O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida oziq-ovqat sanoatida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
🌱  Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Finlyandiyaning mashhur “Valio” kompaniyasi Ijroiya vitse-prezidenti Marianna Tammela bilan uchrashuv o‘tkazdi.
💬  Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va texnologik hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, xususan, oziq-ovqat sanoatida zamonaviy ishlab chiqarish tajribalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
🥛 “Valio” kompaniyasi 1905-yilda tashkil topgan bo‘lib, bugun Finlyandiyaning eng yirik oziq-ovqat ishlab chiqaruvchisi va eksportchisi sifatida tanilgan. Kompaniya yillik 2,3 milliard yevrolik aylanmaga ega bo‘lib, sut mahsulotlari hamda o‘simlik asosidagi oziq-ovqat turlarini ishlab chiqaradi va 50 dan ortiq mamlakatga eksport qiladi.
✅  Uchrashuvda kompaniya tajribasini O'zbekistonda joriy etish, savdo hajmini oshirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
📜 Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
📜 Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  👍3🔥1👏1💯1
  Argentinadan O‘zbekistongacha: agrar dunyo uchun yagona platforma
🇩🇪 Dunyo qishloq xo‘jaligi sohasidagi eng yirik va nufuzli ko‘rgazma — AGRITECHNICA-2025 doirasida xalqaro “DLG Markets” kompaniyasi o‘zining keng qamrovli xizmatlar va tadbirlar portfelini namoyish etadi. Argentinadan tortib to O‘zbekistongacha bo‘lgan 16 mamlakatda 31 ta ko‘rgazma va tadbirlar platformasi orqali kompaniya fermerlar, tadqiqotchilar va agrobiznes vakillarini zamonaviy bilimlar, innovatsiyalar va investitsiya imkoniyatlari bilan bog‘lamoqda.
💫 DLG Markets nafaqat ko‘rgazma tashkilotchisi, balki agrar bilimlar va tajribalar almashinuvi uchun xalqaro maydon hamdir. Uning faoliyati doirasida dunyo bo‘ylab turli mamlakatlarda konferensiyalar, ikki tomonlama hamkorlik loyihalari, malaka oshirish dasturlari va bozor tadqiqot safarlari o‘tkaziladi. Kompaniyaning 3 000 dan ziyod mutaxassislardan iborat xalqaro ekspertlar tarmog‘i har bir tadbirni ilmiy asoslangan va amaliy mazmunda tashkil etish imkonini beradi.
🇺🇿 Kompaniyaning 2026-yilgi taqvimida 16 mamlakatda o‘tkaziladigan 31 ta yirik tadbir rejalashtirilgan bo‘lib, ular orasida O‘zbekiston ham muhim o‘rin tutadi. Jumladan, 2026-yil 25–27-mart kunlari Toshkent shahrida “AgroWorld Uzbekistan-2026”, shuningdek 26–28-noyabr kunlari “AgroExpo Uzbekistan / Agrotech Expo / Horti Uzbekistan-2026” ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi. 
✔️ Bu tadbirlar orqali O‘zbekistondagi fermerlar va agrosanoat korxonalari xalqaro tajriba bilan tanishish, yangi texnologiyalarni joriy etish va xorijiy investorlar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. DLG Marketsning faoliyati orqali agrar sohadagi ilg‘or tajribalar va texnologiyalar Yaqin Sharqdan Shimoliy Yevropaga, Janubiy Amerikadan Markaziy Osiyogacha kengaymoqda. Bu jarayonda O‘zbekiston ham o‘z tashabbuslari bilan xalqaro agrar hamkorlikning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  👏3🔥1💯1
  Qishloq xo‘jaligida xalqaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi
🌱 Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida AQSh va Yevropa mamlakatlari bilan agrar sohadagi hamkorlikning joriy holati va istiqbollariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda vazir o‘rinbosari, markaziy apparat xodimlari va tegishli departament hamda boshqarmalar rahbarlari ishtirok etdilar.
📊  Yig‘ilishda yil davomida amalga oshirilgan xalqaro loyihalar natijalari, jumladan, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, agrar sohaga raqamli yechimlar va sun’iy intellekt imkoniyatlarini joriy etish borasida erishilgan natijalar tahlil qilindi. Shuningdek, xorijiy davlatlar bilan amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarni takomillashtirish va yangi yo‘nalishlardagi hamkorlik tashabbuslari muhokama etildi.
🌾 Xorijiy mamlakatlar bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik nafaqat agrotexnika sohasida innovatsiyalar almashinuvini, balki agrar ta’lim, ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash sohasidagi qo‘shma dasturlarni ham qamrab olmoqda. Xususan, dunyodagi yetakchi agrotexnologiyalar va ilg‘or tajribalarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💬 Vazir Ibrohim Abdurahmonov ta’kidlaganidek, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishda xalqaro sheriklik muhim o‘rin tutadi. Xususan, AQSh va Yevropa mamlakatlari bilan yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik O‘zbekiston agrar sohasining raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish va innovatsion yechimlarni joriy etishga xizmat qiladi.
📝 Yig‘ilish yakunida istiqbolli deb topilgan yo‘nalishlar bo‘yicha aniq takliflar paketini shakllantirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Bu tashabbus mamlakat qishloq xo‘jaligini xalqaro standartlarga mos holda rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
🌾 Xorijiy mamlakatlar bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik nafaqat agrotexnika sohasida innovatsiyalar almashinuvini, balki agrar ta’lim, ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash sohasidagi qo‘shma dasturlarni ham qamrab olmoqda. Xususan, dunyodagi yetakchi agrotexnologiyalar va ilg‘or tajribalarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  ⚡4🔥3👏1🕊1💯1
  "2025-yil oktabr holatiga ko‘ra, ICAC 2025/26-yilgi mavsumda savdo hajmi 4 foizga oshib, 9,8 million tonnaga yetishini taxmin qilmoqda. Bu Xitoyning iste’mol va import ko‘rsatkichlari yaxshilanishi hamda paxta tolasi savdosi uchun foydali bo‘lgan yangi biznes aloqalarining shakllanishi bilan bog‘liq ijobiy kutilmalar tufayli yuz beradi".
Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  💯3🔥1
  Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
  
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning YUNЕSKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на церемонии открытия 43-й сессии Генеральной конференции ЮНЕСКО
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the opening ceremony of the 43rd session of the UNESCO General Conference
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на церемонии открытия 43-й сессии Генеральной конференции ЮНЕСКО
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the opening ceremony of the 43rd session of the UNESCO General Conference
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👏4🔥1💯1
  ❗️Iqlim inqiroziga qarshi birgalikda samarali kurashish ham dolzarb masaladir.
⚡️ O‘rtacha haroratning sezilarli darajada ko‘tarilishi, muzliklarning erishi, cho‘llanish, tuproq qatlamlari yemirilishi, urbanizatsiya jarayonlari madaniy meros obyektlarining holatiga jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda.
Ushbu tashabbus “yashil” dasturlarni samarali amalga oshirayotgan shaharlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  👍3🔥1👏1💯1
  ❗️YUNESKO sessiyasida dezinformatsiya xavfiga alohida e’tibor qaratildi 
🇺🇿 Shavkat Mirziyoyev YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasida  YUNESKOning mediasavodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha global strategiyasini ishlab chiqishni taklif etdi. 
🔗 Shuningdek, yosh avlodning eng yaxshi ijodiy ishlari, multimedia g‘oyalarini o‘zaro almashish uchun Bolalar madaniy kontenti xalqaro festivalini o‘tkazish tashabbusi qayd etildi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
💬 Virtual makonda noxolis axborotlarni tarqatish, jamoatchilik fikrini chalg‘itish, diskriminatsiyaga qarshi birgalikda samarali choralar ko‘rish jiddiy zaruratga aylanmoqda, deya ta’kidladi Sh.Mirziyoyev.
Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  👏2🔥1💯1
  Prezident Sh.Mirziyoyev YUNESKO Bosh konferensiyasining Samarqandda o‘tkazilishiga izoh berdi:
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
🔵 Anjumanimiz insoniyatning tarix solnomasiga gumanistik g‘oyalar, nodir bilimlar, sivilizatsiyalararo muloqot markazi sifatida kirgan Samarqand shahrida o‘tkazilayotganida chuqur ramziy ma’no bor.🔵 Bu qadimiy kent azaldan bashariyatning buyuk kashfiyotlari beshigi, ilm-fan, adabiyot va madaniyat gullab-yashnagan maskan bo‘lgan.🔵 Birgina misol. Ulug‘ hukmdor va alloma Mirzo Ulug‘bek barpo etgan rasadxona gumbazlari ostida noyob yulduzlar jadvali yaratilgan. Bu jadval keyinchalik Kopernik va Kepler kabi mashhur olimlarning ilmiy kashfiyotlari ochilishiga xizmat qilgani tarixdan yaxshi ma’lum.🔵 Uch ming yillik shonli o‘tmishga ega, Buyuk ipak yo‘lining durdonasi bo‘lgan, millat va elatlarning tinchlik va do‘stlik makoni – muazzam Samarqandga xush kelibsizlar!
Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  👏3🔥1💯1
  19-noyabr – Hujjatli meros xalqaro kuni sifatida belgilash taklif etildi
🔚 Prezident Sh.Mirziyoyev YUNESKOning “Jahon xotirasi” dasturi doirasida Xalqaro raqamli meros institutini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.
✍️ Ushbu institut arxivlar, qo‘lyozmalar va nodir kolleksiyalarni raqamlashtirish bilan shug‘ullanadi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
📌 Bunday noyob meros obyektlari bo‘lgan xalq og‘zaki ijodiyoti, qo‘lyozmalar, arxivlar va qimmatli tarixiy hujjatlar, madaniy ma’lumotlarni saqlash, ularning barcha uchun ochiqligini ta’minlash maqsadida yaratilgan YUNESKOning “Jahon xotirasi” dasturini rivojlantirishdan manfaatdormiz, dedi davlatimiz rahbari.
Shu bilan birga, O‘zbekiston yetakchisi qadimiy Buxoro hunarmandchilik bo‘yicha YUNESKO Ijodkor shaharlar tarmog‘ining a’zosi ekanligini ta’kidlab, ushbu shaharda 2027 yili mazkur yo‘nalishda xalqaro kongressni qabul qilishga tayyorligini bildirdi.
Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  👏3🔥1💯1
  ✈️ Geosiyosiy keskinlik va harbiy mojarolar ta’sirida sayyoramizdagi noyob yodgorliklar, muqaddas qadamjolar va bebaho madaniy meros katta ziyon ko‘rmoqda.✈️ Davlatlar o‘rtasida bilim va texnologiyalar, raqamli resurslardan foydalanish bo‘yicha tafovut ortib bormoqda.✈️ Buning natijasida imkoniyatlar tengsizligi va qashshoqlik kuchaymoqda. Bunday murakkab vaziyat YUNESKOning asosiy vazifalarini to‘liq amalga oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni har qachongidan ham ko‘proq birlashtirishni taqozo etmoqda.✈️ Biz YUNESKOning olijanob va ezgu maqsadlariga qat’iy sodiq ekanimizni yana bir bor ta’kidlaymiz. O‘zbekiston Sharq va G‘arb, Shimol va Janub o‘rtasida uyg‘unlik ko‘prigi, barcha uchun ochiq va konstruktiv hamkorlik maydoni bo‘lishga hamisha tayyor, dedi o‘z nutqida davlatimiz rahbari.
Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  👍4🔥1👏1💯1
  Media is too big
    VIEW IN TELEGRAM
  Lalmikor maydonlarda ekish uchun xantalning “Baxmal-70” navi xususiyatlari
✅ Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti Baxmal ilmiy-tajriba stansiyasi olimlari tomonidan yaratilgan.
🟢 O‘suv davri 85-90 kun;
🟢 O‘simlik bo‘yi: 120-140 sm;
🟢 Ekish me’yori: 8-10 kg/ga;
🟢 1000 ta don vazni: 2,2-2,4 gr;
🟢 Hosildorligi: 10–12 s/ga;
🟢 Don tarkibidagi moy miqdori: 33,6- 35,2%;
🟢 Bitta o'simlikda hosil shoxlari: 12-16 ta;
🟢 Qo‘zoqchalar soni: 150-200 ta;
🟢 Qo‘zoqchadagi urug‘ soni: 10-12 ta.
🖼 Agrobiologik tavsifi: O‘rtapishar nav, poyasi, bargi yashil rangda, tuksiz, tik o‘suvchi.
ℹ️ Kasallik va zararkunandalarga chidamli hamda qurg‘oqchilikka, issiqlikka yuqori chidamli. Mexanizatsiya yo‘li bilan o‘rib-yig‘ib olishga yaxshi moslashgan.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  👏4💯2🔥1
  “Ko‘k” piyozning ko‘z uchun foydalari. U qanday xususiyatlarga ega?
Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  👏3🔥1🙏1
  Daraxtlarning ekologik ahamiyati haqida nimalarni bilamiz?
🌳 Daraxtlar – tabiatning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, ularning asosiy ekologik foydalaridan biri kislorod ishlab chiqarish va karbonat angidridni singdirish jarayonidir.  
🤔 Bitta katta daraxt yiliga o‘rtacha 120 kg kislorod ishlab chiqarishi mumkin. Masalan, yetilgan 40 ta daraxt yil davomida bitta inson uchun zarur bo‘lgan kislorod miqdorini ishlab chiqaradi. 
👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/40098
👉 Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/40098
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  🥰4⚡1👍1🔥1
  Banan po'stlog'idan tabiiy o'git. U qanday xususiyatlarga ega?
O'git qanday tayyorlanadi?
Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  🔥1👏1
  