Telegram Web Link
⚡️Chet tili oʻqituvchilari uchun 50 million soʻmlik subsidiya ajratiladi

Arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 25 fevralga qadar topshirish lozim. Roʻyxatdan oʻtish va zarur hujjatlarni taqdim etish uchun maxsus havola orqali murojaat qilish mumkin.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍196🔥2👏1
⚡️Xorazmlik o‘qituvchi Vazir jamg‘armasi ustamasi uchun o‘tkazilayotgan test sinovlarida eng yuqori natijani qayd etdi

Xorazm viloyati, Xiva tumanidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kimyo fani o‘qituvchisi Jaloladdin Ahmedov Vazir jamg‘armasiga da’vogar pedagoglar uchun test sinovlarida eng yuqori 100 balni qo‘lga kiritdi.

Ustozni va maktab jamoasini ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz!

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍92👏198
Sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun oylik to‘lovlar miqdori

Sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun to‘lovlar o‘qituvchilarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga (1 155 000 so‘m) nisbatan foiz hisobida belgilanadi.

Sinf rahbarligi uchun to‘lovlar
Sinfda o‘quvchilar soniga qarab quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha haq to‘lanadi:

15 nafargacha – 26,4% (304 490 so‘m)
16-20 nafar – 31,6% (364 980 so‘m)
21-25 nafar – 36,9% (426 195 so‘m)
26-30 nafar – 42,1% (486 255 so‘m)
31 nafardan ortiq – 52,8% (609 840 so‘m)

Daftar tekshirish uchun to‘lovlar
Daftar va yozma ishlarni tekshirish bo‘yicha o‘qituvchilarga quyidagi tartibda to‘lov amalga oshiriladi:

15 nafargacha o‘quvchi bo‘lsa – 8,8% (104 640 so‘m)
15 nafardan ortiq bo‘lsa – 17,6% (203 280 so‘m)

Ushbu qo‘shimcha to‘lovlar o‘qituvchilarning mehnatini munosib rag‘batlantirish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan.

Manba: domlajon

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👏41😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'qituvchilar 70 foizlik ustamaga ishonib, navbatdan tashqari bahorgi attestatsiya uchun to‘lov qilsa bo'ladimi?

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi rahbariyati ishtirokida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida o'qituvchilarni ikkilantirib turgan masalaga vazir o'rinbosari Sardor Radjabovdan rasmiy javob oldik.

Xalq ta‘limi Info

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ustoz "shkalat" yesak roʻzamiz buziladimi ? 😅

Sen nima yesang buziladi, faqat tayoq yesang buzilmaydi 🤭

Barcha ro'zadorlarga Yaratgan Alloh sabr-qanoat bersin!

Ramazon muborak, aziz dindoshim! 🤲


@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁30👍26🥰4
⚡️Kasbiy sertifikatlash sinovlariga arizalar qabul qilish 1-martdan boshlanadi!

Kimlar qatnashishi mumkin?
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagog kasbiga yangi qabul qilingan stajyor-o‘qituvchilar
Ilgari kasbiy sertifikatlashdan o‘ta olmagan pedagog kadrlar
Attestatsiyadan o‘ta olmagan va mutaxassis lavozimiga mos kelmaydigan pedagoglar

📅 Murojaat qabul qilish muddati:
1-mart – 1-aprel 2025

Qayerga murojaat qilish mumkin?
🔹 Davlat xizmatlari markazlari
🔹 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali: my.gov.uz

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22😁1
⚡️Endi pensiya yoshidagi oʻqituvchilar ham majburiy attestatsiyaga jalb etiladi

1-sentyabrgacha olingan toifalar umrbod amal qiladi. Ushbu sanadan keyin olingan toifa sertifikatlari har 5-yilda yangilanishi kerak.

Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Sardor Rajabov ma'lum qildi.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🥰1
🇯🇵 Yaponiya maktablaridagi noodatiy qoidalar

1. Yapon maktabi o‘quvchisi maktab bufetiga kirmaydi. Sinfxonalarga davlat tomonidan uyushtirilgan ovqatlar olib kelinadi va o‘quvchilar ularning hammasini yeyishga majbur hisoblanadi.

2. Yapon maktablarida yozgi kanikul berilmaydi. 5 haftalik kanikullar o‘quv yili davrida beriladi va o‘sha davrda ham o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan muttasil shug‘ullanib keladi.

3. Maktabda farrosh yo‘q, bu vazifani o‘quvchilarning o‘zi bajaradi. Shuning uchun ham o‘quvchilar hech qayerga ortiqcha narsalar tashlamaslikka va maktabni iflos qilmaslikka harakat qiladilar.

4. Har bir yapon o‘quvchisi suzishni bilishi shart! Maktablarda tashkil etilgan basseynlarda hammaga suzish darslari o‘tiladi va ular bu sanʼatni juda yaxshi egallagan bo‘lishlari shart! Sinovdan o‘ta olmagan o‘quvchi boshqa o‘qituvchida qaytadan mashg‘ulotlarni o‘tib, keyin takroriy sinovdan o‘tkaziladi.

5. Maktabda bir o‘quvchining o‘z iqtidori bilan alohida ajralib turishiga yo‘l qo‘yilmaydi! Iqtidorsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q! degan tushuncha yapon taʼlim tizimida ustuvor. Yapon maktabi har bir o‘quvchini teng va betakror deb biladi va ularni har taraflama tayyorlashga yo‘naltirilgan.

Qaysi qoida sizga ko'proq yoqdi?

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍697👏6🤔2🔥1😁1😢1
⚡️ O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlandi

2025-yil 1-mart sanasidan boshlab takomillashtirilgan tartib asosida ommalashtirish.uz platformasi orqali metodik ishlarni qabul qilish jarayonlari boshlandi.

O'qituvchilar pedagogik kengash qarori asosida metodik ishlarini ommalashtirish.uz platformaga joylashlari mumkin. Platformaga joylangan ishlar ekspertlar tomonidan baholanib,
🔹 tuman (shahar)
🔹 viloyat
🔹 respublika

bosqichlarida ommalashtirishga tavsiya etiladi.

Ommalashtirish deirektor jamg'armasidan ustama olishni niyat qilganlar uchun qo'shimcha ballar taqdim etadi.

Masalan:
maktab miqyosida ommalashgan ish - 7 ball
tuman (shahar) miqyosida - 10 ball
viloyat miqyosida - 12 ball
Respublika miqyosida - 15 ball beriladi.


@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍143
Qaysi o‘qituvchilar attestatsiyadan ozod qilinadi, qaysilariga esa to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka toifasi beriladi?

Hukumat qaroriga (130-son, 28.02.2025 y.) ko‘ra, 2025-yil 1-sentyabrgacha:

1️⃣ Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmagan, shuningdek, attestatsiyadan o‘tganlik muddati tugagan va amaldagi malaka toifasi saqlanib qolgan quyidagi pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi hamda ularga amaldagi malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi:

oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng ushbu toifani (lavozimni) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan;

pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan;

yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan;

pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan pedagoglar;

2️⃣ Quyidagi talablardan biriga javob beradigan pedagoglarga to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka toifasi (lavozimi) beriladi:

pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglarga – ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);

yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagoglarga – ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);

oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng ushbu toifani (lavozimni) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglarga – oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).


@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍181
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1-martdan Qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar

Qonunchilikka ko‘ra, 2025-yilning 1-martidan e'tiboran:

musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari uchun nazariya va amaliyot uyg‘unlashtirilgan holda malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari joriy etiladi.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥3🤔3
⚡️Ro‘zadorlar uchun ajoyib bot!

@Ramazonchabot – Muqaddas Ramazon oyida barcha musulmonlarga manfaatli bo‘lgan telegram bot hisoblanadi. Unda:

🗓 Ramazon taqvimi (viloyatlar kesimi)
🤲 Saharlik va iftorlik duolari
🍖 To‘g‘ri ovqatlanish qoidalari
🔈 Qur’oni Karimdan suralar
📹 Shayximiz ma’ruzalari
Ro‘za oyidagi makruh amallar
Va boshqa ma’lumotlar
mavjud.

Ro‘zador yaqinlaringizga yuborib qo‘ying!

@Ramazonchabot
@Ramazonchabot
@Ramazonchabot
👍123🥰2
⚡️2025-yil uchun Oʻzbekistonda sanatoriylar narxi eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tasarrufidagi sanatoriylar uchun 2025-yilga moʻljallangan yoʻllanmalar narxi e'lon qilindi. Bu haqida Kasprouz kanali xabar bermoqda.

📌 Eng arzon yoʻllanma — Samarqand viloyatidagi «Abu Ali ibn Sino« sanatoriysi (kardiologiya va harakat-tayanch nevrologiyasiga ixtisoslashgan). Bu yerda 3 oʻrinli 1 xonali standart xonada 12 kun dam olish 3 mln 185 ming soʻm.

📌 Eng qimmat yoʻllanma — Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi «Sevarsoy« sanatoriysi (nafas olish organlari va nevrologiyaga ixtisoslashgan). 2 kishilik lyuks xonada 10 kun dam olish 23 mln 80 ming soʻm.


Barcha yoʻllanmalar quyidagi xizmatlarni oʻz ichiga oladi:

Uch mahal ovqatlanish
Yashash
Sogʻlomlashtirish muolajalari
Madaniy tadbirlar


@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24👎3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Talababop boti ishga tushirildi!

Bunaqasi bo'lmagan! Talabalar uchun kerakli BARCHA XIZMATLAR endi Talababop botda:

📱 Hemis platformasi
💻 Prezentatsiya (referat) tayyorlash
📚 Barcha fandan elektron kitoblar
🖤 Chet tillaridan bepul kurslar

Qulay xizmatlar:

😀 O'qishni ko'chirishga ariza berish
😀 To'lov kontrakt shartnomasini olish
🏦 Ta'lim kreditiga ariza berish
😊 IELTS imtixoniga ro'yxatdan o'tish

Foydali funksiyalar:

✍️ PDF faylni WORD faylga aylantirish
✍️ WORD faylni PDF faylga aylantirish
🖼️ Rasmlardan PDF fayl tayyorlash

Va boshqa ko'plab funksiyalar bitta botda!

👉 @TALABABOP_ROBOT
👉 @TALABABOP_ROBOT

Botni yo'qotib qo'ymang!
Kursdoshlarga tarqatib qo'ying!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🥰1
❗️10-mart kuni maktablarda barcha uchun dars va ish vaqti bo’ladi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2025-yil uchun ish vaqti taqvimini e’lon qilgan edi. Unga ko’ra, mart oyida 5 kunlik ish haftasiga egalar umumiy hisobda 13 kun, 6 kunlik ish haftasiga ega xodimlar esa 9 kun davomida dam oladi.

Shuningdek, 8-mart sanasi shanba kuniga to’g’ri kelganligi uchun, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlarga 10-mart (dushanba) kuni qo’shimcha dam olish kuni hisoblanadi.

Maktablar 6 kunlik ish haftasida ishlaganligi uchun, 10-mart kuni maktablarda barcha uchun dars va ish vaqti bo’ladi.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19
2025/10/25 06:31:36
Back to Top
HTML Embed Code: