Telegram Web Link
Shunaqa gaplar. Data markazlar va AIga bo'lgan capexsiz AQSh iqtisodiyoti umuman o'smagan ekan.

@uzbekonomics
😁76😢9👍64
"Yana bitta polosa qo'shaylik, aka?" degan rasm.

Xitoyda tirbandlik.

Adolat uchun aytish kerak ularda milliy bayram kunlari. Bu oddiy tirbandlik emas, balki tarixdagi eng katta inson migratsiyasi bo'lsa kerak. Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu bayram kunlari kuniga 300 million kishi yo'lga chiqar ekan.

Xitoynikidek yaxshi ishlaydigan jamoat transporti va tezyurar poyezd tizimi bor mamlakat dunyoda bo'lmasa kerak. Shunga, tezyurar poyezdlarda qatnaydiganlar soni mashinada qatnaydiganlardan ham ko'proq bo'lsa kerak.

@uzbekonomics
😱87🤯30👍15😁7
Umuman bugungi kunning va iqtisodiyot fani uchun yilning eng muhim va katta yangiligi bu iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindorlari bo'lgan Ester Duflo va Abhijit Banerji, ikkalasi, MITdan ketib Zurich Universitetiga o'tishayotgani.

Solishtirish uchun, bu Messi va Krishtiano Ronaldo ikkalasi bir paytda eng kuchli ligadan ketib bir jamoaga transfer bo'ldi degani.

Yevropa, Shveytsariya, Zurich uchun bu juda yaxshi yangilik, ayniqsa akademiklari va talabalari uchun. AQSh uchun juda yomon yangilik. Albatta, akademiklar o'ta mobil bo'lishadi va bir joydan boshqa joyga ko'chib o'tishlari yangilik emas, tez bo'ladigan hodisa. MIT va AQSh bilan ham aloqa butunlay uzildi degani emas. Lekin, ayni hozirgi paytda, AQShdagi immigrantlarga qarshi siyosat fonida bu yangilik yanada jarangli yangraydi.

Yevropa va Osiyo AQShdan turli darajadagi talantlarni o'ziga qayta jalb qilish ustida yaxshi ishlamoqda. AQShning ahmoqona siyosati natijasida katta yoqotishi. Zero, dunyoda inson kapitalidek boy va muhim narsa yo'q.

@uzbekonomics
🔥6121👍13🤔2
Kripto - bu moliyaviy bozorlar nima uchun yuqori darajada regulyatsiya qilinishini eslatadagan darsdir.

Kecha Tramp Xitoyga qarshi navbatdagi tariflarni qo'qqisdan e'lon qilganida fond bozori ham barcha riskli aktivlar narxi ham anchagina tushdi. Ayniqsa kripto. Kripto bozor tarixida bir kun ichida bunday miqyosda yoqotish bo'lmagan ekan. Jami 1.6 millionta investor bir kunda likvidatsiya bo'lib, jami 19.5 milliard dollar qiymat yoqotilibdi. Gap faqat kripto hamyonlar yoqotishda emas balki keng miqyosli bozor qisqarishi fonida bo'ldi. Bitkoyn, etherium va altcoinlar narxi ancha "tashlabdi".

Sabab? Birinchi o'rinda Trampning qayta boshlangan savdo urushi natijasida riskli aktivlarga talab kamayishi. Aprel oyidan beri fond bozori eng katta yoqotish qayd etibdi. Lekin, aynan kripto bozorda qo'shimcha voqealar ham bo'ldi, ya'ni insayder treyding. Tramp import boji e'lon qilishidan bir necha soat/daqiqa oldin katta miqyosda (gap yuzlab million dollarlar haqida ketmoqda) investor yangi hisob orqali short pozitsiya ochishgan, ya'ni aktivning qiymati pastga tushishidan daromad qilish uchun. Aftidan "ular" bilganki bir necha soat/daqiqadan so'ng Tramp aktivlar narxini tushiradigan e'lon qiladi. Trampga yaqin bo'lganlarning, uning harakatini bir necha daqiqa oldin bila oladiganlar uchun 2x, 3x daromad qilib olishning yaxshi yo'li. O'zidan-o'zi hech kim 200 million dollarga bitkoynga juma kuni short pozitsiya ochmaydiku.

Natija? Qog'oz tilla deb ta'rif beriladigan bitkoyn hech qanday rezerv valyuta ham emas, ayniqsa tilla ham bo'la olmasligiga navbatdagi eslatma bo'ldi. Haqiqiy tillaga talabni ko'paytirib bermoqda. Kecha kripto orqali kuygan millionlab odamlar yaqin orada riskli aktivlar bozoriga kirishmaydi.

Hozir o'qib qoldim: Kyiv shahrida katta-katta odamlarning pulini aylantiradigan kripto fond menejer va tadbirkor kechagi likvidatsiyadan so'ng o'z joniga Lamborghini mashinasi ichida suiqasd qilibdi.

@uzbekonomics
🤯50👍13🔥1211
Bu yil Nobel olgan Mokyr, Aghion, va Howittning tadqiqotlari aynan bugungi tez texnologik taraqqiyot davrida, sun’iy intellekt va raqamli innovatsiyalar turli sanoatlarni va kasblarni misli ko‘rilmagan tezlikda o‘zgartirayotgan bir paytda, nihoyatda dolzarbdir.

Aytgancha, ular Fransiyada, Niderlandiyada, va Kanadada tug'ilganlar.

Ularning ishlari haqida bu yerda o'qish mumkin.

@uzbekonomics
13👍6
"Agar iqtisod bo‘yicha Nobel mukofotini kim olishini aniqlab, samarali taqsimlamoqchi bo‘lsak, uni eng yuqori narx taklif qilgan iqtisodchiga berish kerakmikan."

@uzbekonomics
😁85👍5😢2
A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев
O’zbekistonliklar eng ko‘p chiqayotgan xorijiy davlatlar ro‘yxati ekan. Shu ro‘yxatdagilardan Tojikiston, Rossiya, Saudiya, Misr va Vyetnamga bormaganman hali 🙈 Rossiyaga yaqin biror 10-20 yilda bormasam ham kerak (lekin Kamchatkaga borish kerak-da — losos…
Maqolada "turistik maqsadlarda" deyilgan ekan, shunchaki chegarani bosib o'tganlar soni desak to'g'riroq bo'lardi. Menimcha, yiliga 3 yarim millionta o'zbekistonlik Qozog'iston va Qirg'izistonga turistik maqsadlarda bormasa kerak. Yana kim bilsin.

Mutlaqo katta qismi savdo, tirikchilik va tijorat uchun desak to'g'riroq bo'lsa kerak. Yana bir xususiyat, chegaraga yaqin hududlarda insonlar to'y-bayram deb ham ko'p qatnashadi.

@uzbekonomics
💯64😢14👍117
Kontrast.

Muqobil manbalardan olinadigan energiyani rag'batlash siyosatini tugatish bu qiyosiy ustunlikni yoqotishdir.

Bundan tashqari, AQShda hozirgi sur'atlarda o'sayotgan AI, data markazlarning talabini qondirish uchun o'nlab AESlar qurish kerak ekan.

@uzbekonomics
👍296🔥2💯2
​​Data markazlar va AI ko'p suv isrof qilyapti va bu katta muammo degan keng tushuncha mavjud. Raqamlarga qarasak unday emas ekan deyishyapti.

2030 yilga kelib AQShda data markazlar bugungi kunda golf maydonlari ishlatadigan suvning 8 foizini ishlatar ekan.

Shunga suv isrofi haqida gap ketsa birinchi golf o'ynaydiganlardan boshlash kerakmikan?

@uzbekonomics
😁105👍285🤔1
Tariflar import qilinadigan tovarlarning ham mahalliy ishlab chiqariladigan tovarlarning ham narxini oshiribdi. Bu mutlaqo barcha uchun tabiiy kutilma edi. Albatta, tariflarni e'lon qiluvchilardan tashqari.

@uzbekonomics
😢23👍13😁71
Uzbekonomics
- ChatGPTning haftalik foydalanuvchilari soni 800 millionga yetibdi.
800 millionta foydalanuvchining atigi 5 foizi (40 million) pul to'lar ekan ($20 obuna, API tokenlar uchun). Yilning birinchi yarimida OpenAI 8 milliard pulni yoqibdi. To'liq yil uchun taxminan 20 milliard bo'ladi.

Ya'ni, har bir 1 dollar tushum uchun OpenAI 3 dollar xarajat qilmoqda. Albatta, OpenAI foydaga asosan hajm orqali chiqishni kutadi.

Lekin, nimadir o'zgarishi kerak. Hozircha OpenAI bizning chatgpt so'rovlarimizni subsidiya qilyapti, borib-borib reklama, va pullik xizmatlar ko'lamini kengaytirishi kerak bo'ladi (korxona shakli non-profit bo'lsa ham).

ChatGPTga 40 million odam pul to'lashi kamroqdek tuyuldi. Masalan, Spotifyning 270+ milliondan ortiq pullik obunachilari bor. Balki ChatGPTning pullik va obunalik versiyalarida farq ko'pchilik uchun katta emasligi uchun obuna kerak emasdir. Spotifyning tekin versiyasi juda cheklangan va uni obunasiz ishlatib bo'lmasligi uchun ham odamlar pul to'lashga rozi.

@uzbekonomics
🤯29👍1810🤔1
Pashinyanning Spotify pleylisti hali chiqmadimi? Chiqsa yuborarsizlar)

@uzbekonomics
😁12516🤔12👏6
Jamiyatda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning - ularning hayoti, sog‘ligi yoki ruhiyatiga tahdid soluvchi har qanday shakli va ko‘rinishiga mutlaqo o‘rin bo‘lmasligi kerak. Hech qanday.

Davlat va qonun bolalarni har qanday zo‘ravonlikdan va tahdiddan himoya qilishi kerak. Buning ichiga ularni kaltaklaydiganlar ham, yo‘l-transport hodisalari tahdidi ham kiradi.

Bu narsa hamma uchun ham oydin emasligi xavotirli.

Masalan, O'zbekistonda bir nafar ham bola avariyada o'lmasligi kerak. Ayniqsa maktabga porftelini taqib olib ketayotgan va yo'lda urib ketilganlari.

@uzbekonomics
285👍32😢18🔥7
Uzbekonomics
Vashingtondagi Oq Uyning ichida 650ta kishiga mo'ljallangan to'yxona qurishayotgan ekan. Tilla, yaltur-yultur. 200 million dollarga. Ochig'i, maynabozchilik bo'lib ketdi. Wannabe king. @uzbekonomics
Oq Uyning bir qismini buzishga ulgurishibdi. To'yxona/banketlar zali qurishyapti.

Bu rasm Oq Uyning ro'parasidagi Treasury (Moliya vaziriligi) binosi ichidan olingan ekan. Rasm internetga chiqib ketganidan so'ng moliyachilarga boshqa rasmga olmanglar degan topshiriq berilibdi.

@uzbekonomics
😁148😢32🤯2011
​​Akademiyadan yangiliklar:

Garvard ijtimoiy fanlar (buni ichiga iqtisodiyot ham kiradi), tarix, biologiya va boshqa yo'nalishlarga kelasi ikki yildagi PhD talabalar qabulini 75%ga qisqartirayotgan ekan. Bu katta raqam. Sotsiologiya fakulteti umuman doktorant talaba olmas ekan.

Boshqa universitetlarda ham shu trend kuzatilmoqda. Garvarddan so'ng boshqalar ham "ergashadi".

@uzbekonomics
🤯90😢32😁54
JP Morgan Chase bankining Manhattandagi yangi ofisi ekan.

Rasmni nomini "AI tomonidan ishingiz olib qo'yilganda ko'radigan oxirgi ofisingiz" deb qo'ysa ham bo'lar ekan.

Vaziyatni monitoring qilishga shuncha monitor.

Aytish joiz, universitetni endi bitirgan yosh analitiklar uchun 2-3 yil ishlashga ayni muddaodir. Lekin, buni ko'rib nima uchun odamlar uydan ishlashni xohlashlarini tushunish qiyin emas.

@uzbekonomics
😁76👍13😱5😢3
Chunki, OpenAI yaqinda Goldman, JPM, Morgan Stenli va boshqa bir qator banklarda ishlagan eks-bankirlarni ishga olib soatiga $150 to'lab qanday qilib yosh bankirlar (analitiklar) qiladigan ishni, moliyaviy modellashni sun'iy idrok orqali avtomatizatsiya qilish ustida ishlayotgan ekan.

https://observer.com/2025/10/openai-coming-for-entry-level-bankers/

Yosh invest bankirlar ishini AI qiladigan bo'lsa, yosh bankirlarga ehtiyoj qolmasa natijada AI yasagan slaydlarni endi menejerlar qo'lda to'g'irlab chiqishsa kerak.

@uzbekonomics
😁46🔥18😢9👏2
2025/10/27 10:01:36
Back to Top
HTML Embed Code: