🚀 Universal Bank is hiring!
They're looking for skilled professionals to join their growing team in Tashkent/Kokand! I know their Team Lead personally and really recommend to work with!
📌 Open Positions:
• Database Administrator — from $2000+
🔗 Apply: universalbank.uz/en/vacancies/database-administrator
• Senior DevOps Engineer — from $2000+
🔗 Apply: universalbank.uz/en/vacancies/senior-devops-engineer
• UI/UX Designer — from $1500+
🔗 Apply: universalbank.uz/en/vacancies/ui-ux-designer
📍 Join a modern team working on real-impact projects in the banking industry.
Know someone perfect for one of these roles? Share this post!
🔗 Learn more about us: universalbank.uz

👍23🔥7👎4❤3
Tushlik qilgani ofis oshxonasiga tushgandim. Ovqat asosan bufetga o'xshab tayyor turadi, lekin alohida "action counter" degan joy ham bor va u yerda ovqatni joyida tayyorlab berishadi. Menyuda Spotlight: Jesper Nilsson degan ovqat ham bor ekan. Borib o'sha yerda ishlayotgan akaga buyurtma berdim:
Aka: Hi, what would you like to have?
Men: One Jesper Nilsson, please
Aka: I am Jesper Nilsson
Men: 😬
Bu haftaning maxsus ovqatlari Shvedcha ekan va ularni stajyor Jesper Nilsson pishirayotgan ekan. Shuning uchun akani ismini menyuda "spotlight" qilib qo'yishibdi.

😁151🤣111👍7👎3
Oldin Amazon va Google’da katta rollarda (Staff/Principal SWE) ishlagan va hozirda Anthropic’da ishlayotgan Nodir Turakulov (@nodir_log) bilan vanihoyat uchrashdik.
Anthropic dunyoning eng zo’r coding modeli bo'lmish Claude’ni quradi va Nodir aka modelning Reinforcement Learning qismida ishlaydi. IT olamida bizdan ko’p ko’ylak yertgan bo’lsada, Nodir aka bilan huddi oddiy bir dasturchi bilan gaplashgandek maroqli suxbat qildik.
Nodir akadan bir qiziq savol so’radik: Keyingi 5 yilda dasturchilar uchun eng katta imkoniyatlar qayerda bo’ladi? Ehh kallavarang, AI kompaniyada ishlaydigan odamdan nima ham kutsa bo’ladi?! — AI’da deb javob berdilar, albatta.
Jiddiy gapiradigan bo’lsak, Nodir aka aytishicha AGI’ga erisha olishimizni hech kim bilmaydi, agar AGI’ni iloji bo’lsada uni qachon yaratishimizni aniq bilmaymiz. Shunday ekan AI hozircha dasturchi uchun juda foydali bir tool bo’lib qolyapti. Uni samarali ishlata oladigan dasturchi boshqa dasturchilarga qaraganda IT ish bozorida qiymati ancha ko’proq bo’ladi.

1🔥62👍21❤10👏3
Silicon Valley’dagi bollar bilan choyxonaga golf o’ynagani bordik. Ko’p qiziq gaplar bo’ldi, ayniqsa FIRE haqida.
FIRE (Financial Independence, Retire Early) bu moliyaviy erkinlik bo’lib yoshlikda juda qattiq mehnat va juda kam harajatlar qilib erta nafaqaga chiqish degani. Hop FIRE qilish uchun sizga qancha pul kerak bo'ladi?
Deylik sizning hayot tarzingiz yiliga X summani talab qiladi. Agar siz shu summani 25 barobarini ishlab topsangiz (toza daromad), siz ertagayoq boshlig’ingiz eshigini tepib chiqib ketsangiz bo’ladi. Chunki agar shu summani stock market’ga sarmoya qilsangiz pulingizni asosini yo’qotmagan holda har yili 4% yechib yursangiz bo'ladi. Chunki sizning sarmoyangiz yiliga 4% dan ko'proq o'sishi kutiladi (inflyatsiyani hisobga olganda).
Deylik siz (va sizning oilangiz) uchun yiliga $12k kerak bo'ladi. 25 barobari $300k bo'lar ekan. Agar siz shu pulni ishlab topsangiz, siz umirbod nafaqaga chiqsangiz bo'ladi.
Sizga FIRE qilish uchun qancha pul kerak bo'lar ekan?

4❤41👍26🔥8😢2⚡1👎1
FIRE'ning bir qiziq tomoni bor. Hayot tarzingiz qancha orzon bo'lsa, nafaqaga chiqish shuncha tezroq bo'ladi.
Case A:
— Eng oldi moshina minasiz, shahar markazida katta kvartirada yashaysiz, va zo'r restaranda ovqatlanasiz.
— Sizga yiliga $24k kerak.
— Nafaqaga chiqish uchun $600k kerak.
— 24 yilda FIRE.
Case B:
— O'rtacha moshina minasiz, shahar chekkasida katta kvartirada yashaysiz, va asosan tashqarida ovqatlanasiz.
— Sizga yiliga $12k kerak.
— Nafaqaga chiqish uchun $300k kerak.
— 12 yilda FIRE.
Case C:
— Ishlatilgan moshina minasiz, shahar chekkasida kichik kvartirada yashaysiz, va asosan uyda ovqatlanasiz.
— Sizga yiliga $6k kerak.
— Nafaqaga chiqish uchun $150k kerak.
— 6 yilda FIRE.
Qayerga ketayotganimni tushundingiz. Bir do'stim bor, hayoti sal qiyinlashganda "ehh jonga tegdi hammasi, shart 2ta qo'yni olib toqqa chiqib ketsammikan" deydi:
CASE X:
— Tog'da moshina kerak emas, kichik kulbada yashaysiz, va faqat uyda ovqatlanasiz.
— Sizga yiliga $0 kerak.
— Nafaqaga chiqishingiz uchun $0 kerak.
— Siz bugunoq FIRE qilsangiz bo'ladi.

😁122❤15👍7👎3⚡1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hamkasbim mobile app yaratibdi. What does your app do? deb so'rasam, It does absolutely nothing, it is just cute dedi.
Appni ismi Aro Screen Pet ekan. Qiziqib o'rnatib ko'rdim, rostan hech narsa qilmas ekan, ekraningiz ustidagi oddiy digital pet. Appni ishlatib ko'rib darhol Black Mirror'ning Plaything epizodi esga keldi — g'oyalar juda o'xshash.
G'oya qiziq chunki AI bilan ajoyib potensialga ega. Hamkasbim astalik bilan pet'ga harakter qo'shyapti (tepadagi videoda ko'ring). Uni aytishicha hozirda AI uchun yaxshi UI yo'q va u qurayotgan narsa kelajakda AI bilan muloqot uchun interface'ga aylanishi mumkin ekan.
Siz ham ishlatib ko'ring: Play Store.

❤32👍25🥴8🔥3😁2🏆2
Forwarded from @Rustam-Z⚡️
And finally, the video from the Silicon Valley trip is ready! 🔥 The content is super interesting. Enjoy watching it, and I hope it will be a great motivation for most of you.
—
🇺🇿Va nihoyat, Kremniy Vodiysi safari videosi tayyor bo'ldi 🔥 Kontent juda qiziqarli bo'ldi. Umid qilamanki, bu ko'pchiligingiz uchun ajoyib motivatsiya bo'ladi.
🔗 https://youtu.be/GgA8ke9khls?feature=shared

YouTube
Ikki O'zbek Dasturchining Kremniy Vodiysiga Sayohati | @vovopapcom bilan
Vohid Karimov va Rustam Zokirov'ni Amerikadagi, Kremniy Vodiysiga, 2 haftalik sayohati.
00:01:52 Google Campus'lari, Stanford Universiteti
00:25:50 San Francisco'dagi kun 🌉
00:30:18 Akmal Paiziev bilan uchrashuv
00:33:26 San Francisco'da Nodir Turakulov…

🔥41❤14👍7⚡2
Big brain time 🧠
Telegram tug'ilgan kunimni har oy so'rayveradi. Har oy "yo'q tug'ilgan kunimni bermayman, kerak emas tabriklar va kerak emas do'stlar sovg'a qilgan Telegram premium" desam ham so'rayveradi. Durov, qayerga qarayapsan?
Bugun ohiri taslim bo'lib bugungi kunni tug'ilgan kunim deb belgilab qo'ydim. 10 minut o'tib bir contact tug'ilgan kunim bilan tabrikladi🗿
Ozgina research qilsam Permission Settings'da tug'ilgan kunni ko'rishni Nobody qilib qo'ysa bo'lar ekan. Muammo yechildi, endi tug'ilgan kunimni hech kim bilmaydi. Pavel Durov ham.

😁149🔥19👀8👍3🤝3👏2❤1
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Keyingi oydan NVIDIA ga o’tyapman.
O’sha Rust da o’sha murakkab distributed systems ishlarini qilishda davom etaman.
Ana endi “Amazon da bunaqa qilinadi” deb emas, “NVIDIA da bunaqa qilinadi” deb boshinglarni og’ritaman.
@jakhonrakhmonov

1🔥162👏28⚡11❤9👍5👨💻5
Forwarded from @Rustam-Z⚡️
Yevropadagi Oyliklar: Germaniya, Myunxen 🇩🇪
Biz Google’dagi junior, middle, senior maoshlarni taqqoslaymiz.
Maoshlar, soliqlar va oylik xarajatlar haqida gapiramiz. Bo‘ydoq bo'lsangiz yoki oilangiz bilan birga bo‘lganingizda qancha pul tejashingiz mumkinligi haqida gaplashamiz.
💰Yillik Maosh
⸻
Junior:€115,000 - €125.000
(€82,000 base, 15% bonus, €25,000 stocks)
Middle:€165.000 - €175.000
(€105,000 base, 15% bonus, €45,000 stocks)
Senior:€215,000 - €230,000
(€130,000 base, 15% bonus, €65,000 stocks)
🥲 Soliqlar
⸻
Soliq foizi maoshingiz, oilaviy holatingizga (bo‘ydoq yoki turmush qurganligingizga), farzandlaringiz bor-yo‘qligiga. Tibbiy sug‘urta turingizga ham bog‘liq.
Bo‘ydoqlar eng ko‘pini to‘laydi. Oilaviy odamlar kamroq soliq to‘laydilar.
Farzandli bo‘lsangiz, har bir farzandingiz 18 yoshga to‘lgunga qadar davlatdan oyiga qo‘shimcha €250+ olasiz, har bitta bolangizga, 18 yoshligigacha!!!
Xulosa, agar siz bo‘ydoq bo‘lsangiz,42% - 43% oralig‘ida soliq to‘laysiz. Ammo turmush qurgan bo‘lsangiz, maoshingizga qarab 32% - 38% oralig‘ida to‘laysiz (p.s. ikkinchi odam maoshsiz, yoki kamroq maosh olsa).
Misol uchun:
Junior: bo'ydoq, yillik €120,000 dan 42% soliq to'lasa, qo'liga €70,000 qoladi, bu €5800 oyiga. Dollarda bu $6800+ soliqdan keyin, OYIGA, JUNIORGA 🥲💸
Middle: oilaviy, yillik €165,000 qilsa, 36% soliq to‘lasa, €105,000 qoladi, bu €8800 oyiga ($10000+). Agar turmush qurmagan bo'lsa, 43% to‘lagan bo‘lardi.
Soliq kalkulyator.
🥨 Oylik xarajatlar
⸻
🏠 Uy ijarasi
Myunxenda studio'lar €900 - €1200. 2 xonali kvartira uchun ijara haqi o‘rtacha €1500 - €1700. Hammasi ichida (elektr energiyasi, suv, qishda isitish).
🍉🥘 Ovqatlanish
Google’da ishlasangiz, 3 mahal ovqat ofisda beriladi, boydoqlar uchun zo‘r. Supermarketdagi narxlar Toshkentdaki. Shuning uchun hozir O‘zbekistonda qancha sarflasangiz ovqat uchun bu yerda ham shuncha bo‘ladi (+15 - 20% maybe).
Tashqarida ovqatlansangiz, bir kishi uchun €10 - €25 yevro atrofida bo‘ladi.
Meni uydan tashqari xarajatlarim €300 chiqadi.
🚗 Transport
Oyiga €58 D-ticket olasiz, va butun Germaniya boylab safar qilsa bo‘ladi.
📌 Xulosa
⸻
https://docs.google.com/spreadsheets/d/11NL4IMydeuP2WG_-sEtlFk8FNYXFpGxMHfC7lbnl5Wc/edit?usp=sharing
@cracking_maang
Biz Google’dagi junior, middle, senior maoshlarni taqqoslaymiz.
Maoshlar, soliqlar va oylik xarajatlar haqida gapiramiz. Bo‘ydoq bo'lsangiz yoki oilangiz bilan birga bo‘lganingizda qancha pul tejashingiz mumkinligi haqida gaplashamiz.
💰Yillik Maosh
⸻
Junior:
(€82,000 base, 15% bonus, €25,000 stocks)
Middle:
(€105,000 base, 15% bonus, €45,000 stocks)
Senior:
(€130,000 base, 15% bonus, €65,000 stocks)
🥲 Soliqlar
⸻
Soliq foizi maoshingiz, oilaviy holatingizga (bo‘ydoq yoki turmush qurganligingizga), farzandlaringiz bor-yo‘qligiga. Tibbiy sug‘urta turingizga ham bog‘liq.
Bo‘ydoqlar eng ko‘pini to‘laydi. Oilaviy odamlar kamroq soliq to‘laydilar.
Farzandli bo‘lsangiz, har bir farzandingiz 18 yoshga to‘lgunga qadar davlatdan oyiga qo‘shimcha €250+ olasiz, har bitta bolangizga, 18 yoshligigacha!!!
Xulosa, agar siz bo‘ydoq bo‘lsangiz,
Misol uchun:
Junior: bo'ydoq, yillik €120,000 dan 42% soliq to'lasa, qo'liga €70,000 qoladi, bu €5800 oyiga. Dollarda bu $6800+ soliqdan keyin, OYIGA, JUNIORGA 🥲💸
Middle: oilaviy, yillik €165,000 qilsa, 36% soliq to‘lasa, €105,000 qoladi, bu €8800 oyiga ($10000+). Agar turmush qurmagan bo'lsa, 43% to‘lagan bo‘lardi.
Soliq kalkulyator.
🥨 Oylik xarajatlar
⸻
🏠 Uy ijarasi
Myunxenda studio'lar €900 - €1200. 2 xonali kvartira uchun ijara haqi o‘rtacha €1500 - €1700. Hammasi ichida (elektr energiyasi, suv, qishda isitish).
🍉🥘 Ovqatlanish
Google’da ishlasangiz, 3 mahal ovqat ofisda beriladi, boydoqlar uchun zo‘r. Supermarketdagi narxlar Toshkentdaki. Shuning uchun hozir O‘zbekistonda qancha sarflasangiz ovqat uchun bu yerda ham shuncha bo‘ladi (+15 - 20% maybe).
Tashqarida ovqatlansangiz, bir kishi uchun €10 - €25 yevro atrofida bo‘ladi.
Meni uydan tashqari xarajatlarim €300 chiqadi.
🚗 Transport
Oyiga €58 D-ticket olasiz, va butun Germaniya boylab safar qilsa bo‘ladi.
📌 Xulosa
⸻
https://docs.google.com/spreadsheets/d/11NL4IMydeuP2WG_-sEtlFk8FNYXFpGxMHfC7lbnl5Wc/edit?usp=sharing
Bo'ydoq junior: €5800 maosh - €1000 ijara - €400 ovqatlanish va transport = €4400 oyiga tejashi mumkin. Siz bu pullarni investitsiya qilishingiz, sayohat qilishingiz va hayotdan zavq olishingiz kerak.
Oilaviy middle: €8800 maosh - €1600 ijara - €400 x 2 = €6400 - va boshqa men bilmaydigan xarajatlar.
@cracking_maang
❤65👍54🔥19😢5🤣2🤝2
Ukam yaqinda hayotidagi muhim bir davrni boshlaydi — talabalik. Ukamga quyidagi maslahatlarni berdim:
— Maqsadlarni katta qo'y. Kichik maqsadlar bilan hayot juda tez juda zerikarli bo'lib ketadi. Energiya maqsadlarni yaratmaydi, aksincha maqsadlar energiya yaratadi.
— O'zingni aqlli va kuchli talabalar bilan o'ra. Bir guruhning eng aqllisi bo'lgandan ko'ra, boshqa bir guruhning eng aqlsizi bo'l. Aqlli odamlar orasida tezroq o'sasan. Ular seni yerda ushlab turishadi.
— Ko'p loyihalar qil. Yangi texnologiyalar o'rganib ular bilan pet projectlar yarat. Hackathonlarga qatnash. O'rtoqlaring bilan study group yaratib yangi narsalar o'rgan. Foydali postlar va artikllar yoz. Qiziq videolar yaratib YouTubega joyla. O'qish tugashini yoki 2-kurs bo'lishni kutma, ishga (boshida internshipga) topshir. Intervyularga bor, yeqil, qayta tayyorlan, yana bor. Shu qilgan ishlaring seni har doim boshqa odamlardan ajratib turadi.
— Qisqa yo'l qidirma. Bu o'zingni har doim qiyna degani emas. Yo'lingdan oson yo'l chiqsa undan albatta foydalan, lekin har doim qisqa yo'llarni qidirma. Ko'p erishishga arzigulik narsalar uchun qisqa yo'l yo'q.
— Universitetda berilgan bilimlar bilan cheklanib qolma. O'zing uchun self-study intizomini yarat, maqsadlaringga yetishish uchun learning machine'ga aylanishing kerak. Universitet qanchalik kuchli bo'lmasin u senga faqat dengizdan bir tomchi bilimni bera oladi holos.
— Kamtar bo'l. Biror narsani bilmaysanmi? Bilmayman deyishni o'rgan. Biror narsani tushunmadingmi? Savollar so'rashdan uyalma (uyalish ham manmanlikni bir turi). Professor yoki student noto'g'ri narsa aytdimi? Ularni to'g'irlashga shoshilma. Fikringni hurmat bilan yetkazishni mashq qil.
Trust the process, enjoy the process.

2🔥126❤25👍23🥴2
Agar boshimga g'isht tushib dasturlash bilimlarimni esimdan chiqarib qo'yganimda, dasturlash sohasini o'rganishni shubhasiz shu kursdan boshlagan bo'lar edim:
https://www.youtube.com/playlist?list=PLhQjrBD2T381WAHyx1pq-sBfykqMBI7V4

CS50x 2024 Lectures
This is CS50, Harvard University’s introduction to the intellectual enterprises of computer science and the art of programming, for concentrators and non-con...
🔥60😁34❤8👍7⚡3
Mening ona tilim o'zbek tili va menga o'xshab chet eldan kelgan hamkasblarim rus, hind, arab, alban, eston, va ispan ona tillariga ega. Biz ona tili nemis tili bo'lgan davlatda yashaymiz.
Ammo, bir-birimiz bilan ingliz tilida gaplashamiz 🤔🤔🤔

😁116🗿8❤6👍5🥰3💯3👎1
Men yoshligimdan mustaqillikni o'rgandim. 15 yoshimda qishlog'imni tashlab Namangan shaxriga litseyda o'qish uchun ketdim, keyin 18 yoshimda Toshkentga bakalavr o'qish uchun bordim va 2020 yilda Yevropaga ko'chib keldim.
— 15 yoshimda o'zim ovqat pishira olardim (oshdan tashqari deyarli hamma taomlarni). Bir marta uyda ishlayotgan ustalar uchun zo'r mastava qilib berganman. Uydan uzoqda och qolib yoki muntazam rolton yeb yurmasdim.
— Boshim yoki qornim og'risa nima qilishni bilardim. Albatta har safar oyamdan maslahat olardim, lekin o'z vaqtida muammoni hal qilish va dorilarni o'z vaqtida ichish masuliyatini o'zimga olardim. Hech kim menga aytishi kerak emas edi.
— Kiyimlarimni o'zim yuva olardim, kerak bo'lsa dazmollash va yertilgan bo'lsa tikish ham qo'limdan kelardi. To'g'ri ko'p holatda bu ishlarni oyam qilardilar, lekin shu ishlar qo'limdan kelishi uydan uzoqda yurganimda ota-onamga "peace of mind" berar edi.
— Uydan berilgan pulni qanday sarflashni bilardim. Keyingi safar qachon pul olishimni hisobga olgan holda bor pulni usha kungacha yetkazishga harakat qilardim. Ba'zida undanda ko'proq tejab 5-6 oyda usha men xoxlagan cool narsani sotib olar edim (delayed gratification). Bu ko'nikmalar keyinchalik o'zim pul topishni boshlaganimda katta yordam bergan (financial literacy).
Shu ko'nikmalar chet elda yashash uchun juda katta yordam bergan. Erta yoshdan mustaqil bo'lganim uchun chet elga borish uchun ota-onamdan ruxsat so'rashim shart bo'lmagan. Bir kuni uydagilarga men Gollandiyaga ketyapman keyingi oy deganman, dadam va oyam "aha bo'ptida" deyishgan.
O'zbekistonga ko'proq mustaqil yoshlar kerak. Chunki yoshligidan ma'suliyatni o'z zimmasiga olishni o'rgangan bu yoshlar voyaga yetganlarida yanada kattaroq mas'uliyatlar oladilar. Ular (aynan shu tartibda) o'zlari, oilasi, va mamlakati uchun to'g'ri ishlarni qiladigan odamlar bo'lishadi.

1🔥133👍43❤10⚡3👏3💯1
Vohid Karimov
delayed gratification
Maktab paytlarimda 3-4 oy davomida 100 ming so'm to'plab dadamdan 150 ming so'm olib 250 ming so'mga o'zimni birinchi velosipedimni sotib olganman.
Men yosh bola bo'lib velosiped uchun 100 ming beraman deyapman, endi silar 150 ming bermasalaring uyatda deganman uydagilarga 😁️️️️

😁160👍9🤣3⚡2
Biz dasturchilar juda sodda odamlarmiz.
Software development uchun Google'ning o'zini internal toolari borligini ko'pchilik bilsa kerak. Masalan, project/bug management uchun Jira'ga o'xshagan toolimiz yoki code review uchun GitHub PR review'ga o'xshagan toolimiz bor.
Har bir yaratilgan PR uchun unique auto-increment ID beriladi: 1, 2, 3, 4, ... N. Har safar ID'ning prefixi o'zgarganda, Googlerlar o'sha PRga kirib hayratlanishadi va muallifni tabriklashadi. Masalan, ID 499999 dan 500000 ga o'tganda 500000chi PRni nishonlaymiz.
Yaqinda yana PR prefix o'zgaribdi. Men ham bugun o'sha PRga kirib "wow cool" deb chiqib ketdim 😁️️

😁124👍8🥱2
Yandex Uzbekistan o‘zining Dev Camp dasturini ishga tushirmoqda: backend, algoritmlar, AI (sun’iy intellekt) haqida ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, vorkshoplar va hatto amaliyot imkoniyati ham bor!
Dasturning ochilish qismi — Yandex Uzbekistan Dev Meetup #3 20 sentyabr kuni Inha universitetida bo‘lib o‘tadi.
Mitapdan so‘ng — bir oylik Dev Camp boshlanadi. Bu kurs boshlang‘ich backend dasturchilar uchun mo‘ljallangan.
Ro‘yxatdan o‘tish: 17 sentyabrgacha
🔗 Havola
❗️Bepul (ha-ha, rostdan ham)
🧑💻 Qisqa aytganda — bu oddiy kurs emas, karyera master-klasslari, code-battlelar va backend bo‘yicha intensiv kurslar bilan to‘liq IT-loyiha.

🔥23👍7⚡6❤1
Amerikaga qilgan sayohatimizda Akmal Payziev (@paiziev24) bilan ham ko'rishib qiziq suxbat qilgan edik. Rustam va men shunaqa ko’p savol berganimizdan Akmal aka sizlar meni podcast qilyapsizlarmi dedilar.
Akmal aka yaqinda silicon valley'ga ko'chib keldilar va o'zlarini birinchi global startup'larini boshladilar - Numeo.
Rustam va men har xil startup idealar haqida o'ylaymiz, lekin har doim idealarimiz O'zbekistonga borib taqaladi. Shu borada Akmal akadan so'radik: Butun dunyoga product qurish niyatimiz bor, lekin faqat O'zbekiston uchun idealar kelaveradi. Nega global o'ylay olmaymiz?
Akmal akani aytishicha bunga sabab muhit ekan. Biz asosan o'zbeklar atrofida yurganimiz va o'zbek yangiliklarini istemol qilganimiz uchun miyyamizda shunday to'siq paydo bo'lgan. Akmal aka uchun silicon valley'ga ko'chib kelish o'zlarida shunday mental barrier'ni sakrab o'tishga yordam bergan ekan.

👍101❤26🔥13🏆7⚡1