Telegram Web Link
#ilmiy_anjuman

Ma’lumki, jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash hamda ularning pedagogik va ilmiy salohiyatni yanada oshirish va ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilashda ilmiy anjumanlar alohida ahamiyat kasb etadi.


📊Bugun, 21-iyun kuni universitetning Tibbiy-biologik fanlar kafedrasi tomonidan “Ayollar sportining muammolari va istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi.

Unda universitet rektori Rashid Matkarimov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Shukurjon Gaziyev, kafedra mudirlari, tegishli bo‘lim rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, mustaqil izlanuvchilar hamda magistrant va talabalar ishtirok etdi.

👉Batafsil: https://jtsu.uz/uz/e/blog/4464-ayollar-sportining-muammolari-va-istiqbollari

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👏75👍2🔥1👨‍💻1
#KUN_HIKMATI

Siz so‘zlarni tashqariga chiqarmaguningizcha ular sizga tobe bo‘ladi. Ularni qo‘yib yuborganizdan so‘ng esa, siz ularga tobe bo‘lasiz.


© Ali Ibn Abu Tolib


Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍6🔥31👏1
#hakamlik_faoliyati

"Keles Open-2025" xalqaro turnirida universitet professor-oʻqituvchilari hakamlik qildi!


🥋Joriy yilning 21-22-iyun kunlari Toshkent tumani sport maktabiga qarashli "Universal" sport majmuasida sportning karate WKF turi boʻyicha 5 yoshdan 18 yoshgacha va 18 yoshdan katta boʻlgan sportchilar oʻrtasida "Keles Open-2025" oltinchi anʼanaviy xalqaro turniri oʻtkazildi.

Murosasiz va qizgʻin bahslarga boy tarzda oʻtgan mazkur turnir 30 nafar hakamlar guruhi tomonidan boshqarib borildi. Eʼtiborlisi, hakamlar safida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Jangavor yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-oʻqituvchilari ham faol ishtirok etdi.

📍Yoshlar oyligi doirasida oʻtkazilgan ushbu xalqaro turnir nafaqat Toshkent tumani, balki mamlakatimizning har bir viloyatidan, qolaversa Qozogʻiston va Tojikiston Respublikasidan tashrif buyurgan 700 nafardan ziyod yoshlarni birlashtirishga erishdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
🔥7👍5👏32❤‍🔥1🎉1🤩1🏆1
#hakamlik_faoliyati

🏆OʻzDJTSU professor-oʻqituvchi va talabalari xalqaro musobaqada hakamlik qildi

🏃🏻‍♀️🏃Joriy yilning 21-22-iyun kunlari Oʻzbekiston Yengil atletika federatsiyasi sport bazasida yengil atletika boʻyicha Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy xotirasiga bagʻishlangan "VII G.Arzumanov Meeting Continental Tour Bronze" xalqaro musobaqasi oʻtkazildi.

Ahamiyatlisi, mazkur musobaqada yurtimiz sportchilari bilan bir qatorda Portugaliya, Turkiya, Ukraina, Hindiston, Misr, Chili, Chexiya, Mangoliya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston,Tukmaniston mamlakatlaridan 250 nafar sportchilar ishtirok etdi.

📍
Eʼtiborlisi, ushbu xalqaro musobaqada universitetimizning Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda talabalari hakamlik vazifalarida faol ishtirok etib, qizgʻin bellashuvlarni baholab bordilar. Eng muhimi, musobaqa davomida talabalar oʻzlarining hakamlik borasidagi koʻnikma va bilimlarini oshirdi.


Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍6❤‍🔥5🤩41
Audio
Audio nomi: Hazilkash
✏️ Janr: hikoya
🎼 Qismlar soni: 1 ta
🎰 Hajmi: 14mb
👤 Muallif: Deymon Ranon

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
👍3👏3🔥2
#KUN_HIKMATI

Eslab qolinglar:
Muvaffaqiyat narvonidan ikki qo‘lni cho‘ntakka solib, yuqoriga chiqib bo‘lmaydi.


© Arnold Shvarsenegger


Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍4🔥2👏1
2025/07/12 18:01:27
Back to Top
HTML Embed Code: