Telegram Web Link
#malaka_sinovi

📣 Malaka toifa sinovlari oʻtkaziladigan sanalarga oʻzgartirish kiritildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 21-oktabridan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida belgilangan vaqt davomida malaka toifa sinovlari boʻlib oʻtmoqda.

Maʼlum sabablarga koʻra, mazkur sinov kunlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Xususan:

29-oktabr kuni kimyo, fizika fanlaridan oʻtkazilishi belgilangan sinov jarayonlari 12-noyabrda (1 kun);

11-12-noyabr kunlari qoraqalpoq tili (davlat tili), qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan oʻtkazilishi belgilangan sinov jarayonlari — 13-14-noyabrda (2 kun) oʻtkazilishi belgilandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova ishtirokida qator xorijiy hamkorlar bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Xususan:

🔰 Vazir Saudiya Arabistoni Qirolligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yusuf Solih Algahrah Al-Utaybiy bilan muloqot qildi.

Unda maktabgacha va maktab ta'limi sohasiga investitsiya va grant loyihalarini jalb qilish, pedagoglar malakasini oshirish, ta'limdagi infrastrukturani rivojlantirishda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilindi.

—————————————-
🔰 Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy koordinatori Sabine Mahl bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda BMT bilan maktabgacha va maktab ta'limi sohasida amalga oshirilayotgan hamkorlik ishlari, xususan, YUNESKO, YUNISEF, BMTTD va boshqa tashkilotlari birga qilinayotgan loyihalar haqida fikr almashildi.

————————————
🔰 Vazir E‘zoza Karimova shu kuni Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ualid Fuk bilan ham hamkorlikdagi ishlar va kelgusi rejalarni muhokama qildi.

Unda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi hamkorlik aloqalari haqida so‘z yuritildi.
Jumladan, elchi janoblari yurtimizda ta’limda amalga oshirilayetgan islohotlarni yuqori baholadi hamda O‘zbekistonda fransuz tilini yanada ommalashtirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, o‘quvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi sohalarda hamkorlikka tayyorligini ma’lum qildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‼️‼️‼️

«Sen iste’dodlisan”
— bu oddiy tanlov emas, bu imkoniyatlar maydoni.

Bu o‘quvchilarni o‘ziga bo‘lgan ishonchi, ulkan maqsadlari va ulkan muvaffaqiyat sari yo‘ldir.

Xabaringiz bor, ilk bor Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Sen iste’dodlisan” ko‘rik-tanloviga ro‘yxatdan o‘tish jarayoniga start berilgan edi. 


🔰 Endi har bir tuman, har bir maktabning — yosh iste’dodlarini aniqlash vaqti keldi, — bugundan boshlab ushbu tanlovning birinchi - tuman (shahar) bosqichiga start berildi!

📍 Aziz ishtirokchilar, tanlovning tuman (shahar) bosqichi o‘tkaziladigan manzil, muddat va mas’ullar haqidagi ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Qashqadaryo viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Namangan viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Farg‘ona viloyati
📍Xorazm viloyati
📍 Toshkent shahri

Aziz ishtirokchilar, barchangizga Omad tilaymiz!

Iqtidor qalbda, imkoniyat esa biz bilan!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

📖 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning kasb-hunarga oid ko‘nikmalari shakllantirilmoqda

😄Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 30-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni erta yoshdan mehnatsevarlik, ijodkorlik ruhida tarbiyalash va kasb-hunarga qiziqtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🟢Hunarmandchilik to‘garaklari orqali bolalar:
kashtachilik,
gilam to‘qish,
kulolchilik,
yog‘och va loy o‘ymakorligi,
milliy bezak san’ati kabi mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishmoqda.


🫥Hunarmandchilik to‘garaklarida tajribali ustalar, ota-onalar va mahalla faollari ishtiroki bolalar uchun chinakam hayotiy saboqqa aylanmoqda. Mashg‘ulotlar bolalarning mayda qo‘l harakatlari bilan birgalikda aqlini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.

🔰 Jarayonlardan VIDEOLAVHA

Surxondaryo viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tarbiyachilar — kelajak bunyodkorlari

Har bir bolajonning ilk qadami, ilk so‘zi va ilk orzusi ortida tarbiyachining mehnati turadi. Ular bolalarga nafaqat bilim, balki hayotga muhabbat va ishonch beradi.

Har kuni sabr, mehr va mas’uliyat bilan ularning qalbiga ezgulik urug‘ini qadaydi. Ularning qo‘lida kelajakning nurli yo‘li chiziladi.

Tarbiyachilarning bu fidokor mehnati eng katta ehtiromga loyiq.

Toshkent shahar, Yunusobod tumani 74-sonli DMTT tarbiyachisi — Adolat Abdullayeva

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yashil iqtisodiyot” va raqamli transformatsiya: Yevropa bilan yangi strategiya

Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim nafaqat iqtisodiy munosabatlarni yangiladi, balki O‘zbekistonning “yashil iqtisodiyot”, raqamli transformatsiya va inson kapitali sohalaridagi rivojlanishini Yevropa bilan chambarchas bog‘ladi.

Hujjat Parij bitimi doirasidagi majburiyatlarni amalga oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va Orolbo‘yi ekotizimini tiklash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni nazarda tutadi. Yevropa Ittifoqi fondlari orqali moliyalashtirish imkoniyatlari kengayishi mamlakatning ekologik barqarorligi va energetik xavfsizligini ta’minlaydi.

Raqamli yo‘nalishda Bitim innovatsion iqtisodiyot, sun’iy intellekt va startap ekotizimlarini rivojlantirishni qamrab oladi. O‘zbekiston “Horizon Europe” va “Erasmus+” dasturlariga to‘liq qo‘shilish orqali ta’lim, ilm-fan va texnologiya sohalarida Yevropa tajribasini integratsiya qilmoqda.

Mehnat mobilligi va viza talablarini yengillashtirish masalalari inson kapitali rivojiga xizmat qiladi. Talabalar, tadbirkorlar va mutaxassislar uchun Yevropa bilan erkin aloqa imkoniyatlari bilimlar oqimini faollashtiradi.

Bitim — bu nafaqat savdo yoki siyosiy hujjat, balki O‘zbekistonning kelajak iqtisodiyoti uchun “yashil”, raqamli va innovasion yo‘nalishdagi strategik yo‘l xaritasidir. U mamlakatning xalqaro maydondagi rolini kuchaytiradi va Yevropa bilan sheriklikni yangi bosqichga olib chiqadi.

Bizni kuzating

Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#malaka_sinovi

📣 Hurmatli pedagoglar!

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga asosan:

ayni kunlarda oʻtkazilayotgan malaka toifa (test) sinovlari natijalari “Yil oʻqituvchisi” tanlovining birinchi bosqichi — saralash sinovi sifatida ham hisoblanadi.

Bunda agar pedagogning maʼlumotlari tanlovda ishtirok etish talablariga mos kelgan taqdirda:

qatnashuvchi pedagog (qayd etilgan sinov natijalariga koʻra) umumtaʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Yil oʻqituvchisi” tanloviga nomzod sifatida inobatga olinadi.

👉 Malaka sinovlarida beriladigan 50 ta test topshirigʻi quyidagi tartibda baholanadi:

➡️ mutaxassislik fani (35 ta) — har bir toʻgʻri javob uchun 3,1 ball;
➡️ pedagogik mahorat (10 ta) — har bir toʻgʻri javob uchun 2,1 ball;
➡️ kasb standarti (5 ta) — har bir toʻgʻri javob uchun 1,1 ball.

Test sinovi hamda “Yil oʻqituvchisi” tanloviga nomzod sifatida inobatga olingan natijalaringiz tegishli tartibda shakllantirilib pedagog.uzedu.uz portalidagi shaxsiy kabinetingizga yuboriladi.

👉 Bundan tashqari, pedagoglar sinovni yakunlagan zahoti oʻz natijalari bilan bevosita test tizimi ekranida tanishish imkoniga ega.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

#Digital_Generation_Girls

🔴 "Raqamli avlod qizlari" tanlovining kuzgi mavsumi uchun ro'yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda


Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:


Yashil iqtisodiyot;
Sun‘iy intellekt;
Iqlim o‘zgarishi;
Ta‘lim.

Jarayonlar 3 bosqichda tashkil etiladi, nomzodlar 1-noyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.


👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
qizlar.raqamliavlod.uz

#Raqamli_avlod_qizlari
#Yangi_mavsum

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/25 10:29:14
Back to Top
HTML Embed Code: