⭕️#11okt🔺Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida
“Qizlar bilan taraqqiyot sari” shiori ostida Xalqaro qizlar kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
🔺Tadbirning maqsadi — qizlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar orqali ularning orasidan iqtidorli, hunarmand, tadbirkor, ilg‘or va tashabbuskor, ibratli qizlarni kashf etish, ularning faolligini oshirish, shuningdek, tengdoshlari o‘rtasida hamkorlik va tashabbuskorlik muhitini yanada mustahkamlashdan iboratdir.
🔺Tanlov davomida talaba qizlar tomonidan yaratilgan turli xil ijodiy ishlar, milliy hunarmandchilik namunalari, badiiy chiqishlar va innovatsion g‘oyalar namoyish etildi.
🔺Tadbir yakunida
“Qizlarjon” klubi faollari, sport musobaqalarida, ilmiy-ijodiy yo‘nalishlarda faol bo‘lgan talaba qizlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
🔺Ushbu tadbir yoshlarning iqtidorini namoyon etish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda qizlar orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratishga xizmat qildi.
➡️ Bizni kuzatib boring !!
| Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |