Telegram Web Link
Forwarded from TDIU iqtidorli talabalar
🏆 Biz yana g‘olib! 🏆

📣 2025 yil 29-sentyabrdan 5-oktyabrgacha Rossiyada bo‘lib o‘tgan V-Xalqaro moliyaviy xavfsizlik olimpiadasi yakunlandi.

🔥 Olimpiadaning final bosqichida 40 ta davlatdan 600 nafar talabalar qatnashdilar. Ushbu nufuzli olimpiadada Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Faxrlanarli jihati, universitet vakillari ikki nafar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi:

🥈 Moliya fakulteti talabasi
Usmonova Madina – kumush medal;
🥈Iqtisodiyot fakulteti talabasi Maxmudova Yulduz – kumush medal.


⚡️ E’tiborlisi shundaki, ushbu olimpiada birinchi darajali olimpiadalar qatoriga kirib, g‘olib talabalar “Moliyaviy xavfsizlik” yo‘nalishi bo‘yicha 40 ta davlatda joylashgan OTMlarda tanlovsiz, grant asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🔵 Olimpiada doirasida xalqaro moliyaviy xavfsizlikka bag‘ishlangan qator tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan, Xalqaro tarmoq institutiga a’zo oliy o‘quv yurtlari ko‘rgazmasi namoyish etildi. Shuningdek, Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi professori, Iqtidorli talabalar bo‘limi boshlig‘i G.T. Xalikulova olimpiada qatnashchilari uchun “Sug‘urtada faoliyatni firibgarlikdan qanday himoyalanish va shartnoma tuzishda nimlarga e’tibor berish lozim?” mavzusida ilmiy-amaliy master-klass o‘tkazdi.

⚡️ Bu g‘alaba – bizning g‘alabamiz!
Universitetimiz talaba va ustozlarining yuksak tayyorgarligi, bilim va mehnati xalqaro maydonda yana bir bor o‘z samarasini ko‘rsatdi.

🌐Bizni kuzatishda davom eting.
Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2112👍7👏3
#sahro_sadosi
#Karakalpakstan

“Sahro sadosi” III xalqaro festivali doirasida shou-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida o‘tkazilayotgan “Sahro sadosi” III xalqaro festivali doirasida keng qamrovli shou-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tumanning san’atkorlari, ijodkor talaba-yoshlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar, raqs va turli sahna chiqishlari namoyish etilib, barchaning qalbidan chuqur o‘rin oldi. Tomoshabinlar uchun yaratilgan ko‘tarinki kayfiyat festivalning o‘ziga xos bayramona ruhini yanada boyitdi.

Konsert dasturida Ellikqal’a tumani hokimi Valijan Niyazimbetov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Turizm fakulteti dekani, professor Nozima Zufarova, Turizm va mehmonxona biznesi kafedrasi mudiri, professor Alisher Eshtayev, universitet professor-o‘qituvchilari, 100 nafardan ortiq faol talaba-yoshlar, xorijiy davlatlardan kelgan mehmonlar hamda turistlar ishtirok etdilar.

So‘zga chiqqan tuman hokimi Valijan Niyazimbetov “Sahro sadosi” III xalqaro festivali nafaqat xalqimiz madaniyati va an’analarini keng targ‘ib etish, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm salohiyatini yuksaltirishda ham muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi. Shuningdek, u festival doirasida yoshlarning faol ishtiroki, ilmiy-amaliy tashabbuslari hamda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qo‘shilayotgan hissasini yuqori baholadi.

Tadbir yakunida festival doirasida o‘tkazilgan turli tanlovlar g‘oliblari esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Bu esa tadbirning bayramona ruhini yanada yuksaltirib, ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

🇺🇿TDIU Axborot xizmati

🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4🔥1👏1
#Sahro_sadosi
#Karakalpakistan
#Festival

— Bugungi “Sahro sadosi” III xalqaro festivali nafaqat xalqimiz madaniyati va an’analarini keng targ‘ib etish, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm salohiyatini yuksaltirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadbir doirasida xorijiy davlatlardan kelgan mehmonlar, shuningdek, tumanga biriktirilgan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 100 nafardan ortiq faol talabalari ishtirok etmoqdalar.Festivalning asosiy maqsadi — Ellikqal’a tumani va umuman Qoraqalpog‘iston hududining tarixiy-madaniy merosi, ziyorat va ekologik turizm yo‘nalishlari, mahalliy hunarmandchilik an’analari hamda tabiiy go‘zalliklarga boy sayyohlik maskanlarini keng ommaga tanitishdan iborat. Shu orqali hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga turizm soha orqali yangi turtki berish ko‘zda tutilgan.Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan amaliy tadbirlar, talabalarning bevosita ishtirok etishi va ilmiy-amaliy g‘oyalarni hayotga tatbiq etish jarayonlari tumanning investitsion jozibadorligini oshirish, turistik infratuzilmani rivojlantirish hamda yoshlar ongida milliy qadriyatlar va ekologik madaniyatni mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda, — deya qayd etib o‘tdi Ellikqal’a tumani hokimi Valijan Niyazimbetov.

🇺🇿TDIU Axborot xizmati

🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
2025/10/21 09:35:41
Back to Top
HTML Embed Code: