Telegram Web Link
#Microsoft_certificate

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Kookmin universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida Dasturiy injiniring fakulteti talabasi Sardor Rustamov va Kompyuter injiniringi fakulteti talabalasi Alisher Abduxalilboyev Microsoft kompaniyasining Xalqaro “MS Azure fundamentals” kursini muvaffaqiyatli tugatib tegishli xalqaro IT- sertifikatga ega bo‘ldi va ushbu imkoniyatni qo‘lga kiritdi.

🥳 Rustamov Sardor va Alisher Abduxalilboyevlarni ushbu natija bilan tabriklagan holda bundanda yuqori marralarga erishishlarini tilaymiz.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥 🟦🟦🟦

🎓 Hurmatli TATU bitiruvchilari!

⭐️ O'zbekistondagi lider aloqa operatorlaridan biri Ucell kompaniyasi yetakchi mutaxassislari ishtirokida tashkil etilayotgan seminarga Telekommunikatsiya injiniringi, Radio va mobil aloqa, Dasturiy injiniring va Kompyuter injiniringi fakulteti 4-kurs talabalarini taklif qilamiz.

📢 Seminarda siz, kompaniya faoliyati, uning yutuqlari, yosh mutaxassislarga yaratilayotgan sharoitlar, kompaniyadagi mavjud amaliyot/stajirovka dasturlari va bo'sh ish o'rinlari haqida bilib olasiz.

⚙️ Seminar davomida kompaniya vakillari tomonidan taqdim qilingan keys va topshiriqlarni to’g’ri bajargan talabalar kompaniyada stajirovka o'tash hamda keyinchalik kompaniyada faoliyat olib borish imkoniyatini qo'lga kiritadilar.

💼 Shuningdek, korxonaning yetuk mutaxassislaridan o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

📣 Ma'ruzachilar:

➡️ Shamsutdinov Ridvan Talgatovich- Radio tarmoqlarini rejalashtirish va optimallashtirish guruhi rahbari;
➡️ Tillayev Sanjar SHuxratovich- Radio tarmog'ini rejalashtirish va optimallashtirish bo'yicha muhandis;
➡️ Seit-Mamutova Aleksandra Aleksandrovna- Ichki aloqa menejeri.

❗️O'zingiz bilan rezyume olishni ham unutmang!

📆 18-may, soat 9:00
📍 TATU, Media markazi



Bizni kuzatishda davom eting!

🔘 Eng so'nggi vakansiyalar: ❤️ @tatu_karyera_markazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir

Bugun, 16-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlar bandligini ta'minlashning dolzarb masalalari» mavzusida davra suhbati bolib otdi.

👥 Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining raisi - I. Abdullayev,
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari - R. Karimjonov hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori - B. Maxkamovlar boshchiligida bo'lib o'tdi.

💬 Davra suhbatida «Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlar bandligini ta'minlashning dolzarb masalalari», «IT sohasiga kadrlar tayyorlashda uzluksiz ta'limning barcha bo‘g‘inlarida uzviylikni ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar», «IT mehnat bozori talablari asosida zamonaviy bilim
va ko‘nikmalarni shakllantirish»
kabi mavzular muhokama qilindi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#konferensiya

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida AKTsKT fakulteti, "Gumanitar fanlar" kafedrasi tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekistonda axborotlashgan jamiyatni rivojlantirish istiqbollari: muammolar va imkoniyatlar” mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy anjumani bo'lib o'tdi.

🗒 Anjuman quyidagi mavzularni o'z ichiga oldi:
- Axborotlashgan jamiyat, raqamli iqtisod va axborot xavfsizligi muammolari.
- Energetika tarmog‘iga aloqador korxonalarning innovatsion faoliyatni olib borishdagi xorij tajribasi va yo‘nalishlari.
- Yengil vaznli kriptografik algoritmlarni standartlashtirish holati.
- Aeroport axborot xavfsizligi, tahdidlar va hujumlar.
- Axborot jamiyatida deviant xulq-atvorli yoshlarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishning xususiyatlari
.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

Diqqat ko'rgazmali tanlov!

Sizda innovatsion yechimlarga ega ishlanma bor, lekin uni rivojlantira olmayapsizmi?

🏆 Qimmatbaho sovg'alarga ega bu tanlovda albatta ishtirok eting va mahsulotingizni rivojlantiring!

Tezkor online ro‘yxatdan o‘tish;

💻 Faqat TATU va uning hududiy filiallarining bakalavr, magistratura va doktoranturasida tahsil olayotgan barcha ishtirok etishlari mumkin!

Ishtirokchilar 19-may kuniga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.
20-may kuni saralash natijalari e'lon qilinadi.
23-may kuni finalistlar Toshkent shahri, TATU, Sport zalida o'zlariga belgilangan joyda taqdim etishadi.
24-may kuni taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.

👌 Qaroringizni ortga surmang, bugunoq o‘z arizangizni yuboring!

📞 Murojaat uchun telefon: +99890 9701070
Call markazi: +99890 573 22 31
Savollar yuzasidan admin bilan bog‘lanish

🗒 Batafsil: Tashrif buyurish.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#exchange

📢 Hurmatli magistratura bosqichi talabalari!

🤝 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va hududiy filiallari sizlarni talabalar almashinuvi dasturida (students exchange program) qatnashishga taklif etadi.

Almashinuv dasturi Fransiyaning ENSSAT universitetida 2024-yil kuzgi semestr davomida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

📌 Talablar:
🟢Tilni bilish darajasi: IELTS 6
🟢Kurs: Magistratura kamida 1-kurs bo'lishi kerak.
so'nggi kurslar qatnasholishmaydi.

🗓 Muddat: 2024-yil 25-may.

Hujjat topshirish uchun - https://forms.gle/43Bm8Hj8SspPxkRC6

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/17 07:38:54
Back to Top
HTML Embed Code: