#Kelajak_soati

🔴 Xabaringiz bor, joriy o‘quv yilidan boshlab mamlakatimizdagi barcha bog‘cha, maktab va oliygohlarda “Kelajak soati” darslari o‘tkazilmoqda.

🔰 Mazkur darslar Respublikaning barcha hududlarida faoliyat olib borayotgan nodavlat maktabgacha va maktab ta’lim tashkilotlarida ham faollik bilan o'tkazilmoqda.


“Kelajak soati” bolajonlar va o‘quvchilarga yurt ravnaqi va kasb tanlovi haqida fikr yuritish, yangi g‘oyalarni o‘rganish imkonini bermoqda.

Eslatib o'tamiz, mavzular doirasida dars ssenariylari asosida kontentlar yaratilib, “milliytarbiya.uz” elektron platformasiga joylashtirib borilmoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda “Kelajak soati” darslari uchun alohida kanallar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

#Нодавлат_таълим

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#namunali_tarbiyachilar_faoliyatidan

Andijon shahridagi 14-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining birinchi toifali tarbiyachisi Gavharoy Turgʻunova bir necha yillik kasbiy faoliyati davomida koʻplab bolajonlarga oʻz bilim va mehrini ulashib kelmoqda.

👉 U maktabgacha taʼlim sohasida oʻtkazilgan qator tanlovlar gʻolibasi.

Andijon viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Amaldagi tartibga koʻra, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili 2025-yil 4-noyabrdan boshlanadi va 9-noyabrga qadar davom etadi.

❗️II chorak dars mashg‘ulotlari 2025-yil 10-noyabrdan boshlanadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

Bugun poytaxtimizda “Ta’lim natijalarini baholash tuzilmasi” mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.

🔰 Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ullari, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova, UNICEFning Ta’lim bo‘limi rahbari Alberto Biankoli, Cambridge Assessment tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha rahbari Steve King hamda pedagoglar ishtirok etishdi.


Mashg‘ulotlar davomida milliy hamkor tashkilotlar, xalqaro ekspertlar va vazirlik vakillari ta’lim natijalarini baholashning milliy modeli konsepsiyasi ustida ish olib borishadi.

Bunda ko‘zlangan maqsad — O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish, baholash tizimini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish va yagona yondashuvni shakllantirishdan iborat.

Jarayonlar 17-oktabrga qadar davom etadi.

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aziz oʻquvchilar!

“ToshTech” texnika universiteti tomonidan eʼlon qilingan Foundation dasturi 11-sinf oʻquvchilarini muhandislik mutaxassisliklariga tayyorlaydi hamda sizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

matematika, fizika va ingliz tilini oʻrganish;
muhandislik yoʻnalishlari va zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish;
haftada 3-marta maktabdan keyingi mashgʻulotlar;
“ToshTech” texnika universitetining 1-kursiga oʻqishga kirishda imtiyozga ega boʻlish.


Dastur maktabdan tashqari vaqtda oʻtkaziladi.

🔹 Ariza topshirish tartibi bilan quyida tanishishingiz mumkin.

👉 Batafsil maʼlumotga ega boʻlish va roʻyxatdan oʻtish uchun: tashkenttech-edu.uz

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim
#Raqamlashtirish

“Bolalar bogʻchasi” axborot tizimining afzalliklari bilan tanishtiramiz!

👍 Davlatimiz rahbarining 2025-yil 15-may kuni maktab ta’limida amalga oshirilgan islohotlar va kelgusidagi asosiy vazifalar to‘g‘risida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlari asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida raqamlashtirish ishlari bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda.


👍 Hozirda “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi orqali bolalar va xodimlarning elektron davomatini yuritish, ish vaqti tabelini shakllantirish, oziq-ovqat xarajatlarini hisoblash hamda ota-onalar to‘lovlarini avtomatlashtirish imkoniyati yaratilmoqda.

👍Mazkur tizim maktabgacha ta’lim tashkilotlarida boshqaruv jarayonlarini soddalashtirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga yo’naltirilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diktantlar_tanlovi

“21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami” kuni munosabati bilan yurtimizdagi mavjud “Jasorat sinfi” oʻquvchilari oʻrtasida diktantlar tanlovi boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur tanlov oʻquvchilarda vatanparvarlik, jasorat va yurtga fidoyilik tuygʻularini shakllantirish barobarida, mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan katta ahamiyatga ega.

👉 Foto: joylarda o‘tkazilayotgan tanlov jarayonlaridan

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jadidlar_izidan

“Jadidlar izidan” Respublika tanlovining tuman (shahar) bosqichi oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan “Jadidlar izidan” Respublika tanlovining tuman (shahar) bosqichlari joriy yilning 17-oktabr kuni quyidagi manzillarda bo‘lib oʻtadi:

▶️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi
▶️ Andijon viloyati
▶️ Buxoro viloyati
▶️ Jizzax viloyati
▶️ Qashqadaryo viloyati
▶️ Navoiy viloyati
▶️ Namangan viloyati
▶️ Samarqand viloyati
▶️ Sirdaryo viloyati
▶️ Surxondaryo viloyati
▶️ Toshkent viloyati
▶️ Farg‘ona viloyati
▶️ Xorazm viloyati
▶️ Toshkent shahri

👉 Eslatib oʻtamiz: Tanlovning Respublika bosqichida har bir sinf toifasi boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan (7 nafardan) jami 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatga taʼlim sayohatiga yuboriladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TALIS xalqaro tadqiqoti natijalari e’lon qilindi — O’zbekiston qanday natija qayd etdi?

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan amalga oshirilgan O‘qitish va o‘rganishni baholash bo‘yicha xalqaro TALIS 2024 tadqiqotida O‘zbekiston Respublikasining 210 ta maktablari ham ishtirok etgan edi.

📊 Qayd etish joiz, dunyo bo‘yicha 55 ta davlat qatnashgan mazkur tadqiqotda O‘zbekiston tarixda ilk marotaba ishtirok etdi.


🔰 Tadqiqot natijalariga muvofiq, o‘qituvchilarning yosh tarkibi bo‘yicha O‘zbekistondagi pedagoglar nisbatan yosh sanaladi, ularning o‘rtacha yoshi 39 yosh (OECD davlatlarida esa 45 yoshni tashkil qiladi).

❗️ 30 yoshgacha bo‘lgan o‘qituvchilar 22 foizni tashkil etib, bu OECD o'rtacha ko‘rsatkichidan ikki barobar ko‘p.

🌐 O‘qituvchilarning qariyb
95 foizi o‘z ishidan mamnun, bu OECD o‘rtachasidan (90 foiz) yuqori.


📊 Shu bilan bir qatorda, 90 foizdan ortiq pedagoglar
o‘z muassasasidagi ish muhitini ijobiy baholagan.

Ma’lumot o‘rnida: TALIS tadqiqoti o‘qituvchilarning faoliyati, ularning ish sharoitlari, ta’lim muhiti va maktab boshqaruvi tizimini tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, bu yo‘nalishdagi eng yirik va nufuzli xalqaro tashabbuslardan biridir.

Tadqiqot, shuningdek, o‘qituvchilar va maktab rahbarlariga kasbiy va pedagogik rivojlanish masalalarida o‘z fikrlarini xalqaro miqyosda bildirish imkonini beradi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/17 04:36:50
Back to Top
HTML Embed Code: