Telegram Web Link
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining Gabala sammitida turkiy dunyoning birdamligini mustahkamlash, jahon siyosati, iqtisodiyoti va gumanitar sohadagi rolini oshirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Jumladan:

- mintaqaviy va global xavfsizlik masalalari bo‘yicha yondashuvlarni muvofiqlashtirish maqsadida Samarqandda TDT tashqi ishlar vazirlari va maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi qo‘shma uchrashuvini o‘tkazishni taklif etdi;

- Strategik sheriklik, abadiy do‘stlik va qardoshlik to‘g‘risidagi shartnomani tez fursatda qabul qilishni qo‘llab-quvvatladi va Turkiy davlatlar tashkilotini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqdi;

- Turkiy davlatlarning iqtisodiy sheriklik bo‘yicha Doimiy kengashini tuzish va uning Loyiha ofisini Toshkentda joylashtirishni taklif etdi;

- Yangi iqtisodiy imkoniyatlar makonini shakllantirib, Turkiy davlatlarning Sanoat alyansi, "Turkiy yashil yo‘laklar" tizimi va "Yashil transformatsiya" konsorsiumini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi;

- Organik qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Ekspertlar guruhini tashkil etish va turkiy organik mahsulotlarning yagona brendini jahon bozoriga olib chiqishni taklif qildi;

- O‘rta koridorni rivojlantirish va uni Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li hamda Transafg‘on yo‘lagi loyihalari bilan bog‘lashni qo‘llab-quvvatladi, bojxona tartibotini raqamlashtirish va tariflarni optimallashtirish muhimligini ta’kidladi;

- Turkiy investitsiya jamg‘armasi faoliyatini kengaytirish hamda xalqaro va milliy moliya institutlari bilan hamkorlik dasturini qabul qilishni tavsiya etdi;

- Sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyot bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilish va Turkiy dunyo xalqaro ko‘rgazmasini O‘zbekistonda o‘tkazish g‘oyasini ilgari surdi;

- O‘zbekistonda qo‘shma tadqiqotlar va innovatsiyalar maydoniga aylanadigan Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etilishini e’lon qildi;

- Ekstremistik va radikal mafkuraga qarshi kurashish bo‘yicha harakatlar rejasi va yoshlarning ekologik savodxonligini oshirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ishlab chiqishni taklif etdi;

- 2026-yilda "Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodi – Turkiy dunyo ma’naviy hayotida" mavzusida xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
🌍 O’zbekiston mahallalari uyushmasi delegatsiyasi bugun shuningdek, O’zbekistonning Latviyadagi favqulodda va muxtor elchisi Temur Rahmonov bilan uchrashdi. Unda Boltiqbo'yi mamlakatlarida O’zbekistonning mahalla tizimini targ'ib qilish, Latviyaning o’zini o’zi boshqarish tizimidagi tajribasi o’rganish masalalari muhokama qilindi.

🔍Shuningdek, Elchixonada o'zbekistonlik vatandoshlar va talaba yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi. Ularga yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
“Otalar choyxonasi” — uch avlodni birlashtirgan iliq suhbat!

Sergeli tumani “Nuroniy” jamg‘armasi hamda “Sug‘diyona” mahallasi hamkorligida “Uch avlod uchrashuvi” tamoyili asosida “Otalar choyxonasi” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirni tuman “Nuroniy” jamg‘armasi bo‘limi rahbari S.Xanbabaev ochib berdi. Shundan so‘ng Sergeli tumani hokim o‘rinbosari O‘.Mahkamov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni ushbu samimiy tadbir bilan tabrikladi.

Mehmon sifatida tashrif buyurgan xalq suygan san'atkor Ilhom Farmonov o‘z qo‘shiqlari bilan yig‘ilganlarga quvonch ulashdi.

Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda, iliq suhbatlar va ezgu tilaklar bilan yakunlandi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Mahalla raislari uchun taqdimot o‘tkazildi.

✈️ Bugun Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimligida mahalla raislari uchun "Raqamli mahalla" platformasida tizimli ish yuritish, yettilik imkoniyatlari va ushbu platformaning afzalliklari to‘g‘risida tizim mutaxassislari va mas’ullar tomonidan tushuntirishlar berildi.

🔍Taqdimot doirasida mahalla raislari o‘zlarini qiynab kelayotgan muammoli vaziyatlar yuzasidan mas’ullarga savollar berishdi, mutaxassislar tomonidan tizimda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish, zarur bo‘lgan xollarda ushbu mahallalarga borib muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish masalasi ham kelishib olindi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔍Davlatimiz rahbarining tashabbusi biz kabi dehqonlar uchun ayni muddao bo‘ldi.

Quva tumanidagi “Qorashoh” mahallasida istiqomat qiluvchi Isomiddin Rashidov yer bilan tillashib, yaxshi daromad egasiga aylandi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
2025/10/21 23:14:31
Back to Top
HTML Embed Code: