Telegram Web Link
Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференцияси доирасида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевга Туркманистоннинг "Ҳамкорликни ривожлантиришга қўшган ҳиссаси учун" орденини тантанали топшириш маросими бўлиб ўтди.

В рамках мероприятий третьей Конференции Организации Объединенных Наций по развивающимся странам, не имеющим выхода к морю, состоялась торжественная церемония вручения Президенту Республики Узбекистан Шавкату Мирзиёеву Ордена Туркменистана «За вклад в развитие сотрудничества».

#Mirziyoyev #taqdirlash #Turkmaniston #mukofot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❗️ Ayrim oilalarga farzandi maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanishi uchun moddiy yordam to‘lash tartibi belgilandi

Hukumat qarori (484-son, 31.07.2025 y.) bilan “Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ota va onalarga farzandi uchun maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanish uchun moddiy yordam to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

📝 Qarorga ko‘ra, moddiy yordam Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ona (ota)ga ijtimoiy shartnoma asosida to‘lanadi.

▶️ Bunda ularning maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 3 yoshgacha bo‘lgan farzand(lar)iga BHMning 1,5 baravarigacha miqdorda to‘lab beriladi.

🟢 Moddiy yordam qonuniy vakilning 3 yoshgacha bo‘lgan faqat 1 nafar farzandi (bolalar egizak bo‘lsa, egizaklarning har biriga) uchun beriladi.

▶️ Moddiy yordam olish uchun qonuniy vakil “Inson” markazlari, Davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelgan holda yoki ijtimoiy xodim yoxud “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (“YaMIH” AT), shuningdek, YaIDXP (my.gov.uz) orqali ariza bilan murojaat qiladi.

▶️ Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
🟢 qonuniy vakilning fuqarolik biometrik pasporti ma’lumotlari;
🟢 3 yoshgacha bo‘lgan farzand(lar)ining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi(lari) ma’lumotlari;
🟢 mobil telefoni raqami;
🟢 AT “Xalq banki” bankida ochilgan bank kartasi ma’lumotlari.

📌 Moddiy yordam hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha qonuniy vakillarning “ijtimoiy karta”lariga, ular mavjud bo‘lmaganda, AT “Xalq banki”da ochilgan bank kartalariga o‘tkazib beriladi.

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi

Veb-sayt | Telegram
🍈 “Қовун сайли-2025” фестивали ғолиблари тақдирланди

Хива шаҳрида уч кун давом этган  “Қовун сайли-2025” фестивали якунига етди. Фестивалнинг "Арда Хива" халқаро туризм марказида ўтказилган ёпилиш маросимида  вилоят ҳокими Жўрабек Рахимов   ғолиб ва  совриндорларни табриклаб, барча иштирокчиларга ҳамда чет эллик меҳмонларга самимий миннатдорчилик билдирди.

Ҳакамлар ҳайъати қарорига кўра Урганч шаҳри  фестивалнинг олий ўрин соҳиби деб топилиб, “Tracker” автомобили билан тақдирланди. Шунингдек,  1, 2, 3 - ўринларни эгаллаган шаҳар ва туманлар ҳамда турли номинациялар ғолибларига енгил автомобиллар, қимматбаҳо совғалар топширилди.

Фестивалнинг ёпилиш маросимида хориждан ва пойтахтимиздан ташриф буюрган машҳур эстрада юлдузлари, эл севган санъаткорлар иштирокидаги катта гала-концерт намойиш этилди.Дастур якунидаги байрам мушакбозлиги барчага кўтаринки хуш  кайфият бағишлади.

Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Энг илғор ечимлар асосида барпо этилган Олимпия шаҳарчаси ва Миллий футбол маркази - халқимиз бунёдкорлик салоҳияти, келажак авлодларга ғамхўрликнинг ёрқин намунаси, Янги Ўзбекистон буюк спорт давлатига айланиши учун мустаҳкам асос.

Олимпийский городок и Национальный центр футбола, построенные с применением самых передовых решений, являются ярким примером созидательной силы нашего народа и заботы о будущем поколении, прочной основой для становления Нового Узбекистана великой спортивной державой.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Urganch tumani hokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Urganch shahar va Urganch tumanida chiqindilarni olib chiqib ketish qamrovini oshirish va aholiga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida "Toza hudud" DM ga 12 ta chiqindi tashuvchi maxsus texnikalar topshirildi.

Bu esa Urganch shahar va Urganch tumani aholisining qamrovini yaxshilash, yuridik korxonalarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish ga xizmat qiladi.

Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг тадбиркорлар билан очиқ мулоқоти: халқпарвар сиёсат ва ислоҳотлар туфайли давлат ва тадбиркорлар ўртасида ишонч кўприги қад ростлаб, мисли кўрилмаган натижаларга эришилди, тадбиркорлар Янги Ўзбекистоннинг замини, янгиланишларнинг фаол таянчига айланди.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
▫️▫️▫️▫️▫️

📣 Tanaffus berilgan mahallalar ovoz berishda ishtirok etadi

Avvalroq xabar berganimizdek, “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2024-yilgi 2-mavsumi hamda 2025 yilning 1-mavsumida (ikkata mavsumda ketma ket) g‘olib bo‘lgan 823 ta mahallaga joriy yilgi 2-mavsumi hamda 2026-yilgi 1-mavsumida tanaffus berilganligi e’lon qilingan.

❗️ Ushbu 823 ta mahallalar faqatgina taklif kirita olmasligini eslatib o’tgan holda 2025-yilgi 2-mavsumida ovoz berish bosqichida to’liq ishtirok etishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

🟢Bunga ko'ra, ushbu mahalla aholisi o'zlariga yaqin yoki qo'shni mahallalarga ovoz to'plashda ko'maklashishlari mumkin.

ℹ️ Eslatib o‘tamiz, “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi ovoz berish bosqichi 22-avgustdan boshlanadi.

“Tashabbusli budjet“ — mahallalar birlashuvi uchun imkoniyat!

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▫️▫️▫️▫️▫️

📈 “Tashabbusli budjet”ning 2025-yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi

Ovoz berish jarayonlari 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Siz o‘zingizga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:

1️⃣ “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi;
2️⃣ portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
3️⃣ Telegramdagi rasmiy bot yordamida ovoz berishingiz mumkin.

📣 Barcha tashabbuskorlarga omad tilaymiz!

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▫️▫️▫️▫️▫️

⌛️ Ovoz berish jarayoni yakunlandi

“Tashabbusli budjet”ning 2025-yilgi 2-mavsumi doirasida loyihalarga ovoz berish bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

🏆 G‘olib loyihalar yaqin soatlarda e’lon qilinadi.

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Urganch tumani hokimligi
🎉 Gʻolib loyihalar roʻyxati e’lon qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining "Ochiq budjet" axborot portali orqali Tashabbusli budjet jarayonining 2025-yil 2-mavsumining g'olib loyihalari e'lon qilindi. Jumladan, Urganch tuman bo'yicha 17 235,2 mln.so'mlik 12 ta loyihalar g'olib deb topildi. Bular 1 ta umumta'lim maktabi, 1 ta sog'liqni saqlash muassasasi, 1 ta sport maktabi, va 9 ta ichki yo'llarni ta'mirlash bilan bog'liq tadbirlardir.

📣 Jarayonlarda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildirgan holda “Tashabbusli budjet” loyihasining keyingi mavsumlarida ham faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.

🏆 Gʻolib boʻlgan loyihalar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

“Tashabbusli budjet” — xalq budjeti!

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Facebook | YouTube| Telegram I Instagram I Sayt
2025/10/20 15:40:45
Back to Top
HTML Embed Code: