Telegram Web Link
#Deputatlar_faoliyatidan

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi deputati
SH.Muxammedov o`z saylov okrugidagi "Hamid Olimjon" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
Mahalladagi mavjud muammolar, aholi kayfiyatiga ta’sir o‘tkazuvchi omillar, ularni qiynab kelayotgan masalalar va  ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi hamda yoshlar bilan uchrashuv o`tkazildi. Shuningdek, shu yerning o`zida fuqarolar murojaatlari ham tinglandi.
Uchrashuv so‘ngida mavjud muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi

Veb-sayt | Telegram
❗️КОРРУПЦИЯГА ҚАРШИ КУРАШИШДА “РАҚАМЛИ НАЗОРАТ” КУЧАЙТИРИЛАДИ

📝 Бугун Президент Шавкат Мирзиёев маиший коррупцияга қарши кураш ва унинг олдини олиш чора-тадбирлари бўйича тақдимот билан танишди.

▶️Мазкур масала жамиятдаги энг долзарб муаммолардан бири саналади. Статистикага кўра, коррупция ҳолатларининг 75 фоизи маҳаллий даражада, яъни шаҳар ва туманларда рўй бермоқда.

🟢Президент фармони билан Бош прокуратура таркибида таҳлил бўлими ташкил этилди. Ҳуқуқни муҳофаза қилиш академияси ва тадқиқот марказларида 200 нафардан ортиқ мутахассис шу соҳада фаолият олиб бормоқда. Умумий ҳисобда 100 мингга яқин ҳуқуқ-тартибот ходимлари профилактика ишларига жалб этилган.


▶️Тақдимотда профилактика чоралари етарли эмаслиги, айрим идораларда хусусан, ҳокимият, кадастр, банк ва солиқ хизматларида бюрократик тўсиқлар сақланиб қолаётгани қайд этилди. Комплаенс бўлимлари ва 43 та назорат органи фаолияти танқидий баҳоланди.

🟢Шунингдек, ер ажратиш, қурилиш ва кадастр соҳаларидаги маълумотларни рақамлаштириш ва “рақамли назорат”ни кучайтириш зарурлиги таъкидланди.


📌 Коррупцияни камайтириш эмас, унинг олдини олиш давлат органлари самарадорлигини баҳолаш мезонига айланиши кераклиги Президент томонидан алоҳида таъкидланди.

🌐Telegram || 👥Facebook
Ўзбекистон “Адолат” СДП Урганч туман Кенгаши ҳамда Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳузуридаги Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги қўмитаси Урганч туман бўлими ўртасида ҳамкорликни янада мустаҳкамлаш мақсадида ҳамкорлик меморандуми имзоланди.Ушбу ҳужжат жамиятда санитария-эпидемиологик осойишталикни таъминлаш, аҳоли саломатлигини муҳофаза қилиш, юртдошларимизнинг тиббий маданиятини ошириш ҳамда касалликларнинг олдини олиш борасида партия ва соҳа мутасаддилари ўртасида самарали ҳамкорликни йўлга қўйишни кўзда тутади.Меморандум асосида қатор амалий тадбирлар, жумладан, соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш, профилактик ташрифлар, давра суҳбатлари, жамоатчилик ўртасида тушунтириш ишларини олиб бориш режалаштирилган.
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида мева-сабзавот ва озиқ-овқат маҳсулотлари экспортини кўпайтиришда янги захира ва имкониятларни ишга солиш юзасидан ўтказилган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада

Facebook|Instagram|X
Forwarded from Urganch tumani hokimligi
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, idora-tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlarining hisobotlari va axborotlari tinglandi. Shundan so‘ng, deputatlar fikr hamda mulohazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


Batafsil: https://gov.uz/oz/urganch

Shuningdek, bo‘lib o‘tgan tuman Kengashining o‘n birinchi sessiyasi tuman hokimligining "Instagram"dagi rasmiy sahifasi orqali jonli tarzda yoritilib borildi
.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Facebook | YouTube| Telegram I Instagram I Sayt
👍1
Vatan uchun, millat uchun!

Hurmatli hamyurtlar!
Mustaqilligimizning 34 yilligi — bu tarixiy va muhim sana bo‘lib, yurtimiz taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. Mustaqillik — bu yuksak mas’uliyat va fidoyilik bilan asrab-avaylash kerak bo‘lgan muqaddas ne’matdir.
“Vatan uchun, millat uchun” shiori — bu yuksak g‘oya, har bir fuqaroning hayot yo‘lida qo‘llanishi lozim bo‘lgan prinsipdir. Biz o‘z Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilishimiz, milliy manfaatlarni har qanday shaxsiy manfaatdan ustun qo‘yishimiz zarur.
Deputat sifatida men Vatanimizning mustaqilligini mustahkamlash, xalqimizning farovonligi yo‘lidagi ishlarga doimiy e’tibor qaratib kelmoqdaman. Milliy qadriyatlarimizni saqlash, yosh avlodga vatanparvarlik ruhida tarbiya berish — eng muhim vazifalarimizdandir.
Shu bois, barcha hamyurtlarimizni birdamlik, hamjihatlik va milliy manfaatlarni ustuvorlikda ushlashga chaqirmoqchiman. Biz birgalikda Vatanimizni yanada rivojlantirish, millatimizni yuksaltirish uchun barcha imkoniyatlardan samarali foydalanishimiz lozim.
“Vatan uchun, millat uchun” shiori faqat so‘z emas, balki har birimiz uchun ish va harakat, mas’uliyat va fidoyilik bo‘lishi kerak. Shu yo‘lda birga harakat qilsak, mamlakatimizning kelajagi nurli va obod bo‘ladi.

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi deputati
Nazarova Malohat Berdiboyevna


Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi

Veb-sayt | Telegram
1
2025/10/21 12:59:48
Back to Top
HTML Embed Code: