Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kömak #technocamp
O'g'lim 9 yoshda.
Yaqinda bir haftaga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil qilingan Texno lagerga borib keldi. (Bizni yoshligimizda bu kabi lagerlar bo'lmagan, to'g'risi havas qildim.)

Lager haqida video kontestda qatnashyapti. Halol bo'lsin deb videoni o'ziga qilishga qo'yib berdim. CapCut'da birinchi loyihasi. Yutsa puliga 3D printer olar ekan 😄

Iltimos, Instagramimga kirib layk, izoh va ulashib yuborish orqali qo'llab-quvvatlasangiz (dadasining obunachilari kuchini bir ko'rib qo'ysin 😄):
https://www.instagram.com/reel/DLDHw2utA8X/?igsh=MTVsMTk1bWh0NmpmYQ==

Instagram asosiy platforma, lekin Instagrami yo'qlar uchun YouTube linki:
https://youtube.com/shorts/3qALGw0m9JI?si=a6DNl0HUmxTbkzvO

Oldindan tashakkur!

@v_turakulov
Forwarded from Mirkonomika
2003 yilda 53 ta Afrika davlatlarining 18 tasi AQShga nisbatan Xitoy bilan ko’proq savdo qilgan bo’lsa, 2023 yilga kelib 54 ta mamlakatdan 52 tasi AQShdan ko’ra ko’proq Xitoy bilan savdo qilmoqda ekan (#)
#shunchaki
Odamlar shu qadar o'zlarini o'ylashadiki, ular hatto o'likka ham soliq solisha oladi. O'tgan asrlarda Angilyalik mato ishlab chiqaruvchilar, paralamentga murojaat qilib "o'liklarni ko'mishda mahalliy matodan ishlatilmasa, jarima solinishi" bo'yicha qonun kirita olishgan ekan.

'Why Nations Fail" kitobida keladi.
Ingliz tarixchisi Kristofer Hill qayd etganidek, har bir ingliz 1600-yillarda shunday yashardi:

Monopoliya gʻishtlaridan qurilgan, monopoliya oynasidan tayyorlangan monopoliya derazasi oʻrnatilgan, monopoliya temiridan yasalgan monopoliya kaminida monopoliya koʻmiri (Irlandiyada monopoliya yogʻochi) yoqib isitilgan uyda. U monopoliya sovuni bilan yuvinadi, kiyimlarini monopoliya ohori bilan ohorlardi. U monopoliya toʻri, monopoliya gazlamasi, monopoliya charmi, monopoliya zardoʻzi libosini kiyardi... Uning liboslariga monopoliya tasmalari, monopoliya tugmalari va monopoliya toʻgʻnogʻichi taqilardi. Kiyimlarga monopoliya boʻyoqlari bilan rang berilardi. U monopoliya saryogʻini, monopoloya qoragʻati, monopoliya seld baligʻi, monopoliya lososi va monopoliya sakkizoyogʻini isteʼmol qilardi. Uning taomlariga monopoliya tuzi, monopoliya murchi va monopoliya sirkasi solinardi... U monopoliya qogʻoziga monopoliya ruchkasi bilan yozar, (monopoliya shamlari yogʻdusida monopoliya koʻzoynagi bilan) monopoliya nashr qilgan kitoblani o'qirdi!
Eng to'g'ri monopoliya – bu qonun ustivorligi uchun qilingan monopoliya.
Биз – Ўзбекистон – Марказий Осиёнинг, Туркистоннинг, Туроннинг марказидаги, юрагидаги давлатмиз, халқмиз, миллатмиз. Марказий Осиёдаги тўртта (Тожикистон, Туркманистон, Қирғизистон ва Қозоғистон) биродар, қўшни давлат ва халқлардан кейин, биз учун қадрли, қимматли бўлган яна тўртта жанубий давлатлар борки, бу бизнинг хавфсизлигимиз учун, тинчлигимиз ва тараққиётимиз учун энг муҳим давлатлардир.

Булар – Туркия, Эрон, Афғонистон ва Покистон. Бу давлатлар – бизнинг тарихий биродарларимиз, қон-қардошларимиз. Тарихан, бу давлатлар ва халқлар билан битта маданий маконда бўлганмиз. Бугунги глобал рақобатлар даврида, битта цивилизацион гуруҳдамиз. Буларнинг биронтасининг йиқилиши – биз учун ҳам муаммо еки таҳдид келтиради. Бугун Эроннинг бошига катта имтиҳонлар келмоқда. Ғарб Эронни йиқитиб, Исроил учун қулай бўлган катта коридор очмоқчи.

Бундан кейин биз жанубдаги тўртта қўшни давлатларга ғарб стереотиплари орқали қарашни тўхтатишимиз керак. Жамоатчилик фикрини кўп кузатдим, Ўзбекистон жамоатчилигининг 90% еки ундан кўпроғи Эронни қўллаб-қувватламоқда. Чунки халқимиз Исроил-Эрон тўқнашувларида кимни ким эканлигини яхши тушуниб бўлди. Дунё ҳамжамияти ҳам ким жиноятчи, ким геноцид қилаётган давлат эканлигини яхши тушуниб бўлди. Худодан Эронга нусрат сўраймиз!

@Rabbimov_rasmiy
AQSH gegamonligi 3+ yil vaqt davomida yo'qolib boradi...

EAFda shunday maqola chiqibdi:
The end of the American century

Unga ko'ra yaqinda bo'lib o'tgan G7 liderlar yig'ilishining yarmida Donald Trump chiqib ketgandan so'ng ramziy ma'noda G6 ancha samaralidek ko'rinib qolgan. (Yig'ilishga kelgan liderlarning ko'plari summit doirasida Trump bilan (ahmaqona) savdo bojlarini tushirish bo'yicha gaplashib olmoqchi bo'lishgan, lekin Trump yarmida summitni tark etvorgan.)

AQSH nafaqat harbiy, balki iqtisodiy va ideologik jihatdan ham global lider sifatida o‘z pozitsiyasini yo‘qotyapti.
Asosiy masala endi dunyo tartiboti ko'p qutiblilikka o'tib borayotganida. Afsus, buni AQSH tan olgisi kelmayapti. Lekin AQSH endi yagona superdavlat emas, Xitoy, Yevropa Ittifoqi va hatto Hindiston ham o‘z so‘zini aytadigan davrga o‘tyapti.

Bu siyosiy jihati edi. Iqtisodiy jihatdan esa Trumpning 'Liberation Day' dagi joriy qilgan ta'riflari liderlikni berib qo'yishiga debocha bo'ldi.

Ichki nizolar ham bor:
AQSHdagi siyosiy qutblashuv, ichki tartibsizliklar va demokratik institutlarga bo‘lgan ishonchning kamayishi ham uning tashqi nufuzi pasayishiga xizmat qilmoqda.

Qisqasi, AQSH endi boshqalarni ergashtirayotgan davlat emas. Aksincha, o‘zini qanday tutishni bilmayotgan 'urushqoq bola'ga aylanyapti.

@v_turakulov
⚽️ Man City 6:0 Al-Ain
Bu Manchester City'ni kuchayib ketganidan darak bermaydi. Shunchaki raqib tomonning kuchsizligdan darak beradi.

💵 1 dollar 12,410 so'mgacha tushdi
Bu so'mning mustahkamlanayotganidan darak bermaydi. Shunchaki dollarni global miqyosda zaiflashib borayotganidan darak beradi.

Ba'zi ekspertlar eng minimum 12,360 gacha tushishini prognoz qilishmoqda.

#qisqa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir necha yillik faoliyatimdan so'ng, CAUda o'z faoliyatimni tugatyapman.

CAU nafaqat mening birinchi ish joyim, balki ko‘plab #birinchi yutuqlarim amalga oshgan maskan sifatida yodimda qoladi:
#Birinchi marta kafedra mudiri bo'ldim.
#Birinchi loyiham Export Lab
#Birinchi pedagogik mukofatim "Eng Innovativ O'qituvchi"
– CAU Biznes maktabi tomonidan O‘zbekistonda #birinchi marotaba o‘tkazilgan Harvard Biznes Keys musobaqasi
– Va Eksport Lab talabalarimning o‘sha musobaqada #birinchi o’rin bo’lishlari

Talabalarim,
Sizlar mening shunchaki o‘quvchilar emas, balki yangi bilimlar kashf etish yo‘lidagi hamrohlarim bo’ldingiz. Qiziquvchanligingiz va g’ayratingiz meni ham o‘qituvchi ham shaxs sifatida o‘sishga undadi. Agar men sizlarga tanqidiy fikrlash, o‘ziga ishonch, jasorat va adolat kabi tuyg’ularni singdira olgan bo’lsam, demak vazifamni ado etibman!

Hamkasblarimga alohida tashakkurlar aytmoqchiman! Og’ir va yengil kunlarda sizlar bilan birga bo’lganimdan hamda shu davr mobaynida sizlardan ko’p narsa o’rganganimdan juda ham xursandman! Sizlar eng zo'risizlar!

Ayniqsa, dekanimiz Odiljon Abdurazzakov akaga eng boshidan meni qo’llab-quvvatlab ham hamkasb, ham aka bo’lgani uchun tashakkurlar aytmoqchiman. Siz eng zo’r lidersiz!

Shuningdek, CAU menejment jamoasiga ham so'ngi kunlarda qo’llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Texnik xodimlar, xavfsizlik xizmati va farrosh opa-singillarimizga g‘oyat qadrli yordamlari uchun rahmat aytaman. Sizlarsiz CAU nurini yo’qotadi.

Hozirda bir nechta universitetlar bilan muzokaralar olib boryapman va #akademik_erkinlik — erkin ta’lim hamda erkin ilmiy ish qilish kabi qadriyatlarimga mos keladigan imkoniyatlarni bajonidil qarshi olaman.

Rahmat, AU/CAU.
Dr. Valijon To‘raqulov

P.S. Shu munosabat bilan, menga birinchi bo‘lib ishonch bildirgan va ilmiy faoliyatimni (C)AUda boshlash imkoniyatini bergan sobiq rektorimiz Bekzod Jalilovga va sobiq Muhandislik maktabi mudiri Bahodir Ahmedovga ulardan doimo minnatdor ekanligimni aytmoqchiman.

~ Hayot davom etadi...

@v_turakulov
Forwarded from Turakulov | Mutolaa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Boyhood: 12 yil davomida olingan kino

Aktyor va aktrisalarni shunchaki 12 yil davomida qanday o‘zgarishini ko‘rish odamni tafakkurga chorlaydi.

Bu qo‘shiq — kinoning oxirida butun boshli voqealarga xulosa bo‘ladi. Mening hozirgi holatimga juda ham mos:

“Let me go, I don’t wanna be your hero…”
Men ham qahramon bo‘lishni istamayman. Kimlarningdir ro‘parasida o‘zimni oqlashni emas, shunchaki o‘z yo‘limda yurishni istayman.

#asosiy_mesidj
“I do not wanna be a part of your parade…”


Har bir tugash – yangi muqaddima!

@v_turakulov_stories
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mualliflar masalaga yechim ham taklif qilishadi.

- Global to‘lov ittifoqi (clearing union)
Bu shunday tizimki, davlatlar o‘zaro savdoda to‘lovlarni dollarda emas, markazlashtirilgan hisob-kitob valyutasi (masalan, Keynes taklif qilganidek "bancor") asosida yuritadi. Tovar va xizmatlar qiymati hech bir milliy valyutaga bog‘lanmaydi, balki hamma davlatlar uchun neytral, global “hisob birlik” (unit of account) orqali baholanadi.

- Savdo ortiqchaligiga soliq
Ya'ni ko'p eksport qilayotgan davlatlar uchun maxsus soliqlar solish. Bu soliqlarni boshqa davlatlarda ishlab chiqarishni kuchaytirishga qaratish. (Bu taklifga shaxsan qarshi bo'lgan bo'lar edim. Bunda ko'proq global kommunizmga o'tib ketish xavfi bor.)

- Xalqaro moliyaviy institutlarni “Global Janub”ga ochish
Hozir deyarli hamma moliyaviy institutlar AQSH va Yevropada joylashgan. Pul ularni qo'lida! Tenglikni tiklash maqsadida bu institutlarni janubga ko'chirish kerak deyishadi, mualliflar.

____
Bu tizim shunday shakllanib qoldimi yoki shakllantirildimi? Bu tizim bilan kambag'al davlatlar ham rivojlana oladimi? Mualliflar aytgan yechimlar ideal lekin manfaatlar to'qnashuvi bor ekan amalda qo'llab bo'ldimi yoki yo'q? Bular savollar...

2/2


Maqola: PDF fayl

@v_turakulov
2025/06/28 12:41:58
Back to Top
HTML Embed Code: