Telegram Web Link
"Xalq tabobati 3+2" qo‘shma ta’lim dasturi doirasidagi talabalar Xitoyga amaliyotga jo‘nab ketdi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali hamda Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Xalq tabobati 3+2" Qo‘shma ta’lim dasturi talabalari Xitoy Xalq Respublikasiga malakaviy amaliyot o‘tash uchun jo‘nab ketdi.

Ushbu safarda talabalarga O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.I.Ollaberganov hamrohlik qilmoqda.


Mazkur malakaviy amaliyot Xitoyning yetakchi tibbiyot muassasalarida tibbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, xalqaro tajriba almashish hamda zamonaviy tibbiyot yutuqlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
👍841👏1
#Yoshlar_oyligi
#dolzarb_90_kun

TTA Urganch filiali Davolash fakulteti tyutori G.B. Nazarova tashabbusi bilan Shovot tumani “Rayot” mahallasida Yoshlar oyligi munosabati bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida qator madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Mazkur tashabbus asosida 21-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzi, kasb-hunar tanlovi, milliy qadriyatlar targ‘iboti, ekologik madaniyatni oshirishga doir ma'rifiy suhbatlar, viktorinalar va sport musobaqalari ham o‘tkazildi.


TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
1🔥1
Yoshlar kuni munosabati bilan "Avesto" majmuasida yirik madaniy tadbir o‘tkazildi

2025-yil 30-iyun kuni "Yoshlar kuni" munosabati bilan Xorazm viloyati hokimi J.R. Raximov tashabbusi bilan Urganch shahrida joylashgan "Avesto" majmuasida yoshlar uchun galakonsert va yirik madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda TTA Urganch filiali Davolash fakulteti tyutori O.Sh. Matchanova hamda TTJ tarbiyachi-pedagogi R.M.Atajanovlar ishtirokida, talabalar turar joyida yashovchi mahalliy va xorijlik talabalar faol ishtirok etdilar. Ular konsertda ko‘tarinki ruhda qatnashib, madaniy hordiq chiqardilar.

Tadbir yoshlarni vatanparvarlik, mehr-oqibat, insonparvarlik kabi oliy qadriyatlarga undab, kelajakda jamiyat uchun munosib shaxs bo‘lib yetishishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Konsert yoshlar ruhiyatini yuksaltirishda va ularning ijtimoiy faolligini oshirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.


TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
1
#Yoshlar_oyligi
#dolzarb_90_kun

TTA Urganch filiali Davolash fakulteti tyutori Ishchanova Fazilat Shamurotovna tashabbusi bilan Shovot tumani “Monok” mahallasida joylashgan 3-son va 53-son umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Yoshlar oyligi munosabati bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Mazkur tashabbus doirasida yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Xususan, shaxmat sporti, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish, yoshlar o‘rtasida intellektual o‘yinlar va viktorinalar tashkil etildi.

Ushbu tadbirlar yoshlarda bilim va ma’naviyatni oshirish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, shuningdek, bo‘sh vaqtlarini foydali tashkil etishga xizmat qilmoqda.


TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
5
2025/07/14 00:42:20
Back to Top
HTML Embed Code: