Telegram Web Link
#TDIU
#Forum_Global_Milliy_iqtisodiyot_trendlari
#1_kun

Eslatib oʻtamiz, tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, vazirlar, bir qator tashkilotlar vakillari hamda taniqli iqtisodchilar ishtirok etadi. Bundan tashqari, xorijdan jami 50 ga yaqin dunyo tan olgan olimlar taklif etilgan.


🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#TDIU
#Forum_Global_Milliy_iqtisodiyot_trendlari
#1_kun

🎬 Forumni YouTube platformasi orqali onlayn tomosha qilishingiz mumkin

🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1👏1
#TDIU
#Forum_Global_Milliy_iqtisodiyot_trendlari
#1_kun

TDIUda “IV Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston – 2030 strategiyasi” xalqaro forumi yalpi ochilish majlisida mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, islohotlarning samaradorligini oshirish, innovatsion yondashuvlar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.


🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#TDIU
#Forum_Global_Milliy_iqtisodiyot_trendlari
#1_kun

Forumning yalpi yig‘ilishida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov so‘zga chiqib, forumda muhokama qilinayotgan masalalar haqida to‘xtalib o‘tdi hamda forumning ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘z nutqida forumning “O‘zbekiston–2030” strategiyasi maqsadlariga erishishdagi o‘rni va ahamiyatini alohida ta’kidladi. Unga ko‘ra, ushbu forum – inson salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, barqaror iqtisodiy o‘sish va farovonlikni ta’minlashga qaratilgan islohotlarni ilmiy asosda qo‘llab-quvvatlash uchun muhim ilmiy-amaliy maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.


Vazir shuningdek, xorijiy olimlar, xalqaro tashkilot vakillari hamda amaliyotchi ekspertlar ishtiroki forum nufuzini oshirib, global miqyosda hamkorlik va tajriba almashinuviga keng imkoniyat yaratayotganini ta’kidladi.

🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
2025/10/25 16:33:38
Back to Top
HTML Embed Code: