Telegram Web Link
Ustozlar faoliyati bilan bog'liq savol:

Men 2021-yilda 1 toifani olgan edim. 2026-yilda mening navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtish vaqtim keladi. Lekin, men 2026-yili 22-iyunda pensiya yoshiga yetaman. Men majburiy attestatsiyaga jalb etilamanmi? Attestatsiyadan oʻtishim shartmi?

Javob: Siz majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaysiz. Sababi, Sizda 2025-yil 1-sentyabr holatiga “yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5-yildan koʻp boʻlmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar” uchun belgilangan imtiyoz mavjud boʻladi. Shu imtiyoz asosida Siz 2026-yilda toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan oʻtkazilmasdan 2021-yilda olgan 1 toifa Sertifikatingizni cheksiz muddatga uzaytirib olishingiz mumkin boʻladi.

Shuningdek, Siz oʻz ixtiyoringizga koʻra, oliy toifa yoki 70% ustama olish uchun, yoki Vazir jamgʻarmasidan toʻlab beriladigan ustamaga talabgorlik qilish maqsadida attestatsiyaning navbatdan tashqari turi boʻyicha ishtirok etishingiz ham mumkin boʻladi.

Manba: Uztdi

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍182
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Barcha ko'rishi shart bo'lgan TOP-10 film!

Bular qaysi filmlar?
Mazkur filmlar nima haqida?
Nega ularni koʻrishimiz kerak?


Videoda ushbu savollarga javob topasiz!

Filmlar roʻyxati:

🔟-oʻrin. Interstellar
9️⃣-oʻrin. Neft
8️⃣-oʻrin. E'tibor markazida
7️⃣-oʻrin. Shoushenkdan qochish
6️⃣-oʻrin. Bryuggeda
5️⃣-oʻrin. Forrest Gamp
4️⃣-oʻrin. Cho'qintirgan ota
3️⃣-oʻrin. O'zgalar hayoti
2️⃣-oʻrin. Jinoiy cho'pchak
1️⃣-oʻrin. Shindler ro'yxati

O'zingizga kerakli filmni ustiga bosing va videoni yuklab olib tomosha qiling!

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍176
⚡️MAZAX QILMANG MUALLIMNI

(dars taqsimoti)

Nodon bilmang muallimni, qalbin tilmang muallimni,
O'n to'rt, o'n bеsh soat bеrib, mazax qilmang muallimni.

Еtmoq dushvor ming dollarga, bunday faqir holat bilan,
Har yil yangi kadr olib ko'kartirmang muallimni.

Dars boshlanmay asab tarang, eh bеchora ustozginam,
Taqsimotda yuraklarin vayron qilmang muallimni.

Baland parvoz gaplar bilan, tеshik qopni yamab bo'lmas,
Bo'ydan olib enga qo'shib hayron qilmang muallimni.

Dars talashsa ayb kimda, bir o'ringa uch to'rtta-ku,
Talashtirib bir biriga dushman qilmang muallimni.

Qirq yil staj nolga tеngdir, tеst yodlagan Xizir bo'ldi,
Ey to'ralar qadrin buncha arzon qilmang muallimni.

Maoshi kam bulturgidan bu qandayin maqom bo'ldi,
To'nin yirtib ko'zda yoshin marjon qilmang muallimni.

Bu shе'r emas Xurshid Karim aytgan oddiy haqiqatdir,
Oxir Qozoq, Rossiyaga gumdon qilmang muallimni.

✍️ Xurshid Karim
25.08.2023

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4412🔥5🥰2
Qaysi o‘qituvchilar attestatsiyadan ozod qilinadi, qaysilariga esa to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka toifasi beriladi?

Hukumat qaroriga (130-son, 28.02.2025 y.) ko‘ra, 2025-yil 1-sentyabrgacha:

1️⃣ Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmagan, shuningdek, attestatsiyadan o‘tganlik muddati tugagan va amaldagi malaka toifasi saqlanib qolgan quyidagi pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi hamda ularga amaldagi malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi:

oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng ushbu toifani (lavozimni) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan;

pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan;

yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan;

pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan pedagoglar;

2️⃣ Quyidagi talablardan biriga javob beradigan pedagoglarga to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka toifasi (lavozimi) beriladi:

pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglarga – ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);

yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagoglarga – ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);

oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng ushbu toifani (lavozimni) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglarga – oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).


🤖 TalababopTalabalar uchun!

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍36🎉211👎1🔥1
Quva tumanida o‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi

Direktor “Tashabbusli budjet”da ovoz yig‘ish uchun o‘qituvchilarning oylik maoshidan 700 ming so‘mdan ushlab qolmoqchi bo‘lgan.

🤖 TalababopTalabalar uchun!

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🤯162👏2
❗️Magistr darajasiga ega mutaxassislar kasbiy sertifikatlash test sinovlariga jalb qilinmaydi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevral kungi 87-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”ga ko‘ra 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab 1 yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab esa bosqichma-bosqich maktablarda faoliyat yuritib kelayotgan, tegishli malaka toifasiga ega bo‘lmagan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash test sinovlariga jalb qilinadi. Bunda magistr darajasiga ega mutaxassislar kasbiy sertifikatlash test sinovlariga jalb qilinmaydi.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34😁3🔥1😨1
⚡️“Tashabbusli byudjet”da majburiy ovoz to‘plagan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma'lum qilishicha, Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 37-maktabda majburiy ovoz berish holatlari yuzasidan xabarlar tarqalgan.

Mazkur holatlar tegishli vakolatli organlar tomonidan o‘rganilib, haqiqatan ham ushbu maktabda xodimlar majburiy ovoz berishga jalb etilgani tasdiqlangan.

Shu munosabat bilan, vazirlik tomonidan mazkur maktabda majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatish yuzasidan tegishli tuman Xalq deputatlari kengashiga taqdimnoma yuborildi.

Ma'lumot uchun, “Tashabbusli byudjet” doirasida majburiy ovoz berishga jalb etish — majburiy mehnat sifatida tasniflanadi.

📞Ovoz to‘plashga majburlash holatlariga duch kelsangiz, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 71 200-06-00 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

©Xushnudbek

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍268😁8🗿3😢2👎1
9-SINFLARGA QIZIL SHAHODATNOMA VA 11-SINFLARGA OLTIN, KUMUSH MEDALLARINI BERISH TARTIBI QUYIDAGICHA.

9-sinflarga qizil shahodatnoma berish:

Tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnoma — umumta’lim muassasasining 9-sinfni tugatgan, ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘zlashtirgan, 7-sinfdagi musiqa va tasviriy san’at fanlaridan, 8-9-sinflardagi barcha fanlardan choraklik, yillik va yakuniy davlat attestatsiya baholari a’lo hamda namunali xulqqa ega bo‘lgan bitiruvchilarga beriladi.
(Qaytaraman, choraklik, yillik va yakuniy davlat attestatsiya baholari a’lo bo‘lgan.)

⚠️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori.

11-sinflarga oltin, kumush medallarini berish:

Oltin
medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, 10 va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.
(Qaytaraman, yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan)

Kumush medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, 10 va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.
(Qaytaraman, yillik baholari a’lo bo‘lgan)

⚠️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qarori.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74👎16🔥4🤯4🥰2👏21
⚡️Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan beriladigan mukofot puli oshirildi

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30 sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat "1-oktyabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Jamgʻarmaning mavjud mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi qayd etilgandi.

Bunda mukofot puli miqdorini hisoblashda oʻqituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-son Farmoni bilan 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oyiga 1 mln 155 ming soʻm etib belgilangan.

Bunda pedagog va rahbar xodimlarga beriladigan mukofot puli miqdori 577 ming 500 soʻmni tashkil etardi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-51-sonli farmoni bilan pedagog va rahbar xodimlarga beriladigan mukofot puli miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 75 foizigacha etib belgilandi.

Yaʼni, endilikda pedagog va rahbar xodimlarga "1-oktyabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan 577 ming 500 soʻm emas, balki 866 ming 250 soʻm miqdorida mukofot puli beriladi.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4010
⚡️Attestatsiya test sinovlari sanasi maʼlum boʻldi

2025-yil yanvar-iyun oylarida maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun malaka toifa sinovlari oʻtkaziladi.

Sinovlar fanlar boʻyicha turli kunlarga belgilangan:
15–16-aprel — Rus tili, Geografiya;
17-aprel — Tarbiya, Huquq asoslari, Psixologlar;
18–21-aprel — Chet tillari (ingliz, fransuz, nemis va boshqalar);
22–24-aprel — Oʻzbek tili va adabiyoti;
25–26-aprel — Jismoniy tarbiya, Musiqa, Sanʼat, Texnologiya;
28–29-aprel — Matematika;
30-aprel – 1-may — Biologiya, Kimyo, Fizika;
2–7-may — Boshlangʻich taʼlim;
8-may — Tarix;
10-may — Qoʻshimcha fanlar va maxsus pedagoglar;
12-may — Informatika;
13–14-may — Maktabgacha taʼlim xodimlari;
15–16-may — Qoraqalpoq tili;
15-may kuni — Kasbiy sertifikat sinovi ham oʻtkaziladi.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍148🤔1
🟦🟦🟦🟦

Ixtirolari bilan dunyoni o‘zgartirgan olimlar:


🇮🇹 Galileo Galiley — Teleskop
🇬🇷 Arximed — Tutqich
🇬🇧 Isaak Nyuton — Hisoblash
🇩🇪 Albert Eynshteyn — E=mc²
🏴󐁧󐁢󐁳󐁣󐁴󐁿 🇨🇦 🇺🇸 Aleksandr Grem Bell — Telefon
🇵🇱 🇫🇷 Mari Kyuri — Radioaktivlik
🇩🇪 Verner Heisenberg - Noaniqlik prinsipi
🇺🇸 Tomas Edison - Lampochka
🇬🇧 Charlz Darvin — Evolyutsiya
🇳🇱 Anton van Levenguk — Mikroskop
🇺🇸 Tomas Edison — Fonograf
🇩🇪 Johannes Gutenberg — Bosmaxona
🇨🇦 Ser Frederik Banting - Insulin
🇺🇸 Benjamin Franklin - Chaqmoq
🇸🇪 Alfred Nobel — Dinamit
🇷🇺 Dmitriy Mendeleyev — Davriy sistema
🇺🇸 Robert Oppengeymer - Atom bombasi
🇬🇧 Jeyms Vatt — Bug‘ dvigateli
🇦🇹 Zigmund Freyd — Psixoanaliz
🇸🇪 Karl Linney - Binom nomenklaturasi
🇩🇪 Robert Kox — Bakteriologiya
🇺🇸 Karl Sagan — Ekzobiologiya kashshofi
🇫🇷 🇵🇱 Per va Mari Kyuri — Radioaktiv elementlar
🇮🇳 A.P.J. Abdul Kalam - Raketa texnologiyasi
🇬🇧 Rozalind Franklin — DNK tuzilishi
🇺🇸 Richard Feynman — Kvant elektrodinamika
🇦🇹 Gregor Mendel — Meros qonunlari
🇬🇧 Frensis Krik - DNK tuzilishi
🇩🇪 Otto Xan - Yadro bo‘linishi
🇸🇪 Anders Selsiy — Selsiy bo‘yicha harorat shkalasi

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1083👎1
⚡️ Rasman: Maktabda imtihonlari 26-maydan boshlanadi!

9- va 11-sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari 2025-yil 26-maydan 15-iyungacha oʻtkaziladi (Jismoniy tarbiya va kasbiy taʼlim fani bundan mustasno).

Chet tili fanlari hamda umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikati boʻlgan oʻquvchilar imtihondan ozod qilinadi.

Tegishli fanlar boʻyicha, yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi belgilangan kundan bir kun oldin, qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlanadi.

Tanlangan 2 ta imtihon variantlari vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va ushbu variantlar asosida respublika boʻyicha barcha bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi.


@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4611🔥4👎1👏1
⚡️ Sertifikatlar uchun 50 foiz ustama soatbay yoki o'rindosh ishchilarga ham to'lanadi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil “28”-iyuldagi 25 q/q- va 4 x/x-son qaroriga ko'ra,

Barcha sertifikatlar oʻzi dars beradigan fani boʻyicha tegishli darajadagi sertifikatga ega umumtaʼlim maktablarda faoliyat yuritayotgan (shu jumladan, soatbay va oʻrindosh) pedagog xodimlarga (shu jumladan, maktab direktori va direktor oʻrinbosarlariga ham) har oylik qoʻshimcha ustama toʻlash nazarga tutilgan.

Bundan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, o‘rindosh bo‘lsa ham soatbay bo‘lsa ham, barchasiga sertifikat uchun oyligiga nisbatan 50 foiz ustama olishi huquqiga ega.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍492🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😅 Necha yildan beri o'qituvchisiz?

Ustozlarga yuborib qo'ying!

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁54👍14😨3👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Attestatsiyada ham tanish-bilishchilikmi?

❗️Tarmoqlarda tarqalgan xabar.
«Ayni paytlarda maktab o‘qituvchilarining malaka toifalari uchun o‘tkazilayotgan attestatsiya jarayonida turli qiyinchiliklar ham bo‘layotgani, X variantlar tanish-bilishlarga berilayotgani aytilmoqda»

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😨22👍145😁5🗿41👎1🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek tili (Davlat tili) fanidan 82 ball to‘plagan nomzodning quvonchi.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰53😁35👍15🗿97🔥32
Bitiruvchilar yakuniy attestatsiya imtihoniga kechikib kelsa, unga qanday jazo chorasi qoʻllash mumkin?

❗️Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq barcha maktablarda yakuniy attestatsiya ertalab soat 8:00 dan boshlanadi.

✍️Yakuniy davlat attestatsiyasiga kechikib kelgan oʻquvchi belgilangan tartibni buzgan hisoblanadi. Bitiruvchi ogʻzaki yoki yozma yakuniy attestatsiyani topshirish jarayonida belgilangan tartibni buzgan taqdirda, u yakuniy attestatsiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinadi.

👨‍💻Bitiruvchi yakuniy attestatsiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinganda yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan bu haqda yakuniy attestatsiya bayonnomasiga yozib qoʻyiladi.

📝Maktab pedagogik kengashining qarori asosida unga yakuniy attestatsiya tugagan kundan keyin 2 hafta oʻtgach mazkur fandan qayta yakuniy attestatsiyadan oʻtishga ruxsat berilishi mumkin.

❗️Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartlari talablarini bajarmay, “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta oʻqishga qoldiriladi.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍203
❗️13 ta oliygoh Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimiga oʻtkaziladi

Unga koʻra yuqoridagi Pedagogika sohasida kadrlarni tayyorlaydigan davlat oliygohlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimiga oʻtkaziladi.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍234
Attestatsiya natijalaridan norozi pedagoglar sudga murojaat qilishi mumkin

Ma’lum bo‘lishicha, attestatsiya natijalaridan norozi o‘qituvchilarning shikoyat arizalariga apellyatsiya komissiyasi tomonidan deyarli bir xil mazmundagi javoblar yuborilmoqda.

Bunday vaziyatda attestatsiya natijalari hamda apellyatsiya komissiyasi qaroridan norozi pedagoglar sudga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍122
⚡️Darsga kech qolgan oʻquvchiga emaktab.uz da darsga kechikkanlik belgisini ham, olgan bahosini ham qoʻyish mumkin

Sinf rahbari tomonidan «Bir kunlik jurnal» da fanlar ostidagi «PR» ustuniga kunlik belgilar quyidagi tartibda qoʻyib boriladi:

s — hech qanday sababsiz dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
dq — sababli dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
k — kasallik sababli dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
kq — darsga kechikib kerganligini koʻrsatish uchun;
m — surunkali dars qoldirayotganligini koʻrsatish uchun;
ch — respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini koʻrsatish uchun;
q — taʼlim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini koʻrsatish uchun;
ns — ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini koʻrsatish uchun;
tq — turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini koʻrsatish uchun qoʻyish belgilanadi.

Fan oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchilarning darsdagi davomatlari dars boshlanishida onlayn tarzda quyidagi tartibda qayd etiladi:

s — hech qanday sababsiz dars qoldirganini koʻrsatish uchun;
kq — darsga kechikishni koʻrsatish uchun.

Kechikkan oʻquvchi baholanishi ham mumkin. Bunda kq (Masalan: kq5, kq4) belgisidan keyin olgan bahosi qoʻyiladi.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍233
2025/10/22 11:33:14
Back to Top
HTML Embed Code: