Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
Turkiy davlatlar tashkiloti bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Alp Er To‘nga avlodlari – Qoraxoniylar: Turkiy dunyo va Islom olami Qoraxoniylar davrida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Anjuman ochilishida Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, TURKSOY bosh kotibi Sulton Rayev, Turkiy akademiya prezidenti Shahin Mustafayev, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva hamda O‘zbekiston milliy media birlashmasi rahbari Sherzodxon Qudratxo‘ja so‘zga chiqishdi.

Konferensiya o‘z ishini besh yo‘nalish — tarix va davlat boshqaruvi, ilm-fan va madaniyat, turkiy islom madaniyati, til va adabiyot, hamda Yusuf Xos Hojib ijodini o‘rganish yo‘nalishlari bo‘yicha sessiyalarda davom ettirmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/93593

#XalqaroAnjuman #TÜRKÜNİB #Toshkent

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
😄TDSHUda «Alp Er To‘nga avlodlari – Qoraxoniylar: Turkiy dunyo va Islom olami Qoraxoniylar davrida» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda.

Mazkur nufuzli ilmiy anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Turkiy davlatlar tashkiloti, Toshkent xalqaro universiteti hamda O‘zbekiston milliy media birlashmasi hamkorligida tashkil etildi.

Konferensiyada Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, TURKSOY bosh kotibi Sulton Raev, Turkiy akademiya prezidenti Shahin Mustafayev, TDSHU rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva, O‘zbekiston milliy media birlashmasi rahbari Sherzodxon Qudratxo‘ja, shuningdek, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tarmoq institutlari rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, Turkiy universitetlar ittifoqiga a’zo 50 dan ortiq universitet rahbarlari hamda 100 dan ortiq tarixchi, sharqshunos, turkolog, filolog va adabiyotshunos olimlar ishtirok etdi.

Dastur doirasida quyidagi ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha sessiyalar tashkil etildi:
🟢Qoraxoniylar davri tarixi, davlatchiligi va boshqaruvi;
🟢Qoraxoniylar davrida ilm-fan va madaniyat;
🟢Turkiy islom madaniyatining shakllanishida Qoraxoniylarning o‘rni;
🟢Qoraxoniylar davrida til va adabiyot;
🟢Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarini o‘rganishning dolzarb masalalari.

Bundan tashqari, konferensiya doirasida «Tabarruk ziyorat loyihasini rivojlantirish va Alp Er To‘nga merosi» mavzusida davra suhbati o‘tkazilmoqda.

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/23 07:07:14
Back to Top
HTML Embed Code: