Telegram Web Link
MAAB Academy» xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida o‘tkazilgan uchrashuvda "MAAB Academy" O’zbekistonda eng serdaromad soha hisoblanmish Business Intelligence (BI – ma’lumotlar bazasi tahlili) yo’nalishi bo'yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan bootcamp kurslari haqida talaba-yoshlarga ma’lumotlar berishdi.

Shuningdek, MAAB akademiyada oʻqishni istagan yoshlar tanqidiy va mantiqiy fikrlash, hamda ingliz tili darajasini tekshiruvchi imtihondan o‘tishi, yoshlar o‘rtasida Microsoft, Google, Amazon, Meta kabi gigant IT kompaniya xodimlaridan to'g'ridan-to'g'ri master-klass (mahorat) darslari olib borilishi xususida so‘z bordi.

Tadbirda talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

👉
@TUITKF_UZ
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ziyolilar oilasi “Ziyolilar” loyihasining ikkinchi mavsumiga start beradi

Siz O‘zbekistonning “Eng kuchli top 100” talabalari ro‘yxatida bo‘lishni xohlaysizmi? Unda bu loyiha aynan siz uchun!

Birinchi mavsumidayoq ko‘plab yoshlarda katta qiziqish uyg‘otgan “Ziyolilar” loyihasining 2-mavsumi boshlanmoqda. “Ziyolilar” loyihasi “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish Xalqaro fondi loyihasidir. Ushbu loyiha yil davomida fan, sport, ijod, ixtiro va ijtimoiy faoliyatda o‘zini ko‘rsatgan va yuqori natijalarga erishgan O‘zbekistonning 100 nafar eng yaxshi talabalarini o‘zida birlashtiradi.

Ushbu loyiha O‘zbekistonning yosh avlodini qo‘llab-quvvatlash va o‘z maqsad va orzulariga erishishga undash maqsadida yaratilgan. Loyihada ishtirok etish orqali siz o‘zida fan, sport, ijod, ixtiro va ijtimoiy faoliyatda o‘zini ko‘rsatgan O‘zbekistonning eng kuchli 100 nafar talabalaridan iborat “O‘zbekiston talabalari almanaxi”ga kirishingiz, maxsus sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar sohibi bo‘lishingiz mumkin.

Shunday ekan, “Ziyolilar” loyihasi ishtirokchisi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Bizning ziyolilar.com veb-saytimiz orqali ro‘yxatdan o‘ting va bilim va imkoniyatlarning yangi marralarini zabt eting!

www.tg-me.com/Ziyoforum_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бугун ота - онангиздан хабар олиб, уларни эсладингизми?

Биз ота - оналар учун доим ёш боламиз...

Улғайиб борганим сари тобора,
Елкамни оғир юк босиб бормоқда...

Бугун пайқаб қолдим бу далли дунё
Юзингга ажинлар чизаётганин...
Biriktirilgan mahalla yoshlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali rahbariyati Shahrisabz davlat pedagogika instituti binosida tumandagi Obod mahallasidagi davlatning alohida ko‘magiga muxtoj og‘ir toifadagi yoshlar bilan uchrashib, suhbatlashdi, ularning muammo va qiziqishlarini tingladi.

Suhbat davomida filial direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Amanov mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritib, bu imkoniyatlardan oqilona foydalanish kerakligini ta’kidladi.

Ochiq muloqotda filial rahbariyati yoshlarning bergan savollariga javob qaytarib, ularning ta’lim olishi va kasb-hunar bilan shug‘ullanishlariga ko‘maklashishga doim tayyor ekanini bildirdi.

👉
@TUITKF_UZ
"Инсон учун" савдо кўргазмасига бугун-эрта боришни ва ногиронлиги бўлган шахслар томонидан ишлаб чиқарилган буюмларни сотиб олишни тавсия қиламан.

Ушбу тадбир Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги ва бошқа ҳамкор ташкилотлар билан биргаликда «Ўзэкпомарказ» миллий кўргазмалар залида ташкил этилган бўлиб, сиз ушбу савдо кўргазмасида бемалол ўзингиз ёки корхонангиз томонидан харид қилишингиз мумкин.

Имконияти чекланган инсонлар учун бу каби ўз меҳнати туфайли даромад топиш имкониятининг яратилиши уларга ҳам моддий ҳам маънавий рағбат бўлиши аниқ.

Кўргазма эртага, 2 май куни ҳам давом этади.

https://www.xabar.uz/post/toshkentda-inson-uchun-savdo-korgazmasi-bolib-otmoqda-foto

Ногиронлиги бор инсонларни ўқитиб, IT хизматларини экспорт қилувчи корхонага ишга жойлаган таълим муассасалари онлайн ариза топшириб 35,5 миллион сўмгача субсидия олишлари мумкинлиги ҳам эслатиб ўтамиз: https://www.tg-me.com/MyGovUz/2685
#TALABALAR_XAVFSIZLIGI

⚡️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida har haftaning payshanba kuni “Talabalar xavfsizligi” kuni deb e’lon qilingan.

Ushbu munosabat bilan, akademik guruhlarda “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish profilaktikasi” mavzusida targ‘ibot-tashviqot uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Kompyuter injiniring fakultetida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda Qashqadaryo viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Laziz Jo‘rayev hamda profilaktika inspektori Bexruz Dulonov ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan muloqot qildi.

Muloqot davomida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.

👉@TUITKF_UZ
#TALABALAR_XAVFSIZLIGI

⚡️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida har haftaning payshanba kuni “Talabalar xavfsizligi” kuni munosabati bilan, talaba-yoshlar o‘rtasida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

👉
@TUITKF_UZ
#ICHKI_TURIZM

Moziyga sayohat dasturi doirasida qadim va novqiron Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali kompyuter injiniring fakulteti tyutori O‘tkir Tursunov boshchiligida bir guruh talaba-yoshlarning Samarqand shahriga sayohati tashkil etildi.

Sayohat davomida talaba-yoshlar qadimiy va novqiron shaharning ko‘hna tarixi va istiqlol yillarida ro‘y bergan katta o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishishdi.

Ular Samarqandning diqqatga sazovor joylari bo‘lgan Guri Amir maqbarasi, Sherdor, Tillakori madrasalari, Xo‘ja Doniyor maqbarasi, Shohizinda ansambli hamda Registon maydonida bo‘lishdi.

👉
@TUITKF_UZ
2024/05/18 03:37:44
Back to Top
HTML Embed Code: