Telegram Web Link
Chet elda O'zbekiston haqida mag'rurlanib gapiradigan narsalar ohirgi 5 yilda ko'payib qolgan bo'lsada (13ta olimpia medali, futbol jahon chempionati, shaxmatistlarimiz, boksyorlarimiz va hkz) o'zbek taomlari hali ham birinchi o'rinda turibdi 😁
πŸ”₯102🀣22❀9πŸ’―5⚑1πŸ‘1
Tajribamdan kelib chiqib aytaman β€” universitet davomida yo'nalishdan tashqarida ishlashlik keyinchalik o'qishni bitirganingizda yo'nalishingiz bo'yicha ishlamaslik ehtimolligini ancha ko'taradi. Ko'p 1- va 2-kurs studentlar ingliz tili yoki matematika o'qituvchisi bo'lib ishlashadi. 3- va 4-kurslar esa logistika kompaniyalarda dispatcher yoki work & travel qilishadi.

Men ham Westminster universitetida 1-kursda o'qiyotganimda o'z harajatlarimni qoplash uchun Toshkentda ingliz tili o'qituvchisi bo'lib ishlamoqchi bo'lganman. Omadim kelib meni ishga olishmagan (pedagogik mahorat kam bo'lgan) va shu narsa dasturlashni tezroq o'rganib ish topishga undagan.

Aslida, masuliyat olib o'z harajatlaringizni qoplashingiz bu juda yaxshi narsa. Lekin buning "2nd order effect"larini esdan chiqarmang. Universitet davrlari ishlab boyib ketadigan vaqt emas, universitet davrlari kelajak uchun poydevor quradigan eng zo'r vaqt. Ko'p pul topib chotkiy yashagandan ko'ra, harajatlarni eng pastiga tushurib o'sha bo'sh vaqtni o'z yo'nalishingiz uchun ishlatishingiz uzoq muddatli zo'r sarmoya bo'ladi.
7πŸ‘160❀26πŸ’―15πŸ”₯12
Yaqinda maktabni yoki kollejni bitirdingiz va hamma qatori bir nechta universitetlarga topshirdingiz. Deylik sizni 2ta universitet qabul qildi. Biri siz xohlagan yo'nalishda, ammo qimmat kontrakt yoki uncha yaxshi universitet emas. Ikkinchisi esa sizga ancha arzonga tushadi va yaxshi universitet, lekin yo'nalish sizga uncha to'g'ri kelmayapti. Shunga o'xshash vaziyatlarda 1-variantni tanlash kerakmi yoki 2-variantnimi?

Shu yerda sizga boshqa savol beraman: Siz 3-variant haqida o'ylab ko'rdingizmi? Akademik tanaffus (academic gap year), asosan, AQSH va Yevropa davlatlarida ommabop bo'lib, bu universitetni boshlashdan oldin olinadigan tanaffusdir. Gap year sizga quyidagi ikkita muhim narsa ustida ishlash uchun qo'shimcha vaqt beradi:

1. Fundamental bilimlarni kuchaytirish (ingliz tili, matematika, hkz):
β€” Siz orzu qilgan universitetga kirish va grant yutish uchun yana imkoniyat yaratadi.
β€” Chuqur fundamental bilimlar bilan universitetda kuchlilar orasida bo'lasiz.
β€” Keyinchalik kuchli mutahassis bo'lishga poydevor bo'ladi.
2. Boshqa mavjud bo'lgan "eshiklar" haqida ko'proq tushunchaga ega bo'lish:
β€” Yana qanday yo'nalishlar mavjud va ularning kelajagi qanday?
β€” Yana qanday universitetlar mavjud va ular nimani talab qilyapti?
β€” Chet elda o'qishni o'zi iloji bormi va menga u nima beradi?

Gap year olish O'zbekistonda ham oddiy holga aylanishi kerak deb o'ylayman. Noto'g'ri yo'ldan ketib 4 yil yo'qotgandan ko'ra, to'g'ri yo'lni qidirib bir yil yo'qotgan yaxshi.
πŸ‘67πŸ”₯23❀9πŸ’―5
Ha aytgancha, agar bu yil umuman hech qaysi o'qishga kirolmagan bo'lsangiz rossiyaga yoki notanish erkakni uyiga ketmang, gap year oling va yana harakat qiling πŸ’ͺ
😁121πŸ‘15❀9🀣6πŸ’‹3πŸ₯°2πŸ”₯1
Git menga pant bergan!

Universitet paytlarida qiziq va foydali bir modul bo'lar edi β€” Database Systems and Design (DBSD). Bu modul adashmasam 3-kursda edi. Men u paytgacha ma'lumotlar ombori haqida yaxshi tushunchaga ega edim (self-study) va hattoki ozroq ish tajribasi ham bor edi. Hullas, bu modulni yopish men uchun qiyin emas edi.

Modulni yopish uchun mavzular bo'yicha bir project topshirish kerak edi. Ease peasy lemon squeezy β€” projectni o'rtog'im bilan tez yozib tashadik. Topshirdik va baholar chiqdi, menga 0 qo'yishibdi. WTF, kamida 90 chiqishi kerak edi dedim o'zimga. Keyin bilsam adashib o'rtog'imni projectini topshirgan ekanman πŸ€¦β€β™‚οΈ

Hop nima ham qilamiz, yozgi semesterga qayta topshirishga qolib ketdim. Yozda o'sha projectni boshqatdan yozib chiqdim. Topshirdim va javoblar chiqdi, plagiarism asosida 0 berishibdi. Whaaat? dedim.

Professional dasturchi bo'laman deb projectni yozish davomida yozgan kodlarimni GitHub'ga junatib turganman. Hatolik bo'lib boshida ba'zi commitlar muallifi Sherali Obidov bo'lib ketib qolgan, qolganlari o'zim nomimdan. Bunga e'tibor bermasdan projectni ichida .git folder bilan topshirib yuborganman πŸ€¦β€β™‚οΈ

Professorlarga rossa tushundirganman, befoyda... yeqitishgan. Keyingi yil qayta o'qiganman. Ba'zida hayot siz xohlagandek bo'lmas ekan. This is life, shit happens deb davom e'tishdan boshqa yo'limiz yo'q ekan.

P.s. Qiziqqanlarga mana o'sha git repo: github.com/vovopap/dbsd
2πŸ”₯45🀣43πŸ‘9❀3
Aytimku biz dasturchilar sodda odamlarmiz 😁️️
3πŸ”₯84😁60πŸŽ‰16πŸ‘6❀3πŸ‘Œ2⚑1🌚1
Telegram kanalimda postlar yozishni boshlaganimdan beri GOOG stocklari keskin oshib kettiya πŸš€

YouTube kanalimga videolar yuklashni boshlasam nima bo'lar ekan-a ...
😁93πŸ”₯16❀8πŸ‘3
Germaniya va ba'zi boshqa davlatlarda o'qiyotgan studentlar uchun Google 12-oylik bepul Gemini Pro subscription beryapti ekan.

What: 12-month free of charge access to Google Gemini Pro Plan (access to the best of Gemini, NotebookLM Plus, 2 TB of storage, and more)

Who: Germany, UK, Egypt & Saudi Arabia-based students, 18+ years old. Includes further education students and apprentices.

Redemption window: 4 Sep 2025 (Wed) - 3 Nov 2025 (Mon)

How: Students can learn more at gemini.google/students and claim the offer at goo.gle/deal. They will need to verify their student status. Validation will happen with personal email.
πŸ‘34❀‍πŸ”₯8πŸ‘¨β€πŸ’»4❀3
Oracle'ning aktsiyalar bir kunni o'zida +43% oshibdi.

Bir do'stim: Ehh bilganimda bor pulimga Oracle stock olib qo'yardim.

Boshqa bir do'stim: Agar otim o'lishini bilganimda bir bog' hashakka sotib yuborgan bo'lar edim.

Reddit post: Why markets are almost impossible to predict.
😁93πŸ‘10πŸ’―3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
17 sentyabrgacha Yandex Uzbekistan Dev Meetup #3 va Dev Camp uchun arizalar qabul qilinadi.

20 sentyabr kuni INHA University’da Yandex muhandislari β€” backend-ishlab chiquvchilardan tortib arxitektorlar va yoβ€˜nalish rahbarlarigacha toβ€˜planadi. Bu Toshkentdagi uchinchi uchrashuv boβ€˜lib, hozirgacha eng yirigi boβ€˜ladi.

Ishtirokchilarni quyidagilar kutmoqda:
✏️ mashinali oβ€˜rgatish, algoritmlar va tizimlarni masshtablash haqida ma’ruzalar hamda panel muhokamalari;
✏️ code-battle’lar va demo-intervyular;
✏️ rezyume (CV) tayyorlash boβ€˜yicha vorkshoplar va HR-mutaxassislar bilan karera sessiyalari.

πŸ‘‰ Mitapdan keyin darhol Dev Camp β€” backend-ishlab chiqish va algoritmlar boβ€˜yicha intensiv kurs start oladi. Eng yaxshi talaba va yosh mutaxassislar Yandex Uzbekistanda amaliyot oβ€˜tash imkoniyatiga ega boβ€˜ladilar.

πŸ”— Roβ€˜yxatdan oβ€˜tish
πŸ‘11πŸ”₯5❀3
Forwarded from GDG Tashkent (Mukarramkhon)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Big shout-out to everyone who joined, spoke, and supported our past events β€” you made them truly special πŸ’›

And now... we're ready to level up!)

This time, GDG DevFest Uzbekistan will be packed with new experiments and ideas. Get ready for a new level of fun, and as always stay tuned πŸ””

#devfest2025 #gdgtashkent
πŸ”₯25πŸ‘2❀1
10 yil oldin 3 oy tayyorgarlik ko'rib Oracle'dan Java SE 6 Programmer sertifikatini olgan ekanman. Eng qizig'i bu haqida LinkedIn'da post yozmagan ekanman πŸ™‚
😁99πŸ”₯21πŸ‘13❀5
FAANG intern offerlar olish uchun muhim faktorlar:
1. Mustaqil kod yoza olish, bir dasturlash tilini yaxshi bilish
β€” sizga tayyor yechim berilsa, uni kodini bemalol yoza olasiz
2. Ravon muloqot qila olish
β€” ham yozma ham og'zaki
β€” intervyu jarayonida va keyinchalik intern host bilan ishlash uchun bu juda muhim
3. Texnologiya uchun ishtiyoq
β€” kompaniyalar o'ziga eng yuragida olov yonganlarni jalb qilishni istaydi
β€” shaxsiy loyihalar (katta yoki kichik)
β€” hackathon & dasturlash musobaqalar
β€” tech konferensiyalari
4. Jarayonga mas'uliyat bilan yondashish
β€” O'z vaqtida javob bering va sizdan so'ralgan narsani ortig'i bilan bajaring
5. Ijobiylik va qiziquvchanlik
β€” yuzda tabassum
β€” jarayonda mazmunli va o'rinli savollar so'rash

Boshqalardan ajralib turishning eng oddiy yo'li bu ko'p loyihalar qurish va ular haqida dunyoga jar solish (GitHub repo, blog post, Telegram/YouTube channels, etc).
πŸ‘70πŸ’‹40🀩9❀8πŸ”₯5⚑3
Forwarded from Vohid Karimov (Vohid Karimov)
Dasturlashga qo'l urgan, lekin nimadan boshlashni bilmaganlar uchun 3-5 yillik plan:

β€” Nerd rejimiga o'ting: kuniga kamida 6 soat dasturlash bilan band bo'ling
β€” Computer Science mavzularini chuqur o'rganing
β€” Muntazam algoritmik masalalarni yeching (codewars, leetcode, va hokazo)
β€” Bitta dasturlash tilini mukammal o'rganing
β€” Web, mobil, yoki desktop development uchun kerak bo'lgan texnologiyalarni o'rganing
β€” O’zingizni pet proyektlaringizni yarating
β€” Har kuni ko'p kod yozing
β€” Tez-tez interview qiling (ishingiz bo'lsa ham)
β€” Vaqtida uxlang, ovqatlaning, va sport bilan shug'ullaning

Qolgani (ish, daromad, va xurmat) o'zi keladi. Natija darxol ko'rinmaydi, lekin albatta keladi - haqiqiy yutuqlar vaqt talab qiladi.

Jarayondan zavq oling!
πŸ‘114⚑26πŸ”₯17❀6πŸ‘Ž2πŸ†2🀝2πŸ‘1
Forwarded from @Rustam-Z⚑️
🚨🌍 Google Internship Mavsumi Ochildi!

Arizalar qabul qilish boshlandi! Do'stlaringiz bilan ham ulashing!

πŸ‡ΊπŸ‡Ώ O'zbekistonda bo'lsangiz ham ariza topshirishingiz va taklif olishingiz mumkin! Interview'larni o'tsangiz bo'ldi, sizga viza bilan ham yordam beriladi.

Asosiy Talablar:
β€’ Kompyuter fanlari yoki tegishli texnik sohada Bakalavr/Magistr/PhD dasturida o'qish.
β€’ Kamida bitta umumiy dasturlash tilida tajriba (Python, JS, C++, Java).
β€’ Data structures and algorithms.
β€’ Ingliz tilini bilish (aloqa uchun talab qilinadi).
β€’ Bu yerda batafsil: google.com/about/careers...

Agar siz barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli oβ€˜tsangiz, Google'ning London πŸ‡¬πŸ‡§, ShveytsariyaπŸ‡¨πŸ‡­, Germaniya πŸ‡©πŸ‡ͺ yoki Polshadagi πŸ‡΅πŸ‡± ofislarida ishlash imkoniyatiga ega boβ€˜lasiz.


Ochiq ish oβ€˜rinlariga link'lar jadvali: docs.google.com/spreadsheets/d/1Fks3mHptIwIY7hvp7BzmvIJ3wHWM6N9KIjWvAKJAT0g/edit?usp=sharing

Ochiq ish oβ€˜rinlari: google.com/about/careers/...

FAQ sahifasi (muddatlar, talablar, vizalar): google.com/about/careers/applications/stories/google-internship-faqs/

‼️ Deadline: 24 October

@cracking_maang
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❀32πŸ‘17
Forwarded from GDG Tashkent (Asilbek 🐒)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ“£ BIG NEWS: GDG DevFest 2025 is set for December 6 at the iconic Cinema Palace, and you're invited!

Get ready for a day packed with cutting-edge tech talks, incredible networking, and the vibrant energy of our developer community. This is the can't-miss event of the year, and spots will be filling up fast.

❗️Don't be left out β€” stay tuned for further announcement to secure your spots.

Telegram | Instagram | LinkedIn
❀6πŸ”₯3πŸ₯±3πŸ‘1😁1πŸ‘¨β€πŸ’»1
12 oyda sizning karyerangiz va shu jumladan sizning hayotingiz qanday xolatda bo'lishi bugun siz nechchi soat o'z ustingizda mehnat qilganingizga bevosita bog'liq:

1 soat β†’ 0.25x
2 soat β†’ 0.5x
4 soat β†’ x
6 soat β†’ 2x
8 soat β†’ 4x
10 soat β†’ 8x
12 soat β†’ 16x

To'g'ri... bu vaqt davomida to'g'ri ishlarni qilish kerak. Lekin, odatda bir maqsadga borishning bir nechta "to'g'ri" yo'llari bo'ladi. Eng ideal yo'lni qidirib vaqt sarflashdan ko'ra birinchi topilgan yaxshi yo'lda har kuni tezroq yurgan sizni maqsadga muofiq.

Do you have dreams? Do you have goals? Start grinding today, there is no easy path to greatness.
2πŸ‘88πŸ”₯13❀9😁2πŸ’―2πŸ€”1🀝1
2025/10/19 01:57:38
Back to Top
HTML Embed Code: