Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️▫️▫️▫️▫️

✔️ “Mening maktabim” doirasida “Eng qiziqarli loyiha” tanlovi o‘tkaziladi

Xabaringiz bor, joriy yilning 22-oktabridan boshlab 2025/2026-o‘quv yili doirasida “Mening maktabim” loyihasining 1-bosqichi boshlandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan faol o‘quvchilarni rag‘batlantirish maqsadida “Eng qiziqarli loyiha” tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlov ikki yo‘nalishda tashkil etiladi:

🟣 10 ta “Eng qiziqarli loyiha”;
🟣 Ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan 10 ta “Eng yaxshi videorolik”.

📱 Bunda, istalgan 5–11-sinf o‘quvchisi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga #meningmaktabim heshtegi ostida videorolik joylashtirishi va unga ilova qoldirishi mumkin.

Videoroliklar orasidan eng ko‘p “like” to‘plagan materiallar saralanadi. Eng faol ishtirokchilar maxsus sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

➡️ Mazkur tanlov o‘quvchilar o‘rtasida “Mening maktabim” loyihasining ommalashuviga xizmat qiladi hamda ularning o‘zaro muloqot va ijodiy hamkorlik platformasiga aylanadi.

Faol bo‘ling, o‘z maktabingiz uchun tashabbus ko‘rsating, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

#mening_maktabim #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


✈️Vazir Surxondaryoda: ta‘lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E‘zoza Karimova Surxondaryo viloyatida bo‘lib turibdi.

Uchrashuvlar avvalida vazir Termiz davlat pedagogika institutida faoliyati, loyihalar hamda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🔰Shundan so‘ng, faol talabalar ishtirokida "Vazir va talaba-yoshlar" muloqoti tashkil etildi. Jarayonlar qizg‘in shaklda o‘tib, talabalar o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirishdi.


📍 Shu kuni vazir E‘zoza Karimova Termiz tumanidagi 12-sonli MTT, 3-umumta‘lim maktabi, Angor tumanidagi 13-MTT va Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan 66-maktabda ham bo‘ldi.

Jarayonlar davomida vazir ta'lim muassasalarida yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirib, mas‘ullarning axborotlariga quloq tutdi va tegishli ko‘rsatmalarni berdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi “Nurli kelajak” nomli 43-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida 8-maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari bilan “Non — rizq-ro’zimiz, dasturxonimiz ko’rki” mavzusida amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.

🫥Unda jajji o‘g‘il-qizlar o‘z tarbiyachilari bilan birgalikda kulchalar tayyorlab, jarayonda katta ishtiyoq bilan ishtirok etdilar.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

#Digital_Generation_Girls

"Raqamli avlod qizlari" loyihasi doirasida ekspertlar ishtirokida intervyular davom etadi:

BILLZ startap loyihasi asoschisi Rustam Hamdamov startap loyihalarini amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etish, unga investorlarni jalb etish hamda bu yo‘nalishdagi muhim jihatlar haqida so‘z yuritadi.

Mavzu: STARTAPINGIZGA INVESTOR CHAQIRING!


🌐 BATAFSIL

_____________

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
qizlar.raqamliavlod.uz

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va muhim tadbirlar ommaviy axborot vositalarida ham keng yoritildi:


(
20-24-oktabr,2025-yil)

"O‘zbekiston 24" telekanali — Studiya 24 — Sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy qilishning yangi bosqichi
UzA — Хоразмлик педагоглар синовдан ўтмоқда
"O‘zbekiston 24" telekanali — Ахborot 24 | Pedagoglarning bilim va malakasi sinovdan o’tkazilmoqda
Mening yurtim TV — Pedagoglar malaka attestatsiyasidan o'tkazilmoqda
Sevimli TV — Pedagog kadrlar uchun toifa test sinovlari boshlandi
UzA — Самарқандда педагоглар 29 миллион сўмгача иш ҳақи олмоқда
Mening yurtim TV — "Jadidlar izidan": Yoshlarni bir maqsadda birlashtirgan tanlov
"O‘zbekiston 24" telekanali — Axborot 24 | 21-oktabr - O'zbek tili bayrami kuni
Mening yurtim — "Jadidlar izidan": Yoshlarni bir maqsadda birlashtirgan tanlov
Ishonch.uz — "Ўзбек тили – келажак тили": сенатор ёшлар билан учрашди
UzA — “Э Вoҳ–2025” ўзбек тили ва адабиёти oлимпиадаси ҳамда “Ўзбек тили байрами” фестивали бўлиб ўтди
"Yoshlar" TV — ЮНЕСКО билан ҳамкорликда “Ўқитувчиларни касбий ривожлантириш” мавзусида семинар ташкил этилди.
UzA — Ўзбек тили байрамига бағишланган дарслар ўтилди
"O‘zbekiston 24" telekanali — Ахborot 24 | «O’qituvchilarning uzluksiz rivojlanish istiqbollari» mavzusida ilmiy-amaliy anjuman
UzA — Педагоглар малака тест синовларидан ўтмоқда
"Yoshlar" telekanali — Олмазор туманидаги мактабгача таълим ташкилоти қайта реконструкциядан сўнг фойдаланишга топширилди.
Rasmiy xabarlar — Ўқитувчилар учун малака синовлари ва сертификатлар бўйича маълумот берувчи бот ишга туширилди
UzA — Международное сотрудничество во благо развития дошкольного и школьного образования
"O‘zbekiston 24" telakanali — Axborot 24 | 21-oktabr - O'zbek tili bayrami kuni
"Toshkent" telakanali — "Poytaxt" informatsion dasturi
"Yoshlar" telekanali — 21-октябр - Ўзбек тили байрами куни. Сана муносабати билан Чирчиқ давлат педагогика университетида ўтказилган тадбир тафсилот
"Mening yurtim" telekanali — Ustozning ko’p yillik mehnatlari e’tirof etildi
"O‘zbekiston 24" telekanali — Axborot 24 | Maktab binosi yangi qiyofada
UzA — British Council boosts English teaching in Central Asia
______

Shuningdek, vazirlik tizimida amalga oshirilayotgan ishlar "Yangi O‘zbekiston" gazetasining 217- soni, "Учитель Узбекистана" gazetasining 43-soni va "O‘zbekiston 24" radiosida ham yoritildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar va katta yoshdagilarning qo‘shimcha ta’lim olishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi

Prezident tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni imzolandi.

Ushbu Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga maktabdan tashqari ta’lim turi qo‘shimcha ta’lim turiga almashtirilishini hamda ushbu sohadagi xabardor qilish tartibini, vakolatli organlarni aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, Qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, qo‘shimcha ta’lim quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi:

bolalar uchun qo‘shimcha ta’limni;
katta yoshdagilar uchun qo‘shimcha ta’limni.

Bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirish, ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida amalga oshiriladi.

🌐BATAFSIL

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


✈️ Surxondaryoga vazir tashrifi davom etadi: navbatdagi manzil — Oltinsoy va Denov

🔴 Bugun Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E‘zoza Karimova Surxondaryo viloyatining olis Oltinsoy tumanidagi 48-sonli maktabda bo‘ldi hamda yaratilgan sharoitlar va dars jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, ta'lim muassasasining pedagogik jamoasi bilan suhbatlashib, o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

📊 Ma‘lumot o‘rnida: mazkur maktab surxondaryolik tadbirkor Jamshidbek Pardayev tomonidan begʻaraz yordam sifatida yangidan qurib berilgan.

Maktab 630 oʻringa ega hamda zamonaviy talablar asosida barpo etilgan.


🔰 Shu kuni vazir E'zoza Karimova Oltinsoy tumanidagi maktab va maktabgacha ta‘lim tashkilotlari direktorlari bilan muloqot qildi.

Unda ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklar, ijobiy o‘zgarishlar va islohotlar haqida so‘z yuritildi. Muloqot davomida soha vakillari o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi va tashabbuslari bilan o‘rtoqlashishdi.

📍 Shundan so‘ng vazir Denov tumanidagi 27-maktab jamoasi va o‘quvchilar bilan uchrashdi.

🌐 Ushbu maktab 640 o’ringa mo‘ljallangan bo‘lib, ayni damda ta’mirtalab holatga kelib qolgan.


Vazir mazkur ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga qadar ta’mirlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/25 06:20:26
Back to Top
HTML Embed Code: