Forwarded from Iqtisodiy Choyxona
Assalomu alaykum! 😊
Avvalambor, ushbu kanalda bo‘lib turganingiz uchun barchaga rahmat aytaman! Ko‘pchiligingiz avvalgi nom ostida ham birga edingiz. Endi esa kanalimni “Iqtisodiy Choyxona” nomi bilan davom etishini ma'qul deb topdim.
❓Nima uchun bu nomni tanladim?
Chunki bu yerda murakkab iqtisodiy tushunchalarni choyxonada gaplashgandek erkin, sodda, va xalqchil uslubda tushuntirishga harakat qilaman. Kanalda O‘zbekiston va dunyodagi iqtisodiy yangiliklarga sodda va aniqlangan izohlar, savdo, raqamlar ortidagi haqiqat, va ba'zida shaxsiy fikrlarimni bayon qilib boraman.
🎯 Maqsadim – iqtisodiyot haqida tushunish, tushuntirish va tushuntirilish kerak bo‘lgan joyda yoningizda bo‘lish.
📌 Bu iqtisodiy choyxona – nafaqat bilim, balki suhbat, fikr almashish joyidir. Demak, yangi nom – yangi ruh, lekin mazmun va maqsad o'sha o'sha: sodda, tushunarli va foydali postlar ulashish.
Ha aytgancha, qiziquvchilan bo'lsa Instagramda ham xuddi shu nom ostida profil yuritishni boshladim. Instagram: @iqtisodiy_choyxona
Hurmat bilan,
@Iqtisodiy_Choyxona admini

Sizning 5 daqiqangiz Toshkentdagi xizmatlar sohasini yaxshilashga hissa qo‘shishi mumkin.
Biz Toshkentda mavjud bo‘lmagan yoki rivojlanmagan xizmatlarni aniqlab, xalqimizga qulay, zamonaviy xizmatlar yaratish ustida ishlayapmiz. Quyidagi so‘rovnomani to‘ldirib, loyihamizga yordam bering:
📋 So‘rovnoma havolasi:
https://forms.gle/cvXcGmTTVfyYg8Vz5
🌍 Toshkentdagi chet el fuqarolari uchun:
https://forms.gle/2ZCq9N3s7tiNji8XA
🛑 Izoh: Hech qanday shaxsiy ma’lumot so‘ralmaydi. So‘rovnoma 100% anonimdir.
Rahmat! Sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

Forwarded from Ilmiy yondashuv
🏥Klinikalardagi o‘limlar haqida
Avvalgi postda Valijon To‘raqulov dolzarb muammoni ko‘tarib chiqibdilar. Haqiqatdan ham ba’zi xususiy klinikalarda bo‘lgan o‘lim holatlarlariga munosabat tahliliy bo‘lishi kerak.
🤔Chamasi 10-11 yillar ilgari, tibbiyot oliygohi talabasi bo‘lganimda, nufuzli va barchaga ma’lum bo‘lgan davlat klinikasida juda noxush voqea yuz bergandi. Yosh, navqiron, 20 yoshlar atrofidagi yigit nihoyatda oddiy jarrohlik muolajasi uchun klinikaga murojaat qilgan. Bunday jarrohlik amaliyoti odatda umumiy narkozsiz, mahalliy og‘riqni qoldiruvchini operatsiya joyiga ukol qilgan holda o‘tkazilardi. Lekin shu yigitga umumiy narkoz berilgan, jarrohlik vaqtida esa kislorodni yetkazuvchi shlang uzilib qolgan.
⏳Shifokorlar 5 daqiqada buni sezib qolishgan, lekin ko‘pchiligingizga ma’lumki kislorodsiz miyaning o‘limiga 5 daqiqa yetarli. Yigitning miyasi kislorodsiz halok bo‘lgan, qolgan organlar tirik, tana nafas oladi, yashaydi, lekin yigitda hayotning boshqa hech bir belgilari yo‘q, reanimatsiyada sun’iy nafas olishda yotardi.
2015 yillar chamasi, hali blogerlik rivojlanmagan va bu voqea ovoza bo‘lmagan edi. Ota-ona o‘sha katta klinikada har kuni janjal qilishardi, yosh o‘g‘limni qanday halok qilgan bo‘lsalaring shunday qaytarasanlar deb. Keyin bilishimcha yigit oilaning yagona farzandi bo‘lgan ekan.
💭Bu birgina ayanchli holat, bu holat sodir bo‘ldi degani boshqa yuzlab bemorlar shifo topmayapti degani emas. Shunchaki yaxshi xabarlar negativ xabarlardek tez va oson tarqalmaydi. Masalan, bugun O‘zbek klinikalarida 200 ta yurak xurujining oldi olindi yoki 500 odam virusli kasallikdan mutlaqo tuzalib o‘z uylariga qaytdi kabi xabarlar media sferasida o‘lim haqidagi xabardek tarqalmaydi.
www.tg-me.com/research1uz

Iqtisodiyotda har narsa resurs hisoblanadi: oltindan boshlab oltin boshlargacha
Eng qizig'i bu resurslarni qanday qilib to'g'ri taqsimlashni o'rganadigan fan iqtisodiyot bo'lsa-da, lekin resurslarni taqsimlaydigan fan bu siyosat bo'lib qolaveradi.
Mana shu jarayonda iqtisodiyot va siyosatni bog'lab, ko'prik vazifasini bajaruvchi tizim esa — institutlar deb ataladi. Rivojlanishda institutlarning sifat darajasi shu qadar muhim-ku, hatto, ilm ham institutlarning shakliga qarab yo yuzaga chiqadi, yo yo'q bo'lib ketadi, yo bosh olib ketadi...
Undan ham qizig'i, ko'p hollarda butun boshli institutlar shakllanishi sanoqli shaxslargagina bog'liq bo'lgan sharafli ish hisoblanadi.
...va o'sha inson tarixda qoladi!

"O‘zbekistondagi «rassrochka» bozorini nazorat qilishni boshlash rejalashtirilyapti".
Bu yangilikka munosabatingiz?
Bu yangilikka munosabatingiz?
Anonymous Poll
28%
Salbiy: davlat aralashmagani ma'qul edi
43%
Ijobiy: bu vaqtda davlat aralashuviga ehtiyoj bor
29%
(Javobni ko'rish)
Forwarded from Uzbekonomics
"Xitoy bilan savdo to'xtadi, bu degani biz yutyapmiz chunki trillionlab dollar valyuta mamlakatimizda qolmoqda" debdi. Qayerdadir eshitganmiz bu gaplarni. Umuman ovqat yemasdan ochlik e'lon qilsangiz pul tejaladi degandek gap.
Menimcha, zamonamizning eng katta va uzoq ishonib kelingan mif/yolg'onlaridan biri bu Tramp - biznesmen degani bo'lsa kerak. Aslida savdogarlik nimalar asosiga qurilgani, oldi-berdi, o'zaro manfaat, foyda, tushum, iste'mol kabi oddiy tushunchalarni ham bilmas ekan.
Balki O'zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarda sotiladigan biznes kurslarga yaxshi mijoz bo'lar edi. Savdo haqida kirish tushunchalarini o'rganarmidi.
@uzbekonomics

Turakulov Economics
"Xitoy bilan savdo to'xtadi, bu degani biz yutyapmiz chunki trillionlab dollar valyuta mamlakatimizda qolmoqda" debdi. Qayerdadir eshitganmiz bu gaplarni. Umuman ovqat yemasdan ochlik e'lon qilsangiz pul tejaladi degandek gap. Menimcha, zamonamizning eng…
(Istalgan shaxsni asosli tanqid qilishga yo'l ochib bergan) yashasin akademik erkinlik!
Turakulov Economics
"O‘zbekistondagi «rassrochka» bozorini nazorat qilishni boshlash rejalashtirilyapti".
Bu yangilikka munosabatingiz?
Bu yangilikka munosabatingiz?
Iqtisodiyotda salbiy eksternaliti (negative externalities)lar ko'p hollarda bozor buzilishi (market failure)ga olib boradi. Oddiy qilib aytganda:
.
100% erkin bozor degan narsa -- bu afsona. Ba'zan bozorlar ham o'zini-o'zi boshqara olmay qoladi. Masalan, bozorni o'zi tartibga soladi deb qurulish firmalarga erkinlik berib yuborilsa, hammayoqni qurilish bosib ketadi: ommaviy tovar (public good) bo'lgan havo ifloslanib, firmalarning keltirgan ijtimoiy foydasi (social benifit) ifloslanish sababli yuzaga keladigan ijtimoiy xarajat (social cost)laridan oshib ketadi. Ayni shu vaqtda qurilishni tartibga soluvchi regulatorga -- davlat aralashuviga ehtiyoj seziladi.
.
O'zbekistonda ham nasiya bozori o'zini-o'zi boshqara olmay qoldi: stavkalar 50-60% gacha yetdi, mashina va uy bozorlarida firibgarliklar oshib ketdi. Ayni shu vaqtda "rassrochka" bozoriga regulatorning kirib kelishiga ehtiyoj paydo bo'ldi.
.
O'ylaymanki, regulator bu muammo aslida aksariyati musulmon bo'lgan o'zbekistonliklar uchun Islomiy moliyalashtirish mexanizmining yo'qligi hosilasi ekanligini biladi va uni nazorat mexanizmlari bilan integratsiya qiladi.
.
Bilingki talab rasmiy yo'l bilan qondirilmasa u albatta qora bozor orqali qoniqtiriladi. 'Rassrochka" bozori ham shunchaki rasmiy mexanizmlarga ega bo'lmagan Islomiy moliyaning qora bozori. Yaxshiyamki, buni hukumatimiz anglab yetdi:
«O‘zbekistonda islom moliyasi xizmatlarini joriy qilish vaqti keldi» – Shavkat Mirziyoyev

Mamlakatlar tanazzuli kitobida iqtisodiy rivojlanishga asosiy omil qilib inklyuziv institutlar ko'rsatiladi. Ekstraktiv institutlarda ham ba'zan iqtisodiy rivojlanish kuzatiladi, ayniqsa ________.
Anonymous Quiz
55%
Markazlashgan nazorat mavjud bo'lganda.
45%
MarkazlashMAgan nazorat mavjud bo'lganda.
"Bozorda odamlar yo'q"
Bu muammo O'zbekistonni o'zigagina tegishli emas, Xitoyga ham tegishli. Shuning uchun ham Xitoylik tadbirkorlarning xavotiri tashqi omil - Trump siyosatidan emas, balki ko'proq ichki omil - yalpi talabning tushib ketishidan bo'lmoqda. Xitoyliklar quyidagi sabablarga ko'ra bozorda pul sarflamay qo'yishibdi:
Uylar inqirozi: juda ko'p yosh oilalar uylarga pul to'lab qo'yishgan. Quruvchilar esa aholisi 1,5 milliard bo'lgan Xitoy uchun 3 milliard uylarni qurib qo'yishgan. Natijada uylar narxi tushib ketgan. Kreditga uy olib qo'yganlar esa na uyni sotib yubora olishadi, na uyga to'lanadigan kredit xarajatlaridan ortib bozorda aktiv iste'mol uchun sarf qila olishadi.
Yoshlar va qarilar: Oxirgi besh yilda Xitoyda yoshlar o'rtasida, ayniqsa yangi bitiruvchilar o'rtasida ishsizlik ortgan (21% gacha). Yoshlarda na daromad bor, na iste'mol. Noaniq pensiya rejimi esa qariyalarni ham kelajakdan xavotirlanib, joriy iste'moldan tiyilishga undamoqda.
Noaniq kelajak: bularning barchasi hamda G'arbning Xitoyga bo'lgan dushmanona munosabati kabilar Xitoyliklarda kelajakka bo'lgan xavotirlarni kuchaytirmoqda. Natijada kelajak xavotirlari joriy yalpi talabni tushirib yubormoqda.
Umuman olganda Xitoylik tadbirkorlar ham G'arbdan, ham o'z mahalliy iste'molchilaridan umidlari uzilgandek. Bu esa ularni yangi xaridorlar izlashga, xususan, O'zbekistonga ham kelishga undamoqda...

Oshga to’ygan norveg mehmonlar haqida
Bundan 2 yil avval klinikamizga investor bo’lib kirgan bir tadbirkor haqida yozgan edim.
Klinika sohasida hech qanday tajribaga ega bo’lmagan bu bola, 2 yilda 2 ta qo’shimcha filial ochdi, 6 million dollar pul jalb etdi. Klinikani 10 milliondan 100 million baholanishga olib chiqmoqchi.
Maqsadlari katta.
O’sha odamni va yana bir sherikni o’tgan oy O’zbekistonga olib bordim.
Birga ishlaymiz ular bilan. Ikkisida ham avvalgi bizneslaridan puli bor. Investitsiyaga biznes qidirishmoqda. Chetdan.
Mendagi maqsad ular pulini Uzbga olib kirish edi. Ma’qul bo’lsa yarim mil investitsiya haqida gaplashdik.
Uzb haqida uzoq suhbatlar qilganmiz oldin. Potensialini sota olganman. Shu sabab o’z ko’zlari bilan ko’rishmoqchi bo’ldi. Potensiali katta, yosh avlod, soliqlar jozibador, to’yinmagan bozor va hok.
Sayohat oxirida ular katta imkoniyatlarni ko’rishgan bo’lsada hozircha sabr qilishlarini aytdi.
Xohlasang bizsiz davom etaver deyishdi.
Sabablarini so’radim (tahminan bilsam ham).
To’rtta misol keltirdi haligi yigit.
- birinchi kecha yotgan mehmonxonasini Bookingdagi bahosi 9,1/10 edi. Asl sharoit esa unday bo’lmadi. Kirishda kanalizatsiya hidi kelib turar edi. Ertasiga chiqib ketishdi. Bookingda 4/10 baho berdi. Mayli bu ham tajriba bo’ldi dedi.
Ertasi kuni mehmonxona ular bilan bog’lanib past bahoni o’chirib tashlashini iltimos qilgan. Yalingan. Xulosa: «bu biznes yolg’on ustiga qurilgan. Mijozlarni aldayapti»
- oradan 2 kun o’tdi, yana bir boshqa hoteldan joy band qildik. Kechroq bordik, faqat uxlash uchun. Bizga «siz bron qilgan xonadagi tualet quvuri yorilib ketdi. Afsus boshqa xonamiz yo’q» dedi resepshndagi yigit. Yorilgan quvur rasmini ko’rsatdi. Ahmoqlikni qarangki rasmda u olingan sana turipti va u 2023-yilni ko’rsatmoqda. Xonalarni ortiqcha sotib yuborishgan. Boshqaruv joyida emas. Xulosa: «mijozni aldamoqda». Hech kim aldanishni xohlamaydi!
- bir xususiy maktab egasi bilan uchrashuv belgiladik. Birga tushlik qiladigan bo’ldik. Maktabga investitsiya haqida gaplashmoqchi edik. Akamiz 30 min kech qolib keldi. Kech qolayotganini aytmadi ham. Kelgandan keyin ham sababini aytmadi. «Uzr ozgina ushlanib qoldim» dedi xolos. Xulosa: «vaqtingni qadrlamagan, pulingni ham qadrlamaydi»
- klinikalar ko’p pul topadigan lazer operatsiyalari bor. Ularni qanday qilinishi haqida so’rashdi. Qoidaga ko’ra ko’zoynakdan qutulish uchun qilinadigan lazer operatsiyalar ko’z stabil holatda bo’lgandagina qilinadi. Ya’ni minus yoki plyus o’smagan bo’lishi kerak. Bunga ishonch hosil qilish uchun bemorni kamida 6 oy kuzatiladi. Bu eng muhim talablardan biri. Stabil bo’lmagan bemorlar operatsiya uchun yaxshi kandidat emas. Uzbda bunga ko’p xirurglar amal qilmasligini ko’rishdi. Xulosa: «daromad bemordan ustun»
Kelgan mehmonlarda baraka degan tushuncha yo’q. Qadriyatlar haqida bong urganini eshitmaganman. Ammo biznesi rivojlanishi uchun aldov bo’lmasligiga juda katta e’tibor berishadi. Mijozni aldagan, hamkorni ham aldaydi degan fikr bor ularda. Ishonch eng muhim ko’rsatkich, biznesdagi asosiy kompas darajasida.
Men esa o’zimcha hursand bo’ldim.
«Zato rosa osh bilan go’shtga mehmon qildim bularni» deb.
Bek Olimjon
Eidsvoll, Norvegiya
09.05.25
PS. Investitsiya fikridan butunlay voz kechilgani yo’q. Sababi uchrashgan tanishlarimiz ichida kelishuvga amal qilganlari ham ko’p edi. Ular biznesi hali katta bo’lgani yo’q, yo ular chetga ketmoqchi bo’lganlar. Umid katta.
_
Bek Olimjon aka bizni ham bu mehmonlar bilan uchrashtirgan edik. Imkon boricha O'zbekiston haqida yaxshi tasavvur qoldirishga harakat qilgan edim. Afsus, biz o'zimiz "yetmas" ekanmiz!

Sun'iy aql va inson aqli o'rtasidagi farq kamayib borayotgan ekan. Rasmga qaralsa AI deyarli ko'p narsalarda rasm chizish, PhD darajasidagi savollarga javob berish, tilni tushinish kabi sohalarda odamlardan o'tib ketib bo'lgan. Birgina oqsayotgan soha bu bir nechta predmetlarni, masalan, rasmlar, yozuvlar, diagramlarni bir-biriga mantiqan bog'lay olishlik darajasi bo'layotgan ekan. Lekin o'rtadagi farq juda ham yaqin qolgan - atiga 4.2% yaxshilansa, AI ham bu sohada odamlarga yetib oladi.
Hozir sun'iy intellekt har to'rtinchi ishga o'z ta'sirini ko'rsatayotgan ekan.

O'zbekiston pul bosib chiqarish (money supply) o'sishi bo'yicha Top-5 talikda!
Ha, bu maqtanadigan narsa emas, albatta. Ko'p pul ta'minoti iqtisodiyotda infliyatsiyani kuchaytiradi va dollar narxi oshadi.
Ha, u iqtisodiy o'sishga stimul bo'lishi ham mumkin, agarda pul ta'minoti iqtisodiy o'sish bilan mutanosib olib borilsa.
@v_turakulov

Forwarded from Mirkonomika
The Economist:
“20-asr boshida Amerika birorta ham ilmiy sohada yetakchilik qilmas edi. Asr oxiriga kelib esa, u yetakchi bo‘lmagan soha qolmadi. Amerikaning muvaffaqiyatlari — uning iqtisodiy qudrati, texnologik va harbiy salohiyati — bularning barchasi ilmiy yutuqlar bilan chambarchas bog‘liq”.
“Amerika — jamoaviy ilmiy tadqiqotlarga eng yirik moliyaviy ko‘mak ko‘rsatuvchi davlat hisoblanadi. Ilm-fan yo‘nalishida Nobel mukofotining yarmi amerikalik olimlarga berilgan, shuningdek, dunyodagi eng nufuzli o‘nta ilmiy-tadqiqot universitetining to‘rttasi aynan shu mamlakatda joylashgan”.
Ammo “Atigi bir necha oy ichida Tramp ma’muriyati minglab ilmiy grantlarni bekor qildi va olimlarga ajratilishi kerak bo‘lgan milliardlab dollar mablag‘larni to‘xtatib qo‘ydi. Dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan bo‘lgan Harvard va Kolumbiya universitetlarida olib borilayotgan loyihalar keskin tarzda tugatildi. Taklif etilayotgan byudjet choralari esa AQShning asosiy ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi agentliklarining mablag‘larini 50 foizgacha qisqartirishni nazarda tutadi”.
“Amerika uzoq yillar davomida texnologik va ilmiy ustunligi tufayli dunyoning eng iqtidorli mutaxassislarini o‘ziga jalb etib kelgan edi. Endi esa, dunyoning eng ziyolilari bu mamlakatdan chiqib ketish yo‘lini izlayotgandek.”
“Joriy yilning dastlabki uch oyida xorijda ish izlagan amerikalik olimlar soni 2024-yilning shu davriga nisbatan 33 foizga oshgan bo‘lsa, Amerikaga kelish uchun ariza topshirgan xorijlik tadqiqotchilar soni esa 25 foizga kamaygan”.

O'zbekiston pul bosib chiqarish (money supply) o'sishi bo'yicha Top-5 talikda! Ha, bu maqtanadigan narsa emas, albatta. Ko'p pul ta'minoti iqtisodiyotda infliyatsiyani kuchaytiradi va dollar narxi oshadi. Ha, u iqtisodiy o'sishga stimul bo'lishi ham mumkin…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM