Telegram Web Link
#Live

Kun tartibidagi uchinchi masala ta’lim sohasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama etildi.

Ta’lim muassasalarining 4,7 ming nafar iqtidorli o‘quvchi-talabalari xalqaro va respublika tanlovlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritganligi, biroq ba’zi san’at maktabi o‘quvchilarining umuman xalqaro tanlovlarda g‘oliblar chiqmayotganligi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 ta, Namanganda 3 ta, Qashqadaryoda 2 ta, Samarqandda 3 ta Toshkent viloyatida 2 ta musiqa va san’at maktablarini jihozlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha tegishli hokimliklar tomonidan mablag‘ ajratilganiga qaramasdan, bugungi kunga qadar jihozlash ishlari yakunlanmaganligi;

Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish borasidagi ishlar ham yetarli darajada emasligi, xorijiy mutaxassislarning jalb etilmaganligi,

Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi uchun qo‘shimcha 200 o‘rinli o‘quv binosi, 300 o‘rinli o‘quvchilar turar joy binosi hamda zarur infratuzilma obyektlarini qurish bo‘yicha loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqish belgilanganligi hamda topshiriqqa asosan ushbu ishlarni amalga oshirishni yakuniga yetkazish kerakligi;

Umumta’lim maktablaridagi musiqa madaniyati fani o‘qituvchilariga tayanch ta’lim muassasalari sifatida biriktirilgan bolalar musiqa va san’at maktablari tomonidan “Kasbiy rivojlantirish kunlari” doirasida mahorat darslari va seminarlar yetarli darajada o‘tkazilmaganligi;

Madaniyat ta’limi markazi tomonidan bolalar musiqa va san’at maktablari uchun yakka va guruhli sinf jurnallari loyihasi ishlab chiqilib, namuna sifatida ta’lim muassasalariga yetkazilganligi, biroq, hududlarda eski tahrirdagi jurnallardan foydalanib kelinayotganligi aniqlanganligi ma’lum qilinib, mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.


🔹 Telegram 🔹 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
⚡️Anqara Yildirim Boyazid Universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi! 🇺🇿🇹🇷

⚫️Bugun,16-oktabr kuni, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI hamda Anqara Yildirim Boyazid Universiteti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

⚫️Uchrashuvda institut rektori, professor Eldor Shermanov, prorektor Anvar Norbekov, hamda xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Azamat Nurmatov ishtirok etishdi.

⚫️Turkiya tomonidan esa professor, doktor Ali Cengiz Köseoğlu — Anqara Yildirim Boyazid Universiteti rektori qatnashdi.

📑 Suhbat chog‘ida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat kelgusida musiqashunoslik, xalq ijodiyoti va ta’lim sohalarida ilmiy-amaliy almashinuvni rivojlantirishga xizmat qiladi.


😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍41
🎶Uchrashuv doirasida milliy kuy-qo‘shiqlar taqdim etildi

⚫️Anqara Yildirim Boyazid Universiteti delegatsiyasining tashrifi doirasida institut o‘qituvchi va talabalari ijrosida milliy musiqalarimiz mehmonlarga tuhfa etildi.

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍621
2025/10/21 10:48:10
Back to Top
HTML Embed Code: