Telegram Web Link
⚡️Ustozlar uchun qanday imtiyozlar bor?

Har yili «1-oktyabr «Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan o‘z sohalarida faoliyat yuritib kelayotgan hamda o‘zlarining boy bilim va tajribalarini yosh avlodga o‘rgatib kelayotgan barcha ustozlar tabriklar qurshovida qoladi. Quyida mamlakatimiz qonunchiligida ustozlarga belgilangan imtiyozlar bilan tanishitirib o‘tamiz.

1. O‘zbekiston Respublikasining 01.02.2024-yildagi O‘RQ-901-son Qonuniga asosan, bolalarga ta’lim-tarbiya beradigan barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

2. O‘zbekiston Respublikasining 01.02.2024-yildagi O‘RQ-901-son Qonuniga asosan, davlat ta’lim tashkilotlarining pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’tillar beriladi.

3. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodekisiga muvofiq, pedagoglar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan 36 soat qilib belgilangan.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yildagi 823-son Qaroriga asosan, maktab o‘qituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachi va psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilangan.

5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.09.2021-yildagi 562-son Qaroriga binoan, ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi to‘lanadi.

6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining , 30.09.2019-yildagi 823-son Qaroriga muvofiq, umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etgandaog‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022-yildagi PF-134-son Farmoniga asosan, o‘zi dars beradigan fani bo‘yicha xalqaro tan olingan va milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.09.2021-yildagi 562-son Qaroriga binoan, “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘olibi bo‘lgan maktabga yarim milliard so‘m beriladi.

9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2021-yildagi 638-son Qaroriga muvofiq, inklyuziv sinf o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.01.2021-yildagi PQ-4940-sonli Qaroriga binoan, olis hududlarda dars berayotgan o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.

11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.03.2023 yildagi 120-son Qaroriga asosan, pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.

12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.09.1994-yildagi 490-son Qaroriga asosan, tibbiyot sohasi professor-o‘qituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi.


Ustozlarga yuborib qo'ying!

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍204
❗️Imtihon savollari e'lon qilindi!

Imtihon-2025 savollari va javoblari barchasi bir joyda yuklab olish uchun shunchaki kerakli fan ustiga bosing:👇

⚡️ 9-sinf Matematika
⚡️ 9-sinf Ona tili va adabiyoti
⚡️ 9-sinf O'zbekiston tarixi
⚡️ 9-sinf Jismoniy tarbiya
⚡️ 11-sinf Fizika
⚡️ 11-sinf Biologiya
⚡️ 11-sinf Davlat va huquq asoslari
⚡️ 11-sinf Geografiya
⚡️ 11-sinf Ingliz tili
⚡️ 11-sinf Kimyo
⚡️ 11-sinf Matematika
⚡️ 11-sinf Ona tili va adabiyoti
⚡️ 11-sinf O'zbekiston tarixi
⚡️ 11-sinf Fransuz tili
⚡️ 11-sinf Nemis tili

Yaqinlarga yuborib qo'ying!
Imtihon javoblarini izlab yurganlarga!


@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63
⚡️ Kasbiy sertifikatlash sinovlari 15-16-may kunlari o'tkaziladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida mehnat qilayotgan stajor-oʻqituvchi va pedagoglar joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun 1-mart sanasidan boshlab 1-aprelgacha kasbiy sertifikatlash imtihoniga murojaatlarni qabul qilgan edi.

15-16-mayda barcha fanlardan kasbiy sertifikatlash sinovlari bo'lib otadi.

Eslatib oʻtamiz: kasbiy sertifikatlash sinovlariga:

umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar;

avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchilar yoki mutaxassis lavozimidagi pedagog kadrlar;

pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʻlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar jalb etiladi.

📤 Nazorat sinovi natijasi bo'yicha 56 va undan yuqori ball to'plagan talabgor nazorat sinovidan o'tgan hisoblanadi va elektron shakldagi sertifikat uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Ushbu sinovdan o'tganlik toifani oshirmaydi, hech qanday ustama taqdim etmaydi. Faqatgina ishda qolish imkoniyatini beradi.


⚠️ Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball to'play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

☝️Oldinroq tashkil qilingan attestatsiya imtihonlarida ishtirok etib, toifani qo'lga kiritgan pedagoglar, kasbiy sertifikatlash sinovlaridan ozod qilinadi.

Ustozlarga yuborib qo'ying!

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍212
МТТВ+Спорт_вазирлиги_жисмоний_тарбия_ўқитувчилари_учун_баҳолаш_мезонлари.pdf
498.2 KB
⚡️Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari keyingi oʻquv yilidan boshlab yangi tartib asosida toifa olishadi

Prezident qaroriga asosan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga toifa berishning (2 bosqichli) yangi tartibi ishlab chiqilishi va birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy imtihon) Sport vazirligi tomonidan tashkil etilishi toʻgʻrisida xabar bergan edik.

Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligining qarori qabul qilindi.

Unga ko'ra jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun amaliy imtihon sinovlarining jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari hamda sport turlari boʻyicha mashqlar texnikasi va baholash mezonlari tasdiqlandi.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍212🔥2
❗️Attestatsiyasidan oʻta olmagani uchun ishdan boʻshatilgan oʻqituvchilar kasbiy sertifikat olsagina yana pedagog sifatida ishlashi mumkin

🇺🇿 Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hamda Mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.

Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hamda mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadr navbatdan tashqari attestatsiyaga koʻpi bilan ketma-ket ikki marta jalb etiladi. Bunda ikki martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻta olmagan yoki uzrli sababsiz (kasallikka chalinishi oqibatida mehnatga qobiliyatsizlik davrida hamda davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligidan tashqari hollarda) attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog kadr bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli bekor qilinadi.

Attestatsiyadan oʻta olmaganligi sababli mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pedagoglarning mehnat shartnomasi (xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli) bekor qilingan taqdirda, pedagog kadr faqat oʻz xohishi bilan navbatdan tashqari Kasbiy sertifikatlash sinovida ishtirok etib, sertifikatni qoʻlga kiritgan holdagina, yana pedagog sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.


@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20👎6👏2
⚡️Prezident: Yangi oʻquv yilidan maktab direktorlari, oʻrinbosarlari va bogʻcha mudiralarining ish haqi 7-10 million soʻmdan oshadi

Prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilinishicha, oxirgi 7 yilda maktabgacha va maktab taʼlimi uchun mablagʻ 7 karra oshirilgani, joriy yilda bunga 60 trillion soʻm yoʻnaltirilayotgani taʼkidlandi.

Maktablarda 1 millionga yaqin, bogʻchalarda 1,5 million yangi oʻrinlar yaratildi. Bogʻcha bilan qamrov 3 karra oshib, 78 foizga yetdi.

Malaka, til bilish, yangi baholash tizimi, fan olimpiadalari kabi mezonlar asosida oʻqituvchilarga 10 dan ortiq ustama joriy qilindi. Bundan samarali foydalangan 60 ming oʻqituvchi hozirda 8-12 million soʻm maosh olyapti.

Bogʻcha tarbiyachilari oyligi 65 foizga oshib, maktab oʻqituvchilari maoshiga tenglashdi. Yangi oʻquv yilidan maktab direktorlari, oʻrinbosarlari va bogʻcha mudiralarining ish haqi 7-10 million soʻmdan oshadi.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍248👎4🗿3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda 11 ta o'qituvchi 2 ming dollardan ko'p maosh olayotgani ma'lum qilindi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi

Shavkat Mirziyoev Surxondaryo ta'lim boshqarmasi boshlig'idan: “Jaydari tilda menga tushuntir: agar harakat qilsa, Surxondaryoda domla ming dollar olishi mumkinmi-yo'qmi?” deya so'radi. Husniddin Mamadiev viloyatda ming dollardan ko'p oylik olayotgan 600 ga yaqin o'qituvchi borligi, yana 11 nafar o'qituvchi 2 ming dollardan ko'p olayotganini aytdi.

Britaniyada ham bunaqa oylik yo'q”, dedi davlat rahbari.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎58👍28😁24🤔129🔥1
❗️O‘zbekistonda 59 foiz o‘qituvchi attestatsiya imtihonidan o‘ta olmadi

O‘zbekistonda pedagoglar malaka toifa sinovlarida 177,640 nafari ishtirok etib, 104 ming nafar o‘qituvchi attestatsiya imtihonidan o‘ta olmagan.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢105😁4315🤔14🗿13👍9😨7🥰1
❗️Yozgi taʼtil davrida oʻqituvchilar maktabda boʻlishi majburiymi?

Oʻquv yili yakunlandi, oʻquvchilar yozgi taʼtilga chiqdi. Endilikda maktablarda faqatgina oʻqituvchilar faoliyat yurityapti. Baʼzi maktab rahbarlari barcha oʻqituvchilardan har kuni soat 08:00 dan 16:00 gacha maktabda boʻlishni talab qilmoqda.

Bu talab qanchalik qonuniy?
Keling, amaldagi mehnat qonunchiligiga asoslanib tahlil qilamiz.
____
⚖️  1. Qonunchilikda qanday meʼyorlar bor?
Mehnat kodeksining 184-moddasiga koʻra, ruhiy, aqliy va asabiy zoʻriqish bilan bogʻliq ishlar bilan shugʻullanuvchi xodimlar uchun (bunga pedagoglar ham kiradi), haftalik ish vaqti 36 soatdan oshmasligi kerak.

Bu shuni anglatadiki, Pedagoglar ham aynan ana shu toifadagi xodimlar sirasiga kiradi. Demak, 1 stavkada ishlovchi oʻqituvchining kunlik ish vaqti (ish yuklamasi) – 6 soat.
____
🍽 2. Tushlik vaqti hisobga olinadimi?
🙅‍♂️ Yoʻq. Mehnat qonunchiligiga koʻra, tushlik tanaffusi ish vaqtiga kirmaydi. Agar kunlik ish vaqti 6 soat boʻlsa va tushlik uchun 1 soat ajratilsa, oʻqituvchi maktabda jami 7 soat boʻlishi mumkin.

🕗 Masalan:
•  Ish boshlanishi: 08:00
•  Tushlik: 12:00 – 13:00
•  Ish tugashi: 15:00

❗️Demak, faqat toʻliq stavkada ishlaydigan oʻqituvchilargina 08:00 dan 15:00 gacha maktabda boʻlishi kerak.
____
3.
Ish yuklamasi qanday hisoblanadi?
“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik xodimlari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma” (roʻyxat raqami 3058) 4-bandiga koʻra:
▪️1–4-sinflarda:
🎚 1 stavka = 18 soat (haftalik yuklama) × 1 koeffitsiyent = 18 + 18 = 36 soat/hafta

▪️5–11-sinflarda:
🎚 1 stavka = 20 soat × 0,8 koeffitsiyent = 16 + 20 = 36 soat/hafta


Demak, toʻliq stavka ishlovchi oʻqituvchining haftalik ish yuklamasi 36 soatni tashkil etadi.
____
4. Ish stavkasiga qarab maktabda boʻlish muddati farqlanadi. Barcha oʻqituvchilar bir xil vaqt davomida maktabda boʻlishi shart emas. Bu ularning stavkasi asosida aniqlanadi.

💁‍♂️ Misol uchun, oʻqituvchi 1 stavkada ishlaydi (haftasiga 36 soat). Bu holatda, u har kuni oʻrtacha 6 soat ishda boʻlishi lozim. Agar u yozgi taʼtil davrida maktabda boʻlsa, bu 6 soatdan oshmasligi kerak. Ikkinchi holatda oʻqituvchining haftalik yuklamasi atigi 18 soat (yaʼni 0.5 stavka). Bu holda uning kunlik ish vaqti 3 soat atrofida boʻladi.

🙅‍♂️ Demak, 0.5 stavkada ishlovchi oʻqituvchidan har kuni 6 soat maktabda boʻlishni talab qilish qonunga zid sanaladi.
____
Umumiy xulosa qiladigan boʻlsak,
🔹 Oʻqituvchilar mehnat taʼtilgacha maktabda faoliyat yuritishi lozim.
🔹 Ammo ular maktabda stavkasi asosida hisoblangan ish vaqti doirasida boʻlishi kerak.
🔹 Toʻliq stavkada ishlaydiganlar kuniga 6 soat,
🔹 Yarim stavkada ishlaydiganlar esa 3 soatgacha boʻlishi kifoya.
🔹 Tushlik tanaffusi (odatda 1 soat) ish vaqtiga kirmaydi va bu maktabda boʻlish vaqtini uzaytiradi, ammo ish vaqtini oshirmaydi.


❗️Oʻqituvchilarning ortiqcha vaqt davomida maktabda majburiy boʻlishi – qonunchilikka zid!

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
615🥰3🤯1
🌶 Ustozlar haqida achchiq haqiqatlar

📌 O‘qituvchilar vaqtlarining 79 foizini tik oyoqda o‘tkazadilar;
📌 Kuniga o‘rtacha 3,5-4 soat baland ovozda yoki juda baland ovozda gapirishlariga to‘g‘ri keladi;
📌 Nominal ravishda o‘qituvchining ish kuni 6-7 soat davom etadi, lekin uning haqiqiy davomiyligi 10-12 soat;
📌 O‘qituvchilarning 80 foizi vitaminlarning qisman yetishmasligidan aziyat chekadi, chunki ish haqi va ish tartibi to‘g‘ri ovqatlanishga imkon bermaydi;
📌 O‘qituvchilarning 2/3 qismi doimiy stress ostida. Stressning eng yuqori darajasi - direktorlar va ularning o‘rinbosarlari orasida, o‘rtachadan yuqorisi - aniq fanlar, lingvistik fanlar va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari orasida;
📌 O‘qituvchilar tarkibining o‘rtacha 85 foizini xotin-qizlar tashkil etadi, demak, ularning zimmasiga taʼlim yukidan tashqari uy yumushlari, bola tarbiyasi yuki ham tushadi;
📌 O‘qituvchilarning 50 foizi kuniga sakkiz soat o‘rniga olti soatdan kam uxlaydi;
📌 O‘qituvchilarning atigi 14 foizi ertalabki mashqlarni bajarishga imkon topadi;
📌 Har beshinchi o‘qituvchi kuniga atigi ikki marta ovqatlanadi, har ikkinchisi - uch marta, holbuki kuniga to‘rt yoki besh marta yengil ovqatlanish to‘g‘ri deb hisoblanadi;
📌 O‘qituvchilarning 80 foizi sanatoriy yoki dengiz bo‘yida hordiq chiqara olmaydi, aslida aynan shunday taʼtil sog‘liqni to‘laqonli tiklaydi.


©️ Mumtoza Karimova

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
33👏12🔥5😁4👍3
🟦🟦🟦🟦

Ixtirolari bilan dunyoni o‘zgartirgan olimlar:


🇮🇹 Galileo Galiley — Teleskop
🇬🇷 Arximed — Tutqich
🇬🇧 Isaak Nyuton — Hisoblash
🇩🇪 Albert Eynshteyn — E=mc²
🏴󐁧󐁢󐁳󐁣󐁴󐁿 🇨🇦 🇺🇸 Aleksandr Grem Bell — Telefon
🇵🇱 🇫🇷 Mari Kyuri — Radioaktivlik
🇩🇪 Verner Heisenberg - Noaniqlik prinsipi
🇺🇸 Tomas Edison - Lampochka
🇬🇧 Charlz Darvin — Evolyutsiya
🇳🇱 Anton van Levenguk — Mikroskop
🇺🇸 Tomas Edison — Fonograf
🇩🇪 Johannes Gutenberg — Bosmaxona
🇨🇦 Ser Frederik Banting - Insulin
🇺🇸 Benjamin Franklin - Chaqmoq
🇸🇪 Alfred Nobel — Dinamit
🇷🇺 Dmitriy Mendeleyev — Davriy sistema
🇺🇸 Robert Oppengeymer - Atom bombasi
🇬🇧 Jeyms Vatt — Bug‘ dvigateli
🇦🇹 Zigmund Freyd — Psixoanaliz
🇸🇪 Karl Linney - Binom nomenklaturasi
🇩🇪 Robert Kox — Bakteriologiya
🇺🇸 Karl Sagan — Ekzobiologiya kashshofi
🇫🇷 🇵🇱 Per va Mari Kyuri — Radioaktiv elementlar
🇮🇳 A.P.J. Abdul Kalam - Raketa texnologiyasi
🇬🇧 Rozalind Franklin — DNK tuzilishi
🇺🇸 Richard Feynman — Kvant elektrodinamika
🇦🇹 Gregor Mendel — Meros qonunlari
🇬🇧 Frensis Krik - DNK tuzilishi
🇩🇪 Otto Xan - Yadro bo‘linishi
🇸🇪 Anders Selsiy — Selsiy bo‘yicha harorat shkalasi

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
62👍11😢6🔥5🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 O‘quvchilarning elektron baholari tabelini shakllantirish bo‘yicha yo'riqnoma

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴ALFRAGANUS UNIVERSITETIDA QABUL DAVOM ETMOQDA

🟤Alfraganus universiteti 2025–2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini boshladi!

🟤8 ta fakultet
🟤50 ga yaqin bakalavriat yo‘nalishlari
🟤10 ta magistratura mutaxassisligi

🟤Har bir yo‘nalish zamonaviy va amaliyotga yo‘naltirilgan.
— Birinchi marta o‘qishga topshirayotgan abituriyentlar;
— O‘qishni ko‘chirish (transfer);
— Magistraturaga hujjat topshirish — hammasi bir platformada!

🟤Rasmiy qabul platformasi: qabul.afu.uz

🟤Orzuyingizdagi kasb sari birinchi qadamni bugunoq tashlang!

— Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

Magistratura mutaxassisliklari

📃 Litsenziya (№ 034974, 12.08.2022)

☎️+99878 122 75 57
@Alfraganus_callcenter

🗺 Manzil

😁 AFU   |   Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8😁1
#Eslatma

O'qituvchilarga direktor jamg'armasi hisobidan tayinlangan ustamalar 31-avgustga qadar to‘lanadi


Pedagog xodimlarga direktor jamg‘armasi hisobidan tayinlangan ustamalar har yili 31-avgustga qadar to‘lab berilishi belgilangan.

Avvalroq, ayrim hududlardagi iqtisodchilar ustama pullarini iyun-avgust oylarida to‘lab berishni noqonuniy deb topib, o‘zboshimchalik bilan o‘qituvchilarning oylik maoshidan ushlab qolgandi.

Shundan so'ng ushbu masala Prezident qarori bilan ijobiy hal etilgan.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15
Ustozlar haqida haqiqatlar va ularga nasihatlar 👨🏻‍🏫👩🏻‍🏫

-Dunyoda bitta kasb bor: oʻqituvchilik. Qolgan kasblar uning hosilasidir.

-Millatning ertasi maktablardan boshlanadi.

-Oʻqituvchi bir umr bola boʻlib qoladi.

-Oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida ona, ota, bobo, buvi, aka, opa, doʻst boʻla oladi.

-Oʻqituvchida otaning qattiqqoʻlligi, onaning mehri boʻlishi kerak.

-Hech kimning 30 nafar farzandi yoʻq. Oʻqituvchida esa bor.

-Hamma oʻz bolasini sevadi. Oʻzganing bolasini sevish, unga taʼlim-tarbiya berish esa har kimning ham qoʻlidan kelmaydi.
Buning uchun insonda katta yurak kerak boʻlishi kerak.

-Bolalarni seva olmagan kishidan oʻqituvchi chiqmaydi.

-Oʻqituvchilik-bu hali ustozlik degani emas.

-Oʻqituvchilik-bu kasb.
Ustozlik esa baxtdir.

-Hayotingiz davomida hech boʻlmasa bitta shogirdingiz sizni ustoz sifatida tan olmasa, umringiz shamollarga sovrilibdi.

-Oʻquvchilarim meni ustoz sifatida emas, avvalo, inson sifatida yaxshi koʻrishlarini istayman.

-«Darsimda pashsha uchsa bilinadi»-deydigan oʻqituvchilar rost gapiradi. Ularni faqat pashsha qiziqtiradi.

-Amir Temur dunyoni tigʻ bilan, Navoiy qalam bilan olgan boʻlsa, ustozlar dunyoni boʻr bilan oladi.

-Bu hayotda oddiy sinf rahbar boʻlmaydi. Sinf rahbar boʻldingmi, chida. Mushtni mushtga tugib chida, tishni tishga qoʻyib chida. Sinf rahbarlikni chidaganga chiqargan.

-Bugun sinf rahbarlik olib, uning masʼuliyatiga chidolmay, ertaga tashlab yuboradigan oʻqituvchining oʻzini «tashlab» yuborish kerak.

-Ustoz yaqinmi, ota?
-Ota. Agar u ustoz boʻlsa.

-Haqiqiy oʻqituvchining qahrida ham bolaga nisbatan mehr ufurib turishi kerak.

-Eng yomon oʻquvchimni boshqa sinfdagi 10 nafar eng yaxshi oʻquvchiga alishmayman.

-Oʻquvchingiz hayotiy masalada sizdan maslahat, yordam soʻrayapdimi, demak, ustoz darajasiga yetibsiz, muborak boʻlsin.

-Hech qachon oʻquvchilaringizga odam boʻlmaysan, demang. Uningku tanlash imkoniyati bor. Sizda esa hatto shu ham yoʻq.

-Bugungi jinoyat kechagi tarbiyaning mahsulidir.

-Biz ustozlar oʻquvchilarimizga maktabda emas, hayotda aʼlochi boʻlishlari uchun koʻmak berishimiz kerak.

-Ustozning hattoki qadam tashlashi ham tarbiya boʻlishi kerak.

-Shogirdlariga faqat taʼlim bergan oʻqituvchi mutaxassis tayyorlaydi. Shogirdlariga taʼlim-tarbiya bergan oʻqituvchi insonni yetishtiradi.

-Oʻquvchingiz sizni ota-onasining nooʻrin aybidan himoya qilayapdimi, demak siz uning qalbidan joy olibsiz.

-Ustozlar farzandlarining yutuqlaridan koʻra, shogirdlarining yutuqlariga koʻproq quvonadi.

-Yuksaklarga chiqmoqchi boʻlsangiz, pastga tushib oʻquvchilar bilan birga boʻling. Kun kelib ularning oʻzi sizni yuksaklarga olib chiqadi.

© Isroil Tillaboyev

Oʻqituvchi va ustozlarga yuborib qoʻying! ↗️

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
28👏8👍4👎1🤔1
📄 Abituriyent ruxsatnomasi telegramda!

Kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun o'z ruxsatnomangizni @ruxsatnomalarbot orqali yuklab oling!

Abituriyentlar ruxsatnomasida:
👉 Тest topshirish hududi va  kelish vaqti
👉 Test topshirish joyi nomi
👉 Test topshirish manzili
👉 Test topshirish alifbosi
👉 Тalim shakli va Talim tili boʻladi.

Hoziroq telegramda yuklab oling!
👉 @ruxsatnomalarbot
👉
@ruxsatnomalarbot
👉 @ruxsatnomalarbot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍1
Testingiz qayerda bo'lishini bilasizmi?
📹 O'sha bino kameralarini kuzatishnichi?

Telegram bot orqali tezda aniqlang!


Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2025-2026-o‘quv yili kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi. Telegramda @imtihon_qayerda_bot orqali buni aniqlash osonlashtirildi!

Unda quyidagilar aks etgan:

Test o‘tkaziladigan hududni rasmi;
Hududga kirish joylari;
Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
Bino raqami;
Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
Joylarning google xaritadagi joylashuvi;
Binodagi kuzatuv kameralar.

Hoziroq sinang va adashib yurmang:
👉 @imtihon_qayerda_bot
👉 @imtihon_qayerda_bot

Eslatib o'tamiz, hududga vaqtida kelmagan abituriyentlar test sinovlariga qoʻyilmaydi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9
Bugun OXIRGI diagnostik test!

Imtihonga kirishdan avval albatta onlayn testda qatnashing!

23:59 gacha vaqtingiz bor!

🏆 Pul yutugʻi: 1.000.000 so'm!

🇺🇿 Respublika miqyosida Yakshanba 13-iyul, RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI homiyligida Oliygoh.uz platformasi'da kirish imtihonlari andozasidagi BEPUL 82-onlayn BLOK test tashkil etilmoqda!


🎓 Yo'nalish tanlang:
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Biologiya + Ona tili va adabiyoti
👉 Chet tili + Ona tili va adabiyoti
👉 Fizika + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili va adabiyoti
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Kimyo + Matematika
👉 Matematika + Ona tili va adabiyoti
👉 Ona tili va adabiyoti + Matematika
👉 Tarix + Chet tili
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Matematika
👉 Tarix + Ona tili va adabiyoti
👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH;


👨🏻‍💻 Testga ro'yxatdan o'tish:
👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish

Test yakunida RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETIning 30 dan ortiq yo'nalishlariga IMTIHONSIZ kirish imkoniyati hamda 1 MLN so'mlik sertifikatga ega bo'lasiz va test tahlili beriladi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
B2 sertifikatsiz chet tili ustozlari ishdan boʻshatilishi mumkin

2025/26-oʻquv yilidan barcha umumiy, oʻrta maxsus va professional ta'lim muassasalarida dars beradigan chet tili oʻqituvchilarida kamida B2 darajadagi sertifikat boʻlishi majburiy etiladi.

Sertifikati yoʻq oʻqituvchilar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.

Talab barcha xorijiy tillarga taalluqli (2-xorijiy tillardan tashqari).

Bugungi kunda B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega oʻqituvchilar soni — 29 001 nafar.

@ustozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍148🤔5
⚡️Kirish imtihonlari boshlanmoqda!
📹 Test sinovlarini jonli kuzating!

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida ko'ngillilar tomonidan @test2025uzbot ishlab chiqildi.

Bot orqali telegramdan chiqmasdan, hechqanday brauzerga kirmasdan test sinovlarini jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin!

Barchasi juda oson:
1⃣. Ro'yxatdan o'ting;
2⃣. Viloyatni belgilang;
3⃣. Test binosini tanlang.


📹 @test2025uzbot

Shubhali holatni ko'rsangiz xabar bering!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
2025/10/21 20:22:05
Back to Top
HTML Embed Code: