AQShda elektr narxi oshib bormoqda.
AI uchun chiplar, data markazlarni ishlatish uchun, sovutish uchun ko'proq elektr generatsiyasi kerak ekan.
Lekin, quyosh, shamol va boshqa muqobil manbalardan elektr olishni woke deb qoralashmoqda.
@uzbekonomics

👍42😢13❤4👏2
Mudofaa vaziriligi nomini Urush vaziriligi nomiga bekorga o'zgartirishmadi.
Bugun yana bir bor Venesuala yaqinida qayiqda ketayotganlarni bombardimon qilishibdi. Ular AQShga narkotik olib ketayapati deb gumon qilib. Sudsiz, tergovsiz vhzk.
AQSh shaharlari ichiga armiya, milliy gvardiyani kirg'azib ichki dushmanlarni bosaylik deyapti bosh qo'mondon ham, Urush vaziri ham. Portland, Chicago kabi.
2028 yilda saylovlar bo'lmaydi degan hazil tobora kamroq hazildek tuyulmoqda.

😢114😁43👍10❤5
2025 yilda odam sun'iy intellektning har kuni chiqayotgan yangi modelini ishlatishga ulgurmay, chiplar, qo'shnimizdan chiqqan birinchi unikorn Higgsfield, o'zi yuradigan mashina, robotlar, data markazlarni sovutishga energiya generatsiyasi haqida mulohaza qilib yurgan bir paytida mana shunday ishlar bilan shug'ullanayotganimiz uyat.
Odam o'z puliga o'tgan asr texnologiyasi bo'lgan telefonni olsada keyin uni ishlatishga boj to'lasa (IMEIsi bor buni yana).

Telegram
Kainbek
Ўпқон ўлпон
😢79🤯13👍9😁4
OpenAI korxonasi ChatGPT va Sora modellari uchun ishlatadigan elektr energiyasi butun Nyu-York va San-Diego shaharlarini qo'shganda ular ishlatadigan energiyadan ko'proq ekan.
Yoki Shveytsariya va Portugaliyaning umumiy elektr energiyasi iste'moliga teng. Bu degani 20 millionta odamning elektr energiya iste'moli degani.

🤯214👍11🔥8❤2
To'g'risi, men ham bu qarorni umuman tushunmadim. Yiliga 4 million yevro degani bu bitta o'yinga 1.3 million yevro oladi degani (jahon chempionatida guruh bosqichidan chiqa olmasak). Ha uniyam mayli deylik. Futbolni sal-pal tushungan odam Kannavaroni yaxshi murabbiy demasa kerak. Futbolchi paytida nimaga erishgan bo'lsa ham.
Googleda Fabio Kapelloni qidiraman deb Fabio Kannavaro chiqib qolgandek.
Yaxshi ish bo'lmabdi xullas. Rahmatli Hojiboy aka aytgandek, "xo'rozqand chet-elniki desa..." degan gap shu yerga tushar ekan.

A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев
Agar rost bo‘lsa, Kannavaroga buncha maosh to‘lash — jinnilik. Umuman, milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga Kannavaroning olib kelinishining o‘zi unchalik to‘g‘ri emas.
1👍77🤯30❤7🔥4
Uzbekonomics
OpenAI korxonasi ChatGPT va Sora modellari uchun ishlatadigan elektr energiyasi butun Nyu-York va San-Diego shaharlarini qo'shganda ular ishlatadigan energiyadan ko'proq ekan. Yoki Shveytsariya va Portugaliyaning umumiy elektr energiyasi iste'moliga teng.…
Qo'shimcha qiladigan bo'lsam:
- data markazlar ishlatadigan elektr energiyaning taxminan 40 foizi sovutish tizimiga ketar ekan.
- data markazlar va AIga sarmoyalar hozir GPU protsessorlarning hajmida emas elektr energiya xarajatida o'lchanmoqda. Necha gigavatt ketadi, masalan.
- rasmda OpenAIning Texasda qurayotgan data markazi. Dallasdan 300 kilometr masofada. Uning ko'lami juda katta ekan. Bir solishtirish uchun: maydoni Manhattandagi Central Parknigiga teng ekan. Ishchilar va gruzoviklar harakatlanishi uchun data markaz ichida 6 polosalik yo'l qurishibdi.

🤯70👍16🔥4😱4
Ertalab portfelga qarasam AMD bir kechada 28%ga oshibdi. Xayolga birinchi kelgan narsa: bo'lib ular sun'iy idrok ustida ishlayotgan korxonalardan biri bilan chiplarni sotish bo'yicha katta kelishuvga kirgan bo'lsa kerak. Tabiiy-da.
Shunday ekan. Albatta, OpenAI bilan shartnoma qilishibdi. Lekin, tafsilotlari qiziq. AMD o'z korxonasining 10 foiz ulushini OpenAIga berar ekan, evaziga esa OpenAI 6 gigavattli AMD chiplarini sotib olar ekan.
AMD OpenAIga korxona ulushini beradi, OpenAI AMDga pul beradi, AMD aksiyasi ko'tariladi.
Bu haqida yaqinda yozgan edim: circular economy.
Bir o'ylasak:
Nvidia OpenAIga 100 milliard beraman deydi.
OpenAI Nvidianing eng katta mijoziga aylanadi.
OpenAI Oracledan 300 milliardlik hisoblash kuchini sotib olaman deydi.
Oracle buning uchun Nvidiadan 40 milliardlik chiplarni sotib olaman deydi.
OpenAI AMDning 10 foiz ulushiga ega bo'ladi.
OpenAI AMDning eng katta ulushdoriga aylanadi.
Boshqa o'xshash korxona bo'lgan Intelning 10 foiz ulushi hukumatga tegishli.

👍33😁25❤12🤔3
Tushunarli. Demak, O'zbekistonda foydalanish uchun knopkali telefon sotib olaman.
Masalan, ishlatilgan Nokia 6300 bo'lsa olaman. Iphone yo'q menda deylik.
@uzbekonomics
Masalan, ishlatilgan Nokia 6300 bo'lsa olaman. Iphone yo'q menda deylik.
@uzbekonomics
Telegram
bakiroo
Iphone учун аждарҳо бож тўлашдан халқаро e-sim ишлатиш каррасига арзонроқ тушади
Сиз Ўзбекистонга макбук олиб кириб бемалол ишлатаяпсизку, сабаби макбук imei'га боғланмаган, шу сабабли телефонларга осилиб ҳаводан пул қилишга ўтган пулхўрлар imei занжирини…

😁65👍8❤7💯3
AQShda logistika sohasidagilarning (trakchilar) aytishicha ko'p yuk tashish korxonalari bankrot bo'ladi va haydovchilar ishsiz qoladi.
Sabab - u korxonalarning aksariyati hujjati bo'lmagan (va tilni bilmaydigan) haydovchilarni yollaganida va ular qoidalarni buzib (limitdan ko'proq haydash, masalan) haydashi evaziga rentabellikni ushlab turishgani ekan. Immigratsiya masalasi hozir jiddiylashgani uchun oqibatni kutsa bo'ladi.
O'zbekistonlik trakchilar va biznes egalariga albatta bu ham ta'sir qiladi. Tabiiyki, hujjati bo'lmagan haydovchilar yoki biznes modelini faqat hujjati bo'lmaganlarga bog’lagan biznes egalar qiynaladi. Lekin, hujjati bo'lgan, tilni bilgan haydovchilar raqobat kamaygani va "yo'lda" kamroq haydovchilar qolgani uchun daromadlari yuqoriroq bo'lishi mumkin.

X (formerly Twitter)
Craig Fuller 🛩🚛🚂⚓️ (@FreightAlley) on X
There will be a surge of trucking bankruptcies over the next year.
Many of the small and midsize truckers hired non-domiciled CDLs and drivers without work permits. The Administration's outlawing of this practice will put these carriers into bankruptcy.…

👍54❤13😱4😁3
Tibbiyot bo'yicha Nobel mukofotini olgan olim Fred Ramsdellga yangilikni yetkazish uchun bir sutka aloqaga chiqa olishmabdi.
Sababi, u Montana yoki Idaho shtatlari tog'larida sayr, hiking qilgani chiqib ketgan ekan va u yerlarda mobil aloqa yaxshi ishlamaydi. Shuning uchun ham ba'zi sayyohlar dam olgani va detoks qilgani chiqib ketishadi.
Oxiri topishibdi. Telefonini airplane modega qo'yib Montanada rafiqasi bilan hiking qilib yurgan ekan. Tog'ni orasiga, dunyodan qochib ketgan bo'lsa ham baribir topishibdi, Nobelni qabul qilib oling deb:)
Bir hamkasbimni eslatib yubordi. O'tgan yoz faslida Appalachiya tog'larida sayr qilish uchun uch oy yo'q bo'lib ketgan edi. Emailga javob bermayman, yozmanglar deb.

the Guardian
Nobel committee unable to reach prize winner who is ‘living his best life’ hiking off grid
Fred Ramsdell was among those honoured with a 2025 Nobel Prize in Medicine but might not know because he is somewhere in Idaho and uncontactable
🔥60👍31😁19❤12
Iqtisodchi Kundaligi
Nobel mukofoti va mukofot oluvchilarning otasini daromadi. Ko'rib turganingizdek, deyarli barcha Nobel mukofoti sovrindorlarini otalari, eng boy 10% ichida. Yarmi, top 5% ichida. O'ylantirib qo'yadigan raqamlar. Batafsil
E'tibordan chetda qolgan sabab-oqibat?
Haqiqatdan o'ylantiradigan raqamlar. Adabiyotdan bilamizki iql-idrok va boylikning korrelyatsiyasi katta. Ayniqsa Nobel yutadigan ekstrimada. Shunga boy oiladan Nobelchi farzand chiqish bilan aqlli otalardan Nobelchi farzand chiqish ikki xil narsa bo'lsa kerak. Chunki aqlli otalarda daromad birinchi guruhnikidek ko'proq bo'ladi deylik (aqlsizdan degan so'z o'rinsiz, qandaydir IQ proksisi bo'yicha medianadan balandroq deylik).

1😁40🔥9❤5😢1
Iqtisodchi Kundaligi
Balki, lekin tredda otalarni ta'lim darajasi solishtiruvi bor. Agar ta'lim ko'proq korrelyatsiya qilsa, unda shunday.
Aynan muammo ham shunda-da, menimcha. Father education bilan father income ikkalasi endogen va bir-biridan mustaqil emas. Ikkalasi Nobel olgan farzand bilan korrelyatsiya qiladi, balki biri ko'proq, ikkinchisi kamroq. Lekin muammo - ular birini belgilaydi.
Birini o'zgarmaydigan qilib qoldirib ikkinchisini o'zgaruvchan qilsak o'sha o'zgaruvchi Nobel olish ehtimolini tushuntiradi deya olardik.
Menimcha, buning tagiga yetish uchun eng ideal eksperiment bu boqib olingan ota-bola guruhi bilan biologik tug'ilgan ota-bola guruhi. Yoki, bir otani qoldirib (shunda uning aqli va daromadi o'zgarmaydi) o'sha otaning biologik tug'ilgan farzandi va erta boqib olgan farzandini solishtirsa bo'ladi. Shunda birida ham ota daromadi ham ota aqli bo'ladi (deylik), ikkinchisida esa ota daromadi.
Aynan bu adabiyotda ko'p narsa bilmayman, tredni ham o'qimagan edim. Shunga birinchi kelgan hayollar. Kim bilsin, ekonometrika o'qiyotgan talabalarga ham yaxshi mantiqiy mashg'ulot bo'lsa kerak.

2👍47❤11🔥8🤔3
Google kompaniyasida ishlaydigan 5ta olim Nobel mukofotini turli yillarda olishdi, oxirgi 2 yilda 3ta. Bu juda zo'r. Bunday ketishda Google Bell Labsdan o'tib ketadi!
Shunga ishora qilib ba'zilar innovatsiya va kashfiyotlarda universitetlarning o'rni pasaygan deb o'ylamoqda. Iste'dodli olimlarning xususiy sektordagi konsentratsiyasi ortib borishi bu fundamental kashfiyotlar endi akademiya sinfxonalari va zallarida emas balki xususiy sektorda bo'lmoqda deyishmoqda. Noto'g'ri xulosaga kelib, Nobel olish uchun universitetda emas balki Googleda ishlash kerak deyish mumkin.
Lekin, bu xato. Vaholanki, Nobel olayotgan olimlar, shu jumladan Google shtatidagi olimlarning barchasi universitetda professor bo'lib ishlagan paytlarida qilgan tadqiqotlari uchun e'tirof etilishmoqda. Albatta, Google bu dunyodagi eng katta yengilmas cash machine. Ular istalgan olimni o'zlariga jalb qilish imkoniyatiga, sharoit yaratib berishga qodirlar. Umuman, xususiy sektor tadqiqotlarda muhim rol o'ynaydi.
Google va Nobel hikoyasidan qilish kerak bo'lgan xulosa aksincha universitetlarning muhimligini yana bir bor takrorlaydi: akademiya zallarida va laboratoriyalarida boshlangan tadqiqotlar va qilingan kashfiyotlar kompaniyalar tomonidan tatbiq etilib, qo'llanishi va daromad olib kelishi mumkin.

❤40👍38🔥8👏4
O'zbek banklari va ba'zi fintexlari bilan menda bir muammo bor. Lekin, bu faqat mening muammoyim emasligi va tajribadan ayta olishim uchun yozyapman.
Aksariyat o'zbek banklari bank xizmatlaridan foydalanishda: bank ilovasiga kirish, pul o'tqazish, to'lovni amalga oshirish uchun mijozlarga tasdiqlash va avtorizatsiya kodlarini faqat SMS orqali yuborishadi. Ustiga SMSni faqat +998 kodli raqamga yuborishadi. Eng muqobil alternativa bo'lmish e-mail orqali ham yuborishmaydi. Nimaga desam O'zbekistonda emaildan hech kim foydalanmaydi deyishadi. Shu ham javobmi endi? Men aytmayapman, avtorizatsiyani faqat email orqali qilish kerak deb, balki mijozga avtorizatsiya qilishga qo'shimcha kanal berish kerak va eng muhimi bank ishi xavfsizroq bo'lishi uchun 2FAni joriy qilish, uchinchi ilovalar orqali avtorizatsiya imkonini berishni (DUO) aytyapman.
Faqat SMS kodga bog'langan bank xizmati muammolari:
Birinchidan, agar siz O'zbekistonda bo'lsangiz ham turli sabablarga ko'ra mobil telefoningizda aloqa bo'lmay qolsa siz bank xizmatidan yoki pul o'tqazadigan fintexdan foydalana olmaysiz. Shunchaki ilovaga kira olmaysiz, tranzaksiyani tasdiqlay olmaysiz. Masalan, Toshkent shahrining qoq markazida ham, O'zbekistonning chekkaroq hududlarida ham mobil aloqa yaxshi ishlamasa, mijoz telefoni zaryadkasi o'tirib qolsa, telefoni o'g'irlab ketilsa mijoz bankdan butunlay uziladi. Shu paytda kompyuter oldida yoki WiFi tarmog'iga ulangan bo'lsa ham bankdan foydalana olmaydi!
Ikkinchidan, Xudoga shukur o'zbekistonliklar chetga tez-tez qatnashni boshlashdi. O'zbek tadbirkorlari San Fransiskoga startap qilgani, o'zbek sayohatchilari Abu-Dabiga konsert va futbol ko'rgani borishmoqda. Lekin, +998 raqami u o'lkalarda ishlamasa (ha, rouming yo'q deylik) bankining ilovasiga kira olmaydi, o'tqazmani ham qila olishmaydi.
Uchinchidan, chet elda uzoqroq muddatda bo'lgan o'zbekistonliklar ham bor. Lekin ular o'zbek banklari bilan aloqani uzmasdan to'lovlarni amalga oshirish, xizmatlardan foydalanishni xohlaydilar. Hozir 10 daqiqa oldin Koreyada tahsil oladigan yordamchim bilan gaplashib qoldim, u ham o'zbek banklaridan SMS talabi deb foydalana olmay qiynalganini aytdi.
Qandaydir qo'lbola yo'llar orqali yechimlar bu yechim emas. Ilovaga kirish uchun VPNni yoqib O'zbekistonni tanlash, bankdan keladigan sms uchun +998 raqamini muntazam ravishda rouming bilan yoqib yurish kabi yechimlar (men shunday qilaman) bu muammoni yanada ko'paytiradi. Yoki, bankingizni o'zgartiring deyishadi menga.
Endi, bankirlar yoki kiber xavfsizlik masalasidagilar aytishi mumkin - avtorizatsiyani faqat SMS kod orqali qilish xavfsiz deb. Javoban aytishim mumkinki, aksincha, bu amaliyot kiberxavfsizlikni zaiflashtiradi, mijoz qulayligini chetga surib tursak ham. Masalan, shartli Koreyadagi o'zbekistonlik o'zbek bankidan foydalanish uchun O'zbekiston hududida bo'lgan qarindoshi, do'sti yoki notanish odamning +998 raqamini ilovasi va fintex hamyoniga ulab qo'yadi. Ularga "hozir sizga sms keladi" deb kutadi va kelgan sms keyin telegram orqali yuboriladi. Ikkita xavfsizlik qoidasi bu yerda buzilmoqda. O'z hamyoni birovning raqamiga ulangan va avtorizatsiya kod ulashilmoqda. Eng qizig'i SMS va telefon o'g'irlanishi o'ta tabiiy va oson narsa. Firibgarlarni qo'liga tushsa tamom. Men xavfsizlik masalasida usta emasman, shuning uchun do'stimiz ChatGPTdan so'radim. Bu amaliyotning salbiy tomonlari qanday deb. O'qib ko'ringlar.
O'zbekistonga moliyaviy bozor va zamon bilan hamnafas bo'lgan bank xizmatlari kerak. Fiskal ijrochi emas balki chinakam mijozlarning bazaviy ehtiyojini qoldira oladigan bank xizmatlari.
Ko'chada 2025 yil. Biz esa haliyam bankimiz ilovasiga kira olmaymiz, to'lovni tasdiqlay olmaymiz. Kirish uchun kod uchinchi shaxslarning qo'lida (qarindosh, do'st yoki telefonni o'g'irlagan firibgarda). Muammoni bir dasturchi 2 qator kod yozib hal qilsa bo'ladi. Lekin, qilmasligi sababi buni hech kim tushunmasligidami, xohlamasligidami yoki qandaydir talabmi. Bilmayman.

Бир марталик кодларни электрон почта орқали юборадиган камсонли банклардан бири эди. Чет элдагиларга муаммо бўлиши мумкин.
1❤35👍25😢16💯14
❗️Kanalga reklama olaman.
Ayniqsa bankdan bo'lsa.
Balki mijozingiz ham bo'lib qolarman. Agar albatta xizmatingizdan foydalanish uchun mendan faqat +998 raqamga keladigan SMSni talab qilmasangiz. E-mail avtorizatsiya va verifikatsiya tanlovini beradigan va mijozni qiynamaydigan bankni bajonidil reklama qilib beraman.

1😁284👍54❤15😢5
Bozor va mijoz haqida.
O'zbekistonning mehnatga layoqatli aholisining katta qismiga teng keladigan o'zbekistonliklar chet-elda bor. Ularni dangasa, siyosiy axloqsizlar ham deyiladi. Lekin, haqiqat shundaki ular uyga yuboradigan, olib keladigan yillik pullar deyarli $10 milliardga yaqin. O'zbekistonning eng katta investorlari desa bo'ladi.
Va, ular O'zbekistondagi deyarli istalgan xizmat sohasi uchun mijozlardir ham. Ularning ehtiyojini qondirish, va ularga qulay xizmatni taklif qilish bu biznes modelning bir qismi bo'lishi kerak. Kattaroq bozorni egallash, bozorda ulushni oshirishni xohlaydiganlar hech bo'lmasa o'tgan asr texnologiyasi bo'lmish e-mail avtorizatsiyani bank xizmatlariga ikki qator kod yozib tatbiq qilishsa mijozlar keladi. Postimdan so'ng botga kelgan ba'zi obunachilarimdan xatlar.

👍59💯9❤2🔥1
"Ilm dunyodagi eng katta tenglashtiruvchi kuchdir"
Bu yilgi kimyo bo'yicha Nobel olganlardan biri Omar Yagi Iordaniyada Falastinlik qochqinlar oilasida tug‘ilgan.
15 yoshida AQShga immigratsiya qilib bakalavrni ham PhDni ham davlat universitetlarida qilgan.
Yoshligida suvsiz, chiroqsiz, bir xonani ichida o'nlab odamlar va boqadigan chorva bilan birga yashagani, otasi oltinchi sinfni zo'rg'a tugatgani, onasi yozish-o'qishni bilmasligiga qaramay ilm tufayli barcha narsaga erishibdi. Hamma narsa 10 yoshida maktab kutubxonasiga kirib bir kitobni qo'liga olgach undagi molekulyar tuzilmalarga qiziqib qolganidan boshlangan ekan.
Bu hikoyada ilmning o'rnini ham, immigrantlarning o'rni va immigratsiyaning muhimligini ham ifoda etsa bo'ladi. Iqtidorlar hamma yerda bor. Ularning potensialini ochishga biroz imkoniyat berilsa bas.

1🔥120👍27❤26
Blumbergdan qiziq grafik ekan.
Bundan tashqari ikkita raqamga hozir ko'zim tushib qoldi:
- ChatGPTning haftalik foydalanuvchilari soni 800 millionga yetibdi.
- Nvidia bozor kapitalizatsiyasi qariyb 5 trillionga yaqinlashib qolibdi (yaqinda 4 trillionga chiqdi deb yozgandim).

🤯59👍13😱7🔥3
Menimcha, Nobel tinchlik mukofotini Tramp olishi mumkin degan xazil shunchalik uzoqqa bordiki odamlar haqiqatdan ham Tramp Nobel olarmikan deb o'ylab qolishibdi. Albatta, bunga asosiy sabab Trampning o'zi, Nobel mukofotini menga beringlar deb ochiqcha talab va tahdid ham qildiku. Norvegiya Tramp Nobel olmasa bizga urush ochib tariflarni qo'ymasin deb tayyorlanyapti.
Siyosati nafrat qo'zg'atishga tayangan; tinimsiz Kanada/Grenlandiya/Panamani bosib olamiz deb jiddiy gapirib o'z vazirlarini o'sha mamlakatlarga aholi orasida bu g'oyani targ'ib qilish uchun yuborgan; G'azodagi va Ukrainadagi urushlarni darhol tugatmay ular davom etishini ta'minlagan (bosqindagilarni o'zi aybdor deb); Venezuela qirg'oqlarida suzib ketayotgan qayiqlarni ichidagi odamlari bilan dalillarsiz bombardimon qilayotgan va aynan hozirgi kunlarda AQSh aholisining yarimini siyosiy dushmanlar deb bir qancha AQSh shaharlariga qurollangan milliy gvardiya va armiyani yuborgan; nafaqat immigrantlar balki AQSh fuqarolari orasida qo'rquvni ko'paytirgan odamga tinchlik uchun Nobel mukofoti qanchalik loyiq ekan?
Agar shunday qilmishlar uchun Nobel tinchlik mukofoti berilsa yoki haqiqatdan ham nomzodi ko'rib chiqilgan bo'lsa unda bu mukofot o'z legitimligini to'liq yoqotgan bo'ladi. Undan oldin kim va nima uchun olganligi esa ikkinchi darajali masala.
Hozircha esa Trampning Nobel olishga qilgan ochiqcha PR kampaniyasi mag'lubiyat bilan tugadi.

Norway braces for Trump’s reaction if he does not win Nobel peace prize
US president may impose tariffs, demand higher Nato contributions or even declare Norway an enemy, analyst says
💯58👍15❤12🔥6