Telegram Web Link
🔹🔹🔹🔹

⚡️O'zMMSIda “Baxshichilik san’ati milliy va umuminsoniy qadariyalar namunasi sifatida” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi.

Bugun Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutida “Baxshichilik san’ati milliy va umuminsoniy qadriyatlar namunasi sifatida” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi. Mazkur seminarda baxshichilik va dostonchilik sohasining bir qator professor-o'qituvchilari, ijodkor-talaba yoshlar ishtirok etdilar.

Seminar davomida o‘zbek xalq og‘zaki ijodining be'baho namunasi bo‘lgan baxshichilik san’atini chuqur o‘rganish, uning tarixi, bugungi kundag ahamiyati hamda yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni, shu bilan birga, baxshichilik orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Seminar yakunida ijodkor talabalar tomonidan Qashqadaryo-Surxondaryo, Qoraqalpog'iston, Xorazm baxshisi ijro namunalari tashrif buyurganlarga taqdim etildi.

😁O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | ✈️ Telegram | 📒 Facebook | 📷 Instagram | 🖤 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
43🔥2👍1👏1
⚡️Anqara Musiqa va go‘zal san’atlar universiteti rektori Erhan Özden turk nayi sadolari bilan barchaga unutilmas lahzalar tuhfa etdi

✔️Shundan so‘ng, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI o‘qituvchi va talabalari tomonidan o‘zbek kuylaridan namunalar ijro etilib, musiqiy do‘stlik ohanglari yangradi.

✔️Tadbir yakunida professor Erhan Özdenga ramziy tuhfa sifatida o‘zbek nayi taqdim etildi. Bu musiqiy sovg‘a ikki xalq o‘rtasidagi hamdo‘stlik va madaniy yaqinlik timsoliga aylandi.

#Xalqaro_hamkorlik

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31👏1
⚫️Rektor Eldor Shermanov Anqara Musiqa va Go‘zal San’atlar Universiteti delegatsiyasini institut faoliyati bilan tanishtirdi

✔️Mehmonlarga o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot ishlari, talabalarga yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, shuningdek, milliy musiqa merosini asrab-avaylash va targ‘ib etish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

✔️Professor Erhan Özden institutda yaratilgan ijodiy va ilmiy muhit, o‘quv binolari hamda milliy musiqa san’atiga bag‘ishlangan boy fondlar bilan yaqindan tanishib, o‘zining yuksak taassurotlarini bildirdi.


#Xalqaro_hamkorlik

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍21🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Xorijiy_OAV

⚡️Xabaringiz bor, Tashkent International University mezbonligida Turkiy universitetlar Ittifoqining 8-Bosh Assambleyasi davomida institutimizning a’zolik arizasi ishtirokchilar tomonidan bir ovozdan ma’qullangan edi.

📎Mazkur jarayon xorijiy OAV nigohida tahlil qilindi.

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41👏1
2025/10/19 19:53:54
Back to Top
HTML Embed Code: