Telegram Web Link
#Bilasizmi

⚠️ Qonunchilikka ko'ra, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so'mdan subsidiya to'lanadi.

Bundan byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar mustasno.


🔘Bunda:

🔹subsidiya 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan to'lanadi;

🔹mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida ro'yxatdan o'tkazilgan mehnat shartnomasi subsidiya to'lash uchun asos bo'lib hisoblanadi;

🔹mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar deb xorijda 3 va undan ortiq oy mobaynida mehnat faoliyati bilan shug'ullanib, yashash manziliga qaytib kelganligiga bir yildan ko'p vaqt bo'lmagan shaxslar tushuniladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

📣 Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida Xorazm viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, Xorazm viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi.

🔰 Tadbirda, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida “Axborot olish, qayta ishlash va tarqatishning huquqiy asoslari” mavzusida ma’ruza qilinib, korrupsiyaviy jinoyatlar, ularning belgilari, huquqiy oqibatlari va javobgarlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Seminarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar olishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XorazmMTRK

📽 Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida “Axborot olish, qayta ishlash va tarqatishning huquqiy asoslari” mavzusida bo‘lib o‘tgan seminar
#Muhim_eslatma

Fuqarolarga davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi va YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilgan taqdirda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga bir ish kunida qaytariladi.

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Kuryerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi


Manba: ro'yxat raqami: 3631-son, 18.06.2025-yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XorazmMTRK

📽 Xorazm viloyati hokimligida 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan viloyat hokimi stipendiyasi sohiblarini hamda faol yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
#Bilasizmi

🪙 Qonunchilikka ko'ra, mulkdor bo'lmagan, lekin ko'chmas mol-mulkka 15 yil davomida yoki boshqa mol-mulkka 5 yil davomida o'ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini oladi (egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

Davlat xizmatlari markazi binolarida toʻlovlarni qabul qilish bank kassalari, toʻlovlarni qabul qilishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari va pochta kassalari tomonidan hamda toʻlov kiosklari orqali amalga oshirilmoqda.

❗️Maʼlumot oʻrnida, davlat xizmatlari markazi xodimlari toʻlovlarni qabul qilish vakolatiga ega emas.

Oʻz navbatida, toʻlovlarni tez va oson amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib oʻtirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yoʻq.

📎Buning uchun ommabop toʻlov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, toʻlovni osongina amalga oshiring.

🖥 Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” toʻlov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Fuqarolarning vijdon erkinligini ta'minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi


Batafsil videorolikda👆

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Nogironligi bo'lgan shaxslar bandligini ta'minlagan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi


Hukumat qarori (405-son, 01.07.2025 y.) bilan “Nogironligi bo'lgan shaxslar bandligini ta'minlashga ko'maklashish, ularning bandligini ta'minlash hamda mehnat qilishini qo'llab-quvvatlashni rag'batlantirish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizom nogironligi bo'lgan shaxslar bandligini ta'minlagan tadbirkorlar hamda xususiy bandlik agentliklariga quyidagi qo'llab quvvatlash choralarini taqdim etish tartibini belgilaydi:

🔹 bandlikka ko'maklashish subsidiyasi;

🔹 ish o'rinlariga moslashtirish subsidiyasi.

🔗 Nizomga ko'ra, "Nogironligi bo'lgan shaxslar bandligiga ko'maklashish elektron reestri" axborot moduli yuritiladi.

💰 Bandlikka ko'maklashish subsidiyasi quyidagi talablarga javob beradigan tadbirkorlarga ajratiladi:

🔸 elektron reestrda turgan I va (yoki) II guruh nogironligi bo'lgan shaxsni kamida 3 oy davomida uzluksiz rasmiy bandligini ta'minlagan;

🔸 mazkur davrda unga har oyda mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 2 baravaridan kam bo'lmagan miqdorda ish haqi to'lagan.

💵 Ish o'rinlariga moslashtirish subsidiyasi bandligi ta'minlangan I va (yoki) II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar uchun surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatini tashkil qilgan tadbirkorlarga 50 mln so'mgacha miqdorda ajratiladi.

📜 Subsidiyaning har oylik miqdori quyidagicha:

▪️surdotarjimon xizmati uchun BHMning 8 baravari;
▪️psixolog xizmati uchun BHMning 10 baravari;
▪️hamrohlik xizmati uchun BHMning 5 baravari.

✍️ Tadbirkorlar ushbu subsidiyalarni olish uchun “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizim yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron so'rovnomani to'ldirish orqali murojaat qiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ TDYU huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilarini suhbat asosida o'qishga qabul qilish tartibi belgilandi


Manba: VMQ-374-son, 18.06.2025-yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Bilasizmi

🆕 “Adliya-QR” axborot tizimi: fuqarolar uchun qulaylik!

2025-yildan boshlab Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar uchun “Adliya-QR” axborot tizimi joriy etilgan. Ushbu tizim orqali fuqarolar:
🔹 Face-ID orqali ariza ma’lumotlarini tasdiqlash;
🔹 Arizaga tegishli to‘lovlarni amalga oshirish;
🔹 Arizada kiritilgan ma’lumotlar bilan tanishish;
🔹 Xizmat sifatini baholash;
🔹 Ariza natijalarini yuklab olish;
🔹 Zarur ma’lumotlarni markaz xodimi bilan almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Bu tizim quyidagi qulayliklarni yaratadi:
- Fuqarolar vaqtini tejaydi;
- Navbatlar sezilarli darajada kamayadi;
- Xizmat sifati oshadi;
- Ortiqcha xarajatlar qisqaradi.

Davlat xizmatlarini yanada qulay va sifatli qilish yo‘lida ishlashda davom etamiz!

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XorazmMTRK

📽 O`zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga mulk huquqini e'tirof etish masalalari yuzasidan Islohot va mas'uliyat ko`rsatuvi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
#bilasizmi

Qachon davlatning rasmiy yoki qisqartirilgan nomini firma nomiga kiritish mumkin?


📌 Qonunchilikka muvofiq, davlatning nomi quyidagi yuridik shaxslarga beriladi:

🔹O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis palatalari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyati tashkil etiladigan yuridik shaxslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan bo‘lsa;
🔸davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan davlat muassasalari;
🔹ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari;
🔸respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar birlashmalari;
🔹respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalarining Adliya vazirligiga taqdim etilgan murojaatlari asosida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 65-son qarori.

🌟 Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting!

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin qancha muddat o'tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi?
Anonymous Quiz
74%
1 oy
7%
2 hafta
12%
15 kun
6%
2 oy
#Bilasizmi

🔖 Qonunchilikka ko'ra, bolaga tayinlangan aliment miqdorini kamaytirish to'g'risidagi ishlarni sudda ko'rib chiqishda "Inson" markazlari jalb etiladi.

✔️ Bunda bolaning va aliment to'lovchining yashash sharoitlari «Inson» markazlari tomonidan kompleks baholanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/14 09:47:06
Back to Top
HTML Embed Code: