Telegram Web Link
⭕️#sayohat

⭕️Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyatining poydevori!

🟢Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialining “Psixologiya” fakultetida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida talabalar uchun navbatdagi qiziqarli ekskursiya tashkil etildi.

🟢Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik va ma’naviy ongni yuksaltirish, ularni milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz va tarixiy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

🟢Sayohatda Psixologiya fakulteti, Iqtisodiyot; tarmoqlar va sohalar bo‘yicha hamda Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari ishtirok etishdi.

🟢Ekskursiya Jizzax shahridagi “O‘rda” istirohat bog‘iga uyushtirildi. Talabalar sayohat davomida tarixiy obidalar, milliy urf-odatlar va qadriyatlarimiz haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

🟢Tadbir davomida talabalar o‘z taassurotlarini baham ko‘rib, milliy qadriyatlarimizning xalqimiz ma’naviyatidagi o‘rni naqadar muhim ekanini his etdilar.

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🤗2👍1👏1🤩1
⭕️#zakovat

🇺🇿 “Til bilimdonlari” zakovat o‘yini

🟢Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Til bilimdonlari” nomli zakovat quiz intellektual o‘yini o‘tkazildi.

🟢Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarda ona tilimizga bo‘lgan hurmat, e’tibor va qiziqishni yanada oshirish, o‘zbek tilining boy tarixiy merosi va ifoda imkoniyatlarini yanada chuqurroq anglashga undashdan iborat bo‘ldi.

🟢O‘yin davomida talabalar o‘z bilim va zukkoliklarini sinovdan o‘tkazib, tilimizning go‘zalligi, so‘z boyligi va ma’naviy qudratini yorituvchi savollarga javob berdilar.

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42👍2🔥1🥰1
⭕️#qalqon

⭕️Talabalar xavfsizligi doim e’tiborda!

🔺Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda “Qalqon” jamoatchilik guruhi hamkorligida tungi vaqtda talaba-yoshlarning ijara xonadonlarini o‘rganish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.

🔺Tadbir davomida talabalarning yashash sharoitlari, xonadonlarning is gazidan himoyalanganligi hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish holati o‘rganildi.
Shuningdek, talabalar bilan tungi vaqtda sababsiz yurmaslik, xavfsizlik qoidalariga amal qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

🔺Ushbu profilaktik tadbirning asosiy maqsadi — talabalar hayot faoliyatida xavfsizlikni ta’minlash, ularning tinch va osoyishta yashashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iboratdir.

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥21🥰1😍1
2025/10/24 03:24:12
Back to Top
HTML Embed Code: