Telegram Web Link
#Live

Kun tartibidagi ikkinchi masala, kino sohasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev hisobot berdi.

Unda, milliy kinematografiyani keng targ‘ib etish yuzasidan nufuzi va reytingi baland xalqaro onlayn platformalarning talablariga mos ravishda davlat buyurtmasi asosida “Va’da”, “Qutqaruvchi” (“Uzilgan gulim”), “Paxta”, “Adolat”, “Umida” (Fudziyama haqida tush), “Uyga qaytish”, “Bir kuni Samarqandda”, “Daydi shamol”, “Cho‘liq”, "Piramida", “Mening mahallam”, “Ulug‘ Amir va donna Mariya”, “Shamsiqamar”, “Amaliyotchi qiz”, "Bir paytlar So‘qoqda" hamda "Qora kitob" nomli 16 ta badiiy film ishlab chiqilib, 2025 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida namoyishlari tashkil etilganligi;

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida dunyodagi eng ommabop internet platformalariga 5 ta milliy filmlar joylashtirilganligi;

2025-yilning I choragida 4 ta, II choragida 7 ta hamda III choragida 6 ta, jami jahonning eng nufuzli 17 ta xalqaro kinofestivalida o‘zbek kinoijodkorlari hamda milliy filmlarining ishtiroki ta’minlanganligi;

Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda harbiy-vatanparvarlik mavzusida “Uch qahramon” nomli badiiy film ishlab chiqilib, taqdimoti o‘tkazilganligi, shu bilan birga ikkinchi jahon urushida qahramonlik ko‘rsatgan vatandoshimiz Mamadali Topvoldiyevning jasorati to‘g‘risida “O‘zbek arsloni (Kazbek)” badiiy filmini Belarus Respublikasida suratga olish ishlari o‘z yakuniga yetkazilganligi hamda ayni damda ijodiy guruh Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida suratga olish ishlarini olib borayotganligi;

Milliy qahramonlar haqida hikoya qiluvchi quyidagi multiplikatsion film va seriallar ishlab chiqarilganligi;

“Tirik tarix” filmlar turkumini yaratish dasturi tasdiqlanganligi hamda Milliy komissiya va Milliy kengash faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi;

“Tirik tarix” filmlar turkumi yuzasidan dasturga kiritilgan 54 ta filmdan 4 tasi yaratilib, taqdimotlari bo‘lib o‘tganligi, shuningdek, hozirga qadar tanlovlar asosida qolgan 50 ta filmdan 28 tasi ishlab chiqarishga tushirilganligi;

Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Vengriya, Tojikiston, Hindiston, Pokiston kabi davlatlar bilan jami 16 ta film bo‘yicha hamkorlik kelishuvlari va shartnomalar imzolanganligi;

Tirik tarix” dasturiga kiritilgan filmlarni ishlab chiqarishga “TURKSOY” va boshqa xalqaro tashkilotlar mutaxassislari hamda 10 dan ortiq mamlakatdan xalqaro ekspertlar jalb etilganligi ma’lum qilindi.

Shu bilan birga, kelgusidagi rejalar ma’lum qilindi.


🔹 Telegram 🔹 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Live

Kun tartibidagi uchinchi masala ta’lim sohasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama etildi.

Ta’lim muassasalarining 4,7 ming nafar iqtidorli o‘quvchi-talabalari xalqaro va respublika tanlovlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritganligi, biroq ba’zi san’at maktabi o‘quvchilarining umuman xalqaro tanlovlarda g‘oliblar chiqmayotganligi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 ta, Namanganda 3 ta, Qashqadaryoda 2 ta, Samarqandda 3 ta Toshkent viloyatida 2 ta musiqa va san’at maktablarini jihozlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha tegishli hokimliklar tomonidan mablag‘ ajratilganiga qaramasdan, bugungi kunga qadar jihozlash ishlari yakunlanmaganligi;

Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish borasidagi ishlar ham yetarli darajada emasligi, xorijiy mutaxassislarning jalb etilmaganligi,

Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi uchun qo‘shimcha 200 o‘rinli o‘quv binosi, 300 o‘rinli o‘quvchilar turar joy binosi hamda zarur infratuzilma obyektlarini qurish bo‘yicha loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqish belgilanganligi hamda topshiriqqa asosan ushbu ishlarni amalga oshirishni yakuniga yetkazish kerakligi;

Umumta’lim maktablaridagi musiqa madaniyati fani o‘qituvchilariga tayanch ta’lim muassasalari sifatida biriktirilgan bolalar musiqa va san’at maktablari tomonidan “Kasbiy rivojlantirish kunlari” doirasida mahorat darslari va seminarlar yetarli darajada o‘tkazilmaganligi;

Madaniyat ta’limi markazi tomonidan bolalar musiqa va san’at maktablari uchun yakka va guruhli sinf jurnallari loyihasi ishlab chiqilib, namuna sifatida ta’lim muassasalariga yetkazilganligi, biroq, hududlarda eski tahrirdagi jurnallardan foydalanib kelinayotganligi aniqlanganligi ma’lum qilinib, mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.


🔹 Telegram 🔹 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
⚡️Anqara Yildirim Boyazid Universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi! 🇺🇿🇹🇷

⚫️Bugun,16-oktabr kuni, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI hamda Anqara Yildirim Boyazid Universiteti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

⚫️Uchrashuvda institut rektori, professor Eldor Shermanov, prorektor Anvar Norbekov, hamda xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Azamat Nurmatov ishtirok etishdi.

⚫️Turkiya tomonidan esa professor, doktor Ali Cengiz Köseoğlu — Anqara Yildirim Boyazid Universiteti rektori qatnashdi.

📑 Suhbat chog‘ida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat kelgusida musiqashunoslik, xalq ijodiyoti va ta’lim sohalarida ilmiy-amaliy almashinuvni rivojlantirishga xizmat qiladi.


😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍41
2025/10/27 14:05:28
Back to Top
HTML Embed Code: