, muhtaram ustozlar va aziz talabalar!


Avvalo, sizlarni ulug‘ ayyom – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Bugun yurtimizda millatimiz ma’naviyati va milliy o‘zligining ramzi bo‘lgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36-yilligini faxr tuyg‘ulari bilan keng nishonlamoqdamiz.

Har bir xalqning tarixi, ma’naviy qiyofasi va tafakkur dunyosi avvalo uning tilida mujassam bo‘ladi. Ona tili — bu nafaqat muloqot vositasi, balki butun bir millatning ma’naviy ehtiyoji, qalbi va tafakkur qudratini ifoda etuvchi beqiyos kuchdir. Shu boisdan ham milliy tilni asrash va ardoqlash har birimizning muqaddas burchimizdir.


Batafsil
8👍8👏8🔥2
#Til_bayrami #ona_tilimiz

Sizlarni yurtimizda keng nishonlanayotgan 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Davlat tili — bu millatning ruhi, uning tarixiy xotirasi va ma’naviy qudratini ifoda etuvchi bebaho boylikdir. Ona tilimiz – o‘zbek tili, xalqimizning asrlar davomida shakllangan boy madaniyati, ilm-fani va adabiyotining mustahkam poydevoridir.

Yurtimizda o‘zbek tili bayrog‘i doimo baland hilpirab, avlodlar qalbida faxr va iftixor manbai bo‘lib yashasin!

Bayramingiz muborak, aziz yurtdoshlar!

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
2025/10/22 13:48:56
Back to Top
HTML Embed Code: