Forwarded from "Qarshi MTU" filiali Rasmiy kanali (Шаҳзод Комилов)
Joriy yilning 15-oktabr kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i M.X. Mirzayev boshchiligida Qarshi lokomotiv deposi hududida amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida temir yo‘l hududida favqulodda holatlar yuz berganda tezkor choralar ko‘rish, oqibatlarni bartaraf etish, hamda xodimlar o‘rtasida hamkorlik va muvofiqlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.
Tadbirda tegishli rahbarlar, ishchi-xodimlar hamda zaruriy temir yo‘l texnikalari jalb etildi. Mashg‘ulot yakunida bajarilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2🔥1👏1
Forwarded from "Toshkent MTU" UK Rasmiy kanali
"HАRАKАT XАVFSIZLIGI KUNI" DА!
Chuqursoy stansiyasi temir yo‘l tarmog’idagi eng yirik saralash stansiyalaridan biri bo‘lib, mamlakatimizga MDH davlatlaridan kirib kelgan, yoki jo'natiladigan yuk poezdlari vagonlari ushbu stansiyada saralanadi.
Har haftaning chorshanba kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” АJ dagi barcha temir yo‘l uchastkalari va korxonalarida anʼnaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Poyezdlar harakat xavfsizligi kuni”da “Toshkent MTU” filiali boshligʼining birinchi o‘rinbosari Sh.Nurmatov hamda Salar temir yo‘l masofasi korxonasi rahbari B.Fayzullaevlar mazkur stansiyaning poezdlarni jo‘natish parkida bo‘ldilar va hamkorlikda harakat xavfsizligini taʼminlash borasida qilinayotgan ishlarni, o‘tkazgichli strelkalar, yukli vagonlarning texnik holatini, shuningdek, temir yo‘l yon atroflarini ko‘rib chiqdilar.
Salar temir yo‘l masofasi korxonasining yon atroflarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ham ko‘zdan kechirdilar.
Rasmiy sahifalarimiz 👇 👇
🕊 Telegram 🥈 Facebook 🥉Instagram

❤4👍2
Forwarded from Hudud Inform
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎤 «ACWA Power» компанияси бошқаруви раиси, Муҳаммад Абунайян:
Каналга уланиш: 👇
@hudud_inform
Instagram | Facebook
«Президент жаноблари, бу даражада улкан ўзгаришларни амалга оширган етакчилардан иккисини биламан.
Биринчиси — Сиз, иккинчиси эса Саудия валиаҳди, бош вазир Муҳаммад бин Салмон».
Каналга уланиш: 👇
@hudud_inform
Instagram | Facebook
❤2🤔1
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Халқпарвар сиёсат ва ислоҳотлар, иқтисодиёт очиқлигини таъминлаш ва инвестицияларни рағбатлантиришга алоҳида эътибор натижасида имкониятлар улкан лойиҳаларга айланмоқда, Ўзбекистон бизнес учун энг жозибали макон сифатида эътироф этилмоқда.
—
Народная политика и реформы, особое внимание открытости экономики и стимулированию инвестиций превращают возможности в масштабные проекты, укрепляют репутацию Узбекистана как одного из самых привлекательных направлений для бизнеса.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

❤5👍2⚡1
Forwarded from “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Rasmiy kanali
RAILSHOTS: Temiryo'l foto lahzalari!
🔘 Afrosiyob — tezlik va zamonaviylik timsoli!
➡️ Yurtimiz temir yo‘l tarmoqlarining faxri — “Afrosiyob” tezyurar poyezdlari bugun O‘zbekistonning yirik shaharlarini bog‘lab, minglab yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz safar taqdim etmoqda.
➡️ Sokin tongda bekatda safarga hozirlayotgan bu poezdlar — mamlakat transport infratuzilmasidagi yuksak taraqqiyotning yorqin ifodasidir.
#RailShots
#⃣ railwayinfra.uz ❤️🔥 Telegram ❤️🔥 Facebook ❤️🔥 Instagram
#RailShots
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3🔥3⚡1
O’zbekistondagi temiryo’l stansiyalari nomlari davlat tili qoidalariga muvofiqlashtiriladi
O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga muvofiq, respublika bo’ylab joylashgan 320 ta temiryo’l obyekti — vokzallar, stansiyalar va raz’yezdlar nomi davlat tili me’yorlariga muvofiqlashtiriladi.
2025-yil 17-oktabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Geografik obyektlarning nomlari to’g’risida”gi qonunlariga muvofiq hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo’yicha respublika komissiyasining xulosasiga ko’ra muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlari nomlarini davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish maqsadida VazirlarMahkamasining 651-sonli qarorida “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi barcha obyektlarning nomlari lotin yozuviga asoslangan o’zbek tili qoidalariga mos shaklda qayta yozilishi belgilandi.
Xususan:
• Qo’ng’irot tumanidagi vokzal nomi “Kungrad” o’rniga “Qo’ng’irot” deb yoziladi;
• Asaka tumanidagi temiryo’l stansiyasi “Assake” o’rniga “Asaka”;
• Past Darg’om tumanidagi stansiya esa “Djuma” o‘rniga “Juma” tarzida rasmiylashtiriladi.
Shuningdek, ushbu o‘zgarishlar peshlavhalar, axborot ko‘rsatkichlari, elektron ma’lumot tizimlari va navigatsiya belgilarida ham aks ettiriladi.
Qarorga binoan, barcha zarur texnik va tashkiliy ishlar uch oy muddatda yakunlanishi belgilangan.
|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

❤5👏3🤔3👍2🔥2
Forwarded from "Qarshi MTU" filiali Rasmiy kanali (Шаҳзод Комилов)
“Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” bayram tadbiri
Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi hamda Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli” filialidagi Temiryoʻlchi yoshlar markazida “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbir avvalida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilishida Birinchi Prezidentimiz Islom Abdugʻaniyevich Karimovning beqiyos xizmatlariga bagʻishlangan maxsus videorolik namoyish etildi.
Shundan soʻng, “Qarshi MTU” filiali bosh muhandisi Xamrayev Toʻlqin Jalilovich soʻzga chiqib, yigʻilganlarni bayram bilan tabrikladi hamda oʻzbek tilining jamiyat hayotidagi oʻrni va ahamiyati haqida soʻz yuritdi.
Tadbirda, shuningdek, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyati Kengashi raisining xotin-qizlar va yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Jalilova Dilfuza Karimovna hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati boʻlimi boshligʻi Abdiyev Gʻulom Egamshukurovichlar ishtirok etib, oʻzbek tilining boy tarixi, soʻz boyligi va hozirgi nutq madaniyatidagi ayrim xatoliklar haqida foydali maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdilar.
Bayramning badiiy qismida Qarshi shahar ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at maktabi oʻqituvchi va oʻquvchilari tomonidan musiqiy chiqishlar namoyish etildi.
Tadbir yakunida temiryoʻlchi xodimlar va mehmonlar uchun coffee break tashkil etildi.
🔹 #oʻzbektilibayramikuni
🔹 #qarshimtuyoshlar
🔹 #temiryoʻlchiyoshlar
👉@qarshimtuyoshlar👈

❤4👍4🔥2👏2🎉1