Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Soliq qarzdorligi to'lanmagan taqdirda huquqlar e'tirof etilmaydi


Batafsil videorolikda👆

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Soliq ma'muriyatchiligi yanada takomillashtiriladi


Qonun (O'RQ–1071-son, 26.06.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi

🔰 Qonun hujjatlariga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, soliq munosabatlarida foydalaniladigan elektron hujjatlarni shaxsning roziligini ifodalaydigan va uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari orqali tasdiqlash elektron raqamli imzoga tenglashtirildi.

✔️ Shuningdek, qishloq xo'jaligida, shu jumladan baliqchilik xo'jaliklarida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari "Suv hisobi" axborot tizimi va ushbu sohadagi vakolatli organlarning ma'lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllantiriladi.

💰 Kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, ortiqcha undirilgan soliq summasini soliq to'lovchining boshqa soliqlar bo'yicha kelgusi to'lovlari hisobidan hisobga olish tartibi yanada soddalashtirildi.

Unga ko'ra, boshqa soliqlar bo'yicha kelgusi to'lovlar uchun hisobga olish soliq to'lovchining yozma yoki elektron arizasiga ko'ra soliq organlari tomonidan 3 kun ichida amalga oshirilishi belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Hurmatli jurnalistlar!

Sizni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!

Siz o‘z qalamingiz bilan yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, o‘zaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.

Barchangizni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklab, xayrli tashabbuslaringizda kuch-quvvat, mustahkam sog‘liq, oilangizga totuvlik, ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Xonadoningizdan fayzu baraka arimasin. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Xorazm viloyati adliya boshqarmasi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
#Yangi_tartib

📢 FHDY organlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarda yana bir nechta qulay yangiliklar joriy etildi!

🖥 Endi agar tug‘ilganlik, nikoh yoki ajrim yozuvi arxivda topilmasa, 16 yoshdan katta fuqaro yozuvni tiklash, tuzatish yoki o‘zgartirish uchun my.gov.uz orqali ariza topshirishi mumkin.
Bunda, shaxsni tasdiqlash Face-ID yoki MyID orqali avtomatik aniqlanadi.


📌 Arizaga 1 ish kuni ichida javob beriladi.

👮‍♂️ FHDY yozuvlarini o‘zgartirish bo‘yicha berilgan arizalar Ichki ishlar organi tomonidan 20 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Soxta hujjatlar, tergov holati yoki ochilmagan jinoyat aniqlansa — ariza rad etiladi.

📬 Takroriy guvohnomalarni endi pochta orqali ham olishingiz mumkin!
• Ariza — YIDXP orqali beriladi;
• Guvohnoma — 1–3 ish kunida tayyor bo'ladi;
• Yetkazib berish — siz istagan manzilga (xarajat arizachidan).

📄 Asos: VMning 2025-yil 12-iyundagi 362-son qarori

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ “Mahalla servis” kompaniyalariga soliq imtiyozlari beriladi


🔰 Qonun bilan kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, “Mahalla servis” kompaniyalari tomonidan mahallalarni obod qilish bilan bog'liq ishlarni bajarish va aholiga qonunchilikda belgilangan ayrim ijtimoiy pulli xizmatlar ko'rsatishdan olingan mablag'lar soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlarga kiritildi.

📝 Shuningdek, mazkur xizmatlarni ko'rsatishga mo'ljallangan binolar joylashgan yer uchastkalari yer solig'i solish obyekti hisoblanmasligi belgilandi.

💸 Quyidagi daromad turlariga soliq solinmasligi ko'zda tutildi:

🔹 CHernobil AESdagi halokat oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan fuqarolarning, shuningdek ular xotini (eri)ning daromadlari;

🔹 “Mahalla servis” kompaniyalari xodimlarining faoliyati natijasida olingan, ularning soliq solinishi lozim bo'lgan ish haqi tarzidagi daromadlari.

✔️ Bundan tashqari, Jizzax viloyatining SHarof Rashidov va Toshkent viloyatining Ohangaron tumanlarida tashkil etilgan charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyalari mol-mulk, yer solig'i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to'lashdan 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha ozod etilishi ko'rsatildi.

📍 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
# E'TIROF

📣2025-yil 27-iyun kuni holatiga 76 nafar fuqarolarning uy-joy va yerga egalik huquqi rasman e’tirof etilgan. Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 216 ta ijobiy xulosalar berilgan.

🔰 Jumladan, viloyatdagi 76 nafar fuqaro o`zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ular ustida qurilgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqlariga ega bo`ldi.

Ⓜ️ Ma'lumot uchun: "Xorazm viloyatida bugungacha 90 dan ziyod mahallada 37 ming ortiq ko`chmas mulk obyekti xatlov yo`li bilan texnik inventarizatsiyadan o`tkazilib, elektron xaritalari yaratildi. 26 ming ortiq obyekt UZKАD axborot tizimida elektron yig`majild shakllantirish uchun migratsiya qilindi va 22 ming ziyodi faollashtirildi. 10 ming 750 dan ortiq obekt haqidagi ma`lumotlar “E’TIROF” axborot tizimiga kiritilib, vakolatli tashkilotlar muhokamasiga yuborilgan.

📌 Ularning 1500 dan ortig`i e’londa, 8300 dan ziyodi muhokama jarayonida, 700 dan ortig`i adliya organlarida, 226 tasi tahrirlashda turibdi. 4 ta obyekt bo`yicha ma’lumotlar rad etilgan, 106 tasining to`lovi kutilmoqda. 26 tasi xalq deputatlari viloyat kengashi qarori qabul qilinish jarayonida, 76 tasiga ko`chmas mulklariga nisbatan huquqlar e’tirof etildi"
#Adliya_va_yoshlar

📣 O‘quvchi yoshlarning yozgi ta’tili maroqli o‘tmoqda


🔰 “Iyun - yoshlar oyligi” doirasida voyaga yetmagan yoshlarning yozgi dam olishlarini maroqli o‘tkazish, ular o‘rtasida sog‘lom muhitni to‘g‘ri shakllantirish maqsadida Qo‘shko‘pir tumanidagi “Humo” oromgohida dam olayotgan yoshlаr uchun targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti professor o‘qituvchilari, Xorazm viloyat adliya boshqarmasi va tuman adliya bolimi xodimlari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

💠 Mazkur tadbirda yoshlarning huquqiy madaniyatlarini mustahkamlash, huquq vа burchlаrini tushuntirish, qonunga itoatkorlik mаvzulаridа huquqiy viktorinalar, huquqiy mavzularda “Ha, Yo‘q” savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarga huquqning ilk tushunchalari, Konstitutsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish, Street law mavzularida ma’lumotlar berilib, mavzuga oid bo‘lgan videorolik namoyish etildi.

🟣 Shuningdek, barcha tuman (shahar)lardagi maktablarda tashkil etilgan “Huquq sinflari”da bo‘lib, “Huquqiy maktab” va boshqa huquqiy loyihalarni targ‘ib qiluvchi bannerlar o‘rnatildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

Huquqlaringiz e'tirof etilishi uchun bir martalik to'lovni o'z vaqtida amalga oshiring


Batafsil videorolikda👆

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2025_yil_1_iyuldan

🪙 Qonunchilikka ko'ra, 2030-yil 1-yanvargacha yuridik shaxslar, shuningdek, Bolalar kontentini rivojlantirish markazining bolalar uchun kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etganda ularga quyidagi imtiyozlar beriladi.

🔹 foyda solig'i to'lashdan ozod qilinadi;

🔹 ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida to'laydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Qamoqqa olingan shaxslarga nisbatan qiynoqqa solish hollarining oldi olinadi


Qonun (O'RQ–1072-son, 26.06.2025 y.) bilan “Jinoyat ishini yuritish chog'ida qamoqda saqlash to'g'risida”gi Qonunga qo'shimcha kiritildi.

🔰 Kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin ular hibsxonaning o'zida majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi.

Majburiy tibbiy ko'rik qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga olib kelingan paytdan e'tiboran 2 soat ichida o'tkaziladi.

📙 Bunda qamoqqa olinganning roziligi bilan uning advokati ham ishtirok etishi mumkin.

📝 Majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkazish natijalari bo'yicha belgilangan namunadagi tibbiy ma'lumotnoma rasmiylashtiriladi.

🔗 Tibbiy ko'rik chog'ida qamoqqa olinganning tanasida jarohat, shikastlanish va yaralar aniqlanganda, ular belgilangan tartibda qayd etilib, bu haqda qamoqqa olinganga ma'lum qilinadi va zudlik bilan prokurorga xabar beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/10 01:38:36
Back to Top
HTML Embed Code: