Forwarded from "Toshkent shahar suv ta'minoti" AJ
“Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ ogohlantiradi!
▫️Ayni kunda barcha sohalar qatori suv ta’minoti sohasiga ham zamonaviy, raqamli texnologiyalar tezkorlik bilan kirib kelmoqda. Uning imkoniyatlari aholining ortiqcha ovoragarchiligi, vaqt yo‘qotishi hamda turli asabbuzarliklarining oldini olmoqda.
▫️Biroq, joriy etilayotgan bunday imkoniyatlardan firibgarlar o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib qolishga harakat qilayaptilar.
Xususan, ular tomonidan iste’molchilarning mobil telefonlariga turli ko‘rinishdagi sms xabarnomalar jo‘natilib, qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilmoqda. Iste’molchini ishontirish maqsadida majburiy ijro byurosi nomini tilga olib, qarzdorlikni tezroq to‘lashga undash holatlari uchramoqda.
Hurmatli iste’molchilar!
OGOH BO‘LING
▫️O‘zingizning suv iste’moli bo‘yicha hamda qarzdor yoki haqdorligingiz haqidagi ma’lumotlarni bilish uchun https://cabinet.uzsuv.uz/ shaxsiy kabinet platformasidan yoki telegramdagi @uzsuvbot dan foydalanishingizni so‘raymiz.
▫️“Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ suvdan qarzdorligingizni ma’lum qilish uchun sizga (95)152 69 66, (95) 150 69 66 yoki (95) 675 69 66 telefon raqamlari orqali qo‘ng‘iroq qilishlari yoki sms xabarnomasi yuborishlari mumkin.
▫️Bundan boshqa begona raqamlardan kelgan qo‘ng‘iroq va xabarlarga aldanib qolmang.
Eng muhimi, to‘lovni mobil ilovalar orqali o‘z hisob raqamingizga to‘lang.
Instagram | Facebook | Website | Cabinet | Chat | YouTube

❤2👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_viloyati
Yangi tarmoq — toza suv kafolati!
📍 Sh.Rashidov tumani Toshkentlik mahallasining Toshkent darvozasi ko‘chasida zamonaviy texnika yordamida 160 mm diametrli, 180 metr uzunlikda yangi politilen ichimlik suv tarmog‘i o‘tkazilmoqda.
🛠 Mazkur hududdagi eski quvurlar 1960-yillarda tortilgan bo‘lib, endilikda ularning o‘rnini samarali va mustahkam yangi tarmoq egallayapti.
🚜 Bu jarayonda yangi texnologiyaning o‘rni beqiyos.
Yangi tarmoq — toza suv kafolati!
|🌐 Website |🗝 Cabinet
|🤖 Bot |😄 Telegram
|💬 Facebook |🌐 Instagram
|📹 YouTube |🕊 X
|💬 Chat |✅ TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2👏2🔥1
Axborot xavfsizligi – zamonaviy boshqaruvning ajralmas qismi 💻🔒
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar barcha sohalarda, jumladan, suv ta’minoti tizimida ham muhim o‘rin tutmoqda. Shu bois AKT sohasidagi xodimlarning malakasini oshirish, ularni amaliy bilim va ko‘nikmalar bilan boyitish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi DUK mutaxassislari bilan hamkorlikda “O‘zsuvta’minot” AJ tizimidagi hududiy axborot texnologiyalari xodimlari uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Bugun Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Qodiriya suv tozalash inshootida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar davomida xodimlar suvni tozalash jarayonlari, ishlab chiqarish texnologiyasi hamda axborot tizimlarining xavfsiz ishlash tamoyillari bilan yaqindan tanishdilar.
Bunday amaliy mashg‘ulotlar suv sohasida raqamli transformatsiyani jadallashtirish va har bir tizimda axborot xavfsizligini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.
#IT #amaliyot #kiberxavfsizlik #Uzsuvtaminot

👍5❤3🤩1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
Forwarded from "Andijon suv ta'minoti" AJ axborot xizmati
"Ozsuvta’minot” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari v.b. Komilbek Yusupov ayni paytda Andijon viloyatida aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda. Xususan, u Shahrixon tumanidagi “Turkiston” mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik loyihalarini ko‘zdan kechirdi.
Mazkur mahallada 2 kilometr uzunlikdagi yangi suv quvurini tortish, 1 ta quduq qazish va zamonaviy suv minorasini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Loyiha yakunlangach, 646 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 3515 nafar aholining ichimlik suvi ta’minoti yanada yaxshilanadi.
“Andijon suv ta’minoti” AJ axborot xizmati

Website |🗝 Cabinet
|🤖 Bot |😄 Telegram
|💬 Facebook
|🌐 Instagram
|📹 YouTube |🕊 X
|💬 Chat |✅ TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2
“O‘zsuvta’minot” AJ delegatsiyasi Ispaniyaning Barselona shahridagi xizmat safari doirasida “Aigües de Barcelona” (AGBAR) kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv seminarida ishtirok etdi.
AGBAR — Fransiyaning Veolia kompaniyasi bilan hamkorlikda faoliyat yurituvchi yetakchi operator hisoblanadi. Kompaniya 150 yildan ortiq tarixga ega bo‘lib, Barselona va unga yaqin hududlarda 3 milliondan ortiq aholiga ichimlik suvi yetkazib berish va oqova suvni tozalash xizmatlarini ko‘rsatadi.
Seminar davomida Barselona shahrida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimlarini boshqarish sohasida amalga oshirilayotgan ilg‘or tajribalar, innovatsion yechimlar hamda raqamli boshqaruv tizimlari bilan tanishildi.
Shuningdek, o‘quv treningida davlat-xususiy sheriklik (DXSh)ning turli modellari, xususan, koncessiya, operatsion shartnoma va aralash moliyalashtirish sxemalari haqida batafsil ma’lumotlar olindi.
Bundan tashqari, Barselona shahridagi suv ta’minoti tizimining integratsiyalashgan boshqaruvi, axborot platformalari (SCADA, Smart Water Network), suv tejash, energiya samaradorligi hamda aholi bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash tizimi bo‘yicha amaliy natijalar muhokama qilindi.
Xizmat safari doirasida delegatsiya Barselona shahrida joylashgan kunlik quvvati 420 ming m³ bo‘lgan oqova suv tozalash inshooti faoliyati bilan ham tanishdi.
Ta’kidlash joiz, Ispaniya kompaniyalari tajribasi O‘zbekistonda suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini barqaror boshqarish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirishda ilg‘or namuna sifatida xizmat qiladi.

👍4