Telegram Web Link
⭕️#teatr

🎭 “Advokatlik osonmi?” — kulgu ortidagi haqiqat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1
⭕️#teatr

🎭 “Advokatlik osonmi?” — kulgu ortidagi haqiqat

🔺Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida mashhur o‘zbek adibi Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Advokatlik osonmi?” nomli komediya tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.

🔺Mazkur asar o‘zbek dramaturgiyasining yorqin namunalaridan biri bo‘lib, unda jamiyatdagi illatlar — savodsizlik, firibgarlik, adolatsizlik va mas’uliyatsizlik kulgili, ammo chuqur ma’no kasb etgan sahnalar orqali yoritilgan. Asar insonni o‘z kasbiga, burchiga sadoqatli bo‘lishga, adolat va halollik tamoyillarini qadrlashga undaydi.

🔺Spektakl davomida aktyorlar mahoratli ijrosi, jonli muloqotlari hamda zamonaviy ruhda talqin etilgan sahnalari bilan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

🔺Tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali xodimlari va talaba-yoshlaridan iborat jamoa ham ishtirok etib, o‘zbek teatr san’atining go‘zalligi va tarbiyaviy ahamiyatiga yana bir bor guvoh bo‘lishdi.

🔺Ushbu sahna asari kulgu orqali o‘ylantiruvchi, ma’naviy saboqlar bilan boyitilgan, barchaga o‘z kasbiga halol munosabatda bo‘lish zarurligini eslatadi.

➡️ Bizni kuzatib boring !!
|
Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👏5🤝2🔥1🥰1
2025/10/23 04:28:58
Back to Top
HTML Embed Code: