UzA | Tezkor xabarlar
Photo
Qoraqalpog‘istonda yerni lazerli tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish rejalashtirilmoqda.

Ya’ni, paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchilarga lazerli tekislangan har bir gektar maydonga sarflangan yoqilg‘i-moylash materiallari xarajati 100 foizgacha qismini qoplash uchun Davlat budjetidan subsidiya beriladi.

Birinchi bosqichda bu To‘rtko‘l, Beruniy va Amudaryo tumanlarida amalga oshiriladi.
Bunday maydonlarda hosildorlik o‘rtacha 5-7 sentnerga oshadi va suv sarfi 15-20 foiz tejaladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
UzA | Tezkor xabarlar
Photo
Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining yer maydonlaridan samarali foydalanish rejalari ham bayon qilindi.

Xususan, institutning Bandixon ilmiy-tajriba stansiyasidagi 142 gektar yer qaytadan foydalanishga kiritiladi. 300 gektar maydonda suv tejaydigan zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilib, eksportbop meva va uzumzorlar barpo etiladi.

Qiziltepa tumanidagi Navoiy ilmiy-tajriba stansiyasida uzum ko‘chatchiligi bo‘yicha tajriba xo‘jaligi tashkil etilib, Fransiya va boshqa davlatlarning eksportbop navlari ko‘chati olib kelinadi. Har ikki stansiyada suv ta’minotini yaxshilash uchun energiya tejamkor nasos agregati va transformator o‘rnatiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
UzA | Tezkor xabarlar
Photo
⚡️Issiqxona xo‘jaliklarining samardorligini oshirish maqsadida xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini, ko‘mir qozoni sotib olish xarajatlarining 20 foizgacha qismini qoplash taklif etilmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz
UzA | Tezkor xabarlar
Photo
Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish taklifi bildirildi

Institutda yangi yo‘nalishdagi tolali ekinlar bo‘yicha tadqiqot ishlari yo‘lga qo‘yiladi. Tarmoqda ilmiy natijalarga asoslangan yangi texnologiyalar, asbob-uskunalar joriy etiladi. Fan va ishlab chiqarish samarali bog‘lanib, paxta-to‘qimachilik korxonalari rentabelligi ortadi. Paxta, kanop va zig‘ir homashyolaridan olinadigan mahsulotlarning xalqaro standart talablariga mosligi ta’minlanadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Prezidentga xorijiy sheriklar bilan investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi va kelgusi rejalar yuzasidan hisobot berildi.

Hisobotda Rossiya, Xitoy, Qatar, Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan kooperatsiya loyihalari va investitsiya dasturlariga alohida e’tibor qaratildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
UzA | Tezkor xabarlar
Photo
“Innoprom” doirasida 4 milliard dollarlik bitimlar to‘plami imzolandi

Ma’lumki, 22-24-aprel kunlari Toshkent shahrida “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Kanlaga ulanish:
@uzauz
UzA | Tezkor xabarlar
Photo
⚡️Oʻzbekiston–Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash qariyb $10 milliardga yetgan

2023-yil yakunida Oʻzbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash qariyb 10 milliard dollarga yetgani, uchbu koʻrsatkichni 2030-yilga qadar ikki barobarga ko‘paytirish maqsad qilingani qayd etildi.

▫️O‘tgan yili Rossiyaning 3 milliard dollarga yaqin investitsiyalari o‘zlashtirilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 5 milliard dollar bo‘lishi kutilmoqda.

Kanalg ulanish:
@uzauz
UzA | Tezkor xabarlar
Photo
Toshkent xalqaro investitsiya forumi natijalari bo‘yicha “yo‘l xarita”si ishlab chiqildi

Davlatimiz rahbari “yo‘l xarita”sining barcha bandlari o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish, investorlar bilan doimiy muloqot qilib, ular uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish, loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni tizimli hal etib borishni topshirdi.

Maʼlumki, 2–3-may kuni dunyoning 93 ta mamlakatidan 2,5 ming mehmon ishtirokida Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida o‘tgan ishbilarmonlik tadbirlari yakunida umumiy qiymati 26,6 milliard dollarlik investitsiya bitimlari va eksport shartnomalari imzolandi. Ular orasida qurilish, “yashil” energetika, tog‘-kon sanoati, infratuzilma, oziq-ovqat, to‘qimachilik sanoati va sog‘liqni saqlash sohasidagi yirik loyihalar bor.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Samarqandda Osiyo xotin-qizlari forumi bo‘lib o‘tadi

13–14-may kunlari Samarqand shahrida "Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi bo‘lib o‘tadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
❗️“Qamchiq” dovonidagi vaziyat boʻyicha maʼlumot

Hozirda A-373 avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovonidan o‘tuvchi 229-kilometrida jala yogʻishi ortidan yoʻlning harakat qismini loy, qumtoshli massa qoplagan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Ayni vaqtda hodisa oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha FVV, YHXX hamda “Qamchiqavtoyoʻl” IYFUK xodimlari tomonidan tezkor choralar koʻrilmoqda.

Yo‘lning harakat qismi yaqin daqiqalarda ochiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
❗️1-iyundan tazyiq va zo'ravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e'tiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:

— xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zo'ravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat o'tkaziladi;

— profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi;

— tazyiq va zo'ravonlikdan jabr ko'rgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch qabul bo'limlariga joylashtiriladi;

— rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaxslarga doir ma'lumotlar “Inson” markazlariga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi.

Shuningdek, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ro'yxatga olinadi.

Bunga doir Prezident Qarori (PQ-175-son, 10.05.2024 y.) qabul qilindi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
UzA | Tezkor xabarlar
❗️1-iyundan tazyiq va zo'ravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e'tiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi: — xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zo'ravonlikni sodir etgan shaxs…
1-iyundan tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida bo'lgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko'rsatish tartibi joriy etiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
UzA | Tezkor xabarlar
❗️1-iyundan tazyiq va zo'ravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e'tiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi: — xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zo'ravonlikni sodir etgan shaxs…
⚡️Tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat ko'rsatish tizimini yo'lga qo'yish maqsadida, shoshilinch qabul bo'limlarida tun-u kun ishlaydigan birlamchi ko'mak xonalari tashkil etiladi. Bu 1-iyundan Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida, 1-oktabrdan esa respublikaning qolgan barcha hududlarida tashkil qilinadi.

Birlamchi ko'mak xonalarida:
jismoniy va ruhiy holatini yaxshilash uchun tazyiq va zo'ravonlikka uchragan, o'z joniga suiqasd qilgan yoki o'z joniga qasd qilishga moyilligi bo'lgan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari uch sutkadan ko'p bo'lmagan muddatga joylashtiriladi;

— shoshilinch birinchi yordam, shu jumladan ruhiy, psixoterapevtik yordam ko'rsatiladi, shuningdek, yuqumli kasalliklar mavjudligi to'g'risida tahlillar o'tkaziladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
UzA | Tezkor xabarlar
❗️1-iyundan tazyiq va zo'ravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e'tiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi: — xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zo'ravonlikni sodir etgan shaxs…
⚡️1-dekabrdan bir kalendar yil davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq va zo'ravonlik holati bo'yicha murojaat qilinganda ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi tashabbus tartibida beriladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
14-may kuni Toshkentda qurolli mojaro zonalaridan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar Kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Unda Markaziy Osiyo davlatlari, xalqaro tashkilotlar – BMT va YEXHTning yuqori martabali mansabdor shaxslari, shuningdek qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish, xususan jinoiy harakatlar sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish sohasidagi mutaxassislar ishtirok etadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
12–15-may kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri oʻrinbosari Lyu Gochjun boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyuradi.

Tashrif dasturidan hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Xitoy hukumatlararo qoʻmitasining 7-yigʻilishida ishtirok etish, Toshkent shahri, Samarqand, Sirdaryo viloyatlaridagi bir qator sanoat obyektlari faoliyati bilan tanishish oʻrin olgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
⚡️Oʻzbekistonda mehnat qonunchiligi eng koʻp buzilayotgan sohalar roʻyxati eʼlon qilindi

Shu yilning yanvar-aprel oylarida:

▪️Xalq taʼlim muassasalarida –5 612 ta;
▪️Maktabgacha taʼlim muassasalarida – 2 173 ta; 
▪️Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida – 1 215 ta,
▪️Qurilish tashkilotlarida – 266 ta; 
▪️Qishloq xoʻjaligida – 452 ta mehnat qonunchiligining buzilish holatlari qayd etilgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
2024/05/12 13:49:10
Back to Top
HTML Embed Code: