Telegram Web Link
2025-yil 2-iyul kuni Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatrida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2024–2025-o‘quv yilida bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini tamomlagan bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

⭐️Tadbir avvalida bitiruvchilarga shifokorlik kasbining oliy burchi, inson salomatligini asrash borasidagi muqaddas vazifalar yana bir bor eslatilib, ular “Shifokorlikka qasamyod” qildilar.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi tadbirda 2024/2025-o‘quv yilini muvaffaqiyatli tugatib, diplom bilan taqdirlangan jami 532 nafar bitiruvchi quyidagilardan iborat:

🟢Magistratura mutaxassisligi: 13 nafar magistr

Davolash fakulteti:
🟢Davolash ishi yo‘nalishi: 172 nafar

Pediatriya fakulteti:
🟢Pediatriya ishi yo‘nalishi: 44 nafar
🟢Oliy hamshiralik ishi: 21 nafar
🟢Xalq tabobati yo‘nalishi: 19 nafar

Tibbiy profilaktika, SSB va xorijiy talabalar fakulteti:
🟢Tibbiy profilaktika yo‘nalishi: 79 nafar
🟢Davolash ishi (Turkmaniston fuqarolari): 13 nafar

Stomatologiya fakulteti:
🟢Stomatologiya yo‘nalishi: 111 nafar

Qo‘shma ta’lim dasturi:
🟢Privoljsk ilmiy tadqiqot tibbiyot universiteti bilan: Farmatsiya – 10 nafar, Davolash ishi – 26 nafar
🟢Kazan Federal universiteti bilan: Tibbiy biologiya – 24 nafar

➡️ BATAFSIL

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🤩1
#Yoshlar_oyligi
#dolzarb_90_kun

2025-yil 2-iyul kuni TTA Urganch filiali Davolash fakulteti tyutori M.R. Atayev tashabbusi bilan Shovot tumani “Idali Qal’a” mahallasida joylashgan 31-sonli umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sport-sog‘lomlashtirish va madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi, shuningdek, yoshlar o‘z iqtidorlarini ko‘rsatib, turli musiqiy cholg‘u asboblarida kuylar chalib, barchaga yuqori kayfiyat ulashdilar.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
2025/07/14 11:14:38
Back to Top
HTML Embed Code: