Telegram Web Link
#Maktabgacha_taʼlim
Menejerlik kurslari tinglovchilari uchun “Rahbardek fikrla” nomli seminar-trening tashkil etildi


Joriy yilning 14-oktabr kuni Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Rahbardek fikrla” nomli seminar-trening bo’lib o’tdi.

🗣Seminar davomida tinglovchilarga zamonaviy rahbarlik ko‘nikmalari, strategik fikrlash, jamoani boshqarish hamda qaror qabul qilish jarayonlarida psixologik yondashuvlarning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.


🤥Ushbu seminarda institut rektori N.Abdullayeva va tajribali psixolog, Boshqaruv akademiyasida “Rahbar ayollar uchun nutq va notiqlik san’ati” bo‘yicha seminar-trening muallifi Sayfutdinova Gulxan Ziyadovna ishtirok etdilar.

💠Rahbar shaxsida bo‘lishi zarur bo‘lgan asosiy kompetensiyalar:
🔹 emotsional intellekt;
🔹 stressga chidamlilik;
🔹 samarali muloqot olib borish;
🔹 ijtimoiy mas’uliyat.

Bu jihatlar real hayotiy misollar asosida tahlil qilindi.

➡️Trening jarayonida interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ishtirokchilarning liderlik salohiyati va nutq so‘zlash mahoratini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar bajarildi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassisga murojaat qilib, foydali maslahatlar oldilar.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍

Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun 15 foizlik ustama, attestatsiyada qatnashayotgan 180 ming pedagog — “Vazir soati”


Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova boshchiligida sohada olib borilayotgan qator islohotlar natijalari hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.

🔰 Yig‘ilish avvalida maktabgacha ta’lim tizimiga doir joylarda olib borilayotgan jarayonlar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Xususan, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichlari, sohani raqamlashtirish hamda bog‘chalarga yo‘llanma berish jarayonlari tilga olindi.

🚌 Olis va chekka hududlardagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishda “Aqlvoy” mobil guruhlari va Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini yanada jadallashtirish muhimligi qayd etildi.

Yig‘ilishda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan Muhandislik maktablarini tashkil etish jarayonlari haqida ham soz yuritildi.

✈️ 2026-yil 1-yanvardan boshlab har yili umumta’lim maktablari o‘rtasida Prezident sovrini uchun «Ilg‘or muhandislik maktabi» milliy tanlovi o‘tkaziladi hamda Respublika bosqichi g‘oliblari uchun xorijiy davlatlarga ta’lim sayohati taqdim etiladi.

Vazir soatida sohaga doir yana bir yangilik sifatida endilikda milliy sertifikatga ega bo‘lgan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun har oyda 15 foizlik ustama to‘lab borilishi aytib o‘tildi.


Shuningdek, oktabr-noyabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan pedagog kadrlarning malaka toifa (test) sinovlariga tayyorgarlik jarayonlari tahlil qilindi.

📊 Ma'lumot ornida: malaka sinovlarida qatnashish uchun 240 mingdan ortiq pedagoglardan arizalar kelib tushgan bo‘lib, ularning 180 mingga yaqini jarayonlarda qatnashishi kutilmoqda.

🌐 BATAFSIL

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Psixologik_trening
#2_kun

Samarqandda “MUVOZANAT” – Pedagoglarni psixologik qo‘llab-quvvatlash treninglarining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi.


Bundan kozlangan maqsad — tarbiyachilar va pedagoglarga ichki muvozanatni saqlash, professional salomatlikni mustahkamlash hamda bolalar uchun emotsional farovon muhit yaratishda komaklashishdan iborat.

Samarqand viloyati MMTB Axborot xizmati            

#Мактабгача_таълим
#Muvozanat

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

#Kelajak_soati

🔴 Xabaringiz bor, joriy o‘quv yilidan boshlab mamlakatimizdagi barcha bog‘cha, maktab va oliygohlarda “Kelajak soati” darslari o‘tkazilmoqda.

🔰 Mazkur darslar Respublikaning barcha hududlarida faoliyat olib borayotgan nodavlat maktabgacha va maktab ta’lim tashkilotlarida ham faollik bilan o'tkazilmoqda.


“Kelajak soati” bolajonlar va o‘quvchilarga yurt ravnaqi va kasb tanlovi haqida fikr yuritish, yangi g‘oyalarni o‘rganish imkonini bermoqda.

Eslatib o'tamiz, mavzular doirasida dars ssenariylari asosida kontentlar yaratilib, “milliytarbiya.uz” elektron platformasiga joylashtirib borilmoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda “Kelajak soati” darslari uchun alohida kanallar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

#Нодавлат_таълим

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#namunali_tarbiyachilar_faoliyatidan

Andijon shahridagi 14-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining birinchi toifali tarbiyachisi Gavharoy Turgʻunova bir necha yillik kasbiy faoliyati davomida koʻplab bolajonlarga oʻz bilim va mehrini ulashib kelmoqda.

👉 U maktabgacha taʼlim sohasida oʻtkazilgan qator tanlovlar gʻolibasi.

Andijon viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Amaldagi tartibga koʻra, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili 2025-yil 4-noyabrdan boshlanadi va 9-noyabrga qadar davom etadi.

❗️II chorak dars mashg‘ulotlari 2025-yil 10-noyabrdan boshlanadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/22 14:47:17
Back to Top
HTML Embed Code: