Telegram Web Link
🔺Sayyor qabul: navoiyliklar murojaatlari yechim topdi

So‘nggi vaqtlarda aholi o‘rtasida telekommunikatsiya xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Masofaviy ta’lim, onlayn ish tartibi va sifatli aloqa uzoqni yaqin, mushkulni oson qilmoqda.

👍 “O‘zbektelekom” AK tomonidan Navoiy viloyatining Zarafshon va Navoiy shaharlarida joylashgan “Oltin vodiy” hamda “Vatan” MFYlarida o‘tkazilgan sayyor qabulda ko‘plab murojaatlarga yechim topildi.

⚡️ Batafsil | ⚡️ Подробно | ⚡️ More

👍 “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

👍 Social media | 📱 Mobile App | 👍 PRESS | 👍 Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan Prezident Shavkat Mirziyoyevga:

“Mening ikki ustozim bor: biri – valiahd shahzoda, Bosh vazir Muhammad bin Salmon hazrati oliylari, ikkinchisi – siz, Prezident janobi oliylari. Men sizdan juda ko‘p narsani o‘rgandim. Siz – mening ustozimsiz”.

👍 Social media | 📱 Mobile App | 👍 PRESS | 👍 Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥 UZTELECOMdan aksiya: IP-telefoniyaning chiroyli raqamlariga 99% chegirma!

🛍 Endi "Cheksiz" tarifiga ulanish orqali IP-telefoniyaning chiroyli raqamlarini 99% gacha chegirma bilan olishingiz mumkin.

📅 Aksiya muddati: 2025-yil 14-oktyabrdan 2026-yil 31-yanvargacha.

⚡️ Misol uchun:
• 4-toifadagi raqam uchun - 4 000 000 so‘m o‘rniga → 40 000 so‘m
• 5- toifadagi raqam uchun - 2 000 000 so‘m o‘rniga → 20 000 so‘m
• 6- toifadagi raqam uchun - 1 000 000 so‘m o‘rniga → 10 000 so‘m
• 7- toifadagi raqam uchun - 400 000 so‘m o‘rniga 4 000 so‘m
• 8- toifadagi raqam uchun - 200 000 so‘m o‘rniga 2 000 so‘m
• 9- toifadagi raqam uchun - 100 000 so‘m o‘rniga 1 000 so‘m

Aksiyada jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirok etishlari mumkin.

Butun O‘zbekiston bo‘ylab UZTELECOM savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida birinchi qo‘ng‘iroqdanoq yodda qoladigan raqamlarni ulang!

👍 UZTELECOM – doimo Sizga yaqin bo‘lgan operator!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥 UZTELECOM объявляет акцию: скидки 99% на красивые номера для IP-телефонии!

🛍 Теперь красивые номера IP-телефонии доступны
со скидкой 99% при подключении по тарифу «Безлимитный».

📅 Период акции: с 14 октября 2025 г. по 31 января 2026 г.

⚡️Примеры выгод:
• 4-я категория — вместо 4 000 000 сумов → всего 40 000 сумов
• 5-я категория — вместо 2 000 000 сумов → всего 20 000 сумов
• 6-я категория — вместо 1 000 000 сумов → всего 10 000 сумов
для 7-й категории — вместо 400 000 сумов всего 4 000 сумов;
для 8-й категории — вместо 200 000 сумов всего 2 000 сумов;
для 9-й категории — вместо 100 000 сумов всего 1 000 сумов.

Участвовать могут физические и юридические лица, а также индивидуальные предприниматели.

Подключайте номера, которые запоминается с первого звонка в офисах продаж и обслуживания UZTELECOM по всей стране.

👍 UZTELECOM – оператор, который всегда рядом!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘z o‘rnini topgan matonatli dasturchi

1994 yil. Bir qarashda oddiy yildek tuyuladi. Ammo o‘sha yili dunyoga kelgan bir inson keyinchalik o‘z jasorati, mehnati va irodasi bilan ko‘pchilikka ilhom bo‘lib kelmoqda. Bu inson – Abror Sobirov.

🛡 Abror bolaligidan juda qiziquvchan, ijodkor, har narsada go‘zallik izlaydigan bola. Har bir chiziq, har bir rang uning ko‘zida ma’no kasb etadi. Uning orzusi — dunyoga o‘z ijodi orqali ta’sir o‘tkazish, odamlarni ilhomlantira oladi.

😜 Abrorning imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay, u hech qachon “cheklov” degan so‘zni tan olmagan. Irodasi, mehnati va ishtiyoqi bilan u bu to‘siqlarni birma-bir yengib kelmoqda.

☄️ 2022-yili Abror o‘z orzusining navbatdagi pog‘onasiga yetdi – u Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomladi. Bu uning hayotidagi yangi davrning boshlanishi bo‘ldi.

👨‍💻 2024-yil mart oyidan boshlab u Unicon Soft MChJ jamoasiga qo‘shildi. Bu yerda u grafik dizayner sifatida o‘z salohiyatini namoyon etmoqda. Abror yaratgan har bir ish nafaqat go‘zal, balki hissiyotga boy. U uchun dizayn bu shunchaki ish emas. Bu – dunyo bilan muloqot qilish usuli.


➡️ Bugun Abror ko‘pchilik uchun namuna. Uning hayot yo‘li – kuch, sabr va o‘zini ishonch bilan topgan insonning yo‘li. U imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay, bizga doim insonning irodasi hech qachon cheklanmasligini eslatib turadi.

📺O‘zbekiston 24” telekanalining “AT sohasida o‘z o‘rnini topgan matonatli dasturchi” dasturi orqali Abror Sobirov haqida ko‘rsatuv efirga berildi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔺 Soha xodimlarining axborot xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi

👍 “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohasida xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ishtirokchilarga shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish, elektron pochta orqali amalga oshiriladigan kiberhujumlar, turli ko‘rinishdagi firibgarlik usullari hamda Internet tarmoqlaridagi zamonaviy kiberxavflar haqida batafsil ma’lumot berildi.

⚡️ Batafsil | ⚡️ Подробно | ⚡️ More

👍 “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

👍 Social media | 📱 Mobile App | 👍 PRESS | 👍 Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️17 октябрь — Бутун жаҳон камбағалликка қарши курашиш куни

БМТ Бош Ассамблеяси қарорига кўра, ҳар йили 17 октябрь камбағалликни тугатиш учун кураш куни сифатида нишонланади.

Юртимизда бу борада изчил ислоҳотлар амалга оширилмоқда. “Камбағалликдан фаровонлик сари” дастури доирасида эҳтиёжманд оилаларга манзилли ёрдам кўрсатилмоқда.

“Камбағал оилалар реестри”га 667 мингдан ортиқ оила киритилди. Бу шунчаки рақамлар эмас улар ортида янги имкониятлар олган минглаб инсонлар тақдири мужассам.

🎞Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги томонидан тайёрланган фильм орқали ислоҳотлар самараси ва ҳаётлардаги ўзгаришлар билан танишинг.

Каналга қўшилиш 👈
Facebook | Instagram | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍏 UZTELECOM - Apple'ning O‘zbekistondagi rasmiy reselleri

iPhone 17 Pro, iPhone 17 Pro Max va iPhone 17 Air 15-oktyabrdan sotuvda!

🎁 Ularni UZTELECOMdan xarid qilganingizda quyidagilarni qo‘lga kiritasiz:

• Bir yilga 1 TB internet - kontent, ilhom va yuqori tezlik uchun har oy 86 GB Internet trafik bonus sifatida.
• TelecomTV 3 oy bepul — sevimli filmlar va seriallarni Wink, Megogo, Milliy, Start hamda Plan B platformalarida tomosha qiling!

📍 iPhone 17 Pro yoki iPhone 17 Air xarid qilish uchun quyidagi UZTELECOM ofisiga tashrif buyuring: Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 8-uy

👍 UZTELECOM — doimo Sizga yaqin bo‘lgan operator!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍏UZTELECOM — авторизованный реселлер Apple в Узбекистане!

iPhone 17 Pro, iPhone 17 Pro Max и iPhone 17 Air в продаже с 15 октября!

🎁 При покупке в UZTELECOM вы получаете:

• 1 ТБ интернета на год — по 86 GB ежемесячно для контента, вдохновения и высокой скорости.
• 3 месяца бесплатного TelecomTV — откройте доступ к контенту в Wink, Megogo, Milliy, Start и Plan B.

📍 Спешите за iPhone 17 Pro, iPhone 17 Pro Max или iPhone 17 Air в офис UZTELECOM по адресу: г. Ташкент, ул. Бунёдкор, 8

👍 UZTELECOM — оператор, который всегда рядом!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni

Hurmatli yurtdoshlar!

Sizlarni O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabriklaymiz! Ona tilimiz — millatimizning ruhi, ma’naviy boyligi va g‘ururidir.

Bugun o‘zbek tili nafaqat davlat tili, balki ilm, texnologiya va diplomatiya tillaridan biri sifatida yuksalmoqda.

Keling, ona tilimizni asrab-avaylab, uning nufuzini yanada oshirishga hissa qo‘shaylik.

👍 Bayramingiz muborak, aziz yurtdoshlar!

—-

🇺🇿 21 октября — День праздника узбекского языка

Дорогие соотечественники!

От всей души поздравляем вас с Днём праздника узбекского языка!
Наш родной язык — это душа народа, его духовное богатство и источник гордости.

Сегодня узбекский язык развивается не только как государственный, но и уверенно утверждает себя среди языков науки, технологий и дипломатии.

Давайте беречь и любить наш язык, приумножая его красоту и значение.

👍 С праздником, дорогие соотечественники !
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi IT-parkka tashrif buyuradi.

Davlatimiz rahbari majmuaning ikkinchi bosqichiga start berish marosimida ishtirok etadi hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari bilan tanishadi.

Shuningdek, Prezident raisligida hudud va tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит IT-парк в Ташкенте.

Глава нашего государства примет участие в церемонии запуска второго этапа комплекса, а также ознакомится с проектами по внедрению технологий искусственного интеллекта.

Также под председательством Президента состоится видеоселекторное совещание по вопросам развития технологий искусственного интеллекта в регионах и отраслях.

Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Bugun insoniyat yangi sivilizatsiya bosqichiga – sun’iy intellekt davriga dadil qadam qo‘ymoqda.

Bunday texnologiyalar iqtisodiyotdan tortib, ta’lim, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va boshqaruv tizimigacha chuqur kirib bormoqda.

Qaysi soha bo‘lmasin, kim bu jarayonda qattiq izlanib, aniq natija qilsa, bir qadam oldinda yursa, marra shuniki bo‘ladi
”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Yil boshida 2030-yilga borib, dunyo iqtisodiyotida sun’iy intellekt hajmi 15 trillion dollarga yetishi prognoz qilingan bo‘lsa, hozirgi tahlillar bu raqam 20 trillion dollardan ortishini ko‘rsatyapti.

Facebook|Instagram|X
O‘zbekistonda ham sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha alohida qaror qabul qilinib, sohaning huquqiy asoslari yaratildi.

Qisqa davrda davlat xizmatlari, bank-moliya, jamoat xavfsizligi, transport kabi yo‘nalishlarda 30 dan ortiq pilot loyihalar ishga tushdi.

O‘tgan yili Sun’iy intellektni 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.
Raqamli texnologiyalar vazirligida mazkur soha bilan ishlaydigan alohida markaz tashkil etildi.

Bir yilda mamlakatimiz sun’iy intellektga tayyorgarlik bo‘yicha xalqaro indeksda 17 pog‘ona yuqoriladi (dunyoda 70-o‘rin, Markaziy Osiyoda 1-o‘rin).

Facebook|Instagram|X
2030-yilda sun’iy intellektga asoslangan xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish reja qilingan edi. Lekin xorijiy ekspertlar O‘zbekistonning salohiyatini 10 milliard dollarga baholamoqda.

Buning uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi yanada ko‘p ishlashi, vazirlar, hokimlar, tarmoq rahbarlari esa haftada bir kunini shu sohani rivojlantirishga ajratishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

“Hamma vazirlar, hokimlar chet elga borganida sun’iy intellekt iqtisodiyot tarmoqlari rivojiga qanday hissa qo‘shayotgani, aholiga, biznesga nima yengillik berayotganini ko‘ryapti. Bizda ham shuni qilsa bo‘ladimi? Albatta, bo‘ladi”,

– dedi Prezident.

Masalan, tarmoqlardagi ko‘plab korxonalar biznes jarayonlarini raqamlashtirib, xarajatlarini 10 foizgacha kamaytirayotgani qayd etildi. Sun’iy intellekt ham joriy etilsa, samaradorlik yanada oshishi ta’kidlandi.

Adliya, soliq idoralari sun’iy intellekt yordamida 24/7 rejimida onlayn maslahat tizimini ishga tushirdi. Bojxona qo‘mitasi sun’iy intellekt orqali xavfni boshqarish tizimini yo‘lga qo‘ydi. Geologiyada ham sun’iy intellekt yordamida videotahlil tizimini yo‘lga qo‘yib, rudadan olinadigan metall hajmini 1-2 foizga oshirish bo‘yicha loyiha tayyorlanmoqda. Bu birgina mis qazib olishning o‘zidan yiliga 20 million dollar qo‘shimcha daromad keltiradi.

Facebook|Instagram|X
2025/10/23 06:31:54
Back to Top
HTML Embed Code: