Telegram Web Link
TALIS xalqaro tadqiqoti natijalari e’lon qilindi — O’zbekiston qanday natija qayd etdi?

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan amalga oshirilgan O‘qitish va o‘rganishni baholash bo‘yicha xalqaro TALIS 2024 tadqiqotida O‘zbekiston Respublikasining 210 ta maktablari ham ishtirok etgan edi.

📊 Qayd etish joiz, dunyo bo‘yicha 55 ta davlat qatnashgan mazkur tadqiqotda O‘zbekiston tarixda ilk marotaba ishtirok etdi.


🔰 Tadqiqot natijalariga muvofiq, o‘qituvchilarning yosh tarkibi bo‘yicha O‘zbekistondagi pedagoglar nisbatan yosh sanaladi, ularning o‘rtacha yoshi 39 yosh (OECD davlatlarida esa 45 yoshni tashkil qiladi).

❗️ 30 yoshgacha bo‘lgan o‘qituvchilar 22 foizni tashkil etib, bu OECD o'rtacha ko‘rsatkichidan ikki barobar ko‘p.

🌐 O‘qituvchilarning qariyb
95 foizi o‘z ishidan mamnun, bu OECD o‘rtachasidan (90 foiz) yuqori.


📊 Shu bilan bir qatorda, 90 foizdan ortiq pedagoglar
o‘z muassasasidagi ish muhitini ijobiy baholagan.

Ma’lumot o‘rnida: TALIS tadqiqoti o‘qituvchilarning faoliyati, ularning ish sharoitlari, ta’lim muhiti va maktab boshqaruvi tizimini tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, bu yo‘nalishdagi eng yirik va nufuzli xalqaro tashabbuslardan biridir.

Tadqiqot, shuningdek, o‘qituvchilar va maktab rahbarlariga kasbiy va pedagogik rivojlanish masalalarida o‘z fikrlarini xalqaro miqyosda bildirish imkonini beradi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Psixologik_trening
#Мактабгача_таълим

“MUVOZANAT” – Pedagoglarni psixologik qo‘llab-quvvatlash treninglari Sirdaryoda.


🔰 Respublikamiz bo‘ylab bo‘lib o'tayotgan "Muvozanat" mavzusidagi seminar-treninglar Sirdaryo viloyatida ham bo‘lib o‘tdi. Unda 200 nafardan oshiq maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, psixologik treninglar tarbiyachilar va pedagoglarga ichki muvozanatni saqlash, professional salomatlikni mustahkamlash hamda bolalar uchun emotsional farovon muhit yaratishda komaklashish maqsadida tashkil etilmoqda.

#MUVOZANAT

Sirdaryo viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍
#Milliy_dastur

OAV xodimlari “Garvardchilar maktabi” o‘quvchilarining ta'lim olish muhiti bilan tanishdi


Eslatib o‘tamiz, ayni damda Toshkent viloyatining "Renessans" bolalar oromgohida “Prezident iqtidorli farzandlari” Мilliy dasturi doirasida mahorat darslar tashkil etilgan.


Unda 1 500 nafar o‘quvchi ingliz tilida olib boriladigan buxgalteriya hisobi, biznes asoslari va zamonaviy yondashuv fanlarini o‘rganmoqda.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

Parij — Samarqand: UNESCO bilan hamkorlikning yangi sahifasiga qadam


Joriy yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi arafasida, O‘zbekiston Respublikasi tashkilot bilan hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim qadamnі tashladi.

❗️UNESCO Ijroiya kengashining 222-sessiyasi doirasida O‘zbekiston tashabbusi bilan Toshkent shahrida UNESCO huzuridagi Maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha II toifadagi mintaqaviy markazni tashkil etish taklifi ma’qullandi.

Ushbu qaror O‘zbekistonning Ta’lim bo‘yicha global kun tartibi – 2030 (SDG 4) maqsadlarini ilgari surishdagi yetakchiligini va mamlakatning erta yoshdan rivojlanish sohasida innovatsiyalar va malaka markazi sifatidagi o‘sib borayotgan rolini e’tirof etadi.

Mazkur yangi markaz mamlakatimizda:


▫️ maktabgacha ta’lim bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajriba almashishga;
▫️ pedagogik kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishga;
▫️ ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va innovatsion yondashuvlarni joriy etishga;
▫️ davlatlararo hamkorlik va UNESCO bilan aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Markazning tashkil etilishi Samarqandda bo‘lib o‘tadigan UNESCO Bosh konferensiyasiga tayyorgarlik yo‘lidagi yana bir muhim bosqich bo‘lib, u O‘zbekistonning har bir bola uchun sifatli, inklyuziv va barqaror ta’limni rivojlantirishga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari
#Startap

"Raqamli avlod qizlari" loyihasi doirasida sohaga qiziquvchi, o‘z g‘oya va tashabbuslarini amaliyotga joriy etish istagida bo‘lgan yoshlar uchun tajribali ekspertlar ishtirokida intervyular tashkil etilmoqda.


🔰 Bugun bu dastur doirasida "Startap o‘zi nima? Muvaffaqiyatli loyihalar uchun nimalarga e'tibor qaratish kerak?" mavzusida so‘z yuritiladi.


Loyiha mehmoni — BMT Taraqqiyot dasturi Startap tashabbuslar loyihasi mentori Barnoxon Artiqxo‘jayeva.

Batafsil YouTUBE kanalimizda tomosha qiling.
_____________

🔴 Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda
qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim
#Kelajak_soati
Andijon viloyatidagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Kelajak soatlari” o’tkazilmoqda

Andijon shahridagi 35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Kelajak soatlari” loyihasi doirasida bolalar bilan qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

🤥Mazkur tashabbus orqali tarbiyalanuvchilarda ijodkorlik, fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalari rivojlantirilmoqda.

Andijon viloyati MMTB
Axborot xizmati


Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan UNESCO bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda o‘qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish” mavzusida tadbir tashkil etildi.

"Oʻzbekiston ISHONCH 2030" jamgʻarmasi ko‘magida tashkil etilgan mazkur tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev, vazirlik masʼullari, UNESCO tashkilotlari vakillari, Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti xodimlari ishtirok etdi.


Loyiha doirasida ishtirokchilar tomonidan Pedagogik mukammallik modeli hamda Global modellar bo‘yicha hisobot berildi.

🔰 Shuningdek, tadbir davomida kasbiy rivojlantirishning sifati va dolzarbligini hamda taʼlim sifatini oshirish masalalariga batafsil to‘xtalib o‘tildi.

🌐 JONLI EFIR

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сен_истеъдодлисан

Maktablarning inklyuziv ta’lim sinflari va uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Sen iste’dodlisan” Respublika tanlovida ishtirok etish uchun ro'yxatdan otish jarayonlari oz yakuniga yetdi.

📊 Unda ishtirok etish uchun 5 332 nafar alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi.


O‘quvchilar soni hududlar kesimida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 578 nafar;
Andijon viloyati — 455 nafar;
Buxoro viloyati — 233 nafar;
Jizzax viloyati — 220 nafar;
Qashqadaryo viloyati — 379 nafar;
Navoiy viloyati — 280 nafar;
Namangan viloyati — 602 nafar;
Samarqand viloyati — 438 nafar;
Sirdaryo viloyati — 160 nafar;
Surxondaryo viloyati — 258 nafar;
Toshkent viloyati — 610 nafar;
Farg‘ona viloyati — 579 nafar;
Xorazm viloyati — 310 nafar;
Toshkent shahri — 230 nafar.

📊 Tanlovning birinchi bosqichi joriy yilning 20-31-oktabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️17-oktabr — Butun jahon kambag‘allikka qarshi kurashish kuni

BMT Bosh Assambleyasi qaroriga ko‘ra, har yili 17-oktabr kambag‘allikni tugatish uchun kurash kuni sifatida nishonlanadi.

Yurtimizda bu borada izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatilmoqda.

“Kambag‘al oilalar reyestri”ga 667 mingdan ortiq oila kiritildi. Bu shunchaki raqamlar emas ular ortida yangi imkoniyatlar olgan minglab insonlar taqdiri mujassam.

🎞Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tayyorlangan film orqali islohotlar samarasi va hayotlardagi o‘zgarishlar bilan tanishing.


Bizni kuzating:

Telegram       🌐 Facebook
🌐 Youtube            🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli pedagoglar!

“ToshTech” texnika universiteti Foundation dasturi doirasida iqtidorli maktab bitiruvchilari bilan ishlash uchun oʻqituvchilarni taklif etadi.


Mashgʻulotlar pedagoglar uchun qulay ish vaqti — maktab darslaridan keyin olib boriladi. Loyihada ishtirok etish istagidagi nomzodlar saralash sinovlari orqali tanlab olinadi.

🔹 Arizalar [email protected] yoki ushbu telegram manzili orqali qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

#Jadidlar_izidan

🔴 Ayni damda Respublikamiz bo‘ylab "Jadidlar izidan" tanlovining tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda talabgorlar 2 ta shart asosida kuch sinashishmoqda.

📊 Ma‘lumot o‘rnida: mazkur tanlovda ishtirok etish uchun jami 656 171 ta arizalar kelib tushgan.


✈️Tanlovning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar xorijga ta'lim sayohati yo'llanmasini qo‘lga kiritishadi.
______________
Jarayonlar vazirlikning hududiy bo‘linmalari tomonidan ham keng yoritilmoqda:

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Xorazm viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Farg‘ona viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Namangan viloyati
📍Toshkent shahri

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/22 10:00:17
Back to Top
HTML Embed Code: