Telegram Web Link
Forwarded from Турон адиблари-Turon adiblari. (Муқимжон НУРБОЕВ Muqimjon NURBOYEV)
⚡️ Бугун 9-апрель — Соҳибқирон Амир Темур (1336-1405) таваллуд топган кун!

Амир Темур ибн амир Тарағай 1336-йил 9-апрелда Кеш (Шаҳрисабз)нинг Хўжа Илғор қишлоғида дунёга келган. Унинг отаси амир Муҳаммад Тарағай барлос улусига мансуб беклардан, баҳодир жангчи, уламою фузалога ихлосманд, илм аҳлига ҳомий ва иштиёқманд киши бўлган.

Турон адибларига қўшилинг👇
Турон адиблари телеграм канали ва гуруҳи👇
@Turonadiblari 👈 каналимиз,
@Turon_adiblari👈 гуруҳимиз.
👍1👌1
Forwarded from Турон адиблари-Turon adiblari. (Муқимжон НУРБОЕВ Muqimjon NURBOYEV)
⚡️ Bugun 9-aprel — Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun!

Amir Temur ibn amir Taragʻay 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz)ning Xoʻja Ilgʻor qishlogʻida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Taragʻay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi boʻlgan.

Turon adiblariga qoʻshiling👇
Turon adiblari telegram kanali va guruhi👇
@Turonadiblari 👈 kanalimiz,
@Turon_adiblari👈 guruhimiz.
👍1👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turon adiblariga qoʻshiling:
@Turon_adiblari 👈 guruhimiz
@Turonadiblari 👈 kanalimiz.
👍1👌1
Audio
👍1👌1
Forwarded from Турон адиблари-Turon adiblari. (Муқимжон НУРБОЕВ Muqimjon NURBOYEV)
ТАВБАНГ ҚАБУЛ БЎЛМАС СЕНИ...
(Мухаммас)

Эй кўзимнинг шамъию ҳам нури дийдам равшани,
Одами иймонға етмай ҳеч вақт бўлмас Ғани,
Мардумозори қилиб, бўлма Худони душмани,
Осмонга етса бошинг, қилмагил мову-мани,
То Отанг рози эмас, тавбанг қабул бўлмас сени.

Кечаю кундуз агар Қуръон тиловат айласанг,
Шабни рўз айлаб мудом тақвойи тоат айласанг,
Мисли Ҳотамдек бўлиб хайру саховат айласанг,
Каъбайи мақсудни минг бор зиёрат айласанг,
То Отанг рози эмас, тавбанг қабул бўлмас сени.

Машриқу Мағрибни кезсанг, йўқ бу дардингга табиб,
Қилмағай андак шафоат, саййиди нури Ҳабиб,
Куйдурур ул Молики дўзах, сени охир мужиб,
Юз фиғону нола қилсанг, ҳеч киши келмас қариб,
То Отанг рози эмас, тавбанг қабул бўлмас сени.

Дини имонинг билан урсанг бу йўлда дасту по,
Зўри бозинг бирла этсанг ўттиз уч минг хонақо,
Осмондин тушса Исо, қилса ҳаққингга дуо,
Муршидинг Хизри замон бўлса, бўлолмас раҳнамо,
То Отанг рози эмас, тавбанг қабул бўлмас сени.

Бўйи раҳмат анга етмас, кимки бадкирдордур,
Гўр ани қилмас қабул, чиркин тани мурдордур,
Чун Худо бандам демас, ҳар кимки дил озордур,
Ким Падарозордур, андин Худо безордур,
То Отанг рози эмас, тавбанг қабул бўлмас сени.

Тоатинг беҳудадур, ҳаргиз тополмассан самар,
Сад ҳазорон некни, бир хўйи бад барҳам урар,
Эй муққаддар доманинг куйди ўзингдин бехабар,
Арши аъзамдин улуғдур, бандага амри Падар,
То Отанг рози эмас, тавбанг қабул бўлмас сени.

Ҳеч оқил ўзини аҳли касофат айламас,
Бу гиёҳи талхни ҳеч ким зироат айламас,
Ким Падарозордур – Аҳмад шафоат айламас,
Бандайи мўмин омонатга хиёнат айламас,
То Отанг рози эмас, тавбанг қабул бўлмас сени.

Машрабо, азми сафар қилгил неку кирдор бўл,
Бандаликни пеша тут, шаб то саҳар бедор бўл,
Охиратни хавфидин қон йиғлагил, ҳушёр бўл,
Боғи ризвон истасанг, амри Падарга ёр бўл,
То Отанг рози эмас, тавбанг қабул бўлмас сени.

Бобораҳим Машраб.

Турон адиблари телеграм канали ва гуруҳи 👇
@Turonadiblari 👈 каналимиз,
@Turon_adiblari 👈 гуруҳимиз.





TAVBANG QABUL BOʻLMAS SENI...
(Muxammas)


Ey koʻzimning shamʼiyu ham nuri diydam ravshani,
Odami iymongʻa yetmay hech vaqt boʻlmas Gʻani,
Mardumozori qilib, boʻlma Xudoni dushmani,
Osmonga yetsa boshing, qilmagil movu-mani,
To Otang rozi emas, tavbang qabul boʻlmas seni.

Kechayu kunduz agar Qurʼon tilovat aylasang,
Shabni roʻz aylab mudom taqvoyi toat aylasang,
Misli Hotamdek boʻlib xayru saxovat aylasang,
Kaʼbayi maqsudni ming bor ziyorat aylasang,
To Otang rozi emas, tavbang qabul boʻlmas seni.

Mashriqu Magʻribni kezsang, yoʻq bu dardingga tabib,
Qilmagʻay andak shafoat, sayyidi nuri Habib,
Kuydurur ul Moliki doʻzax, seni oxir mujib,
Yuz figʻonu nola qilsang, hech kishi kelmas qarib,
To Otang rozi emas, tavbang qabul boʻlmas seni.

Dini imoning bilan ursang bu yoʻlda dastu po,
Zoʻri bozing birla etsang oʻttiz uch ming xonaqo,
Osmondin tushsa Iso, qilsa haqqingga duo,
Murshiding Xizri zamon boʻlsa, boʻlolmas rahnamo,
To Otang rozi emas, tavbang qabul boʻlmas seni.

Boʻyi rahmat anga yetmas, kimki badkirdordur,
Goʻr ani qilmas qabul, chirkin tani murdordur,
Chun Xudo bandam demas, har kimki dil ozordur,
Kim Padarozordur, andin Xudo bezordur,
To Otang rozi emas, tavbang qabul boʻlmas seni.

Toating behudadur, hargiz topolmassan samar,
Sad hazoron nekni, bir xoʻyi bad barham urar,
Ey muqqaddar domaning kuydi oʻzingdin bexabar,
Arshi aʼzamdin ulugʻdur, bandaga amri Padar,
To Otang rozi emas, tavbang qabul boʻlmas seni.

Hech oqil oʻzini ahli kasofat aylamas,
Bu giyohi talxni hech kim ziroat aylamas,
Kim Padarozordur – Ahmad shafoat aylamas,
Bandayi moʻmin omonatga xiyonat aylamas,
To Otang rozi emas, tavbang qabul boʻlmas seni.

Mashrabo, azmi safar qilgil neku kirdor boʻl,
Bandalikni pesha tut, shab to sahar bedor boʻl,
Oxiratni xavfidin qon yigʻlagil, hushyor boʻl,
Bogʻi rizvon istasang, amri Padarga yor boʻl,
To Otang rozi emas, tavbang qabul boʻlmas seni.

Boborahim Mashrab

Turon adiblari telegram kanali va guruhi 👇
@Turonadiblari 👈 kanalimiz,
@Turon_adiblari 👈 guruhimiz.
https://www.tg-me.com/Turonadiblari
👍2👌1
ДУНЁ ҚИЗИ

Эй, дунёнинг қитмир қизи,
Ишванг жонни ёқажакдир.
Йўлиққаннинг титраб тизи,
Ҳуши бошдан чиқажакдир.

Қувонарсан айбинг ўртсанг,
Ҳавасларинг торин чертсанг...
Макрларинг юкин ортсанг
Минг туяни йиқажакдир!

Йўқдир сабру қаноатинг,
Битмас айшу фароғатинг...
Сил заҳмидек ҳар иллатинг,
Эшу ётга юқажакдир!

Ким ҳуснингдан сафо кутгай,
Ҳар истагинг адо этгай...
Қалбин ранжу ано ютгай,
Жонин армон сиқажакдир!

Бўлмагуси ўнгда ўрни,
Ҳатто тушда кўрмас тўрни...
Минг йиқилиб, қонаб бурни,
Ҳаёт пандин уқажакдир!

Ким таврингдан олмас ибрат,
Бош устидан кетмас кулфат...
Жин хайлига бўлиб улфат,
Зиллат тавқин тақажакдир!

Отамурод Поён,
Сурхондарё вилояти.


Турон адибларига қўшилинг:
@Turon_adiblari 👈 гуруҳимиз,
@Turonadiblari 👈 каналимиз.


DUNYO QIZI

Ey, dunyoning qitmir qizi,
Ishvang jonni yoqajakdir.
Yoʻliqqanning titrab tizi,
Hushi boshdan chiqajakdir.

Quvonarsan aybing oʻrtsang,
Havaslaring torin chertsang...
Makrlaring yukin ortsang
Ming tuyani yiqajakdir!

Yoʻqdir sabru qanoating,
Bitmas ayshu farogʻating...
Sil zahmidek har illating,
Eshu yotga yuqajakdir!

Kim husningdan safo kutgay,
Har istaging ado etgay...
Qalbin ranju ano yutgay,
Jonin armon siqajakdir!

Boʻlmagusi oʻngda oʻrni,
Hatto tushda koʻrmas toʻrni...
Ming yiqilib, qonab burni,
Hayot pandin uqajakdir!

Kim tavringdan olmas ibrat,
Bosh ustidan ketmas kulfat...
Jin xayliga boʻlib ulfat,
Zillat tavqin taqajakdir!

Otamurod Poyon,
Surxondaryo viloyati.


Turon adiblariga qoʻshiling:
@Turon_adiblari 👈 guruhimiz,
@Turonadiblari 👈 kanalimiz.

https://www.tg-me.com/Turonadiblari
👍3
ИНТЕРНЕТ ТИТИБ...

Арзирли бир маъно тополмам,
Кўплар ёққан яшил чироғин.
Мендек ҳайрон улар ҳам чамам,
Тугаб қолар ҳакам – якка сўз.
Қайта-қайта титаман уни,
Қўлдан қўйсам хумори тутар.
Қизиқ мавзу излайди бу кўз,
На боши бор, на-да оёғи.
Саёз постлар қўяди кимлар,
Тузук маъно топмайин бундан.
Кузатади бетараф жимлар,
Бус-бутун бир китобни олиб.
Ўқиш учун чидамас тоқат,
Эртаю кеч қўлда телефон.
Коса кутар, совуйди овқат,
Чала мавзу, чала ғоялар.
Хайриятки, уч-тўртта Устоз
Илинади биз учун кунда.
Ўқиб улар ашъорларини,
Фикр суриб оламиз сабоқ.
Бу азизлар кўпларни дея,
Тонг оттирар юммасдан қовоқ.

Дилором АЛЛАМУРОТОВА,
Тожикистон. Хўжанд вилояти.


Турон адибларига қўшилинг:
@Turon_adiblari 👈 гуруҳимиз,
@Turonadiblari 👈 каналимиз.



INTERNET TITIB...

Arzirli bir maʼno topolmam,
Koʻplar yoqqan yashil chirogʻin.
Mendek hayron ular ham chamam,
Tugab qolar hakam – yakka soʻz.
Qayta-qayta titaman uni,
Qoʻldan qoʻysam xumori tutar.
Qiziq mavzu izlaydi bu koʻz,
Na boshi bor, na-da oyogʻi.
Sayoz postlar qoʻyadi kimlar,
Tuzuk maʼno topmayin bundan.
Kuzatadi betaraf jimlar,
Bus-butun bir kitobni olib.
Oʻqish uchun chidamas toqat,
Ertayu kech qoʻlda telefon.
Kosa kutar, sovuydi ovqat,
Chala mavzu, chala gʻoyalar.
Xayriyatki, uch-toʻrtta Ustoz
Ilinadi biz uchun kunda.
Oʻqib ular ashʼorlarini,
Fikr surib olamiz saboq.
Bu azizlar koʻplarni deya,
Tong ottirar yummasdan qovoq.

Dilorom ALLAMUROTOVA,
Tojikiston. Xoʻjand viloyati.


Turon adiblariga qoʻshiling
:
@Turon_adiblari 👈 guruhimiz,
@Turonadiblari 👈 kanalimiz.

https://www.tg-me.com/Turonadiblari
«ШЕЪРИМНИЯМ БЕРАЙМИ, ЎҚИЙСИЗ…»

Панжакентнинг Навобод қишлоғи мактабидаги учрашув давом этарди. Абдували Бекмуҳаммадга навбат текканда, у Жамшидга юзланди:
– Кўзойнагингизни бериб туринг!
– Шеъримниям берайми… ўқийсиз, – деди аста у. Пиқиллаб кулган овозлар эшитилди.
Fусор мактабида аҳвол такрорланди. Абдували Бекмуҳаммад кўзойнак сўраганда Жамшид секингина деди:
– Ҳаётга менинг кўзим билан қарашни ўрганаяпсиз-а?

Раҳим БЕРДИ,
Тожикистон. Хўжанд вилояти.


Турон адибларига қўшилинг:
@Turon_adiblari 👈 гуруҳимиз,
@Turonadiblari 👈 каналимиз.

https://www.tg-me.com/Turonadiblari
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
МАСЛАҲАТИМ

Худойимга солиб кетавер,
Манзилингга тезроқ етасан.
Кўрмаганга олиб кетавер,
Кўрмагандай бўлиб кетасан.

✍️ Иқбол МИРЗО

Турон адибларига қўшилинг:
@Turon_adiblari 👈 гуруҳимиз,
@Turonadiblari 👈 каналимиз.

https://www.tg-me.com/Turonadiblari
👍5
#Yosh_ijodkor
#Maqola

📢 "BAXSHIYONA OHANGLAR" - XUSH OHANGLAR

“Yozganlarim – topganlarimdir. Ijod – ko‘nglimning mulki. Ijodkor bo‘lib tanilish peshonaga yozilgan bo‘lsa, bu mening omadim”, – deydi Sirdaryo go‘shasining yana bir omadli ijodkorlaridan bo‘lgan Alisher Nur (Nurboyev). Kitobxonlar ko‘nglidan o‘ziga xos ijodi bilan o‘rin olish baxtiga muyassar bo‘lgan  iste’dodli shoirimiz, xalq baxshisi Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining evarasidir.
Ajdodlariga munosib avlod  bo‘lib qalam tebratib kelayotgan shoir va jurnalist bugungi kunda “So‘z sehri”, “Ishq sahrosi”, “Sog‘inch tilsimi”, “Sardoba sadosi”, “Baxshiyona ohanglar” to‘plamlarining muallifi hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlarni “Baxshiyona ohanglar” she’riy to‘plamida muqaddima sifatida  keltirilishi taniqli adibning qay darajada kamtar ekanligidan dalolat. Mazkur to‘plamga baxshiyona ohanglar davomchisi bo‘lmish Alisher Nurning umuminsoniy tuyg‘ular, xalqona ruhda bitilgan ko‘ngil bitiklari jamlangan. She’rlaridagi  salmoqdorlik va mehrigiyodek o‘ziga tortuvchi samimiyat har bir o‘qirmanni e’tibor markazidan chetda qolmasligini aniq.
Keyingi vaqtlarda viloyatimizda adabiyot ixlosmandlarining safi tobora kengayib borishi va yozuvchi, shoirlar ijodida yuksalayotganligini ko‘rsatmoqda. Shu ma’noda shoir Alisher Nurning dastlabki to‘plami “So‘z sehri”ning asosi an’anaviy va xalqona ruhdagi ijod namunalaridan iborat bo‘lsa, keyingi nashr etilgan kitoblaridagi mavzularning rang-barang ko‘lami adabiyotga oshno qalbning qalami charxlanib borayotganligini namayon qiladi. “Ishq sahrosi”da zamonaviy ifodalarning qo‘llanilishi ham shular jumladandir. Darhaqiqat, shoirning oxirgi yillarda o‘z muhiblariga taqdim qilgan  “Baxshiyona ohanglar” – xalqona xush ohanglardan iborat ekanligiga guvoh bo‘lamiz:
Baxshi bobom – Jumanbulbul ovozini,
Oy, yulduzning yog‘du nomli sarbozini,
She’r qushining ko‘kni quchgan parvozini
Kuyga solib, qo‘shiq qilgan do‘mbiram.
Bu satrlarda shoir tomirida baxshilar qoni oqayotganini, ilhom do‘mbirasi muallifni doimiy ijodga chorlab turishi haqidagi kechinmalari ifodalanganligini ko‘rish  mumkin. Do‘mbira obrazi orqali o‘z ijodining yuksak marralarni zabt etishga  muvaffaq bo‘layotganini tasvirlagan. Ko‘kni quchishga shaylanayotgan she’r qushi o‘xshatishi orqali esa o‘z maqsadini sodda va ravon uslubda o‘quvchiga yetkazib bera olgan. Shuningdek, milliy cholg‘u asbobi do‘mbiraga mehri boshqacha ekanligi, qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini aks ettirgan.
Yoki falsafiy mazmunda bitilgan “Suratga boqaman” she’riga nazar soladigan bo‘lsak:
Suratga boqaman – suratim tirik,
Uchqur qadamlarim dovon oshmoqda.
Tomirdagi qonim suvdek yugurik,
Qaynoq yuragimda to‘lib toshmoqda.
Parcha orqali lirik qahramon yuragidagi olov, shijoat so‘nmaganligini ifoda etadi. Tomir, qon, yurak so‘zlari bilan tanosub san’ati vositasida ruhiy holatini aks ettirgan ushbu she’rning har bir misrasi o‘zining “men”ini tasvirlashi bilan yanada ahamiyatli va e’tiborga molik. She’rdagi “Suratga boqaman – suratim tirik” misrasining shoirning alletiratsiyani qo‘llashga oid mahoratini yanada yaqqol namoyon qilgan.
Ushbu to‘plamni mutolaa qilish jarayonida shoirning she’rlaridan ufurib turgan xalq og‘zaki ijodiga xos ruhiyat kitobxonni shu dunyoga yetaklab kira oladi. Bu yo‘nalish bilan cheklanmagan ijodkor vatanni madh etuvchi va ishq mavzusidagi bitiklarida sodda va xalqchil o‘xshatishlardan ham unumli foydalanadi.  Shoirning mazkur to‘plamidagi jamlangan she’rlar ana shunday badiiyat unsurlari poydevori ustiga qurilgan. Yurtdoshlarining quvonch-u dardini, muhabbatini tarannum aylashdan tolmaydigan ijodkorning she’rlarini mutolaa qilish, ma’naviy oziqlanish nafaqat estatik zavq beradi, balki ma’rifat olamiga ham yetaklashi shubhasizdir. 

©Gulzoda UMMATOVA,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi "Yosh ijodkorlar" to'garagi a'zosi

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

@Turonadiblari 👈kanalimiz.
@Turon_adiblari 👈guruhimiz.
https://www.tg-me.com/turonadiblari
👍6😍32🔥21❤‍🔥1🥰1👏1💋1
#Yosh_ijodkor
#Maqola

📢 MEHRLI BO'LAYLIK...

Umr qisqa. Vaqt g‘animat, hayot esa juda go‘zal, mo‘jizalarga boy. O‘tkir Hoshimovning “Oq marmar, qora marmar” hikoyasida ta’kidlanganidek,  insonlarni vafot etgandan so‘ng qabriga borib, afsuslanib, nola qilgandan ko‘ra tirikligida qadrlamoq – mehr ko‘rsatmoq zarur.
Darhaqiqat, mehr nima o‘zi?
Mehr bu tengsiz xazina, uni pulga sotib olib bo‘lmaydi, mehr bu jon qilish, insonning  o‘zini unutib boshqa inson uchun yashashi, onalarning jon holatda farzand dunyoga keltirishi, ularni oq sut berib kechalarni bedor o‘tkazib voyaga yetkazishi, mehr bu dadajoningning sen istaganing bois seni qimmat restoranga olib  kirib ovqatlantirishi, biroq o‘ziga hech narsa olmasligi, olsada, senga berishi, mehr bu buvijoningning o‘zi odmi kiyinsada, nevarasiga nafaqasidan eng qimmat “Butik” dan kiyimlar xarid qilib berishi, mehr bu bobojoningning o‘zi avtobusda yursa-da, senga taksiga pul berishi.
Mehr bu har qanday holatda senga ishonadigan dardlaringni aytsang, ko‘zyoshlaringni artib, barcha muammolaringga chora topadigan, biroq o‘z dardini yashirib, siqiladigan, xilvatda yig‘laydigan buving, onang. Atrofimizni mehr va mehribonlar qurshab olgan, lekin biz shunga yarasha javob qaytara olayapmizmi? Bu savolga hamma har xil javob beradi, ammo unutmasligimiz kerakki, dunyoni go‘zallik va mehr qutqarib qoladi. Nega inson qo‘rs, qattiqqo‘l odamga emas, mehribon, muloyim insonga talpinadi, boisi odamzot mehrga muhtoj, shirinso‘z ozig‘i. Mehribon, bag‘rikeng insonlarning do‘stlari ko‘p bo‘ladi va ular odamlarni o‘zlariga jalb qiladi.
Hozir hamma o‘z ishi bilan mashg‘ul, soat charxpalagi aylanaveradi, aylanaveradi. Ko‘pchilik faqatgina oilasiga e’tiborli va mehribon, ayrim kishilar hatto o‘z oila a’zolariga ham yomon munosabatda bo‘lmoqda. Bu qaytar dunyo, bari vaqt o‘zlariga qaytadi. Ammo biz atrofimizdagi hech bir insonni e’tiborsiz qoldirmasligimiz, xoh do‘stimiz bo‘lsin, xoh qo‘shnimiz, yoki biror tanishimiz, hatto ko‘chadagi yupun kiyingan insonlar, internet orqali xabar topayotganimiz xasta bolalar – bariga e’tiborli bo‘lishimiz, moddiy va ma’naviy tomondan ko‘maklashishimiz zarur. Axir mehr ko‘p-ku, hammaga yetadi-ku, mehribon insonlarni Allohim ham sevar va ajrini berar, ikki dunyoda aziz qiladi-ku! Aslida bu juda oson, muammolaridan yoxud darslaridan charchab tushkun kayfiyatga tushgan sinfdoshingizning yoniga borib “Senga nima bo‘ldi?” yoki “Hammasi yaxshi bo‘ladi, sen uddalaysan, men senga ishonaman” deyishingizning o‘zigina uning ko‘nglini tog‘dek ko‘tarishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
  Umuman olganda, hozir sodir bo‘layotgan aksariyat xunuk ishlar mehrsizlik sababidan yuz beryapti. Ochiqrog‘i, oilasida mehr-e’tibor ko‘rmagan inson qahri qattiq, alamzada bo‘lib voyaga yetib, qabih ishlarga qo‘l urmoqda. Demak, mehrsizlik – kasallik. Agar davolanmasa, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Mehr ko‘rmagan inson ko‘chadan mehr izlaydi yoki butun dunyoga nafrat ko‘zi bilan boqadi., yomon ish qilsa alamidan chiqadi. Bunday odamlar bu dunyoga, insoniyatga go‘yoki dushman o‘laroq qaraydi, bunday o‘lka rivojlanmaydi, insonlari baxtli bo‘la olmaydi. Shunday ekan, biz mehribon bo‘lib, faqat qarshimizdagi insonni emas, o‘zimizni, balki butun jamiyatni qorong‘ilikdan asrab qolgan bo‘lamiz. Biz bilan yuzlashgan, suhbatlashgan har bir inson biz haqimizda yaxshi tasavvurga ega bo‘lib, xush kayfiyat bilan ketsin. Atrofga qahr emas, mehr ulashaylik. Bizdan avlodlarimizga mehr atalmish yuksak tuyg‘u bir ma’naviy meros o‘laroq qolsin. Bejiz mehr-u muhabbat ijodkorlar uchun alohida mavzu emas. Bejiz quyidagi satrlar bitilmagan:
O‘tar qancha yillar to‘zoni,
Yulduzlar ko‘zyoshi samoni,
O‘tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Qorachig‘da porlagan o‘sha,
Iqboliga chorlagan o‘sha,
Dunyoni tor aylagan o‘sha.
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Zero, hassos shoir Muhammad Yusuf misralarida tarannum etilgan mehr hayot mazmunini aks ettirishini unutmaylik. Shunday ekan, azizlar, mehrli bo‘laylik…

©Matluba SHAKAROVA


@Turonadiblari 👈kanalimiz.
@Turon_adiblari 👈guruhimiz.
https://www.tg-me.com/turonadiblari
5🔥2🥰1
#Yosh_ijodkor
#Maqola

📢 QODIRIY ASARLARIDA MILLIYLIK IFODASI

Vatan – bashariyatning yuragi bo‘lgan tushuncha. Millat muhabbati insonning eng qudratli kuchlaridan biridir. U har qanday insoniy aqidalarni mag‘lub eta oladi. Abdulla Qodiriy ham tomirida ana shunday qudrat oquvchi o‘tkir qalam sohiblaridan biridir. Uning nafaqat ijodi, balki ijtimoiy-siyosiy hayotga aloqador umri va faoliyati yosh avlodni xuddi shunday jasorat ruhi bilan tarbiya qiladi. Millatni mustahkam rishtalar bilan butun tutmoqqa undaydi.
U XX asr o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri bo‘lib, uning asarlarida o‘zbekona ruh, sharqona tarbiya, ota-bobolarimizdan meros urf-odatlar va an’analar, aynan xalq tushunchasining qadr-qimmati turli voqealar va obrazlar zamirida ifodalangan. Qodiriy o‘z o‘qiguvchilarga qoldirgan bu meroslarida milliy muhabbat, tarixiy madaniyat va hurriyat g‘oyalarini aks ettirib, soda xalqni uyg‘otmoq uchun hur fikr bilan bong uradi. Shu bilan birgalikda qahramonlar hayoti bilan turmushning past-u balandliklari,turfa ko‘rinishlari bilan kitobxonni yanada yaqindan tanishtiradi. Elning kechagi kuni, ko‘rgan-kechirganlari borasida o‘yga toldiradi.
Barchamizga tanish “Obid ketmon” romanida ham yuqorida sanab o‘tilgan sharqona o‘ziga xosliklarga urg‘u berib o‘tiladi. Bu asar vaqt o‘zgarishlari va ijtimoiy-kechmishlarga qaramay, milliy qadriyatlarni saqlab qolish zarurligini ochib beradi. Qodiriy o‘z xalqining boyligi va o‘ziga xos xususiyatlarini kuchaytiradi, bu esa o‘quvchilarni o‘z yurtiga bo‘lgan sevgi va faxrni his qilishga undaydi.
Har bir davrning durdonasi bo‘lgan “O‘tkan kunlar” asari aynan davr tanlamaslik xususiyati bilan ham ahamiyatga molik. Unda Otabek va Kumush o‘rtasidagi dostonlardagidek go‘zal ishq va oila munosabatlari bilan tanishamiz. Ammo unda faqat oilalarning emas, butun millatning hayoti ifoda etiladi. Adib Otabekni ham, Kumushni ham yolg‘iz farzand ekanligini yozar ekan, ularning hayoti bilan bog‘liq ota-onalarining orzu-havaslariga ham alohida urg‘u berib o‘tadi. Sababi insonning barcha niyatlari, e’tibori va harakatlari o‘zining jigargo‘shasiga qaratilgan bo‘ladi. Faqat va faqat farzandining kamolini ko‘rish ilinjida yashaydi. Asarning asl mohiyati, O‘zbekoyim va Yusufbek Hoji orzulari zamiriga joylangan narsa millatning kamolidir. Butun millatning umidi, niyati xalq erk qanotlarini qayta yozmog‘i, qaqshagan bo‘stonlarga ko‘klamning yana qaytmog‘i va yurtda milliylik nafasi kuchliroq ufirmog‘i edi. Shu bilan birga turkiy oilalarning o‘zaro muruvvatli rishtalari, sharq ayollarining o‘ziga xos latofati, o‘zbek to‘y-marosimlari-yu, anjuman va davlat ishlari – barchasi yaqin o‘tmish tomonidan bizga yuborilgan maktub singari. Unda Vatanning chekkan azoblari, oddiy xalqning sodda va samimiy turmushi, insonlar tabiatidagi go‘zalliklar, eng asosiysi, yozuvchining mana shu xalqqa bo‘lgan buyuk muhabbati so‘zlaydi. Bu so‘z nafaqat o‘tgan asr vakillarini, balki yangi avlodni ham bu muhabbatni tuymoqqa da’vat etadi. Aynan shunday baland tuyg‘ular uning shaxsiyatini, adabiy xazinasining hisoblab bo‘lmas qiymatini va millatni qutqaruvchi mehr va milliy ruhni bizning tomir-tomirimizga jo aylaydi.

©Dilnoza JABBOROVA,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi "Yosh ijodkorlar" to'garagi a'zosi

@Turonadiblari 👈kanalimiz.
@Turon_adiblari 👈guruhimiz.
https://www.tg-me.com/turonadiblari
❤‍🔥31👍2354🔥4👏3🥰2😍2
«Хўжанд ҳангомалари»дан

КАЛИТ СИЗНИКИ, МАШИНА...

Бу йилги Қурбон ҳайити намози жума кунга тўғри келди. Айтадиларки, ҳайит жума кунга тўғри келган йилда ҳаж маросимида бўлганларнинг бахти кулиб, улар «… ҳожи» номини олишаркан. Қишлоғимиз масжиди жомеъсида шу кунги жума намозини ўқидик ва ғойибдан бўлса ҳам «…ҳожи»ларни муборакбод этдик.
Шу куни кўплаб хонадонларда қурбонлик учун қуйлар сўйилган, кимдир сўйилган қўйлар гўштидан аталганини одамларга тарқатган, кимдир шўрва солиб, меҳмон чақирган эди.
Дўстим Абдуҳамид ҳожи шу маънода мени ҳам пешин намозидан кейин қўшни қишлоқдаги янги уйига таклиф этганди. Намоздан кейин масжид дарвозасида дўстимнинг ўғли Жумабой кутиб турарди.
– Ҳожи бобо, мана машинамнинг калити. Ҳов ана, йўлнинг ўнг томонида турибди. Кириб ўтира туринг, мен ҳозир дадамни эргаштириб бораман, тағин адашиб юрмасинлар…
Мен Жумабойнинг машинасини танимасам-да, рақамининг
бошланиши 75 эканини билардим. 75 рақами Жумабойнинг туғилган йилини билдиради. Хўп, дея унинг қўлидаги калитини олдим. Йўл бўйида машиналар қатор-қатор турибди. Ниҳоят, 75 рақами билан бошланувчи машина ёнига келиб, калитни суқдим. Ажабо, калит ўзига аталган тешикка сиғмас эди. Шу пайт икки собиқ шогирдларим келиб қолишди. Уларга
ҳазиллашдим:
– Янги машина олувдим, лекин калити жойига тушмаяпти.
Шогирдларим ҳам уннаб кўришди, фойдасиз. Шу пайт машина орқасида бизни кузатиб турган йигит – дўстим Ҳомид полвоннинг ўғли Муҳаммаджон кулиб-кулиб қўлидаги калитни узатди. – Ҳожи бобо, мана бу калит билан очилиши аниқ. Ахир менинг машинам сизнинг бегона калит билан очилмайди-да!
Асл воқеани англаб кулиб юбордик. Негаки, сал нарида яна
рақами 75 билан бошланувчи енгил машина олдида Жумабой ва отаси Абдуҳамид ҳожи кулгидан қотганча қараб туришарди.

Ҳаким ЗОКИР,
Хўжанд шаҳри.


Турон адибларига қўшилинг👇
@Turonadiblari 👈 каналимиз,
@Turon_adiblari 👈 гуруҳимиз.
https://www.tg-me.com/turonadiblari



“Xo‘jand hangomalari”dan

KALIT SIZNIKI, MASHINA...

Bu yilgi Qurbon hayiti namozi juma kunga toʻgʻri keldi. Aytadilarki, hayit juma kunga toʻgʻri kelgan yilda haj marosimida boʻlganlarning baxti kulib, ular “… hoji” nomini olisharkan. Qishlogʻimiz masjidi jomeʼsida shu kungi juma namozini oʻqidik va gʻoyibdan boʻlsa ham “…hoji”larni muborakbod etdik.
Shu kuni koʻplab xonadonlarda qurbonlik uchun quylar soʻyilgan, kimdir soʻyilgan qoʻylar goʻshtidan atalganini odamlarga tarqatgan, kimdir shoʻrva solib, mehmon chaqirgan edi.
Doʻstim Abduhamid hoji shu maʼnoda meni ham peshin namozidan keyin qoʻshni qishloqdagi yangi uyiga taklif etgandi. Namozdan keyin masjid darvozasida doʻstimning oʻgʻli Jumaboy kutib turardi.
– Hoji bobo, mana mashinamning kaliti. Hov ana, yoʻlning oʻng tomonida turibdi. Kirib oʻtira turing, men hozir dadamni ergashtirib boraman, tagʻin adashib yurmasinlar…
Men Jumaboyning mashinasini tanimasam-da, raqamining
boshlanishi 75 ekanini bilardim. 75 raqami Jumaboyning tugʻilgan yilini bildiradi. Xoʻp, deya uning qoʻlidagi kalitini oldim. Yoʻl boʻyida mashinalar qator-qator turibdi. Nihoyat, 75 raqami bilan boshlanuvchi mashina yoniga kelib, kalitni suqdim. Ajabo, kalit oʻziga atalgan teshikka sigʻmas edi. Shu payt ikki sobiq shogirdlarim kelib qolishdi. Ularga
hazillashdim:
– Yangi mashina oluvdim, lekin kaliti joyiga tushmayapti.
Shogirdlarim ham unnab koʻrishdi, foydasiz. Shu payt mashina orqasida bizni kuzatib turgan yigit – doʻstim Homid polvonning oʻgʻli Muhammadjon kulib-kulib qoʻlidagi kalitni uzatdi. – Hoji bobo, mana bu kalit bilan ochilishi aniq. Axir mening mashinam sizning begona kalit bilan ochilmaydi-da!
Asl voqeani anglab kulib yubordik. Negaki, sal narida yana
raqami 75 bilan boshlanuvchi yengil mashina oldida Jumaboy va otasi Abduhamid hoji kulgidan qotgancha qarab turishardi.

Hakim ZOKIR,
Xoʻjand shahri.


Turon adiblariga qoʻshiling👇
@Turonadiblari 👈 kanalimiz,
@Turon_adiblari 👈 guruhimiz.
https://www.tg-me.com/turonadiblari
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Гўзал таъриф
Go‘zal taʼrif

Turon adiblariga qoʻshiling👇
@Turonadiblari 👈 kanalimiz,
@Turon_adiblari 👈 guruhimiz.
https://www.tg-me.com/turonadiblari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Özbəkistanda keçirilən “Səs” yarışmasında Azərbaycan musiqisi.. 🇺🇿🤝🇦🇿🤝🇹🇷🤝🇰🇬🤝🇰🇿🤝🇹🇲

Turan ədıblarına qoşulun:
@Turon_adiblari 👈 qrupumuz,
@Turonadiblari 👈 kanalımız.

Turan ədıbları kanalı
https://www.tg-me.com/Turonadiblari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TO‘RTLIK

🎤 Aliqul bobo,
Qashqadaryo viloyati.

Turon adiblariga qoʻshiling👇
@Turonadiblari 👈 kanalimiz,
@Turon_adiblari 👈 guruhimiz.
https://www.tg-me.com/turonadiblari
👍5🔥1👏1👌1
2025/10/22 08:10:16
Back to Top
HTML Embed Code: