Telegram Web Link
Quva bog‘larida pishgan o‘rik eksport qilinmoqda

📍 Ayni kunlarda Farg‘ona viloyati Quva tumani qir-adirlarida pishgan o‘rik hosilini peshma-pesh xorijga eksport qilishga kirishildi. Tumanning “Turk” MFY hududida yillar davomida qishloq xo‘jaligida foydalanilmay yotgan dasht yerlarida bugungi kunda mevazor bog‘lar barq urib yashnamoqda.

✍️ “Ashurov Mo‘minjon” meva-sabzavotchilik klasteri tomonidan bundan uch yil oldin toshloq yerlar o‘zlashtirilib, 80 gektar maydonda Turkiyadan keltirilgan o‘rik ko‘chatlari ekilgan edi. Intensiv usulda parvarishlangan bog‘ ikki yilda hosilga kirdi. Hozirda o‘rik mevasi terib olinib, Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiyaga eksportga jo‘natilyapti. Mirishkor bog‘bonlar joriy yilda 100 tonnadan ortiq meva eksport qilishni maqsad qilishgan.

Mevazor bog‘da Turkiya texnologiyasi asosida yuz foiz tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan bo‘lib, bu suvni an’anaviy usulga qaraganda kamida besh-olti marotaba tejash hamda sug‘orish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirish imkonini berayotir. O‘z navbatida bunday zamonaviy yondashuv natijasida ko‘chatlar bir tekis rivojlanib, hosildorlik salmog‘i yuqori bo‘lishi ta’minlanyapti.

🌲 Meva-sabzavotchilik klasteri qoshida 8 gektar yerda ko‘chatchilik tarmog‘i yo‘lga qo‘yilib, bu yil mamlakatimiz bo‘ylab 2 milliard so‘mlik o‘rik ko‘chatlari yetkazib berildi. Hozirda 1 gektar yerda transport-logistika markazi bunyod etilyapti. Bu yerda mahsulotni qadoqlash, yuklash mahsulotlari ishlab chiqarish sexi, 2 ming tonna sig‘imga ega muzlatgichli omborxona tashkil etiladi.

👫 Bugungi kunda 70 ta doimiy va 200 dan ziyod mavsumiy ish o‘rni yaratilgan meva-sabzavotchilik klasteri tasarrufida ilm-fan yutuqlari va innovatsiya g‘oyalari asosida yana 30 gektar mevazor bog‘ barpo etish rejalashtirilmoqda. Bu qo‘shimcha 50 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda o'rik mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market” 👈

#Infographic  #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O’simliklar duch kelishi mumkin bo’lgan kasallik turlari. Ularga davo bormi?

🌱Oʻsimliklar kasalliklari — noqulay tashqi sharoit taʼsirida yuz beradigan patologik jarayonlardir. Bular organizm funksiyasining buzilishiga, fotosintez, nafas olish, oʻstiruvchi moddalar sintezi, suv, oziq moddalar harakati, oʻsimlikning butunlay nobud boʻlishi yoki baʼzi organlarining zararlanishiga olib keladi.

🦠Oʻsimliklar kasalliklarining 30 mingdan ortiq turi maʼlum. Ular belgilari yoki tiplariga ko’ra yuqumsiz yoki yuqumli bo’lishi mumkin.

🟢Yuqumsiz kasalliklar mineral oziqlanish tartibining buzilishi, makroelementlarazot, fosfor, kaliy hamda mikroelementlar — bor, rux, temir, mis, molibdenning yetishmasligi, noqulay suv rejimi, havo va tuproq trasining keskin oʻzgarishi natijasida vujudga keladi.

🔴Yuqumli kasalliklarga aktinomitsetlar qoʻzgʻatadigan aktinomikozlar, algofitozlar; gelmintofitozlar kiradi. Oʻsimliklarning kasallanishiga parazit hasharot (entomofitozlar) bilan zararlanishi ham sabab boʻlishi mumkin.

Ekinlarning oʻsishi va rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratish, kasalliklarga chidamli navlarni ekish, ilmiy asoslangan urugʻchilik, urugʻlarni dorilash natijasida ushbu kasalliklardan o’simliklarni asrab qolish mumkin. Davolashda turli kimyoviy preparatlar, insektitsidlar, fungitsidlar, fumigantlardan foydalanilanish tavsiya etiladi.

#repost
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Davlatimiz rahbari Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada instituti faoliyati bilan tanishdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍇Toshkent davlat agrar universitetida quritilgan mevalar yoʻnalishi boʻyicha davlat-xususiy platforma ishtirokchilarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

🌐 Xalqaro Savdo Markazi (XTK) UNCTAD/WTO, Shveytsariya hukumati (SECO) tomonidan moliyalashtiriladigan “Sharqda savdoni rivojlantirish: Bolqon davlatlari va Markaziy Osiyo” loyihasi doirasida Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Agentlik mutaxassislari hamkorligida quritilgan mevalarni eksport qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi va kelgusida eksportni amalga oshirish uchun Davlat-xususiy platformasiga koʻrib chiqish uchun taqdim etildi.

➡️ Quritilgan mahsulotlar sohasida davlat-xususiy platforma (DXP), davlat va xususiy sektor vakillari barcha manfaatdor tomonlarning tavsiya va takliflarini inobatga olgan holda “Yoʻl xaritasi”ning amalga oshirilishini taʼminlashi kerak.

📁 Mazkur hujjatda statistik maʼlumotlar, rivojlanish tendensiyalari, quritilgan mevalar tarmogʻida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar, shuningdek, quritilgan mevalarni tashqi bozorga eksport qilish hajmini oshirish boʻyicha choralar oʻz aksini topgan.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi
2024/05/17 13:20:06
Back to Top
HTML Embed Code: